136. O‘simliklarni o‘stiruvchi gormoni ISK ma’nosi nima?
A. indolilsirka kislota
B. indolit moy kislota
C. indolitmoy kislota
D. ingibitor sirka kislota
137. O‘stiruvchi gormon Abssizin kislota (ABK) o‘simliklarni qaysi organida sintezlanadi?
A. gullarida
B. navdalarida
C. barglarida
D. ildizlarida
138. Sitoplazmadagi statolit kraxmali joylashgan tanachalarga - nimalar deyiladi?
A. simplastlar
B. amiloplastlar
C. statositlar
D. xemotropizmlar
139. O‘simliklarning yorug‘lik energiyasining yo‘nalishiga qarab burilish qobiliyatiga nima deb aytiladi?
A. fototropizm
B. fitotropizm
C. nastik harakatlar
D. xemotropizm
140. Butun o‘simlikka baravar ta’sir qiladigan qo‘zg‘atuvchilar (harorat, yorug‘lik va boshqalar) vositasi bilan bo‘ladigan harakatlarga - nima deyiladi?
A. fototropizm
B. seysmonastik harakatlar
C. nastik harakatlar
D. manfiy xemotropizm
141. Tabiatda boshqa o‘simliklarning tanasiga o‘ralib yoki chirmashib o‘suvchi o‘tchil o‘simliklar mavjud. Bunday harakatga nima deyiladi?
A. nutasion harakat
B. seysmonastik harakatlar
C. nastik harakatlar
D. gidrotropizm
142. Doiraviy nutasiya chirmashib o‘suvchi o‘simliklarning poyalarida yaxshi harakatlanadi. Bu o‘simliklar qaysilar, toping?
A. pechak o‘tlar, shumg‘uya, zarpechak, lianalar
B. pechak o‘tlar, zarpechak, lianalar
C. pechak o‘tlar, atirgullar, shumg‘uya
D. shumg‘uya, atirgullar, lianalar, na’matak
143. Professor R.A.Azimovning ko‘rsatishicha kalsiy o‘simliklarning qaysi omilga chidamligini oshiradi?
A. kislotalikka
B. qirg‘oqchilikka
C. sovuqqa
D. sho‘rlikka
144. O‘simliklarni qaysi element bilan oziqlantirish auksinlarning to‘qimalarda ko‘payishiga va o‘sishning faollashishiga olib keladi?
A. rux
B. mis
C. magniy
D. bor
Do'stlaringiz bilan baham: |