1 O’simlikchilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati va uni o’rganish xususiyatlari
Download 193.13 Kb.
|
4
Chorvachilikning asosiy tarmoqlari va ularning xususiyatlari. 1990 yilda 1913 yilga nisbatan barcha turdagi yalpi go‟shtlar (so‟yilgan vaznda)- 5,2 marta, sut-33,2 marta, tuxum-26,9 marta, jun-4,4 marta, pilla-8,2 marta ko‟paygan. Ko‟pchilik mahsulotlar aholi soniga nisbatan tezroq oshgan. Natijada aholi jon boshiga mahsulotlar miqdori ham har xil darajada ko‟paygan. Masalan, go‟sht-12% ga, sut- 174% ga, tuxum-5,7 marta ko‟paygan. 2000 yilda 1990 yilga nisbatan aholi jon boshiga go‟sht ishlab chiqarish qariyb 14 % ga, tuxum-51,5% ga, jun-2 marta, qorako‟l teri- 2,3 marta, pilla-55% ga kamaygan. 1990 yilda 1915 yilga nisbatan qoramollar soni qariyb 3 marta, qo‟y va echkilar - 2 martadan ortiqroq, cho‟chqalar - qariyb 185 marta, parrandalar 102 marta ko‟paygan, otlar esa - 20 marta kamaygan. Asosiy mahsuldor hayvonlarni shartli qoramolga (yirik koeffisiyentlar bilan hisoblanganda) aylantirilgan soni - qariyb 2,8 marta ko‟paygan. 2000 yilda 1990 yilga nisbatan qoramollar soni 27,6 foizga, qo‟y va echkilar - qariyb 1,7 foizga, otlar-50 foizga ko‟paygan, cho‟chqalar soni esa-8,8 marta, parrandalar-2,6 marta kamaygan. Asosiy mahsuldor hayvonlarni sharti qoramolga aylantirilgan soni- qariyb 8 foizga ko‟paygan. Chorva mollarining ayrim turlarini ma‟lum darajadagi kamayishi yoki ularni o‟sish sur‟atini nisbatan pastligi, chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste‟moldagi ayrim tarkibiy o‟zgarishlar bo‟lsa bu kamchiliklar 2004 yilga kelib birmuncha muvofiqlashtirishga erishildi. Ayrim turlar - cho‟chqachilik, parrandachilikdagi bu nomutanosiblikni barham berishda ma‟lum darajadagi natijaga erishildi. Chorva mollarining mahsuldorlik ko‟rsatkichlarida ham o‟zgarishlar mavjud. Masalan, 1990 yilda 1915 yilga nisbatan har bir bosh sigirdan sog‟ilgan sut 3,9 marta, tovuqdan olingan tuxum-3 marta, qo‟ydan qirqilgan jun - qariyb 3 marta, so‟yilgan hayvonlarning vazni ham sezilarli darajada oshgan. 2000 yilda 1990 yilga nisbatan ayrim hayvonlarning mahsuldorlik ko‟rsatkichlari biroz pasaygan. Masalan, har bir bosh sigirdan sog‟ilgan sut 14 foizga, har bir tovuqdan olingan tuxum-7 foizga, so‟yilgan qoramollarning vazni - qariyb 9 foizga kamaygan. Mahsuldorlik ko‟rsatkichlarining pasayishi dastavval hayvonlarni oziqlantirish darajasining pastligi va boshqa real imkoniyatlardan foydalanish bilan bog‟liq. Istiqbolda chorva mahsulotlarini ko‟paytirish asosan mahsuldorlikni oshirish hisobiga erishilishi maqsadga muvofiqdir. Download 193.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling