1. O`tkir Hoshimov
Download 22.62 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Evropa yozuvchilari ijodida mavzu va g`oya
2. Nazar Eshonqul
Iste’dodli yozuvchi Nazar Eshonqul 1962 yilda Qashqadaryo viloyati Qamashin tumani, Tersota qishlog‘ida tug‘ilgan. 1979-yilda o‘rta maktabni tugatgach, Toshkent Davlat universitetining jurnalistika (1981–1986) va shu universitetning aspirantura (1986–1991) fakultetida tahsil olgan. Shundan so‘ng O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, “Yozuvchi” gazetasida, “Jahon adabiyoti” jurnalida ishladi. 1997 yildan O‘zbekiston teleradiokompaniyasida ishlab kelmoqda. 1980-90-yillarda nasrimizning yangilanishi an’anaviydan biroz farq qilib, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida G‘arbda vujudga kelgan adabiy yo‘nalish bilan o‘xshashlik ko‘rsatdi. Zamonaviy nasrimizdagi bu ijodiy izlanishlar darhol adabiy jamoatchilik e’tiborini tortdi. Bu hol oʻzbek nasri tahlili koʻlamini kengaytirib, obraz kengligi, tahlil maydoni, shakl, mazmun va maqsad-muddaosi jihatidan yangi qirralarini ochib berdi. Xususan, ob'ektiv dunyo, voqea-hodisalar tasviri, qahramonning xatti-harakatlari, uni o'rab turgan muhit va sharoit, zamon va makon endi bevosita badiiy to'qimaga aylanib qolmaydi, balki insonning tasavvuriga, ongi va ongli munosabatiga ta'sir qiladi. unga qarshi qahramon. O‘quvchi endi bosh qahramon bilan emas, balki uning tafakkuri bilan muloqot qiladi, uning tafakkuri bilan bahslashadi Shu ma’noda Nazar Eshonqul o‘zbek nasriga, ayniqsa, hikoyachilikka yangi ovoz, yangi ruh olib kirdi. U bu janrni Sharq va G‘arb adabiyoti an’analari bilan uyg‘unlashtirgan adiblardan biridir. Uning birinchi kreditlari "Urushdan keyin" (1989), "Ufq ortidagi quyosh", "Maymunli odam" (2004), "Shamolni ushlab turolmaydi" (2005), "Momaqaldiroq qo'shig'i" (1991) va "Yalpiz hidi" (1996) edi. ), "Shaftoli guli" (2011). 3. Evropa yozuvchilari ijodida mavzu va g`oya Ispan shoiri Garsia Lorka qadimiy andalus xalq qo‘shiqlari ohangida she’rlar yozib, jahonga mashhur bo‘lgan va o‘z ijodida Sharqu G‘arb adabiy an’analarini uyg‘unlashtirgan ijodkordir. “Kante Xondo — andalusiya qo‘shiqlari” maqolasida Lorka ushbu noyob she’riy ohanglar hind xalq og‘zaki ijodiyotiga borib taqalishini e’tirof etadi. Uning ta’kidlashicha, Kante Xondo qo‘shiqlari Ispaniyaga lo‘lilar bilan birga kirib kelgan ekan. “Musiqa madaniyati tarixini teran o‘rgangan tadqiqotchi va nozik savqi tabiiy egasi Manuel de Falening izlanishlari lo‘lilarning hindiy qavmlardan tarqaganini isbotlaydi, — deb yozadi Garsia Lorka. — Uning ko‘zqarashlariga ko‘ra, bizning eramizning 1400 yilida lo‘li qabilalari Hindiston tuprog‘idan butun dunyoga tarqab ketgan. Yigirma yildan so‘ng lo‘li qavmlari Arabiston va Misr qirg‘oqlaridan suzib o‘tib Yevropaning turli mamlakatlarida paydo bo‘lishgan va Ispaniyaga ham kirib kelishgan”. Garsia Lorkaning “bobo”si Rui Gonsales de Klavixo esa 1403-1406 yillarda Ispaniyadan Samarqandga – Sohibqiron Amir Temurning buyuk saltanatiga elchi bo‘lib keladi va “Samarqandga — Temur saroyiga sayohat kundaligi” asarini yaratadi. Artyur Rembo boyligi Taniqli farang shoiri Artyur Rembo 1854 yilning 20 oktyabrida Frantsiyaning Sharlevil shahrida tug‘ilgan. 1891 yilning 10 noyabrida, o‘ttiz yoshida bevaqt vafot etgan. Yetti yoshidan boshlab she’rlar yozgan shoir bor-yo‘g‘i o‘n to‘qqiz yoshgacha ijod qilgan, xolos. “Yetti yashar shoirlar” she’rida o‘zining baxtsiz bolaligini tasvirlagan. U “Do‘zax fasli” nomli oxirgi asariga 1873 yilning avgust oyida nuqta qo‘ygan. Artyur Rembo yosh bo‘lishiga qaramasdan, shoir sifatida erta nom qozongan edi. Adabiyotni ham ongli ravishda o‘z xohishi bilan juda erta tark etgan. 1873 yildan so‘ng hayotining qolgan o‘n sakkiz yilida badiiy ijod bilan umuman shug‘ullanmagan. Artyur Rembo boylik orttirish ilinjida Misr, Arabiston, Efiopiya mamlakatlarining turli shaharlarida, cho‘lu biyobonlarini tinimsiz kezdi. Biroq u o‘zi o‘ylagandek boy bo‘la olmadi. Aslida u o‘spirinligidayoq haqiqiy boylikka erishgan edi — Artyur Remboning betakror va nodir she’riyati jahon adabiyoti xazinasini hozirga qadar boyitib turibdi. Gabriel Garsia Markes o‘qigan ilk kitob Kolumbiyalik taniqli yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi, “Yolg‘izlikning yuz yili”, “Buzrukning kuzi”, “Polkovnikka hech kim xat yozmaydi” singari ko‘plab jahonshumul asarlar muallifi Gabriel Garsia Markes ham bir paytlar bola bo‘lgan. 1927 yilning 6 marti tongotar pallasida katta oilaning kelajakda tug‘ilajak o‘n farzandi — to‘rt nafar qiz bola, olti nafar o‘g‘il bolaning to‘ng‘ichi bo‘lib dunyoga kelgan bo‘lajak buyuk adibning bolaligi ham g‘aroyibotlaru hayratlar, orzu va havaslarga nihoyatda boy bo‘lgan. O‘smirlik chog‘ida har xil o‘qishlar va kasbu korlarni egallash zarurligini tinmay uqtirib tazyiq va zug‘um qilgan otasiga onasi orqali u shunday degan ekan: — Mening bu hayotda yakkayu yagona istak-maqsadim — yozuvchi bo‘lmoq va men albatta, bunga erishaman. O‘qishni o‘rgana boshlaganida alifbodagi “m” harfining “em” deb o‘qilishi hali bola Gaboga mantiqsizlikday tuyulgan ekan. Uning unli, undosh tovushlar bilan ilk to‘qnashuvi shundoq boshlangan. Harf tanigach, bobosining omborxonasida chang bosib yotgan sandiqdan yarim varaqlari yo‘q, titilib ketgan kitobni topib, muk tushib astoydil mutolaaga sho‘ng‘iganida, xonadon mehmonlaridan biri: “Xudo haqi, bu bolakay hali yozuvchi bo‘lib ketadi!” deb hayratgangan ekan. Mazkur kitobdan olgan taassurotlarini, undagi baliqchi haqidagi qisqa va go‘zal rivoyatni adib keyin shon-shuhratga g‘arq butun hayoti davomida minnatdorlik bilan eslaydi. Adibning “Hayot haqida hikoya qilmoq uchun yashamoq” nomli esdaliklar asaridan ma’lum bo‘lishicha, ushbu kitob “Ming bir kecha” ertaklarining bir jildi ekan. Markes bolaligida mehr va chanqoqlik bilan mutolaa qilgan ikkinchi asar esa general bobosi sovg‘a qilgan kattakon lug‘at kitobi bo‘lgan. Yozuvchi o‘z xotiralarida: “Men bu tabarruk lug‘atni xuddi roman o‘qiganday zavq bilan mutolaa qildim va mening yozuvchilik qismatimning asosiy kitoblaridan biri deb bilaman”, deb e’tirof etgan. Download 22.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling