1. O’tkir Hoshimovning ona haqidagi asari qaysi qatorda berilgan?


Download 18.92 Kb.
Sana14.05.2023
Hajmi18.92 Kb.
#1459093
Bog'liq
3-chorak adabiyot test



1.O’tkir Hoshimovning ona haqidagi asari qaysi qatorda berilgan?
a)”Dunyoning ishlari” b)”Nur borki soya bor” c)Inson sadoqati d)”Odamlar nima derkan”
2.O’.Hoshimovning “Cho’l havosi”qissasini “sof,samimiy,tabiiy,iliq,rohat qilib o’qiladigan”asar deya ta’riflagan yozuvchi…
a)E.Vohidov b)A.Qahhor c)S.Ahmad d)G’.G’ulom
3.O’zbekiston Qahramoni Said Ahmad aytganidek,”…dostondek o’qiladi”gan asar qaysi javobda berilgan?
a)Dunyoning ishlari b)Muhabbat c)Inson sadoqati d)To’ylar muborak
4.”Hayrat ul-abror”dostonidagi “Sher bilan Durroj”hikoyatida sher nega farzandini og’zida tishlab asrar edi? a)sher har safar bolalaganida sirtlonlar uning bolasini yeb qo’yishar edi
b)bolasini bo’rilardan himoya qilish uchun c)burgutlar sherning bolasini qoyalar ustiga olib ketishardi
d)chumolilar uning bolasini talab o’ldirishardi
5.A.Navoiy forscha sherlariga qanday taxallus qo’yar edi?
a)Navoiy b)Foniy c)Binoiy d)Forsiy
6.”Hayrat ui-abror”dostonining 10-maqolati nima haqida?
a)rostgo’ylik va to’g’rilik b)odob va kamtarlik c)qanoat haqida d)vafo haqida
7.”Sher bilan Durroj” masalida qanday illat qoralangan?
a)dangasalik b)manmanlik c)yolg’onchilik d)ziqnalik
8.”Hayrat ul-abror”dostonining 10-maqolatida nay,nayza,sham,parvona timsollarida shoir qanday g’oyani yoritadi?
a)ishyoqmaslik va dangasalik b)ahillik va qo’shnichilik c)to’g’rilik va egrilik d)sahiylik va baxillik
9.”Ey sarbon ohista yur,oromijonim boradur…”misrasi muallifi qaysi javobda berilgan?
a)Navoiy b)Bobur c)Sa’diy Sheroziy d)Abdulla Avloniy
10.Sa’diyning “Bo’ston”asarida qaysi podsho “Ko’plar ham bu chashma boshiga yetdi,suv ichdi,dunyodan ko’z yumib ketdi”deb buloq boshiga yozdirib qo’yadi?
a)Iskandar b)Jamshid c)Doro d)Kir II
11.”Ustiga kitob ortilgan eshak Na olim va na donodir beshak”Ushbu misralar qaysi ijodkor qalamiga mansub?
a)E.Vohidov b)A.Oripov c)S.Sheroziy d)A.Avloniy
12.Sayohatnoma janrining dastlabki namunalari qaysi adiblarning ijodida uchraydi?
a)A.Navoiy,Lutfiy b)Bobur,Muqimiy c)A.Navoiy,Bobur d)Muqimiy,Furqat
13.”Bobur”so’zi arab tilida qanday ma’noni anglatadi?
14.O’tkir Hoshimov “Alla”hikoyasida kimni tabiatning eng buyuk ixtirosi deb ataydi?
15.Muqimiy “Sayohatnoma”asarida qaysi qishloqni Jannat bog’iga qiyoslagan?


Download 18.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling