1. O‘tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari


Download 41.7 Kb.
bet3/4
Sana28.09.2023
Hajmi41.7 Kb.
#1689618
1   2   3   4
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti

Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, bozor munosabatlarini to‘liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib I.A.Karimov asarida bu bosqich uchun quyidagi bir qator vazifalar ajratib ko‘rsatildi:
- davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish;
- ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;
- milliy valyuta-so‘mni yana ham mustahkamlash;
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish.24[24]
O‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko‘rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo‘l davom ettiriladi.

3. Respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish

va uning asosiy yo‘nalishlari
Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining bir turidan butunlay boshqa yangi turiga o‘tish, iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqish va uning asosiy yo‘nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi. Iqtisodiy islohotlar – bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.


Iqtisodiy islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma’naviy-axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat.

Islohotlarni amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning nazariy modeli yaratildi (bu boradagi ma’lumotlar mazkur bobning 2-bandida bayon etildi).
Bu modelda yangi iqtisodiyotga o‘tishning umumiy tomonlari va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotlarning asosiy yo‘nalishlari belgilanadi.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning 
Download 41.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling