1. O`tkir Hoshimov
Xaruki Murakami yangi kitob yozdi
Download 22.62 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pablo Nerudaning ilk she’ri
Xaruki Murakami yangi kitob yozdi Mashhur yapon adibi, Nobel mukofoti sovrindori Xaruki Murakami shu oyda navbatdagi hikoyalar to‘plamini chop ettirmoqda. “Ayollarsiz erkaklar” deb nomlangan mazkur to‘plamga hali e’lon qilinmagan yangi hikoya hamda ilgari Yaponiyaning turli jurnallarida bosilgan asarlar kirgan. Yozuvchining ancha shov-shuv va bir necha hafta avval kechirim so‘rashiga sabab bo‘lgan “Mening mashinamni boshqar” nomli hikoyasi ham shu to‘plamdan joy olgan. Gap shundaki, hikoya qahramoni mashinada borayotib, uni boshqarayotgan yoshgina qiz chekilgan tamaki qoldig‘ini oynakdan tashqariga otib yuborgan holatni ko‘rib “Nakatombetsuliklarning hammasi shunday qiladi”, degan mulohazani aytadi. Bu esa Yaponiya shimolidagi Nakatombetsu shahri aholisi izzat-nafsiga tegib ketgani uchun yozuvchi juda noqulay ahvolga tushgan. Yozuvchi yangi to‘plamdan joy oladigan shu hikoyasida shahar obro‘ciga putur yetkazadigan bu jumlani tahrir qilishga, ya’ni joy nomini olib tashlashga va’da bergan.
64 yoshli Xaruki Murakami jahonda asarlari eng ko‘p o‘qiladigan zamonaviy yozuvchilardan biri. Asarlari dunyoning qirqdan ortiq tillariga tarjima qilingan. “Qo‘y ovi”, “Norvegiya o‘rmoni”, “Sohildagi Kafka”, “1Q84” kabi romanlari rus tiliga o‘girilgan. X. Murakamining “Rangpar Sukuru Tadzaki va uning safardagi yillari” romani o‘tgan yili Yaponiyaning mutlaq bestselleri hisoblanib, salkam bir million nusxada sotilgan. Pablo Nerudaning ilk she’ri 1904 yilning 14 iyulida Chilining janubidagi Parral shahrida temiryo‘lchi oilasida Rikardo ismli o‘g‘lon tug‘iladi. U tug‘ilganidanoq onasidan yetim qoladi. Rikardo ziyrak, iste’dodli va ta’sirchan bola edi. U sirli va mo‘‘jizali tabiatni qalban his etishga intiladi, ko‘p o‘qiydi va she’rlar mashq qila boshlaydi. Ilk she’rlaridan birini o‘gay onasiga bag‘ishlaydi. Kambag‘al oilasini, tomidan chakki o‘tgan xarob kulbasini, mehribon va mushfiq onani jonli va samimiy satrlarda tasvirlaydi. “Ilk she’rimning qanday chiqqanini bilish uchun ota-onamga olib bordim, — deydi shoir. — Ular oshxonada kattalar dunyosini bolalar dunyosidan keng va teran daryodan ham katta bo‘lib ajratib turuvchi o‘zaro shivir-shivir gurungga berilgan edilar. Yuragimga ilk bor tashrif buyurgan ilhomning hayajoni hamon bosilmagani tufayli qo‘llarim titrab, she’r yozilgan qog‘ozni ularga uzatdim. Otam beparvolik bilan varaqni qo‘limdan oldi, beparvolik bilan o‘qidi va yana shunday beparvolik bilan qaytarib berdi: — Buni qaerdan ko‘chirding? — dedi-da, onam bilan dunyoning ko‘hna va bitmas-tuganmas ishlari haqidagi suhbatlarini kelgan joyidan davom ettiraverdi. Ilk she’rim mana shunday paydo bo‘ldi, ota-onamning befarqligi kabi adabiy tanqidning ham befarqligiga duch keldi..” 1920 yildan boshlab uning she’rlari Pablo Neruda imzosi bilan nashr etila boshlandi. Ba’zi kitoblarda yozilishicha, Neftali Rikardo Reyesning adabiyotga qiziqishi oila a’zolariga yoqmas va ota-onasi uning she’r yozishiga tish-tirnog‘i bilan qarshi chiqar edi. Otasi va o‘gay onasining g‘azabidan qo‘rqib yosh ijodkor asarlariga Pablo Neruda deya imzo qo‘ygan. Chexoslovakiyalik mashhur shoir Yan Nerudaga havas qilib o‘ziga Neruda deya taxallus tanlagan. Oxir-oqibat Pablo Neruda degan nom uning rasmiy ism-familiyasiga ham aylanib ketdi. Pablo Neruda 1971 yilda “Bashariyat qo‘shig‘i” epopeyasi uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlanadi. Download 22.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling