3-mavzu jamg‘arish va isteʼmol


Download 138 Kb.
Sana06.11.2023
Hajmi138 Kb.
#1752315
Bog'liq
07. Pul va inflatsiya

7-mavzu: PUL VA INFLATSIYA

Dinamik makroiqtisodiyot


DONIYOR YOKUBJANOV

REJA

  • Pul va uning funksiyalari;
  • Pul agregatlari va ularning dinamikasi;
  • Inflatsiya va uning turlari;
  • O’zbekistonda inflatsiya darajasi dinamikasi.

Pul va uning funksiyalari


Umumiy ekvivalent sifatida qo‘llaniladigan universal tovarning alohida turi bo‘lib, yuqori likvidlilik xususiyatiga ega va boshqa barcha tovarlarning qiymati u orqali ifodalanadi.

Pul va uning funksiyalari


Pul keng ma’noda 5 xil funksiyani bajaradi:
  • To‘lov;
  • Muomala;
  • Qiymat;
  • Jamg‘arish;
  • Jahon puli.

Pul agregatlari


Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniqlashda M0, M1, M2 va M3 deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi. Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o’zaro farq qilishi mumkin.

Pul agregatlari


Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibi keltirilgan:
M0 – bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklarining Markaziy bankdagi rezevrlari;
M1 = M0 + muddatsiz depozitlar, yo’l cheklari va boshqalar;
M2 = M1 + (miqdori va muddati cheklangan) muddatli depozitlar va boshqalar;
M3 = M2 + (miqdori va muddati cheklanmagan) muddatli depozitlar va boshqalar.

Pul agregatlari dinamikasi


Pul agregatlari

mlrd. so‘m

Sana

Keng ma’nodagi pul massasi (M2)*

shu jumladan:

Milliy valyutadagi pul massasi

shundan:

Chet el valyutasidagi depozitlar, milliy valyuta ekvivalentida

Tor ma`nodagi pul massasi (M1)**

shundan:

Milliy valyutadagi boshqa depozitlar va qimmatli qog`ozlar

Muomaladagi naqd pullar (M0)

Milliy valyutagadi talab qilib olinguncha depozitlar

1

2=3+8

3=4+7

4=5+6

5

6

7

8

01/10/2019

91,372

62,967

41,902

25,071

16,831

21,065

28,405

01/11/2019

93,092

63,281

42,723

25,543

17,179

20,558

29,811

01/12/2019

90,145

61,221

40,983

23,976

17,007

20,237

28,924

01/01/2020

91,266

62,786

42,670

24,246

18,424

20,116

28,480

01/02/2020

89,989

60,931

39,984

22,514

17,470

20,947

29,058

01/03/2020

88,491

61,020

40,042

22,227

17,815

20,978

27,471

01/04/2020

90,455

63,567

42,445

23,852

18,592

21,122

26,887

01/05/2020

94,851

65,649

44,150

25,676

18,474

21,500

29,202

01/06/2020

99,192

69,006

47,511

28,179

19,331

21,495

30,186

01/07/2020

102,476

71,634

49,244

28,434

20,809

22,390

30,842

01/08/2020

104,852

74,713

52,484

29,563

22,920

22,229

30,139

01/09/2020

105,402

73,772

51,579

29,261

22,319

22,192

31,630

01/10/2020

106,037

74,187

51,501

28,450

23,051

22,687

31,850

Pul agregatlari


Keng ma’nodagi pul massasi (M2) Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) “Pul-kredit va moliyaviy statistikani shakllantirish qo‘llanmasi”dagi (PMSShQ 2016) konsepsiya va tasniflarga muvofiq Markaziy bank va boshqa depozit tashkilotlarining (tijorat banklari) majburiyatlari bo‘yicha olingan ma’lumotlari asosida hisoblangan.

Pul agregatlari


M2 o‘z ichiga muomaladagi naqd pullarni (bank tizimidan tashqaridagi) hamda boshqa moliyaviy tashkilotlar, davlat nomoliyaviy tashkilotlar, xususiy sektor hamda uy xo‘jaliklarining (aholi) milliy va chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha, jamg‘arma va muddatli depozitlarni oladi (PMSShQ 2016 muvofiq pul massasi tarkibiga kiritilmaydigan depozitlardan tashqari). Shuningdek, M2 boshqa depozit tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qarz qimmatli qog‘ozlarni ham o‘z ichiga oladi.

Pul agregatlari


Ushbu qarz qimmatli qog‘ozlar boshqa moliyaviy tashkilotlar, davlat nomoliyaviy tashkilotlar, xususiy sektor hamda uy xo‘jaliklarining tomonidan saqlanadigan jamg‘arma va depozit sertifikatlarini aks ettiradi.
Tor ma`nodagi pul massasi (M1) o’z ichiga muomaladagi naqd pullar va milliy valyutadagi talab qilib olinguncha depozitlarni oladi.

Inflatsiya va uning turlari


Inflatsiya - ma’lum davr mobaynida mamlakatda baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining barqaror o‘sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi.
Inflatsiya (lotincha inflatio - shishish, bo‘rtish, taranglashish) - bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati qanchalik yuqori bo‘lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo‘ladi.

Inflatsiya va uning turlari


Makroiqtisodiy modellarda inflatsiya darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin:
π – yillik inflatsiya sur’ati; P - joriy yilning narxlar indeksi;
P-1 - o‘tgan yilning narxlar indeksi.

Inflatsiya va uning turlari


Inflatsiyaning kelib chiqishiga ko’ra 2 xil turi mavjud:
  • Talab inflatsiyasi;
  • Taklif inflatsiyasi.

  • Inflatsiyaning o’sish sur’atlariga ko’ra 3 xil turi mavjud:
  • Sudraluvchi inflatsiya;
  • Shiddatli inflatsiya;
  • Gipperinflatsiya.

O’zbekistonda inflatsiya darajasi dinamikasi

O’zbekistonda inflatsiya darajasi dinamikasi


MB ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning avgust oyida yillik inflatsiya darajasi 12,3 foizni tashkil qilgan. Yillik inflatsiya tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 16,3 foizga, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar narxi mos ravishda 10,9 foizga va 7,1 foizga oshdi.

O’zbekistonda inflatsiya darajasi dinamikasi


Avgust oyi natijalariga ko‘ra, aholining inflatsiya kutilmalari keyingi 12 oyda 15,3 foizga, tadbirkorlarniki 14,1 foizgacha kamaygan, biroq joriy inflatsiya darajasidan yuqoriligicha qolmoqda.
Download 138 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling