1. O‘tni o‘chirish uskunalari
Download 24.33 Kb.
|
Reja 1. O‘tni o‘chirish uskunalari2. o't o'chiruvchining turlari va texnologik xarakteristikasi 3.Foydalanilgan adabiyotlar O‘tni o‘chirish uskunalari: qo‘lda ishlatiladigan birlamchi vositalar, bir joyda muqim o‘rnatiladigan va mexanik yoki avtomatik harakatga keltiriladigan uskunalar, har xil masofadagi hududlarda harakatlana oladigan ko‘chma uskunalar va boshqalarga bo‘linadi. Birlamchi o‘t o‘chirish vositalariga, tashkilot ishchi va xizmatchilari yoki ixtiyoriy yong‘in navbatchi a’zolari tomonidan ishlatishga mo‘ljallangan, yong‘inga qarshi «qalqonlar»da izohlangan oddiy asboblar va uskunalar kiradi. Ma’muriy binolar va sanoat korxonalarida, yonuvchi ashyolar va portlovchi moddalar saqlanadigan omborxonalar hududida, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan joylarda o‘t o‘chirishda qo‘llaniladigan asboblar o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Unda yong‘in xavfsizligi me’zonlariga ko‘ra quyidagi o‘t o‘chirish vositalari va asboblari zarur bo‘lganda oson olinadigan qilib osib qo‘yilgan bo‘lishi shart: ikki dona qo‘lda ishlatildigan ko‘pikli va karbonat angidridli o‘t o‘chirgich, ikki dona bolta, ikki dona suv sepish elastik shlankalari va suv spish stvoli, suv bochkasi, qum solingan quti, iki dona konussimon chelak, ikki dona belkurak, ilgakli changaklar va mis uchli lom va h.k. Bunday qalqonlar ma’muriy binolarning hovli tomonidan, binoga kirish eshigiga yaqin joyda o‘rnatiladi. Ishlab chiqarish korxonalarida, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan sexlar va omborxonalarga kirish eshiklariga yaqin joylarda o‘rnatiladi. Himoyalanayotgan hududning har 5000 kvadrat metriga 1 ta «qalqon» loyihalashtiriladi. Undagi suv bochkasining hajmi 200l dan kam bo‘lmasligi kerak, qum solinadigan qutining hajmi esa 2-3m3 atrofida bo‘ladi. O‘t o‘chiruvchi ko‘piklar. Kimyoviy yoki havoli mexanik ko‘piklar, ko‘pik hosil qiluvchi kukunlarni suyuq muhitda eritish yo‘li bilan hosil qilinadi. Buning uchun tarkibida javhar o‘rnini bosuvchi alyuminosulfat AL2(SO4)3 bilan ishqor o‘rniga natriy bikarbonat NaHSO3 moddalarining quruq holatdagi qorishmalaridan tayyorlangan kukun, maxsus moslamalarda bosim ostida suvga aralashtirib, elastik quvurlarda oqiziladi. Bu holda kukun zarrachalarining suvda bo‘kishi oqibatida, javhar bilan ishqor moddalarining o‘zaro birikishi natijasida gaz ajralib chiqa boshlaydi va ko‘pik hosil bo‘ladi. Qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgich vositalarida ham shu yo‘sinda ko‘pik hosil qilinadi. Faqat unda ko‘pik hosil qiluvchi javhar qismida, sulfat javhari N2SO4 yoki sulfat tuzi bilan oksidlangan temir Fe2(CO4)3 moddalarining aralashmasi ishlatiladi Bu ikkala jarayonda sodir bo‘ladigan kimyoviy birikish tenglamalarini quyidagi ifodalarda ko‘rish mumkin: 2NaHSO3 + H2O + AL2(СO4)3 = 3Na2 СO4 + 2AL(OH)3 + 2СO2 2NaHСO3 + H2СO4 = Na2 СO4 + H2O + 2СO2 Bunday tartibda tayyorlangan ko‘pik etarli darajada harakatchanlik va vaqtga nisbatan ustuvorlik xususiyatlariga ega bo‘lib, suv bilan qo‘shilmaydi, alanga va uning haroratiga yaxshi qarshilik ko‘rsata oladi. Maxsus ko‘pik tayyorlaydigan uskunalarda xavo, suv, javhar va ishqorlarni majburiy aralashishi natijasida havoli sun’iy ko‘pik hosil bo‘ladi. Chunki uning tarkibiy hajmi 90% gazdan va 10% gina ko‘pik hosil qiluvchi eritmadan iboratdir. 1902 yili rus muxandis olimi A.G.Loran olovni ko‘pik bilan o‘chirish taklifi bilan chiqib, ko‘pik hosil qiluvchi modda sifatida natriy bikarbonat aralashgan ekstraktdan foydalandi. Uning ixtiro qilgan qorishmalari yong‘inni o‘chirishda ishlatiladigan ko‘pik hosil qiluvchi kukunlarni asosini tashkil etadi. 1925 yilda ko‘pik generatori yaratilgandan keyin, kimyoviy ko‘piklarni tayyorlashda quruq holdagi kukunlardan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. 40-chi yillarni boshida PGP-1, PGP-2 va PGP-3 rusumli ko‘pik hosil qiluvchi kukunlar ishlab chiqarila boshlandi. Uning tarkibini alyuminosulfat javhari 45- 60%, natriy bikarbonat 22-46% va ekstrakt 1-8% tashkil etadi. 1985 yilgacha PO-1 rusumli ko‘pik hosil qiluvchi suyuq holdagi aralashmadan o‘t o‘chirishda keng foydalanib kelindi. U to‘q jigarrang tusda bo‘lib, tarkibida 84% kerosin, 4-5% suyak elimi, 10-12% etil spirti mavjud bo‘ladi. A klass Organik tabiatdagi qattiq materiallar — yog‘och, qog‘oz, tamaki va boshqalar orasida yuzaga kelgan yong‘inlar, ular sodir bo‘lganida, qizg‘ish qatron hosil bo‘ladi. Bunday yong‘inga qarshi kurashning eng samarali vositasi suvdir. B klass Benzin mahsulotlari, bo‘yoq, erituvchilar, yog‘ va moy kabi suyuq yoki suyultirilgan qattiq moddalar yonadigan yong‘inlar. Bu vaziyatda kukunli, ko‘pikli va karbonat angidridli (CO2) o‘t o‘chirgichlardan foydalanish kerak. Bunday o‘t o‘chirgichlarini generator xonalarida, qozonxonalarda, garajlarda, laboratoriyalarda, oshxonalarda, oson yonuvchan suyuqliklar omborlarida topish mumkin. C klass Gaz yong‘ini. Ushbu turdagi yong‘inni o‘chirish uchun o‘t o‘chirgichlardan foydalanilmaydi. Bunday yong‘inni o‘chirishni boshlamaslik tavsiya etiladi. Gaz ta’minoti manbasi yopilmaguncha yong‘inni nazorat qilish kerak. D klass Magniy, alyuminiy, natriy kabi metallar yongan paytdagi yong‘in. Ushbu metallarga odatda suv yaxshi ta’sir qilmaydi, shuning uchun kukunli vositalardan foydalanish kerak. E klass Yuqori kuchlanish ostidagi elektr vositalari kuyishi oqibatida kelib chiqadigan yong‘inlar. Bunday yong‘inga qarshi karbonat angidridli va kukunli, shuningdek, galoidlangan uglevodorodli aerozolli o‘t o‘chirgichlar samarali bo‘ladi. O‘t o‘chirgichlar quvvat massasi va hajmi bo‘yicha ham farqlanadi. Maishiy foydalanish va transport vositalari uchun og‘irligi 20 kg gacha va hajmi 10 litrgacha bo‘lgan ixcham modellar mos keladi. Download 24.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling