1-Amaliy mashg`ulot
Mavzu: Frezalash dastgohlarining tuzilishi va asosiy qismlari
Ishning maqsadi. Frezalarning tipi, konstruktsiyalari, geometrik parametrlarini tahlil qilib o'rganish; paz va tekis yuzalarni frezalash jarayonining elementlarini o'rganish.
Kerakli asbob va uskunalar: Frezalash dastgohi; mashinali tiski; frezalar to'plami; shtangentsirkul; masshtab lineyka; tayyorlanma.
Umumiy ma`lumotlar
Frezalash - metall va metallmas materiallarga freza asbobi bilan kesib ishlov berishdir.
Frezalashda frezaning aylanishi asosiy harakat hisoblanadi.Asosiy harakatning tezligi qirqish tezligini belgilaydi.Frezalashda surish harakati ishlov berilayotgan tayyorlanmaning bo'ylama, ko'ndalang yoki vertikal yo'nalishda ilgarilama siljishidir.Qirqish jarayonida sirtqi qatlamlarning deformatsiyalanishi va qirindi hosil qilib ajralishi tufayli yangi sirtlar hosil bo'ladi. Frezalash detallarning tekis va egri chiziqli sirtlariga, rez`bali yuzalariga, tishli hamda chervyakli g`ildirakning tishlariga va boshqa yuzalarga ishlov berishda qo'llaniladi.
Freza (frants. fraise) - materialga kesib ishlov beriladigan ko'p tishli kesuvchi asbobdir.Frezaning tishli sirtlariga ko'ra -tsilindrik,toretsli, diskli,burchakli, rez`bali va shakldor; tish shakliga ko'ra - to'g`ri, vintli,turlicha yo'nalishdagi tishli; tishlarning konstruktsiyasiga ko'ra- o'tkir uchli; tuzilishiga ko'ra- yaxlit,tarkibiy komplekt,quyma tishli yig`ma; mahkamlanishiga ko'ra -o'rnatma, konusimon va tsilindrik quyrug`li; vint ariqchalarining yo'nalishiga ko'ra - chapaqay va unaqay turlari bor .
Tishlarning shakli va elementlari
Frezalarning tishlari charxlanish sirtlariga qarab ikki xil konstruktsiyali bo'ladi:
1.O`tkir uchli tish - tish ketingi yuzasi bo'yicha charxlanadigan
2.Tumtoq uchli tish - tish faqat old yuzasi bo'yicha charxlanadigan.
Tishning quyidagi elementlari bo`ladi:
Balandligi h - tishning kesuvchi qirrasidagi nuqta bilan ariqcha tubi orasidagi masofa. Bu masofa frezaning o'qiga perpendikulyar radial kesimda o'lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |