1. O‘tkazilish obyektiga ko‘ra Tasnifiy belgilariga ko‘ra O‘tkazilish obyektiga ko‘ra


Download 17.42 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi17.42 Kb.
#1801476
Bog'liq
12-mavzu


12-mavzu. Ommaviy tadbirlarning kurgazmalardan farqlanishi
1. O‘tkazilish obyektiga ko‘ra
2. Tasnifiy belgilariga ko‘ra
1. O‘tkazilish obyektiga ko‘ra
Ommaviy tadbirlarni tasniflashning bir qancha mezonlari mavjud. Xususan, ommaviy tadbirlar qamrov doirasiga tashrif buyuruvchilar soniga qarab turli obyektlarda otkaziladi. Ommaviy tadbirlar o‘tkazilish obyektiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
O‘tkazilish obyektiga ko‘ra:
- mehmonxonalar konferensiya zallari yoki banket zallarida uyushtiriluvchi ommaviy tadbirlar;
- restoranlar va boshqa umumiy obqallanish korxonalari xizmat ko‘rsatish zallarida uyushtiriluvchi ommaviy tadbirlar;
- ochiq osmon ostida uyushtiriluvchi ommaviy tadbirlar;
- Dekoratsiyalar bilan bezatilgan sahna atrofida uyushtiriluvchi ommaviy tadbirlar(ko‘chma konstruksiyalar asosida);
- Ko‘rgazma pavilionlari ba san'at galareyalarida uyushtiriluvchi ommaviy tadbirlar;
va shunga o‘xshash bir qancha turlarga bo‘lishi mumkin.
2. Tasnifiy belgilariga ko‘ra
Ommaviy tadbirlar quyidagi tasnifiy belgilariga muvofiq bir biridan farqlanadi:
- O‘tkazilish obyektiga ko‘ra;
- Qamrov doirasiga ko‘ra;
- Davriy takrorlanishiga ko‘ra;
- Maqsadlarning belgilanishi va konseptsiyaning tanlanishiga ko‘ra;
Ommaviy tadbirlar qamrov doirasiga ko‘ra:
- kichik masshtabli ommaviy tadbirlar (5 kishidan 100 kishigacha bo‘lgan auditoriyada);
- o‘rta masshtabli ommaviy tadbirlar (100 kishidan 5000 kishigacha bo‘lgan auditoriyada);
- yirik masshtabli ommaviy tadbirlar (5000 kishidan ortiq bo‘lgan auditoriya)
Davriy takrorlanishiga ko‘ra:
- unikal, takrorlanmas ommaviy tadbirlar;
- muayyan vaqt oraligida takrorlanuvchi ommaviy tadbirlar;
- uzluksiz takrorlanuvchi ommaviy tadbirlar;
Ommaviy tadbirlar maqsadlarning belgilanishi va konseptsiyaning tanlanishiga ko‘ra:
- Ziyofat kechalari;
- Xayriya aksiyalari;
- Konsertlar, gostrollar;
- Ko‘rgzama va yarmarkalar;
- Ishbilarmonlik muzokaralari, siyosiy muloqotlar;
- Sport festivallari, chempionatlari ba kubok musobaqalari;
- ilmiy simpoziumlar va hokazo;
Ommaviy tadbir tashkil etishning iqtisodiy samarasi, asosan quyidagilarga bog'liq:
Iqtisodiy samarasi
- Ommaviy tadbirlar auditoriyasiga mos obyektni tanlash va uning sig'imini aniqlash;
- Ommaviy tadbirni o‘z kontsepsiyasiga muvofiq dekorativ bezatish;
- MICE-turizmining transport taminoti va logistik sxemasini rejalashtirish.
Download 17.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling