Ушбу масала Ҳиндистоннинг ўша давр қонунчилиги асосида қандай ҳал қилинади?


Download 21.78 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi21.78 Kb.
#1027142
Bog'liq
Oybek Jo\'raqulov huquq tarixi


Kazus

3. Ҳиндистонда юз йиллаб давом этган мусулмон бошқаруви унинг тўлиқ исломлашувига олиб келмади. Акбар ҳукмронлиги даврида Камол исмли бир мусулмоннинг синглисига ҳинду динига мансуб Самер исмли шахс ҳиндларнинг урф-одатларига амал қилган ҳолда тўй-тантана қилиб уйланди ва сўнгра хотинини ҳам ислом динидан воз кечишга мажбур қилди. Орадан бироз вақт ўтгач Самер ва Камол ўртасида ўзаро келишув шартномаси асосида Жамол деган шахсга 20 кун ичида ғалла сақлаш учун омборхона қуриб беришди. Шартнома бўйича иш ҳақи тенг миқдорда бўлиб олиниши керак эди. Бироқ Самер қурилиш ишлари давом этаётган пайтда чап қўлидан жароҳат еганлиги туфайли Камол билан тенг даражада ишламади. Шу сабабли Камол иш ҳақидан кўпроқ хисса талаб қилди. Самер бунга рози бўлмади ва орада низо чиқди.


Ушбу масала Ҳиндистоннинг ўша давр қонунчилиги асосида қандай ҳал қилинади?

Kazusga javob beradigan bo`lsak, dastlab islom dini Hindistonga Boburiylar tomonidan keltirilgan hisoblanadi. Unga ko`ra1526 yilda Temurning evarasi - amir Bobur afg'on tog' yo'llari orqa-li Hindistonga kirib bordi. U Dehlini bosib olib, o'zini Hindiston imperato-ri (to'g'rirog'i - shoh) deb eʻlon qildi. Bobur bu erda Hindiston va Afg'o-niston erlaridan iborat katta bir davlatga asos soldi. Bu davlat ko'pgina tarixiy, shuningdek, huquqiy-tarixiy adabiyotlarda Buyuk mo'g'ullar im-periyasi143 deb noto'g'ri yuritiladi. Chunki uning asoschisi Bobur o'zbek shoiri va yozuvchisi, sarkarda va davlat arbobi bo'lib, uni mo'g'ullar avlo-diga hech qanday aloqasi yo'q. Shuning uchun Bobur asos solgan ushbu sulolani Boburiylar saltanati deb atash haqiqatga yaqindir. Bundan tash-qari, Boburning avlodlari o'zlarini «mo'g'ullar» deb emas, «Boburiy mirzolar» deb atashgan.Bobur va uning vorislari davrida Hindiston har tomonlama ravnaq topdi. Keyinchalik esa Bobur Mirzoning nabirasi Akbarshoh davrida islom va hinduizm dini ravnaq topdi.Akbarshoh islom dini va hind dinini teng din deb e`lon qiladi. .Boburiy hukmdorlar sunniylik oqimining xanafiylar mazhabidan bo'-lganliklari uchun boshqaruv va sud ishlarini yuritishda mahalliy sharoit-larni hisobga olishni talab qilardilar. Akbarning bu yo'ldagi siyosatini uning vorislari - o'g'li Jahongir (1605-1627 yillar) va nabirasi shoh Jahon (1627-1658 yillar) davom ettirdi. Din bilan bog'liq hisoblangan barcha munosabatlar - nikoh-oila munosabatlari, meros, diniy muassasalar faoliyati alohida huquqiy tizimlar bilan, yaʻni musulmonlar haqidagi ishlar musulmon huquqi bilan, induizm dinidagi kishilar haqidagi ishlar hind huquqi bilan tartibga solingan. Bun-dan tashqari, musulmon bosqinchiligi kasta va jamoa tartiblariga kam taʻsir etgan. Bu erda panchayat, kasta sudlari harakat qilavergan. Ular jinoiy ishlarni ham mahalliy odat huquqi asosida ko'rib hal qilardilar. Hindistonda yuz yillab davom etgan musulmon boshqaruvi Hindistonda musulmon huquqi va uning asosiy manbai – Qurʻon yoyildi. Musulmonlar o'rta-sidagi va huquqiy munosabatda qatnashayotgan tomonlardan biri musul-mon bo'lganda ishlar musulmon huquqi asosida ko'rilgan, hindu, braxmanizm dinidagilarning ishlariga Manu qonunlari va boshqa qonunlar qo'lla-nilgan. Shuningdek, hindlarning oila-nikoh, vorislik munosabatlaridan ke-lib chiqadigan munosabatlar hind huquqi bilan tartibga solingan. Guptalar saltanati davridagi jinoyat huquqi davlat jinoyatlari, mulkka qarshi qara-tilgan jinoyatlar, shaxsga qarshi qaratilgan jinoyatlar uchun javobgarliklar o'rnatgan edi. Jazoning asosiy turi jarima va turma qamog'i hisoblangan. Boburiylar davrida qatl etish jazosi faqat imperator tasdig'i bilan berilishi mumkin edi. Ammo shunga qaramay, bu jazo joylardagi sudlar tomonidan ham berilardi. Bu davrda tan jazolari ham keng yoyildi. Sudlov jarayonida urug'doshlik tuzumining qoldiqlari saqlanib qolgan edi. Masalan, unda suv, o't, tarozi va zahar bilan sinab ko'rilib, ko'rsatmaning to'g'ri-noto'g'riligi aniqlanardi. Qonunlaridagi me’yorlar oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga ham qaratilgan. Ota xotini va farzandlari ustidan to‘la hukmron bo‘lgan. Nikoh mulkiy bitim hisoblangan. Uning natijasida xotin sotib olingan va erning mulkiga aylangan. Erkaklar 24 yoshdan ayollar 8 yoshdan nikohga kirishi mumkinligi belgilangan. Ayollar mustaqil bo‘lishga layoqatli emas, deb qaralgan. Ayollar o‘z erlarini yomon bo‘lsa ham xudo deb hisoblashi qattiq talab qilingan. Er bir nechta xotin olishi va ajrashishi mumkin bo‘lgan. Ayollarga esa bu taqiqlangan. Meros barcha o‘g‘illar o‘rtasida teng taqsimlangan. Qizlar merosdan chetlashtirilgan, aka-ukalar o‘z ulushlaridan ¼ qismini ularga sep-sidirg‘a sifatida ajratishi lozim bo‘lgan. Vasiyat bo‘yicha me’yorlar belgilanmagan. Qadimgi hind jinoyat huquqida ibtidoiy jamoa tuzumiga xos ordaliya, jamoaviy javobgarlik saqlangan. Talion prinsipi qo‘llanilmagan. Jinoyatlar subyektiv tomoni, ijtimoiy xavfliligi va takroriy sodir etilishiga qarab turlarga ajratilgan. Jinoyatlar orasida davlatga, shaxsga, mulkka va oilaga qarshi jinoyatlarga alohida e’tibor berilib, ularga og‘ir jazo tayinlangan. Huquq, din va axloqning chambarchas bog‘liqligi natijasida jinoyat va gunoh o‘rtasida aniq farq bo‘lmagan. Jazo tayinlashda ishtirokchilik va varnaga mansublik inobatga olingan. Zaruriy mudofaa holatida jinoyat sodir etilsa, oqibatidan qat’i nazar javobgarlik belgilanmagan. Yuqori varnaga mansub kishi aybdor bo‘lsa, odatda, jarima jazosi tayinlangan. Davlatga qarshi jinoyatlarga – o‘z mamlakatini yoki qishlog‘ini qattiq ovoz chiqarib so‘kkanlik uchun eng yuqori jarima belgilangan.Xo`sh yuqorudagi malumotlardan foydalangan holatda ushbu kazusdagi ijtimoiy munosabatga javob beradigan bo`lsak.Shaxslar o`rtasida fuqorolik huquqiy munosabatga kirishilmoqda ular o`rtasida shartnoma tuzilmoqda lekin shartnomada belgilangan subyektlardan biri tan jarohati tufayli uz majburyatlarini to`liq bajarolmayabdi.Bu vaziyatda usha davr qonunchiligi buyicha yuridik organ qoziga murojat etishadi va qozi belgilangan holat buyicha shartnomada keltirilgan javobgarlikni u bo`lmasa qonunda belgilangan javobgarlikni qo`llaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
1. Muqimov Z. Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarixi (Qadimgi dunyo hamda o'rta asrlar davlati va huquqi tarixi). O'quv qo'llanmasi. – Samarqand: Sam DU nashri, 1992. – 180 b.
2. Muqimov Z. Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. Darslik. Birinchi kitob. – T.: Yangi asr avlodi, 2003. – 210 b.
3. Muhamedov X .M. Yangi davrda Angliya davlati. – T.: Adolat, 2000. – 56 b.
4. Muhamedov H.M. “Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi” fanidan sirtqi bo'lim talabalari uchun o'quv-uslubiy qo'llanma. – T.: TDyuI, 2003. – 66 b.
5. Muhamedov H.M. “Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi” fanidan o'quv dasturi. – T.: TDyuI, 2005. – 32 b.
Download 21.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling