1. Oxaktosh qaysi sodda hayvonning chig’anog’idan hosil bo’ladi?
Download 21.41 Kb.
|
7-Sodda hayvonlar tipi
Sodda hayvonlar tipi 1.Oxaktosh qaysi sodda hayvonning chig’anog’idan hosil bo’ladi? A) forominifera B) radiolyariya C) infuzoriya tufelka D) volvoks 2.Quydagi javoblarning qaysi birida hayvonlar sistematikasi to’g’ri joylashtirilgan? A) tur, avlod, oila, sinf, turkum, tip B) tur, avlod, oila, turkum, sinf, tip C) tur, oila, avlod, turkum, sinf, tip D) tur, avlod, oila, turkum, tip, sinf 3.Ichburug’(dizenteriyA) amyobasi nima bilan oziqlanadi? A) faqat ichakning yemirilgan qismi bilan B) ichakdagi faqat organik ozuqa bilan C) faqat qon bilan D) ichakning yemirilgan qismi hamda qon bilan 4.Qaysi sodda hayvon doimo o’z shaklini o’zgartirib turadi? A) amyoba B) evglena C) tufelka D) volvoks 5.Amyoba qanday sharoitda soxta oyoqlarini tortib olib,sharsimon shaklga kiradi? A) nafas olganda B) oziqlanganda C) harakatlanganda D) suvga osh tuzi solinganda 6.Amyoba qaysi qismi yordamida oziqlanadi? A) og’iz bo’shlig’i yordamida B) membrananing mayda teshikchalari yordamida C) yolg’onoyoqlar yordamida D) fotosintez yordamida 7.Amyoba va evglena noqulay sharoitlarni qanday o’tkazadi? A) hayot uchun qulay sharoit topadi B) oziqlanish usulini o’zgartiradi C) o’sishdan to’xtaydi D) sista hosil qilish bilan 8.Sodda hayvonlardan qaysi sinf vakillari faqat parazitlik bilan hayot kechiradilar A) infuzoriyalar B) xivchinlilar C) sporalilar D) soxta oyoqlilar 9.Uyqu kassaligini qaysi sodda hayvon keltirib chiqaradi? A) tripanosoma B) leyshmaniya C) bezgak paraziti D) lyambiya 10.Qaysi bir hujayrali hayvon odam terisida uzoq vaqt tuzalmaydigan yara xosil qiladi? A) bezgak paraziti B) leyshmaniya C) eyneziya D) triponosoma 11.Hayvon organizimiga xos to’qmalarni toping? 1.mexanik 2.biriktiruvchi 3.o’tkazuvchi 4.muskul 5.nerv 6.epiteliy A) 1,2,3,4 B) 2,4,5,6 C) 3,4,5,6 D) 1,3,5,6 12.Amyobaning hazm qilish vakuolasi qaysi paytda hosil bo’ladi? A) yadrodan hazm shirasi ajralishi bilan B) sitoplazma bo’linishi bilan C) sitoplazmadan hazm shirasi ajralishi bilan D) sista hosil qilishi bilan 13.Qaysi sodda hayvon kuchli ta’sirlanish xususiyatiga ega? A) infuzoriya B) leyshmaniya C) evglena D) volvoks 14.Soxta oyoqlilar sinfiga mansub hayvonlarni ko’rsating. 1.bezgak paraziti 2.leyshmaniya 3.tripanosoma 4.ichburug’ amyobasi 5.oddiy amyoba A) 1,2 B) 2,3 C) 3,4 D) 4,5 15.Mamlakatimizda o’rgamchaklarni qancha turi uchraydi? A) 11 000 B) 400 C) 70 D) 100 16.Qaysi sinf vakillari tanasining shakli doimiy bo’lmaydi? A) soxta oyoqlilar B) xivchinlilar C) infuzoriyalar D) sporalilar 17.Tripanosoma qayerda yashaydi va qanday kassalik keltirib chiqaradi? A) jigarda; teri B) qonda; uyqu C) tomoqda; bezgak D) eritrositda; bezgak 18.Amyobaning hayot faoliyati uchun zarur energiya qaysi jarayonda xosil bo’ladi? A) oziqlanish B) nafas olish C) ko’payish D) harakatlanish 19. Sodda hayvonlar tipiga qaysi hayvonlar kiradi? 1.soxta oyoqlilar 2.poliplar 3.meduzalar 4.xivchinlilar 5.infuzoriyalar 6. qorinoyoqlilar 7. sporalilar A) 1.4.5.6 B) 1.2.3.6 C) 1.2.5.7 D) 1.4.5.7 20.Amyoba sitoplazmasida moddalar parchalanganda nima hosil bo’lishini aniqlang. 1.energiya ajraladi 2.energiya yutiladi 3.zararli moddalar 4.kislarod 5.suv A) 1.3 B) 2.3 C) 1.4 D) 1.5 21.Amyoba shaklining o’zgaruvchan bo’lishiga sabab nima? A) hujayrasida sitoplazmaning harakatlanib turishi B) hujayrasi sirtida qattiq qobiq bo’lmasligi C) soxta oyoqlar hosil qilishi D) qisqaruvchi vakuolaning o’zgarib turishi 22.Zararli moddalar amyoba tanasidan qaysi yo’l bilan chiqariladi? A) chiqaruv naychalari B) voronkasimon naycha C) yashil bezlari orqali D) butun tanasi yordamida 23.Amyobaning yolg’onoyoqlari deganda nima tushuniladi? A) sitoplazma membranasining o’simtasi B) tananing qoplovchi qobiqning o’simtasi C) sitoplazmaning ipsimon o’simtasi D) sitoplazma oqimi xisobiga hosil bo’lgan o’simta 24.Hayvonot olamiga taalluqli bo’lgan sistematik guruhlarni to’g’ri tartibda ko’rsating. 1.olam 2.oila 3.tur 4.turkum 5.tip 6.sinf 7.avlod A) 3,7,4,6,5,1,2 B) 3,4,2,7,1,6,5 C) 3,7,2,4,6,5,1 D) 1,3,7,2,4,6,5 25.Qaysi hayvon soxta oyoqlar yordamida harakat qiladi? A) tufelka B) yashil evgilena C) tripanosoma D) amyoba 26.Sodda hayvonlar hujayrasi uchun qanday organoidlar xos? A) sitoplazma, yadro, plastida, sellyloza B) yadro, ovqat hazm qilish vakuoli, sellyloza, muskul to’qmasi C) harakatlantiruvchi organoidlar D) sitoplazma,yadro,ovqat xazm qilish vakuoli,harakatlantiruvchi organoid 27.Amyobaning nafas olish organi vazifasini nima bajaradi? A) jabra B) o’pka C) teri D) butun tana yuzasi 28.Sodda hayvonlar noqulay sharoitda nima xosil qiladi? A) spora B) xivchin C) sista D) gameta 29.Hujayrasida xloroplastlari bo’lgan hayvonlarni belgilang? A) amyoba, tufelka B) bezgak paraziti, volvoks C) volvoks, evglena D) tufelka, volvoks 30.Evglena qanday oziqlanadi? A) xivchini yordamida B) og’zi orqali C) membranadagi maxsus teshikchalar orqali D) fotosintez yo’li bilan 31.Volvoks tanasidan ajratib olingan hujayrada qanday o’zgarish kuzatiladi? A) nobud bo’ladi B) oziqlanadi,lekin ko’paymaydi C) mustaqil organim sifatida yashaydi D) oziqlanadi,ko’payadi,lekin harakatlanmaydi 32.Volvoksning hujayralari evglenadan qanday farq qiladi. A) noksimon shakilli va ikkita xivchinli bo’lishi bilan B) noksimon shakilli va xivchinsiz bo’lishi bilan C) shakli tufekaga o’xshash xivchinlari ko’p D) shaklsiz,ikki xivchinli bo’lishi bilan 33.O’simliklar bilan hayvonlar o’zaro bog’liqlikni isbotlashda qaysi organizmlarni misol qilish mumkin? 1.lishaynik 2.volvoks 3. amyoba 4. bezgak paraziti 5.yashil evglena 6.foraminafera A) 2,5 B) 1,5 C) 1,2,5 D) 3,4,6 34.Evglena qaysi belgilari bilan amyobadan farq qiladi? 1. bitta hujayradan iborat 2. tanasi doimiy shaklga ega 3. tansi doimiy shaklga ega emas 4.qisqaruvchi vakuolning bo’lishi 5. oziqlanishi 6. harakatlanishi A) 1,3,5 B) 2,3,4 C) 2,5,6 D) 1,4,6 35. Mamlakatimizda hasharotlarni qancha turi uchraydi? A) 11 000 B) 400 C) 70 D) yuzlab 36.Leyshmaniyalar qayerda parazitlik qiladi? A) odam terisi hujayralari ichida B) odam qonining eritrositlarida C) odam terisining yog’ kletchatkasida D) odam qoninng leykotsitlarida 37.Vovoksning sharsimon kolonyasi ichki qismi qaysi modda bilan to’lgan? A) suv va mineral tuzlar eritmasi B) suyuq jelatin C) yarim suyuq,kolloid D) quyuq dildiroq modda 38.Quydagi organizlarning qaysi biri uzunasiga teng ikkiga bo’linish yo’li bilan ko’payadi? A) gidra B) infizoriya C) evglena D) oq planariya 39.Yashil evglena qanday usulda ovqatlanadi? A) yashil o’simlik singari B) tayor organik moddalar C) parazit usulida D) yashil o’simlik va hayvonlar singari 40.Zapas oziq moddalarni to’playdigan sodda hayvonlarni belgilang. A) evglenalar B) infuzoriyalar C) bezgak parazitlari D) foramiferalar 41. Mamlakatimizda qushlarni qancha turi uchraydi? A) 11 000 B) 400 C) 70 D) 60 42.Evglena sista hosil qilganda,qaysi qismi tushib ketadi? A) qobig’i B) vakuolasi C) xivchini D) yadrosi 43.Evglenaning yorug’likni sezadigan ko’zchasi qanday rangda bo’ladi? A) rangsiz B) oq C) sariq D) qizil 44.O’rta Osiyo hududida uchrab boshqa joylarda uchramaydigan baliqlarni ko’rsating. A) baqra, zog’ora B) turkiston agamasi C) turkiston gekkoni D) orol baqrasi 45.Qaysi hayvonning ovqat hazm qilish vakuolasi halqumdan uzulib, sitoplazmaga tushadi? A) amyoba B) nursimonlar C) gidra D) tufelka 46.Qaysi hayvonning ozig’i halqumning tubida to’planadi? A) aktiniya B) aureliya C) tufelka D) leyshmaniya 47.Ikkita yadroga ega bo’lgan bir hujayrali hayvonni belgilang? A) amyoba B) evglena C) tufelka D) volvoks 48.Tufelkaning sezgir tayoqchasimon tanachalari uning qaysi qismida joylashgan bo’ladi? A) katta yadroda B) sitoplazmada C) qisqaruvchi vakuolada D) tana qobig’ining ostida 49.Otiluvchi tanachalari bo’ladigan sodda hayvonni toping. A) tripanasoma B) leyshmaniya C) tufelka D) bezgak paraziti 50. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan zararli mahsulotlar infuzorya-tufelka tanasidan qanday chiqariladi? A) ayirish nayi yordamida B) chiqarish teshigi yordamida C) qisqaruvchi vakuolalar yordamida D) og’iz teshigi orqali 51. Infuzorya tufelkaning qaysi qismi to’xtovsiz hosil bo’lib turadi? A) katta yadrosi B) qisqaruvchi vakuola C) kiprikchalar D) hazm qilish vakuoli 52. Infuzorya tufelkada necha xil vakuola bo’ladi? A) 1 xil B) 2 xil C) 3 xil D) ko’p 53. Og’iz teshigi bo’lgan sodda hayvonni toping? A) amyoba C) tufelka B) evglena D) foraminifera 54. Bezgak paraziti odam qonidagi qizil qon tanachalariga kirib... A) oziqlanadi B) ko’payadi C) eritrotsitni yemiradi D) hamma javoblar to’g’ri 55. O’rta Osiyo hududida uchrab, boshqa joylarda uchramaydigan sut emizuvchilarni ko’rsating. A) orol baqrasi B) ko’k sug’ur, qo’ng’ir ayiq C) turkiston gekkon D) ingichka barmoqli qo’shoyoq 56.Bezgak paraziti qayerda parazitlik qilib yashaydi? A) eritrotsitda B) leykositda C) trombositda D) qon plazmasida 57. Soxta oyoqlilarning xivchinlilardan kelib chiqqanligini ko’rsatuvchi dalil. A) bir hujayraliligi B) jinsiy hujayrasida xivchin bo’lishi C) teng ikkiga bo’linib ko’payishi D) ular xivchinlilardan kelib chiqmagan. 58. Soxta oyoqlilarning harakatlanish organlarini aniqlang A) xivchinlar B) sitoplazmaning muvaqqat o'simtalari C) kipriklar D) harakatlanmaydi 59. Yashil evglenaning hujayra qobig'i qanday tuzilgan? A) qattiq, qayishqoq, yupqa B) qattiq, qayishqoq, qalin C) yupqa, elastik, kiprikli D) qalin, qattiq, oynasimon 60.Hayvonsimon xivchinlilar qayerda uchraydi? A) chuchuk suvlarda B) iflos suvlarda C) sho'r suvlarda D) o'simlik organizmida 61. Hujayra ichida parazitlik qiladigan sodda hayvonlarni belgilang? A) bezgak paraziti, evglena B) tupelka, bezgak parazitu C) tiripamasoma, leshmaniya D) bezgak paraziti, leshmaniya 62. Amyoba tanasidan ortiqcha suv va zararli moddalar qaysi organoid ishtirokida chiqarib yuboradi ? A) anal teshigi B) qisqaruvchi vakuolalar C) hazm vakuolalarb D) soxta oyoqlar 63. Evgilenani qorong`u joyda uzoq saqlansa … A) xlorofil yemiriladi B) rangsizlanadi C) tayor organik moddalar bilan oziqlanadi D) organik moddalar og`iz teshigi orqali kiradi e) organik moddalarni tana yuzasi bilan shimib oladi f) xlorofill donachalari sintezi kuchayadi A) c,d,f B) a,b,c,e C) a,b,c,d,e,f D) a,b,c,d 64. Evglenaning qaysi organoidida organik moddalar hosil bo`ladi ? A) xromoplastarida B) qizil ko`zchalarida C) vakuolalarida D) xromatoforlarida 65.Nozema hashoratining qaysi turkumlari vakillarida parazidlik qiladi ? 1. ikki qonotlilar 2. to`g`ri qanotlilar 3. tangachaqanotlilar 4. pardaqanotlilar A) 2.4 B) 3.4 C) 2.3 D) 1.2 66. Amyobali suv tomchisiga osh tuzi qo`shilsa nima kuzatiladi ? a. soxta oyoqlarini tortib oladi b. soxta oyoqlarini otib chiqaradi c. sharsimon shakilga kiradi d. tanasi cho`ziladi va ikkiga bo`linadi A) d, b B) a, c C) b, c D) a, d 67. Mamlakatimizda uchraydigan hayvonlar ekologiyasini o’rgangan olimni ko’rsating. A) L.Isayev, P.Borovskiy B) D.Kashkarov C) T.Zohidov, J.Azimov D) A.Muhammadiev 68. Sporalilar hujayrasida ....... bo’ladi. A) hazm, ayirish, harakatlantirish organoidlari B) hujayra membranasi, ayirish organoidi C) yadro, hazm vakuolasi, spora D) yadro, hujayra membranasi 69. Nozemaga xos bo`lgan belgilarni ajrating. a. harakatlanish organoidi bo`lmaydi b. harakatlanish organoidi bo`ladi c. hazm organoidi bo`lmaydi d. hazm organoidi bo`ladi e. ayirish organoidi bo`lmaydi f. ayirish organoidi bo`ladi j. tut ipak qurti va asalari paraziti k. odam paraziti A) b, d, e, j B) b, d, f, k C) a, c, f, k D) a, c, e, j 70. Qaysi sodda hayvonlar qon zardobida (1) va qonning eritrotsitlarida (2) yashaydi? A) leyshmaniya B) triponosoma C) bezgak paraziti D)askarida lichinkasi A) 1 d; 2 a B) 1 a; 2 d C) 1 c; 2 b D) 1 b; 2 c 71. Volvoksning ta’sirlanishi qanday o`tadi? A) tayoqchasimon tanachalarini otib chiqaradi B) suvning yorug` tushib turadigan qismiga harakatlanadi C) xivchinlarini tashlab, qalin qobiqli sista hosil qiladi D) hujayrasi sharsimon shaklga kiradi 72. Sporalilar sinfi vakillarida qaysi organoidlar bo`lmaydi? 1. harakatlanish 2. hazm qilish 3. ayirish 4. mitoxondriya A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 4 73. Nozemaga xos bo`lmagan belgilarni ajrating. A) harakatlanish organoidi bo`lmaydi B) harakatlanish organoidi bo`ladi C) hazm organoidi bo`lmaydi D) hazm organoidi bo`ladi e) ayirish organoidi bo`lmaydi f) ayirish organoidi bo`ladi j) tut ipak qurti va asalari paraziti k) odam paraziti A) b, d, e, j B) a, c, f, k C) a, c, e, j D) b,d, f, k 74. Mamlakatimizdadan rishta, bezgak kasaliklarini tugatilishida katta xissasini qo’shgan olimlar kimlar? A) L.Isayev, P.Borovskiy B) D.Kashkarov, O.Bogdanov C) T.Zohidov, J.Azimov D) A.Muhammadiev, V.Yahontov 75. Hozirgi kunda yo’qolib ketgan (1) va yo’qolib ketish havfi ostida turgan (2) turlarni ajratib ko’rsating. a.zubr b.tarpan c.bizon d Yevropa turi e.jayron A) 1-a,b 2-c,d,e A) 1-a,b,d 2-c,e A) 1- b,d 2-a,b,c A) 1- d,e 2-a,b,c 76. Qaysi hayvon koloniyasida hujayralari mustaqqil hayot kechirish hususiyatini yo’qotmagan bo’ladi? A) volvoks B) aktniya C) ayreliya D) evglena Download 21.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling