Parazit bir hujayralilardan: koksidiyalar, bezgak paraziti va balantidiylarning tuzulishi va rivojlanishi


Download 1.56 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1504811
Bog'liq
2-машгулот

Parazit bir hujayralilardan: koksidiyalar, bezgak paraziti va balantidiylarning tuzulishi va rivojlanishi

Bir hujayrali hayvonlar kichik olami o’z navbatida 5 ta tipga bo’linadi. 1. Sarkomastigoforalar (Sarcomastigophora). 2.Sporalilar (Sporozoa). 3. Mikcosporidiyalar (Micsosporidia). 4.Mikrosporidiyalar (Microsporidia). 5. Infuzoriyalar (Infuzoria).

KOKSIDIYALAR (COCCIDIIDA) turkumiga 1000 ga yaqin tur kiradi. Umurtqasiz va umurtqali hayvonlar organlarining epiteliy to’qima hujayralarida, ya’ni ichak va jigarda parazitlik qiladi. Deyarli har bir koksidiya turi faqat ma’lum bir tur hayvonda yashaydi. Voyaga etgan koksidiyalar harakatsiz bo’ladi. Cho’zinchoq yosh shakllari, ya’ni sporozoit va merozoitlari faol harakat qiladi. Koksidiyalarning ko’payishida jinsiy va jinssiz bo’g’inlarning to’g’ri gallanishi xarakterlidir. Qoramollar, qo’y va echkilar, quyonlar va parrandalarda asosan Eimeria avlodining turlari parazitlik qiladi. Koksidiyalarning rivojlanishi barcha hayvonlarda bir xil bo’lib, uchta rivojlanish davrlarini (shizogoniya, gametogoniya va sporogoniya davrlarini) o’taydi. Bunda shizogoniya va gametogoniya davrlarining taraqqiyoti xo’jayinlar ichki organlarida (endogen davri), sporogoniya davrining taraqqiyoti esa tashqi muhitda (ekzogen davri) o’tadi.

  • Eimeria medianing yon ichagida (A) va tashqi muhitda (B) rivojlanish sikli
  • 1-Sporozoit, 2-4-Shizontlarning birinchi va keyingi generatsiyasi.
  • 5-Merozotlarning 3 marta generatsiyasi. 6-Mikrogameta va
  • 6A-makrogametalarning tivojlanishi. 7-Mikrogametalar.
  • 8-Zigota (Ootsista). 9-Ootsistaning quyon organizmidan tashqi muhitga chiqishi. 10-12. Sporogoniya.
  • Iskabtopar – Phlebotomus papatasii:
  • 1-Leyshmaniya tashuvchisi
  • 2-leyshmaniyaning suyuqlikdagi xivchinli shakli
  • Iskabtopar – Phlebotomus papatasii:
  • 1-Leyshmaniya tashuvchisi
  • 2-leyshmaniyaning suyuqlikdagi xivchinli shakli
  • Iskabtopar – Phlebotomus papatasii:
  • 1-Leyshmaniya tashuvchisi
  • 2-leyshmaniyaning suyuqlikdagi xivchinli shakli
  • QON SPORALILAR (HAEMOSPORIDIA) turkumi vakillari odam va issiq qonli hayvonlarning qizil qon hujayralari - eritrositlarida parazitlik qiladi. Bu turkumga 100 ga yaqin tur kiradi.
  • Qon sporalilar koksidiyalar singari hujayra ichida yashaydigan parazitlar bo’lsada, lekin, ularning hayot sikli bir necha xo’jayinda o’tadi. Masalan, bu turkumning eng muhim vakili odamda bezgak kasalligini keltirib chiqaradigan bezgak plazmodiysining rivojlanishi ikkita xo’jayinda o’tadi. Jinssiz rivojlanishi, hamda makro- va mikrogametositlar odam qizil qon tanachalarida etishadi. Bezgak chivinida (Anopheles) esa jinsiy rivojlanish ketadi. Koksidiyadan farq qilib, bezgak plazmodiylarning hayot sikli xo’jayinlar (chivin va odam) organizmida o’tadi. Tashqi muhitga chiqmaydi.
  • Odamlarda bezgakning asosan 4 ta turi parazitlik qiladi: 1.Plasmodium vivax - uch kunlik bezgak qo’zg’atuvchisi (har 48 soat)
  • 2. Plasmodium malariae - to’rt kunlik bezgak qo’zg’atuvchisi, (har 72 soat)
  • 3. Plasmodium falciparum - 24-48 soat oralab xuruj qilib turadigan va ko’pincha juda og’ir o’tadigan tropik bezgak qo’zg’atuvchisidir.
  • 4. Plasmodium ovale - uch kunlik bezgak qo’zg’atuvchisi, ya’ni isitma har 48 soatdan keyin qaytarilib turadi. Bu bezgak qo’zg’atuvchisi juda kamdan-kam Afrika va Osiyo mamlakatlarida uchraydi.

  • Bezgak parazitining rivojlanish sikli:
  • 1-2-odam jigari hujayralarigan kirayotgan sporozoitlar;3-4-shizogoniya yo’li bilan sporozoitlardan merozoitlarning hosil bo’lishi;5-merozoitning eritrositga kirishi;6-9-merozoitlarning eritrositga kirishi;10-merozoitlarni eritrotsitdan chiqishi (keyinchalik eritrotsitar davr bir necha marta qaytariladi);11-12-makrogametotsitning rivojlanishi;13-makrogameta;14-mikrogametotsit;15-mikrogametaning hosil bo’lishi;16-gametalarning qo’shilishi;17-zigota;18-ookineta;
  • 19-ookinetaning chivin oshqozoni hujayralariga kirishi;20-ookinetaning ootsistaga aylanishi;21-23-ootsistalarning o’sishi va sporozoitlarga aylanishi;24-chivin gemolimfasida oosistadan sporozoitlarning hosil bo’lishi;25-sporozoitlarning chivin so’lak beziga o’tishi;

Infuzoriyalar - lotincha so’z bo’lib, "infuzus" ivitma degan ma’noni anglatadi va ular birinchi marta turli ivitmalardan topilgan.

  • Infuzoriyalar - lotincha so’z bo’lib, "infuzus" ivitma degan ma’noni anglatadi va ular birinchi marta turli ivitmalardan topilgan.
  • Kiprikli infuzoriyalardan biri odam va hayvonlar organizmida parazitlik qiluvchi Balantidium coli ham kiradi. Uning tanasi loviyasimon bo’lib, odamning yo’g’on ichagi devorida parazitlik qilib, jaroxat xosil qiladi va xavfli qonli ichburug’ kasalligini vujudga keltiradi. Odamlarga bu parazitlar cho’chqalar orqali yuqadi. Chunki, balantidiy cho’chqa, sichqon va kalamushlar ichagida ham parazitlik qiladi. Cho’chqalarning tezagi orqali parazitning sistalari tashqariga chiqadi va odamlar bu sistalarni yutib balantidiy bilan kasallanadi. Demak, balantidioz bilan ko’pincha cho’chqachilik fermalarida va kolbasa tayyorlash korxonalarida ishlaydigan xodimlar kasallanadi.

Etiboringiz uchun tashakkur!


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling