1. O‘yin rahbarlarining asosiy vazifalari. O‘yinlarni ketma-ket o‘tilishini rejalashtirish
O‘spirin va qizlar uchun harakatli o‘yinlarning tasnifi
Download 27.88 Kb.
|
3 Harakatli o`yinlarni bolani yoshiga mos holda tanlash. Tahlil qilish va o`tkazish metodikasi.
O‘spirin va qizlar uchun harakatli o‘yinlarning tasnifi
Yuqori sinf o‘quvchilarida (15—17 yoshli) organizm rivojlanishi va o‘sishi davom etadi. Skeletni suyakka aylanishi jarayoni va mushak kuchining rivojlanishi hali ham tugallanmagan bo‘ladi. O‘smirlarning og‘irligi ayniqsa suyaklarning o‘sishi va mushak og‘irligining oshishi hisobiga ortadi. Qizlarda esa mushak sistemasi, xususan, yelka kamari muskuli bola- larga nisbatan sekin rivojlanadi. Qizlarda tananing og‘irligi uning uzunligini ortishiga, tos hajmi va yog‘ qatlamlarini hisobiga o‘sadi. Bo‘g‘inlarning shakllanishi tugallanadi va ular morfologik o‘zgarish- lariga ozroq yumshoq bo‘lib qoladi. O‘spirinlarda bu davrda jinsiy balog‘atga yetish tugullanadi. Abstrakt fikrlash qobiliyati hodisani tahlil qilish, o‘rtoqlarining harakatiga va o‘zlarining qiliqlariga ongli munosabati birmuncha ortadi. O‘quvchilarda tormozlanish funksiyalarini takomillashgan bo‘li- shi, iroda, o‘zini tuta bilish o‘yindagi yutqazishni ko‘proq tinch o‘tkazishni rivojlantiradi. O‘spirin va qizlarda u yoki bu sport turiga qiziqishi barqaror bo‘ladi. O‘yinni kuchli zo‘riqishi bilan uzoq vaqt davomida o‘tkazish mumkin emas, chunki ular zo‘r berishga va charchashga olib keladi. Biroq harakat malakalarini takomillashtrish uchun o‘yinda faol harakatlarni ko‘p martadan takrorlash juda ham zarur. Qizlarda o‘yinda tezlik, kuch, chidamlilik bolalarga nisbatan kam bo‘ladi. Shuning uchun harakatli va sport o‘yinlari ular bilan alohida-alohida o‘tkaziladi. Bu davrga kelib sport o‘yinlari asosiy o‘rinni egallaydi, harakatli o‘yinlar esa yordamchi vosita sifatida qoladi, turli-tuman sport turlari va har xil sport o‘yinlari uchun o‘yin taktikasi madaniyati alohida malakalarni mustahkamlashga va takomillashtirishga imkoniyat tug‘diradi. O‘yinni tanlash, eng avvalo, dars oldiga qo‘yilgan vazifaga bog‘liq bo‘ladi. Chunki uni aniqlashda, rahbar bolalarning yosh xususiyatlarini, ularning rivojlanishini, jismoniy tayyorgarligini, bolalarning sonini va o‘yinni o‘tkazish sharoitini hisobga oladi. Harakatli o‘yinlarda 3 dan 300 tagachan kishi qatnashishi mumkin. Tashabbuskorlik sharoitida hammadan ko‘ra ko‘proq tez-tez 3— 10 ta o‘yin qatnashchilariga mo‘ljallangan o‘yinlardan foydalaniladi. Ular, odatda, bolalar bilan mustaqil ravishda hovlilarda, maydon- chalarda, shuningdek, har xil yig‘ilishlarda tashkil etiladi. O‘qituvchi, tarbiyachi va yetakchilar rahbarligida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar (darsda, yig‘ilishlarda, dam olish oromgohlarida o‘tkaziladigan mash- g‘ulotlarda, sport maktabida) 20—40 ta harakatli o‘yinlar o‘tka- ziladi. Katta bayram kechalarida va bolalar ko‘p to‘plangan ommaviy sayillarda 100—300 o‘yin qatnashchilariga mo‘ljallangan ommaviy harakatli o‘yinlardan foydalanish mumkin. O‘yinni tanlashda albatta o‘tkaziladigan mashg‘ulotning shaklini (darsda, tanaffusda, zvenolar, bayramlarda, sayrlarda) hisobga olish shart. Darsda va tanaffusda vaqt chegaralangan bo‘ladi; o‘yin mazmuni va vazifasi darsdagiga ko‘ra tanaffusda boshqacha bo‘ladi, bayramlarda ayniqsa ommaviy va attraksion o‘yinlaridan foydala- niladi, bu o‘yinlarda har xil yoshdagi va turli tayyorgarlikdagi bolalar qatnashishlari mumkin. O‘yinni tanlash va o‘tkazish to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning joyiga bog‘liq bo‘ladi. Unga katta bo‘lmagan tor zalda, maydonchada yoki yo‘lak- chada o‘yin bir chiziqqa saflangan holda o‘tkaziladi, o‘yinda o‘ynay- diganlar navbatma-navbat qatnashadilar. Katta zalda yoki maydonchada tarqalib yugurish katta va kichik koptoklarni uloqtirish hamda sport o‘yinlari elementlari bilan o‘ynaladigan o‘yinlarni o‘tkazish mumkin. Shahardan tashqariga saylga va ekskursiyaga chiqqan vaqtda joylarda o‘tkaziladigan o‘yinlardan foydalaniladi. Qishda qishki o‘yinlar maydonchada chang‘ida, konkida, chanada va qordan har xil shakllar yasash bilan o‘tkazilishi mumkin. Harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazishda g‘oyaviylik, ilmiylik va o‘yindan foydalanish rejaga asoslanganligini, tarbiyaviy, ta’limiy va sog‘lomlashtirish natijalariga yo‘naltirilganligi hisobga olinishi zarur. O‘yinni o‘tkazishda rahbarlik yoki yo‘l ko‘rsatuvchi roli pedagog, tarbiyachi va yordamchilarga tegishli bo‘lishi kerak. O‘yin tarbiyaviy, ta’limiy va sog‘lomlashtirishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, ko‘proq uni boshqarishga bog‘liq bo‘ladi. Bitta shunga o‘xshash o‘yinlar yordamida turli-tuman axloqiy va jismoniy sifatlarni tarbiyalash mumkin. Birinchidan, shug‘ullanuvchilar uchun o‘yinni ta’sir etishi aniqla- nadi (mazmuni, harakatlanishi, o‘yin qoidasi), ikkinchidan, metodik usullari bilan bola uning yordami bilan o‘yinlarni egallaydi, uchinchi- dan, tashkil etish uslublari. Bolalar bilim va malakalarini uyda, maktabda, bolalar bog‘cha- sida egallaydi va u atrofni o‘rab turgan muhitga bog‘liqdir. Shuning uchun har xil yoshdagi bolalar bilim o‘tkaziladigan o‘yinda o‘yin mazmuniga ko‘ra, o‘tkazish usuli turlicha rivojlanadi. Bolaning jismoniy rivojlanishi o‘yin yordamida xohlagan yo‘nalishda va boshqa jismoniy mashqlarni turlari mumkin qadar faqat maqsadga yo‘nalti- rilgan holda va doimo pedagogik rahbarlik qilinganda amalga oshiriladi. Rahbar o‘yin tashkilotchisi va uni o‘tkazish jarayonida bolalarning tarbiyachisi bo‘lishi shart: shug‘ullanuvchilarning salomatligini mustahkamlash ularning to‘g‘ri jismoniy rivojlanishiga yordam beradi; h 33 ayotiy zaru bo‘lgan harakat malakalarini egallashga yordam beradi; — Xoev, P.bolalarda zarur bo‘lgan odob-axloq irodaviy va jismoniy sifatlarini tarbiyalash; o‘yin bilan mustaqil ravishda muntazam shug‘ullanish odatini va o‘quvchilarga tashkilotchilik malakalarini singdirish. O‘yin bilan shug‘ullanish do‘stlikni, rostgo‘ylikni, jamoatchilikni, vatanparvarlikni va ongli intizomni tarbiyalashga yordam beradi. Shu bilan birga jismoniy tarbiya bo‘yicha dasturi asosida mos ravishda ma’lum harakatni o‘rgatish uchun o‘yinni to‘g‘ri tanlash muhimdir. Har doim ham o‘yinni to‘g‘ri tanlab olib, samarali ijobiy ta’lim- tarbiyaga erishish mumkin emas, u ko‘proq o‘yinni tashkil qilish va o‘tkazish jarayoniga bog‘liq. Ta’limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalarini hal etishda tarbiyani, xususan, didaktik prinsiplarining umumiy qonuniyatlariga pedagog tomonidan amal qilish zarurdir. Harakatli o‘yinlar bilan shug‘ullanish xarakteri tarbiyalaydigan bo‘lishi shart. Pedagog o‘yinning mazmunidan foydalangan holda (mazmuni, harakat qilishi va unga kiruvchi o‘yin qoidalari), ma’lum darajada o‘yinchilarning yurish-turishini, xatti-harakatini e’tiborga oladi. Buning uchun pedagog o‘ynaydigan jamoani yaxshi bilishi, o‘yinning mazmunini o‘rganishi va yuqori pedagogik mahoratga ega bo‘lishi kerak. O‘yinda bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Ularning xulqi va xarakterini o‘rganib olganidan keyin, rahbar haddan tashqari tez ta’sirchanligini, bahslashish noto‘g‘riligini yoki o‘yin qoidalariga rioya qilmasligini va xulqidagi boshqa salbiy tomonlarning oldini olish mumkin. Rahbar jamoa o‘yinlarida maqsadga erishish uchun o‘yinchilarni birgalashib harakat qilishga o‘rgatadi, bu o‘rtoqlik hissini, jamoat- chilik, topshirilgan vazifaga javobgarlikni his qilishni, o‘zining ishini oxirigacha yetkazishdagi qat’iyligini tarbiyalashga yordam beradi (aks holda jamoadadagi o‘rtoqlari qiynaladi). Har bir o‘yinda maqsadga erishish uchun turli xil qiyinchiliklar bo‘ladi. Shuning uchun o‘ynovchilar o‘yin qoidalarini buzmasdan turib, ularni yengib o‘tishlari kerak. Bittagina qiyinchilikni yengib o‘tgandan keyin, boshqasini orqaga surish kerak, chunki bolalar ularni yengib o‘tishda zo‘r berishlariga to‘g‘ri keladi. Bu esa mehnat- sevarlikni va irodani tarbiyalashga yordam beradi. Rahbar u yoki bu o‘yinni o‘tkazishda asosiy tarbiyaviy va ta’limiy vazifani belgilab olishi kerak (masalan, to‘pni otish va ilib olib nishonga uloqtirish malakalarini takomillashtirish, yengil atletika, gimnastika mashg‘ulotlarida egallagan malakalarini mustahkamlash, o‘ynovchilarda jasurlikni, harakatning bir-biriga muvofiqligini, ja- moatchilikni tarbiyalash, joyda mo‘ljal olish malakalarini tarbiyalash va boshqalar). Bolalarning oldiga nisbatan aniq, yengil va tez hal qilinadigan vazifalar qo‘yiladi. Masalan, «asirga» tushirmaslik, raqiblarni qidirib topish, o‘rtog‘ini qutqarish, raqibining ustidan g‘alabaga erishishdan iboratdir. Rahbar ayrim vaqtlarda ularga ko‘proq qiyin vazifalarni (masalan, to‘pni olib yurish va uzatish, basketbol o‘yini uchun halqaga to‘p tashlashni egallash) taklif qiladi. Boshqarib boruvchi o‘rgatishning faol va onglilik prinsipi hisoblanadi. Rahbar o‘yinni o‘tkazishda uning mazmuni va vazifasini, shuningdek, o‘zini tuta bilish qoidalarini tushintirishi shart. O‘ynov- chilarning ongli xulqi o‘yinni takomillashtirishga va uni ijodiy boyi- tishga imkon beradi, bunda o‘yin qatnashchilarining qiziqishi, bir- muncha o‘yinning tarbiyaviy ta’sir etishi oshib boradi. Bolalarda o‘yinda o‘z harakati va ishlariga ongli munosabatda bo‘lishga, o‘zi- ning yutuq va kamchiliklarini tanqidiy muhokama qilishni, o‘rtoq- larining harakati va xulq-atvorini tahlil qilishga o‘rgatish kerak. Agar o‘yin yaxshi o‘zlashtirilgan bo‘lsa, faollik oshadi. O‘yinni takrorlab turish juda foydali bo‘ladi, bunda shug‘ullanuvchilar ko‘proq o‘z ayblarini tushunib boradilar, harakat malakalari takomil- lashadi, o‘yinda o‘quvchilar faol qatnasha boshlaydi, eski o‘yin qoidalari murakkablashadi, yangi vazifalar qo‘yiladi (rahbar bilan birgalikda yoki uning nazorati ostida). O‘yinga qiziqqonligini orttirib borish bolalarning faollashishiga ta’sir etadi. Bolalarning faolligidan o‘yindagi tashkilotchilik malakalarini tarbiyalashda foydalanish lozim. Rahbar ularga yetakchilar, sardorlar tayinlashi hakamlik qilishga jalb etish bilan bolalarni mustaqil o‘ynashga o‘rgatishi kerak. Ularga o‘yinni tashkil qilish va hakamlik qilishda sekin- asta ko‘proq mustaqillikka imkon beradi. Xulosa. Harakatli o`yinlarni bolani yoshiga mos holda tanlash. Tahlil qilish va o`tkazish metodikasi mavzusini mustaqil o`rgandim, Harakatli o‘yin haqida asosiy tushuncha, zarur bilim va malakalarni egallashni muntazam ravishda to`g`risida bilimga ega bo`ldim. Kelgusi ish faoliyatimda shulardan foydalanaman. Download 27.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling