Ey sorbon, ohista yur, oromijon kelmoqdadur


Download 23.44 Kb.
bet1/4
Sana08.01.2022
Hajmi23.44 Kb.
#245150
  1   2   3   4
Bog'liq
5-sinf aRALASH TEST YANGI


5-sinf Aralash testlar

1 “Ey sorbon, ohista yur, oromijon kelmoqdadur”

Ushbu mashhur misra bilan boshlanuvchi g’azal mualifi kim?

A)Sa’diy Sheroziy B) Navoiy

C) Bobur D) Muqimiy

2 Adabiyotimizda hajviyotni yangi bosqichga ko’targan va satira maktabini yaratgan ijodkor nomini belgilang.

A) Navoiy B) Bobur C)Muqimiy D) A.Qodiriy

3 "Hayrat ul-abror" dostonininig 10 - maqolati qanday mavzuga bag'ishlangan?

A) adolat B)to’g’rilik

C) saxovat D) iymon

4 "Sher bilan Durroj" hikoyati "Hayrat ul-abror" dostonininig nechanchi maqolatida keltirilgan?

A) uchinchi B)o’ninchi

C) beshinchi D) o’n ikkinchi

5. Durroj qanday qush?

A)qirg’ovul B) sa’va C) boyo’g’li D) qirg’iy

6. "Hayrat ul-abror" dostonininig hajmi qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) 60 bob, 21 maqolat B)63bob 20 maqolat

C) 60 bob, 23 maqolat

D) 61 bob, 20 maqolat

7. “Bobur” so’zi arab tilida qanday ma’noni anglatadi?

A) she’r B)sher C) ayriliq D) shoh

8. Adabiyotimizda she’riy usulda yozilgan ajoyib sayohatnomalar kimning ijodi tufayli maydonga kelgan?

A) Navoiy B) Bobur C)Muqimiy D) A.Qodiriy

9. Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen,

Ham mol yig’ishtirur laim ermasmen.

Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz,

Andoq demangizlarkim, muqim ermasmen.

Bobur qalamiga mansub ushbu ruboiyda ajratib ko’rsatilgan so’zlar qanday ma’no anglatadi?

A) tutqun; kishan; la’natlangan B) erkin; kishan; pastkash

C)kishansiz,oltin-kumush,gado

D) qat’iyatsiz; tilla; pastkash

10. “Hind” so’zi Hindistonni anglatishdan tashqari yana qanday ichki ma’noga ega?

A) “gado” B) “nuqta” C)”qora” D) “azob”

11. Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,



Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.

Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz,

Har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidur.

Ruboiyniing qofiyalanish tizimini ko’rsating.

A) a-a-a-a B) a-b-a-b

C) a-b-a-a D)a-a-b-a

12. Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,

Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.

Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz,

Har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidur.

Ruboiydagi radif so’zni ko’rsating.

A) har kimki B)topqusidir C) vafo D) qilsa

13.Musofirlikning, hatto asirlikning ham azoblarini totib ko’rgan shoir

A)Sa’diy B) Bobur C) Lutfiy D) Rumiy

14 Muqimiy “Sayohatnoma”sidan o’rin olgan sayohatlarning yo’nalishi qaysi bandda to’g’ri keltirilgan?

A) Qo’qondan So’xga; Qo’qondan Quvaga; Qo’qondan Isfaraga

B) Qo’qondan Shohimardonga; Qo’qondan Oltiariqqa; Qo’qondan Farg’onaga

C Qo’qondan Shohimardonga; Qo’qondan Farg’onaga; Qo’qondan Farg’onaga

D) Qo’qondan Isfaraga; Qo’qondan Bag’dodga; Qo’qondan Shohimardonga

15. Muqimiy “Sayohatnoma”si qanday she’riy shaklda yaratilgan?

A) ikkilik B)to’rtlik

C) oltilik D) beshlik

16 O’zbek adabiyotida alohida poetik shaklda tarkib topgan, keyinchalik adabiy an’ana tusiga kirgan “Sayohatnoma” janrining asoschisi kim hisoblanadi?

A) Navoiy B) Bobur C)Muqimiy D) Lutfiy

17“Sayohatnoma”ning kirish qismida nimalar bayon etiladi?

A) sayohatga chiqish ehtiyoji

B) sayohatga chiqish sabablari

C) yo’l xotiralari tafsiloti D)A va B

18.So’nggi 6 – 7 asr davomida o’zbek tiliga bir necha bor tarjima qilingan asar…

A) “Qobusnoma” ( Kaykovus ) B)Guliston(Sa’diy)

C) “Bo’ston” ( Sa’diy ) D) “Shohnoma” ( Firdavsiy )

19. 1960-yilda o’zbek tiliga tarjima qilingan asar…

A) “Qobusnoma” ( Kaykovus ) B) “Guliston” ( Sa’diy ) C)Bo’ston(Sa’diy)

D) “Shohnoma” ( Firdavsiy )

20.“Ko’plar ham bu chashma boshiga yetdi,



Suv ichdi, dunyodan ko’z yumib ketdi.

Qanchasi zulm ila olamni oldi,

Go’rga o’zi ketdi, olgani qoldi”

“Bo’ston” asaridagi hikoyatda keltirilgan ushbu so’zlar buloqning boshiga kim tomonidan yozilgan edi?

A) Afrosiyob B) Iskandar C)Jamshid D) Siyovush

21. “Guliston”dan olingan “Darvesh hikoyati”da darvesh nima uchun zindonga tashlanadi?

A) farzandli bo’lgach, nisor etishni va’da qilgan mollarini bermagani uchun

B)O’g’li mast holda bir kishini o’ldirib qo’ygani uchun

C) o’g’li o’g’rilik qilsa ham unga tanbeh bermagani uchun

D) yakka-yu yolg’iz o’g’lini podshohga navkarlikka berishdan bosh tortgani uchun

22 Muqimiyning “Sayohatnoma” asarida qaysi joy firdavs bog’iga o’xshatiladi?

A) Roshidon B) Isfara

C) Qo‘qon D) Yaypan

23. O`z hikoyatini “O`sha darvesh men o`zim edim” deb xotimalagan adib nomi qaysi qatorda to`g`ri berilgan?

A)Sa’diy Sheroziy B) A. Navoiy

C) Muqimiy D) Bobur

24. Muqimiyning “Sayohatnoma”sida

Unda bo`lus G`ozi dedi



Ham mutfiy, ham qozi dedi

Yurt barcha norozi dedi

Qilgan ishi ozor ekan” deb qayerga ta`rif beriladi?

A) O`ltarma B)Do’rmancha C) Oltariq D) Rapqon

25 Sa`diy Sheroziyning she`rlariga kimlar murojat qilishgan?

A) Gyote, Gegel B) Valter, Lafonten

C)Gyote,Volter D) V. Tomson, Gyote

26 “Qo`lingdan kelgancha karam qil, karam,



Karamli bo`lmagay hech kimsadan kam.

Biyobonda quduq qazolmasang, boq,

Qabristonga kirib katta chiroq yoq” misralari kimga tegishli?

A) Bobur B) Navoiy

C) Muqimiy D)S.Sheroziy

27 So’rsam dedilar «….»,

Birmuncha echkilar ariq,

Kelsa kishi yeyar tariq, Shomu sahar tayyor ekan. Nuq talar o’rniga mos joy nomini belgilang?

A)Beshariq B)Bo’rbaliq

C)Roshidon C)Rapqon

28 Muqimiy Sayohatnomasida «…», Bir ko’cha ketguncha do’kon, ‘’ deb qayerga ta’rif beriladi?

A)Rishton B)Zohidon

C)Nursux D)Rapqon

29 Erkin Vohidovning “O`zbegim” qasidasi qaysi she`r bilan bir vaqtda yozilgan?

A) A. Oripov “O`zbekiston”

B) Mirtemir “Bulut”

C) U. Nosir “Yurak”

D) A. Oripov “Onajon”

30 . Kimning asarlarida hayotga, go`zallikka muhabbat, tubanlikka nafrat yaqqol sezilib turadi?

A) N. Dumbadze

B) E. Vohidov C) U. Nosir D)A. Avloniy

31. Qaysi ijodkor yoshlarning adabiyotiga kirib kelishi uchun jonbozlik ko`rsatadi?

A) O`. Hoshimov B) A. Avloniy C) A. Oripov D) E. Vohidov

32 “Qatag`on”, “Inson sadoqati”, “To`ylar muborak” dramalarining muallifini toping.

A) Said Ahmad B) O`tkir Hoshimov C) Oybek D) Erkin Vohidov


Download 23.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling