Mavzu: fond birjalari reja: Kirish Fond birjasi haqida tushuncha. Toshkent respublika fond birjasi
Download 44.46 Kb.
|
fond birjalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Toshkent" respublika fond birjasi
MAVZU: FOND BIRJALARI Reja: Kirish 1. Fond birjasi haqida tushuncha. 2. Toshkent" respublika fond birjasi 3. Birja savdolari tizimi faoliyati Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati Kirish.
Birja eng qadimiy savdo instituti bo’lib, hozirgi birja tashkilotlarini yaratilishi, savdoning rivojlanishi, yirik savdo markazlarining tarkib topishi, savdogarlar guruhlarini ko’plab yuzaga kelishi bilan bog’liqdir. Demak, hozirgi birjalarning avlodi bo’lib, bozor va yarmarkalar hisoblanadi. Bozorda savdo muttasil olib borilar edi, ammo birjadan farq qilgan holda bozorda tovarning asli sotilib, odatda xarid qiluvchilar bo’lib tovarni iste’mol qiluvchilar hisoblanar edi. Yarmarkalarda tovarni o’zi bo’lmay uning namunasi, ulgurji partiyalari bo’yicha savdo qilinar edi va uni savdo vositachilari xarid qilar edilar. Yarmarkalarda eng kamyob va chaqqon tovar bo’lib pul hisoblanar edi. Yarmarkalar bir yilda bir necha marta o’tkazilar edi. Odatda. Yarmarkalar halqaro savdoni rivojlantirishga xizmat qilar, bozor esa cheklangan rayonlarda savdo oborotini taxminlar edi. Dunyodagi eng yirik fond birjalaridan biri hisoblangan NASDAQ qarorgohida uning raisi oʻrinbosari Meyer Frucher va birja maydoni vitse-prezidenti Joyel Kazis bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Amerika fond birjasi mutasaddilari Oʻzbekistonda kapital bozori taraqqiyotini qoʻllab-quvvatlash sohasida olib borilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi. Ular AQSH birja tuzilmalari ushbu mamlakatda roʻy berayotgan oʻzgarishlar, davlat rahbari tomonidan fond bozorlari va bank-moliya sektorini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlar ijrosini diqqat bilan kuzatib borishayotganini taʼkidlashdi. Respublikada xususiy banklar ulushi koʻpayib borayotgani Nyu-Yorkda ham ijobi kutib olinayotgani qayd etildi. - Kapital banki yaxlitligini taʼminlash sizning katta muvaffaqiyatingizdir. Bu xalqaro treyderlar uchun jiddiy ishoradir, - dedi M. Frucher. NASDAQ raisi oʻrinbosarining fikricha, birja savdolarini diversifikatsiya qilish va fond bozori infratuzilmalari xavfsizligini taʼminlash Oʻzbekistonda kapital bozori rivojiga xizmat qiluvchi omillardir. Zero, investorlar xorij bozoriga kirishda aynan mana shu ikki mezonni inobatga olishadi. Amerika fond birjasi vakillari Oʻzbekiston fond birjasini kuzatish va oʻrganish uchun “aqlli”(smart) texnologiyalarni joriy etish, birjalarning texnologik salohiyatini modernizatsiya qilish, qolaversa, oʻzbek kompaniyalarining xalqaro qimmatli qogʻozlar bozoriga chiqishi masalasida konsultatsiya yordamini koʻrsatishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Muzokaralar yakunida “Toshkent” RFB va NASDAQ oʻrtasida oʻzaro anglashuvi memorandumi imzolandi. Oʻz navbatida mamlakatimiz delegatsiyasi AQSHdagi eng asosiy va koʻhna fond birjasi hisoblangan Nyu-York fond birjasi (NYSE)da birja savdolarining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi. Birja faoliyatiga start beruvchi qoʻngʻiroqni eshitishdi. Shu yerning oʻzida ushbu muassasa raisi oʻrinbosari va bosh savdo vakili Jon Tattl bilan uchrashuv tashkil etildi. Oʻzbekiston kapital bozorini rivojlantirish muzokaralarning asosiy mavzusiga aylandi. Binobarin, davlat kompaniyalari va eng rentabel hamda yirik korporatsiyalar tomonidan xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini AQSH fond bozoriga kiritish istiqbollari ham muhokama qilindi. J. Tattl Oʻzbekistonda kapital bozori institutsional rivoji kelajagi haqida gapirar ekan, bunda qimmatli qogʻozlar savdo operatsiyalarida shaffoflikni taʼminlovchi oʻzini-oʻzi boshqarish organini tuzish muhim ekanligini aytib oʻtdi. Bu borada AQSHdagi Moliya xizmatlari tarmogʻini tartibga solish xizmati (FINRA)ni misol qilib keltirdi. Uning fikricha, savdo qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlovchi bunday tuzilma chet ellik sarmoyadorlar uchun investitsiyalarini himoya qilishning kafolatiga aylanadi. NYSE vakillari oʻz resurslari, texnologiyalari va menejment vositalarini jalb etgan holda oʻzbek fond birjasini isloh etishda faol qatnashish, shuningdek, oʻzbek kompaniyalari aksiyalarini Amerika fond maydonlariga olib chiqish uchun koʻmak berishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. 1. Fond birjasi haqida tushuncha Fond birjasi - qimmatli qogʻozlar va boshqa moliyaviy vositalar oldisotdi qilinadigan birja; pul kapitali harakatiga xizmat koʻrsatadigan moliya bozorining dastaklaridan biri. Bozor infratuzilmasining muhim boʻgʻini, qimmatli qogʻozlar (davlat obligatsiyalari, korxonalar aksiya va obligatsiyalari, bank kredit biletlari, tijorat veksellari), valyuta oldisotdisi boʻyicha muntazam va tashkiliy faoliyat koʻrsatadi. Fond birjasining asosiy vazifalari: boʻsh turgan pul va qimmatli qogʻozlarni sotishni tashkil etish orqali jamgʻarilgan pul kapitalini safarbar etish va toʻplash; xususiy xoʻjalik subʼyektlari va davlat investitsiyalarini ularning qimmatli qogʻozlari xaridini tashkil etish yoʻli bilan moliyalashtirish; qimmatli qogʻozlarning yuqori darajadagi likvidligini, yaʼni qimmatli qogʻoz egalari uchun yoʻqotishlarsiz tezda pul mablagʻlariga aylanishini taʼminlash. Huquqiy maqomiga koʻra, jahon amaliyotida doimiy davlat nazoratida faoliyat koʻrsatadigan yalpi huquqiy, aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi hususiy va davlat kapitali ishtirokidagi aralash Fond birjasi turlari bor. Fond birjasi 16-asrda Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida paydo boʻlgan. Jahonda 150 dan ortiq yirik Fond birjasi bor (2003). Oʻzbekistonda birinchi fond birjalari 1991-yildan boshlab tashkil etila boshladi, lekin ularning ko'pi keyinchalik yopildi. Fond birjasi – qimmatli qog‘ozlar savdosiga mo‘ljallangan uyushgan bozor. Bu qimmatli qog‘ozlar xaridori hamda sotuvchisi uchrashadigan joy. Misol uchun, dunyodagi yetakchi fond birjalariga NYSE, NASDAQ, LSE va boshqalar kiradi. Amsterdam fond birjasi dunyodagi eng ko‘hna birja sanaladi. Birja 1602-yilda tashkil topgan bo‘lib, shu yili tarixdagi ilk aksiyadorlik kompaniyasi – Gollandiyaning Ost-Ind kompaniyasi tashkil etilgan. “Toshkent” fond birjasi — O‘zbekiston hududidagi yagona fond birja. U 1994-yil 8-aprelda tashkil etilgan. Hozirda u yerda 99 ta kompaniya o‘z aksiyalari va 4 ta emitent (aksiya chiqaradigan kompaniya) o‘z obligatsiyalari bilan savdo qiladi. Ro‘yxatga olingan qimmatli qog‘ozlar birjalarga joylashtiriladi, u yerdan ularni jismoniy va yuridik shaxslar — investorlar xarid qilishi mumkin. Fond birjasi faoliyatini kim tartibga soladi? Tartibga soluvchi – mustaqil tashkilot bo‘lib, u bozorda ya’ni fond birjasida hammasi qonuniy asosda amalga oshishini nazorat qiladi. O‘zbekistonda ushbu vazifalarni Kapital bozorini rivojlantirish agentligi bajaradi, u, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash bilan shug‘ullanadi. Aksiyalar kotirovkasi nima? Aksiyalar kotirovkasi – bu aksiyalarning fond birjasidagi bahosi bo‘lib, talab va taklifga ko‘ra belgilanadi hamda kompaniyaning sof daromadi, avval to‘langan dividendlar hajmi, firmaning obro‘si va qimmatli qog‘ozlar bozoridagi o‘rni kabi ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘ladi. Kompaniya aksiyalarining kotirovkasi doimo o‘zgarib turadi va “Toshkent” RFB saytida “Birja kotirovka varag‘i” nomli maxsus jadvalda doimiy aks etadi. Har bir aksiya bir vaqtning o‘zida bir nechta narxga ega: Birinchidan, bu chiqarish paytida aksiyaga belgilangan nominal narx. Uni nominal qiymat ham deyishadi. Aksiyaning nominal qiymati egasi ushbu aksiya bo‘yicha oladigan daromad yoki dividendga nisbatan ahamiyatli. Aksiyalarning bozor narxi ushbu qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi davridagi talab va taklifga ko‘ra belgilanadi. Odatda u amalga oshgan bitimlarning o‘rtacha qiymati sifatida yoki savdo kunining (savdo haftasi) yakuniy narxiga ko‘ra belgilanadi. Kotirovka narxlari – ma’lum vaqt oralig‘ida qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha operatsiyalar bajarilgan, birjadagi turli sotuvchi va xaridorlar tomonidan taklif etilgan narxlar. Fond birjasida listing (birja kotirovka varag‘i) – bu kompaniyaning birja talablariga javob berishini tekshirishdan iborat maxsus birja tadbiri. 2. Toshkent" respublika fond birjasi "Toshkent" respublika fond birjasi — qimmatli qogʻozlar savdosini amalga oshiradigan birja. "T."r.f.b. 1994 y. 8 aprelda tashkil etilgan. Uning faoliyati respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va xususiylashtarilgan davlat korxonalari negizida ochiq aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil kilish siyosati bilan uzviy bogʻliq. Oʻzbekiston iqtisodiyotida pul tushumlari qayta taqsimlanishining yangi tizimi hisoblanadi. Birjaning barcha viloyatlarda filiallari va 84 ta brokerlik idorasi bor (2004). 1994 yilda qimmatli qogʻozlar birja savdolari yillik aylanmasi 30 mln. soʻmni, 1996 yilda 2,8 mlrd. soʻmni tashkil etdi, jahon standartlariga moye birja standarti qabul qilindi. 1998 yilda savdolar hajmi 3,5 mlrd. soʻmga yetdi, listing tartibi qabul qilindi, "Buxoroteks" aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekistonning birinchi listing korxonasi sifatida qayd etildi, shuningdek, "Buxoroteks", "Paxtabank", "Oʻzsanoatqurilishbank", "Oʻzbekiston metallurgiya kombi nati" va "Gʻallabank" aksiyadorlik jamiyatlari rasmiy birja roʻyxatiga kiritildi. 1999 yilda chet el investorlariga erkin muomaladagi valyutaga aksiyalar sotish savdo maydonchasi ish boshladi. 2003 yilda qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha yillik aylanma hajmi 35,7 mlrd. soʻmni tashkil qildi, erkin muomaladagi valyutaga 8,3 mln. AQSH dollari miqdorida aksiyalar savdosi amalga oshirildi. 2003 yilda uning savdo maydonlarida 1617 ta aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari bilan 6933 ta bitim va 10 ta emitentning korporativ obligatsiyalari boʻyicha bitimlar amalga oshirildi, shuningdek, umumiy hajmi 32,1 mlrd. soʻmlik 30,9 mln. dona aksiyalari sotildi. Birja 1995 yilda "Yevrosiyo" fond birjalari federatsiyasi (FEAS)ra aʼzo boʻldi, 1999 yildan Istanbul fond birjasiga, 2001 yildan MDH birjalari assotsiatsiyasiga aʼzo, Frankfurt fond birjasi bilan hamkorlik va axborot almashish haqida bitimlar imzolangan. Eng nufuzli xalqaro birjalar (London, NyuYork) listingidan joy olish boʻyicha aloqalar yoʻlga qoʻyilgan Bozor iqtisodiyotiga ega har bir dunyo mamlakatlarida milliy fond birjasi mavjud. Bu qimmatli qog‘ozlar savdosi: aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa moliyaviy vositalar uchun mo‘ljallangan bozor hisoblanadi. Birjalar notijorat tashkilotlar, ochiq yoki yopiq aksiyadorlik jamiyatlari, davlat yoki deyarli davlat tashkilotlari bo‘lishi mumkin. 2016-yil ma‘lumotlariga ko‘ra, dunyoda 250 ta birja bor edi, ularning 16 tasining kapitallashuvi 1 trillion dollardan oshdi. Qimmatli qog'ozlarni sotib olish va sotish bo'yicha bitim tuzishning eng oson yo'li - maxsus tashkil etilgan savdo maydonchasi - birjadir. Birja qimmatli qog'ozlarni ishonchli va tez sotib olish va ularni yarmarkada, ya'ni bozor narxida sotish imkonini beradi. Qimmatli qog'ozlarning ayrim turlarini birjadan tashqarida sotib olish va sotish mumkin, bu savdo usuli birjadan tashqari deb ataladi. Ammo, birinchi navbatda, vositachilarsiz hammasini amalga oshirish har doim ham mumkin emas: birjadan tashqarida, qimmatli qog'ozlar odatda qo'ldan -qo'lga sotilmaydi - ularni sarmoya kiritmoqchi bo'lganlarga beriladi. Birjadan tashqari bozorda bitimlar tashkilotchilari bu-brokerlar, banklar va boshqalar. Ikkinchidan, birjadan tashqari savdo katta xavflar bilan bog'liq: bu holda bitimlar hech kim tomonidan nazorat qilinmaydi. Bu shuni anglatadiki, siz firibgarlardan himoyalanmaysiz va sizning pulingiz xavf ostida. Shuning uchun, agar siz qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritmoqchi bo'lsangiz, buni fond birjasi orqali amalga oshirishingiz lozim. 3. Birja savdolari tizimi faoliyati Birja savdolari elektron tizim asosida olib boriladi. Savdolarga tizimli ravishda bir turdagi standart xususiyatga ega, boshqa ishlab chiqaruvchi mahsulotlari yoki boshqa mahsulotlar partiyasi bilan o‘zaro almashuvchi mahsulotlar qo‘yiladi. Shuni esda tutish kerakki, qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar har doim har doim foyda keltirmasligi mumkin. Shuning uchun, agar sizda bo‘sh mablag‘ bo‘lsa va ularni xavf ostiga qo‘yishga tayyor bo‘lsangiz, investor bo‘lishingizga arziydi. Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish - bu lotereya emas, balki puxta hisob-kitobdir. Qanday qilib kuyib qolmaslik va birjada o‘zini tutishning eng xavfsiz strategiyasini tanlash kerak. Boshlang‘ich ish uchun eng oson yo‘li - qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va ma‘lum vaqtdan keyin qimmatroq narxda sotish - shunday qilib pul ishlash. Esda tutish kerak bo‘lgan asosiy narsa shundaki, bu barchasi omad emas, balki puxta o‘ylangan harakatlar natijasidir! Ro‘yxatga olingan qimmatli qog‘ozlar birjalarga joylashtiriladi, u yerdan ularni jismoniy va yuridik shaxslar - investorlar xarid qilishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi – qimmatli qog‘ozlarni saqlash, yuritish, harakatini hisobga olish yagona tizimini ta'minlaydigan hamda boshqa turdosh xizmatlarni ko‘rsatadigan tashkilot. (Markaziy depozitariy o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 1999 yi 21 maydagi 263-sonli “Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, majburiy litsenziyalashsiz amalga oshiradi). Fond birjasi faoliyatini kim tartibga soladi? Tartibga soluvchi – mustaqil tashkilot bo‘lib, u bozorda, ya'ni fond birjasida hammasi qonuniy asosda amalga oshishini nazorat qiladi. O‘zbekistonda ushbu vazifalarni Kapital bozorini rivojlantirish agentligi bajaradi, u, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari (investitsiya maslahatchilari, brokerlar, dilerlar, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi) faoliyatini litsenziyalash bilan shug‘ullanadi. Aksiyalar kotirovkasi nima? Aksiyalar kotirovkasi – bu aksiyalarning fond birjasidagi bahosi bo‘lib, talab va taklifga ko‘ra belgilanadi hamda kompaniyaning sof daromadi, avval to‘langan dividendlar hajmi, firmaning obro‘si va qimmatli qog‘ozlar bozoridagi o‘rni kabi ko‘plab omillarga bog‘liq bo’ladi. Bu muhim! Kompaniya aksiyalarining kotirovkasi doimo o‘zgarib turadi va «Toshkent» RFB saytida «Birja kotirovka varag‘i» nomli maxsus jadvalda doimiy aks etadi. Har bir aksiya bir vaqtning o‘zida bir nechta narxga ega: Birinchidan, bu chiqarish paytida aksiyaga belgilangan nominal narx. Uni nominal qiymat ham deyishadi. Aksiyaning nominal qiymati egasi ushbu aksiya bo‘yicha oladigan daromad yoki dividendga nisbatan ahamiyatli. Aksiyalarning bozor narxi ushbu qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi davridagi talab va taklifga ko‘ra belgilanadi. Odatda u amalga oshgan bitimlarning o‘rtacha qiymati sifatida yoki savdo kunining (savdo haftasi) yakuniy narxiga ko‘ra belgilanadi. Kotirovka narxlari – ma'lum vaqt oralig‘ida qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha operatsiyalar bajarilgan, birjadagi turli sotuvchi va xaridorlar tomonidan taklif etilgan narxlar. Fond birjasida listing (birja kotirovka varag‘i) – bu kompaniyaning birja talablariga javob berishini tekshirishdan iborat maxsus birja tadbiri. Birja qimmatli qog‘ozlar emissiyasi (chiqarilishi) ro‘yxatdan o‘tganligini, uning natijalari haqidagi hisobotni, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilinishini, o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilinishi va bir qator boshqa talablarga rioya qilnishini tekshiradi. Xulosa.
Xulosa qilib aytganda fond birjalarning funksiyalari davlat iqtisodiyoti tizimida muhim o`rin tutadi. O`zbekistonda ham fond birjalariga alohida ahamiyat qaratilgan bo`lib, "Toshkent" respublika fond birjasi tashkil qilingan va u qimmatli qogʻozlar savdosini amalga oshiradi. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan fond birjalari faoliyati tubdan yaxshilangan va Oʻzbekiston iqtisodiyotida pul tushumlari qayta taqsimlanishining yangi tizimi hisoblanadi. Birjaning barcha viloyatlarda filiallari va 84 ta brokerlik idorasi bor (2004). 1994 yilda qimmatli qogʻozlar birja savdolari yillik aylanmasi 30 mln. soʻmni, 1996 yilda 2,8 mlrd. soʻmni tashkil etdi, jahon standartlariga moye birja standarti qabul qilindi. 1998 yilda savdolar hajmi 3,5 mlrd. soʻmga yetdi, listing tartibi qabul qilindi, "Buxoroteks" aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekistonning birinchi listing korxonasi sifatida qayd etildi, shuningdek, "Buxoroteks", "Paxtabank", "Oʻzsanoatqurilishbank", "Oʻzbekiston metallurgiya kombi nati" va "Gʻallabank" aksiyadorlik jamiyatlari rasmiy birja roʻyxatiga kiritildi. 1999 yilda chet el investorlariga erkin muomaladagi valyutaga aksiyalar sotish savdo maydonchasi ish boshladi. Download 44.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling