Jamoa bilan ishlash metodikasi


Download 80.43 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi80.43 Kb.
#1566995
1   2   3
Bog'liq
Jamoa bilan ishlash metodikasii

Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g‘oyaviy yo‘nalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir. Inson oilada dunyoga kelgan bilan jamiyatga aloqadordir. Farobiyning fikricha «insonning jamiyatni qo‘lgakiritishi, axloqiy va aqliy mukammallikka erishuvi, inson va jamoaning o‘z qo‘lidadir». Jamiyatning qanchalik rivojlanganligini oila farovonligida, shaxsning kamolotida ko'rish mumkin. Yoki shaxsning barkamolligi, oilaning to‘la-to‘kisligiga qarab, jamiyatnig iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ahloqiy ahvolini bilish mumkin. Chunki shaxs-oila-jamiyat munosabatlari o‘zaro mustahkam bog‘langan. Shuning uchun shaxs oila-jamiyat muhitida shakllanadi, kamol topadi.

Bolalarda ta’lim-tarbiya munozarasiga kirisha olish ko‘nikmasining yuqori darajasi quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Bunday o‘quvchilar guruh a’zolari bilan osongina til topisha oladilar. Ularning yuqori darajada intellektual rivojlanganligi tufayli, turli muammolarning muhokamasi yangi kechadi. Ular nafaqat muhokamaning turli usul va vaziyatlarini yångi o‘zlashtira oladilar, balki o‘zlari ham yangi usullarni ishlab chiqib, munozara jarayonining samarali kechishini ta’minlaydilar. Bunday bolalar munozara natijalarini bashorat qila oladilar. O‘quv munozarasi jarayonida kuzatuvchanlik bolalarining xayollari, kayfiyatlarini his etish imkonini beradi. Bu jarayonda bolalarning hayotiy prinsiplari qaror topadi. Munozara jarayonida vujudga keladigan erkin tanlov vaziyati bolalar xulq-atvorining erkin, ularning tanloviga asoslangan holda tarkib topishiga imkon beradi

Bizga ma’lumki, komil inson shaxsni tarbiyalashda yuqoridagi omillardan tashqari уana bir omil ya’ni jamoaning roli ham katta hisoblanadi. Chunki jamoa har qanday bola tarbiyasini to‘g‘ri yo’lga soladi. Masalan, guruh jamoasini oladigan bo’lsak, agar shu guruhda bir yomon ya’ni xulqi, tarbiyasi jihatdan yomon bo‘lsa, shu jamoa unga asta-sekinlik bilan o‘z ta’sirini albatta o‘tkazadi. Ya’ni qanday yo‘llar bilan degan savol tug‘ilishi mumkin. Masalan, tadbirlar yoki sayohatlar orqali. Komil inson shaxsini tarbiyalashda jamoaning ahamiyati juda katta. Azal-azaldan bizgacha ota-bobolarimizdan qolgan o‘lmas maqollarimizdan birini shu o‘rinda keltirib o‘tmoqchimiz; «Aqlni beaqldan o‘rgan», ushbu maqol zamirida bir qancha ma’nolar bor. Ya’ni jamoada har xil bolalar bo‘lib, ular bir-biriga qarab ham o‘zlaridagi yomon xulqlami yo’qotadilar. Bu xislatlar esa ulaming komil inson bo‘lib tayyorlanayotganidan darak beradi.


Download 80.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling