1. O’tkir tig’li frezalarning konstruktsiyalari Qattiq qotishma bilan jihozlangan frezalar


Download 159.47 Kb.
bet1/3
Sana24.11.2023
Hajmi159.47 Kb.
#1796695
  1   2   3
Bog'liq
frezalash

Frezalar


Reja:


1. O’tkir tig’li frezalarning konstruktsiyalari

2. Qattiq qotishma bilan jihozlangan frezalar


3. Frezalash turlari

Frezalar – ko’p tishli kesuvchi asbob bo’lib, tekis yuzalar, paz, shakldor yuzalar va aylanma detallarga ishlov berish uchun qo’llaniladi. Frezalash jarayonida zagotovka bilan frezaning tishlari birikishda bo’lib qirindini o’zgaruvchan qalinligini kesadi. Bunda kesuvchi qismlarning faol uzunligini yuqoriligi sababli frezalash jarayonining yuqori unumdorligi ta’minlanadi. Frezalash jarayoni yuqori tezlikda kechib, kesuvchi tishlar kesish zonasidan davriy ravishda chiqib sovishi va kesuvchi qirralardagi issiqlik kuchlanishini chiqishini ta’minlaydi.
Frezalash kinematikasi sodda: freza bosh yuritmadan aylanma xarakatni oladi, dastgoh stoliga moslama yordamida mahkamlangan zagotovka esa dastgohning alohida yuritmasidan surish xarakatini oladi. Bunda surish xarakati to’g’ri chiziqli, aylanma yoki vintsimon bo’lishi, frezani kesuvchi qirralarining xarakati esa o’q bo’ylama to’g’ri chiziqli, vintsimon yoki shakldor bo’lishi mumkin. Frezalar quyidagi belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi:

  1. asbobning aylanish o’qiga nisbatan kesuvchi qirralarning shakli va joylashuvi bo’yicha – tsilindrsimon, diskli, toretsli, barmoqli, burchakli va shakldor (1-rasm) frezalar;

  2. freza o’qiga nisbatan tishlarni yo’naltirish usuli bo’yicha – to’g’ri tishli, vintsimon va og’ma tishli frezalar;

  3. dastgohga mahkamlash usuli bo’yicha – opravka uchun teshikka ega bo’lgan o’rnatiluvchi, tsilindrsimon yoki konussimon quyruqli barmoqli frezalar;

  4. frezalarning konstruktsiyasi bo’yicha – yaxlit va o’rnatiluvchi tishli yig’ma frezalar.

1. O’tkir tig’li frezalarning konstruktsiyalari
TSilindrsimon va diskli frezalar. Ushbu frezalar konstruktsiyasining hususiyatlari shundaki, asbobning aylanish o’qi bilan tsilindrdagi tishlar o’qining mos tushishi va ishlov beriluvchi yuzaga parallel bo’lishidir. Tsilindrsimon frezalarda yordamchi kesuvchi qirralar mavjud bo’lmay, ular erkin kesish sharoitida ishlaydi. Diskli frezalarning tishlari esa aksincha, bir yoki ikki torets qismida yordamchi kesuvchi qirrali bo’ladi.

1-rasm. Frezaning turlari:
a – tsilindrsimon; b – diskli; v – toretsli; g – barmoqli (kontsevie); d burchakli; ye – shakldor
Kesish kuchining tebranishi va titrashni pasaytirish maqsadida tsilindrsimon frezalarning tishlarini ko’pchilk hollarda vintsimon qilib tayyorlanadi. Vintsimon tishli frezalarni kesish zonasidan qirindini chiqarib tashlash sharoiti to’g’ri tishli frezalarga nisbatan ancha yaxshi. Kesish nazariyasidan ma’lumki, agar quyidagi shart bajarilsa vintsimon tishlar tekis frezalashni ta’minlaydi
Yirik tishli tsilindrsimon frezalar qo’yimni katta qatlamini kesishga mo’ljallangan bo’lib, asosan katta maydonga ega bo’lgan yuzalarga ishlov berishda samaralidir.

2-rasm. Tishlarining yo’nalishi turlicha bo’lgan yig’ma freza Tezkesar po’latlarni iqtisod qilish maqsadida katta diametrli frezalarning kesuvchi tishlari o’rnatiluvchi yig’ma qilib tayyorlanadi, freza korpusi konstruktsion po’latdan tayyorlanadi.
Har qanday frezalarning konstruktsiyasini tanlashda, uning tashqi diametrini to’g’ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Diametrni oshirish bilan tishlar soni ham ortadi, shu bilan birga quvvat sarfi ham ortadi. SHuning uchun freza diametrining optimal qiymatini tanlash kerak bo’ladi. Uzunligi 100...160 mm.gacha va diametri 40...100 mm.gacha bo’lgan tsilindrsimon frezalarni yaxlit holda, 100...125 mm diametrli va uzunligi 45...100 mm.li frezalarning tishlarini o’rnatiluvchi yig’ma holda tayyorlanadi.
Diskli frezalar eng kichik bo’lgan yuzalarni frezalashga mo’ljallangan va ular og’ir sharoitda ishlaydi. Diskli frezalar quyidagi turlarga bo’linadi: ikki va uch tomonlama kesuvchi, pazlarni frezalovchi va kesib uzib oluvchi (otreznoy) frezalar.
Diskli ikki tomonlama frezalarda tish qirralari tsilindr va bitta torets yuzada joylashgan (3-a rasm), uch tomonlama frezalar esa ikkala torets qismida joylashgan (3-b rasm). Ushbu frezalar ikkita yoki uchta o’zaro perpendikulyar bo’lgan yuzalarga ishlov berishi mumkin. Ularni toza ishlov berishda mayda tishli, dastlabki ishlov berishda esa yirik tishli qilib tayyorlanadi.

3-rasm. Diskli frezalarning turlari:
a ikki tomonlama; b – uch tomonlama; v – turli yo’nalishda tishlari joylashgan uch tomonlama; g – pazlarga ishlov beruvchi
Uch tomonlama frezalarning tishlarini teskari yo’nalgan holda tayyorlanadi («Zig zag» frezalar), bu kesuvchi qirralarning toretsi yuzasida musbat oldingi burchaklarni γτ>0 hosil qilishga imkon beradi (3-v rasm). Ularni charxlashda frezaning kengligi kamayadi, shuning uchun orasiga o’lchamli halqa o’rnatilgan ikkita alohida qismdan yig’ilgan frezalar qo’llaniladi. Yaxlit frezalarni d=63...125 mm diametrli, V=12...60 mm kenglikda tayyorlanadi. Bunda pichoqlarni tezkesar po’latlardan tayyorlanib pona ko’rinishli pazlarga o’rnatiladi (4-b rasm).

Download 159.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling