Mavzu: Konflikt inson hayotining ajralmas tarkibi sifatida: konfliktogenlar

Download 86.97 Kb.
Sana21.01.2023
Hajmi86.97 Kb.
#1106634
Bog'liq
Ped.konflikt. 3-mavzu (2)

Mavzu: Konflikt inson hayotining ajralmas tarkibi sifatida. Konfliktogenlar.

Reja:

Konfliktogenlar haqida tushuncha.

Konfliktogenlar turlari.

Konfliktning inson hayotidagi ahamiyati.

Konfliktni yuzaga kelishida tana zaboni

Konfliktlar hayotimizning har bir bosqichida kelib chiqishi mumkin bo‘lib, inson ulardan o‘zini himoya qilishga doim tayyor turishi kerak. Chunki konfliktlar qo‘qqisdan, odam ularni batamom kutmagan vaqtda, konflikt kelib chiqishining umuman ilojisi bo‘lmagan hollarda ham vujudga kelishi va inson hayoti va tinchligini buzishi mumkin.

Tahlillarga ko‘ra, qariyib 80 % konflikt ishtirokchilarining mojaroga moyilligi aniqlangan. Bu odamlardagi o‘ziga xos psixik tushuncha bo‘lib, konfliktni kelib chiqishida konfliktogenlar muhim rol o‘ynaydi. Konfliktogen – konfliktga bo‘lgan layoqatni anglatadi, ya’ni ziddiyatga moyillikdir. Konfliktogenning mazmuni shuki, biz o‘zimiz gapirayotgan gapga u qadar e’tibor qaratmaymiz, ammo boshqa gaplarga shu qadar e’tibor beramizki, unga jiddiyroq tus berishga xarakat qilamiz.

Konfliktogenlarni mazmun-mohiyatiga ko‘ra quyidagi shakllardan biriga kiritishimiz mumkin:

Barchadan ustun bo‘lishga intilish.

Tajovuzkorlikni namoyon qilish.

Xudbinlikni (egoizm) namoyon qilish.

Tajovuzkorlikni namoyon bo‘lishida quyidagi shakllar muhim o‘rin tutadi:

Kuchli tajovuzkor odam o‘zining ichki muammolarini atrofidagi odamlar hisobiga hal etishga intiladi.

Kuchli tajovuzga ega bo‘lmagan odamlar esa boshqalarga tajovuz o‘tkazishga harakat qilishdan oldin uni natijasini o‘ylab ko‘radilar va ayrim hollarda tavakkal qilib ko‘radilar.

Konflikt davridagi tajovuzkorlik kayfiyat va hissiyot bilan bog‘liq bo‘lib kutilmagan pallada namoyon bo‘ladi va mavjud konfliktogenga qarshi javob tariqasida vujudga keladi.

Konfliktga olib kelishi mumkin bo‘lgan so‘zlar, amallar yoki harakatlar konfliktogen deb ataladi.

Konfliktga olib kelishi mumkin bo‘lgan so‘zlar, amallar yoki harakatlar konfliktogen deb ataladi.

Konfliktga olib kelishi aniq bo‘lmagan, ya’ni konfliktga olib kelishi “mumkin bo‘lgan” narsalar ziddiyatga nisbatan uyg‘oqligiz va sezgirligingiz, ogohligingizni tinchlan tirib, sizni aldab qo‘yishi mumkin.

Konfliktogenlar ko‘payib, ular majmuaga aylanganda, konflikt tug‘iladi. Konfliktogenlar eskalatsiyasi qonuniy ravishda konfliktga olib keladi. Bizga kelayotgan axborotlar konfliktogenlar bilan to‘lgan bo‘lsa, biz unga tabiiy ravishda o‘zimizdagi konfliktogenlar bilan javob beramiz.

Konfliktogenlar eskalatsiyasi yuzaga kelmasligi uchun:

  • konfliktogenlarning o‘zingiz va atrofdagilar yuragida yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • konfliktogenlar vujudga kela boshlaganda esa, ulardan o‘z fikri va ongini ozod qilish yo‘llarini qidirish;
  • o‘zimizda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan konfliktogenlar boshqalar ko‘nglida ham yuzaga kelishi mumkinligini nazarga olishimiz darkor.

Konfliktogenlarning ko‘pchiligini quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  • o‘zini ustun qo‘yish;
  • agressiyaga moyillik;
  • egoizm.

Konfliktning oldini olish uchun quyidagi amallarga rioya etish ahamiyat kasb eta boshlaydi:

  • konfliktga olib kelishi mumkin bo‘lgan so‘zlar, amallar yoki harakatlardan iborat bo‘lgan konfliktli vaziyat va holatlardan o‘zini, atrofidagilarni asrash, konfliktogenlarga e’tiborli bo‘lish;
  • konfliktogenlar ko‘payib, ularning majmuaga aylanishini oldini ola bilish, konfliktogenlar eskalatsiyasiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • konfliktogenlarga konfliktogen bilan javob qaytarmaslik;

konfliktogenlar bilan to‘qnashganda o‘zini himoya qilishga emas, balki nima uchun opponentda konfliktogen vaziyat va holat vujudga kelganiga diqqatni qaratish;

  • konfliktogenlar bilan to‘qnashganda o‘zini himoya qilishga emas, balki nima uchun opponentda konfliktogen vaziyat va holat vujudga kelganiga diqqatni qaratish;
  • o‘zida vujudga kelayotgan konfliktogenlardan qutilish va ularni faol ishlatmaslik choralarini ko‘rish;
  • jiddiy konfliktogenlardan bo‘lgan o‘zini ustun qo‘yish, agressiyaga moyillik, egoizmdan qutilish hamda boshqalar tomonidan ular ishlatilganda ham o‘zining konfliktli vaziyatga tortilmaslik choralarini ko‘rish.

E`TIBORINGIZ

E`TIBORINGIZ

UCHUN

RAXMAT !!!

Download 86.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling