1. O’tkir tig’li frezalarning konstruktsiyalari Qattiq qotishma bilan jihozlangan frezalar
Qattiq qotishma bilan jihozlangan frezalar
Download 159.47 Kb.
|
frezalash
2. Qattiq qotishma bilan jihozlangan frezalarFrezalarning konstruktsiyasi va ishlash sharoiti ular uchun yuqori unumli qattiq qotishmalarni, mineralokeramikani keng ko’lamda ko’llashga imkon beradi. Ammo, ularni egilishga mustahkamligi past va mo’rt. Qattiq qotishmalarni keng qo’llanishiga frezalash jarayonining quyidagi afzalliklari asos bo’ladi: 1) kichik qalinlik va uzunlikka ega bo’lgan qirindini qoniqarli shakli; 2) kesuvchi elementlarning qizishini pasaytiradigan kesish jarayonining uzlukliligi; 3) yuqori mustahkam va titrashga chidamliligi. Frezalash jarayonining kamchiliklari: 1) zarb bilan ishlashi; 2) tebranish va titrash hosil qiluvchi notekis frezalash ehtimolligining yuqoriligi; 3) barmoqli, diskli va paz ochuvchi frezalarni ishlashida qirindini chiqarib tashlashning og’irligi; 4) yig’ma frezalarni tayyorlash narxining yuqoriligi. Kavsharlangan plastinalarni mexanik mahkamlash elementlarini joylashtirishni iloji bo’lmagan mayda o’lchamli frezalarni tayyorlashda qo’llaniladi. Qiyin ishlov beriluvchi yuzalarga qattiq qotishmadan yaxlit tayyorlangan monolit frezalar qo’llaniladi. 7-a rasmda qattiq qotishmali yaxlit tayyorlangan barmoqli freza, to’g’ri va vintsimon tishli frezalarning (7-b rasm) konstruktsiyalari ko’rsatilgan. Bunda barmoqli frezalarni tsilindrsimon quyruqli yoki koronka shaklda quyruq qism bilan kavsharlanadigan ko’rinishda tayyorlanadi 7-rasm. Qattiq qotishmali kichik o’lchamli frezalar: – kesuvchi qismi qattiq qotishmali monolit freza; – qattiq qotishmali diskli freza O’rta va yirik o’lchamli frezalarning konstruktsiyalarida asbobning korpusiga qattiq qotishmali plastinalarni kavsharlash usuli kesuvchi plastina shakldor bo’lganida qo’llaniladi. Masalan, 8rasmda vintsimon plastinalar kavsharlangan tsilindrsimon freza ko’rsatilgan. 8-rasm. Kavsharlangan qattiq qotishmali plastinalar bilan jihozlangan tsilindrsimon freza Download 159.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling