1. O`tkir Hoshimov


Download 22.62 Kb.
bet5/5
Sana19.06.2023
Hajmi22.62 Kb.
#1620907
1   2   3   4   5
Tolstoy va uning romani
Buyuk adib Lev Tolstoy o‘z asarlariga, shu jumladan, “Urush va tinchlik” romaniga ham ishonchsizlik bilan qaragan. 1871 yili Fetga yozgan xatida: “Men shunday baxtlimanki... bundan buyog‘iga hech qachon “Urush”ga o‘xshagan ko‘p so‘zli bo‘lmag‘ur narsalarni yozmayman”, deydi. 1908 yili esa kundaligiga ushbu bitiklarni ham yozib qoldirgan: “Odamlar meni arzimagan narsalar uchun yaxshi ko‘rishadi — ularga “Urush va tinchlik”ka o‘xshagan asarlar juda muhim bo‘lib tuyuladi”.
Antiqa dastxat
Anton Chexov betob bo‘lganida kanakunjut yog‘i zarur bo‘lib, dorixonaga odam yuboribdi. Dorigar o‘zini go‘llikka solibdi-da, ikkita katta g‘ilofdagi kanakunjutdan berib jo‘natibdi. Yozuvchi g‘ilofi bahaybat dorilarni ko‘rib, “Men ot emasman”, degan yozuv bilan darhol uni egasiga qaytaribdi. Quvlik qilib adibning dastxatini olishga erishgan dorigar esa, mamnun bo‘lgancha dorilarni boshqasiga almashtirib beribdi.
Xato ketgan” o‘q
Aleksandr Dyumaning bir safar duelga tushishiga to‘g‘ri kelgan ekan. Qoidagi ko‘ra, avval qur’a tashlanib unda kim yengilsa, o‘sha odam o‘zini otishi kerak bo‘lgan. Qur’ada omadi chopmagan yozuvchi qo‘shni xonaga o‘tibdi-da, ichkaridan berkitibdi. Birozdan so‘ng o‘q ovozi eshitilib, hamma yurak hovuchlab turganda ichkaridan Dyuma chiqib kelibdi va voqea ishtirokchilariga qarata: “Men otdim, biroq o‘qim... xato ketdi”, debdi.
Kafkaning o‘limidan so‘ng…
Frants Kafka hayotlik chog‘ida faqat bir nechta hikoyalarini e’lon qilgan. Og‘ir kasal bo‘lib yotgan adib do‘sti Maks Broddan o‘zining barcha bitiklari va yozib tugallanmagan romanlarini o‘limidan so‘ng yoqib yuborishni iltimos qiladi. Brod iltimosni bajarmaydi, qaytanga ularning — Kafkaga hayotidan so‘ng katta shuhrat keltirgan bu asarlarning chop etilishini ta’minlaydi.
Download 22.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling