1-Amaliy mashg`ulot Mavzu: Frezalash dastgohlarining tuzilishi va asosiy qismlari Ishning maqsadi


Download 1.99 Mb.
bet2/3
Sana25.04.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1396944
1   2   3
Bog'liq
1

Tish ketingi yuzasining eni kesuvchi qirradan tishning ketingi yuzasi uning orqasi bilan kesishgan chiziqgacha bo'lgan masofa. Bu masofa kesuvchi qirraga perpendikulyar yo'nalishda o'lchanadi.
Tishlarning aylanma qadami - ikkita qo'shni tishning kesuvchi qirralaridagi bir xil nuqtalar orasidagi masofa. Bu masofa markazi freza o'qida yotgan aylana yoyi bo'yicha va freza o'qiga perpendikulyar tekislikda o'lchanadi. Aylanma qadam bir xil va har xil bo'lishi mumkin.
Tumtoq uchlik kattaligi K - ikki qo'shni tishning kesuvchi qirralari orasidagi tumtoqlanish egri chiziqining pasayish kattaligi.
Ariqchalarning elementlari va shakllari. qirindi chiqib ketadigan o'yiq; u bir tishning old yuzasi xamda qo'shni tishning ketingi yuzasi va orqasi bilan cheklanadi. Ariqchalar tuo`ri va vintsimon bo'ladi.
To`g`ri ariqchalar - freza o'qiga parallel ariqcha.
Frezalashdagi qirqish rejimini elementlari:
Asosiy harakat -asbob va ishlov beriladigan tayyorlamaning oddiy nisbiy harakati; odatda, u eng katta tezlikda bajariladi va qirqish jarayonini belgilaydi.
Surish harakat - asbob va tayyorlamaning nisbiy harakati bo'lib, asosiy harakatga qo'shiladi va ishlov berish zonasini butun ishlov berilayotgan yuzaga tarqatishga imkon beradi. Surish harakati uzluqsiz va uzluqli bo'lishi mumkin.
Qirqish tezliga - asosiy kesuvchi qirraning aylanish o'qiga eng uzoqdagi nuqtasi bir minutda o'tadigan yo'lning uzunligi (metrda beriladi). Diametri D diametrli aylana uzunligiga, ya'ni D ga teng yo'lni o'tadi. Nuqtaning bir aylanishda o'tgan yo'li uzunligini frezaning aylanish chastotasiga ko'paytirsak,nuqtaning bir minutda o'tgan yo'li uzunligi topiladi,ya'ni D mm/min. Agar Qirqish tezligi minutiga metrlarda (m/ min) ifodalansa, frezalardagi qirqish tezligi uchun formula quyidagi ko'rinishni oladi:
v =
Agar frezaning aylanish chastotasini aniqlash lozim bo'lsa, formula quyidagi ko'rinishni oladi :
.

5.1 – rasm. Qirqish chuqirligi va frezalash eni
Frezalashda ushbu surish xillari uchraydi: bir tishga surish, bir aylanishga surish va bir minutga surish. Yo'nalishi bo'yicha esa bo'ylama, ko'ndalang va vertikal surishlar bo'ladi.

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling