Jamoa bilan ishlash metodikasi


Download 80.43 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi80.43 Kb.
#1566995
  1   2   3
Bog'liq
Jamoa bilan ishlash metodikasii

JAMOA BILAN ISHLASH METODIKASI

Bajardi: Ibroximova SH.

Reja: 1.Jamoada shaxsni tarbiyalash 2.Jamoaning rivojlanishida tarbiya usullari 3. Jamoa ijodiy faoliyatini rivojlantirishda pedagogic texnalogiyalarning o’rni

Jamoa so‘zi lotincha «Kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh ma’nolarini anglatadi. Aniqroq aytiladigan bo‘Isa jamoa bu kishilardan iborat guruh, demakdir. Zamonaviy talqinda «Jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda kishilaming istalgan tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan: ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, xo‘jalik jamoasi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o'quvchi (tarbiyalanuvchi)laming birlashmasi o‘ziga xos muhim belgilarga egadir. Quyida jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) borasida so‘z yuritamiz. Jamoa va jamoa orqali tarbiyalash-tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillardan biridir.

Shuningdek, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilar orasida hamkorlik qilish uchun qulay sharoyt va pedagogic vaziyat vujudga keladi. Bu esa bolalarga mavjud voqealikni, tarbiyachi rahbarligida to‘liq idrok etish uchun sharoit yaratadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z- o‘zini namoyon qilish barqaror shaxsiy ehtiyoj sifatida ifodalanadi. Ta’lim-tarbiya davomida bolalarda faollik, harakatchanlik kabi sifatlar tarkib topadi. Bunday bolalar toliqishlariga qaramasdan, munozara jarayonida faol ishtirok etishga ehtiyoj såzadilar. Shu bilan bir qatorda, o‘quv munozarasi bolalarda o‘zxulq-atvorlarini nazorat qilish va asosiy mavzudan chalg‘imaslik sifatlarini ham tarkib toptiradi.

Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildlrilgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar iamoani kishilaming yetarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi. Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me’yorlari o‘z ifodasini topadi. Jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bo'lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida o‘zaro birlik, uzviy maqsadga muvofiq tashkil etiladi. Shu bois jamoa hayotining bir (yagona) maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-g‘oyaviy yo'nalganligi uning yetakchi belgisi sanaladi. Har bir jamoa boshqa bir jamoalar bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Uning har bir a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘z jamoasi bilan birgalikda ishtirok etadi.


Download 80.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling