1. O`tkir Hoshimov
Gabriel Garsia Markes abadiyati
Download 22.62 Kb.
|
Gabriel Garsia Markes abadiyati XX asrning eng so‘nggi klassik adiblaridan hisoblangan Gabriel Garsia Markes Mexikoda zotiljamdan vafot etdi. Yozuvchi o‘n besh yil betob yotgan. 1999 yili shifokorlar kolumbiyalik buyuk adibga sanoqli kunlari qolgan, deb tashxis qo‘yishgan. Bunga ishongan yozuvchining o‘zi ham, har ehtimolga qarshi qolgan vaqtini memuarlar yozishga bag‘ishlab, nafaqat butun tashqi dunyo, hatto o‘z yaqinlari bilan ham muloqotni yig‘ishtirib qo‘ygandi. Uning baxtiga xastalik ortga chekinib, 2002 yili “Hayot haqida hikoya qilmoq uchun yashamoq” deb nomlangan xotiralar trilogiyasining birinchi qismi chop etiladi.
Yozuvchiga adabiy shon-shuhrat esa 1961 yili chop etilgan “Polkovnikka hech kim xat yozmaydi” qissasi orqali kelgandi. Adib bu asarni Ernest Xemingueyning mutlaq ta’sirida bo‘lgan kezlari yozgan. Bu asar “realizm sehr-jodusi”ning yorqin namunasi sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa-da, shu asardan boshlab mustaqil uslubi namoyon bo‘la boshlagan. Oradan besh yil o‘tib adib olamga shov-shuv bo‘lgan asari — “Yolg‘izlikning yuz yil yili” romanini yozib bitkazadi. Unda bir qishloqning paydo bo‘lganidan to yo‘qolib ketguniga qadar unda yashagan oilalarning yetti avlodi hayoti mohirona tasvirlangan. Real hayot bilan fantastik voqealar tasviri shu qadar uyg‘unlashib ketganki, ularni bir-biridan ajratish qiyin. Kitobxon mutolaa jarayonida keladigan ma’naviy xulosalar ham aql bovar qilmas darajada ko‘p qirralidir. Uning mumtoz yozuvchi sifatida abadiy shon-shuhratga burkanishi uchun shu asarning o‘zi kifoya qilsa-da, G.Markes o‘tgan asr saksoninchi yillari o‘rtalariga qadar muttasil yangi asarlar yozdi. Garchi, ular adibning avvalgi ikki asari zabt etgan yuksaklikka ko‘tarila olmagan bo‘lsa-da, har birini kitobxonlar katta xayrixohlik bilan kutib olishgan. 1982 yili yozuvchi “Fantaziya va reallik o‘zaro uyg‘un holda butun bir qit’a hayoti va muammolarini o‘zida aks ettirgan roman va qissalari uchun” Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. 2004 yili mohiyatan ijodiy vasiyatlar tarzidagi bitiklari chop etilgach, adibning eng so‘nggi qissasi e’lon qilingandi. Shundan so‘ng adib roppa-rosa o‘n yil yashab, 87 yoshida olamdan o‘tdi. Kolumbiyaning Gabriel Garsia Markes tug‘ilib o‘sgan Arakataka shahri aholisi o‘z Vatanining faxr-iftixor timsoliga aylangan olamshumul adib siymosiga buyuk ehtirom ko‘rsatib vidolashdilar. Kolumbiya hukumati adib xotirasi uchun mamlakatda uch kunlik motam e’lon qildi. Download 22.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling