1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida
-mavzu: Unli va undoshlar tasnifi
Download 336.21 Kb.
|
Ona tili ma\'ruza1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Unlilar tasnifi (bo’linishi)
- 1-mashq.
3-mavzu: Unli va undoshlar tasnifi
Tovushlar o’pkadan chiqayotgan havoning og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchrashi yoki uchramasligiga ko’ra ikki turga bo’linadi: unli tovushlar va undosh tovushlar. O’pkadan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ida hech qanday to’siqqa uchramay chiqishi natijasida hosil bo’ladigan tovushlarga unli tovushlar deyiladi. Ovoz un (un) paychalarining titrashidan bo’g’iz bo’shlig’ida sof ovoz yuzaga keladi. Unlilarni tallafuz qilganda og’iz bo’shlig’i ochiq bo’ladi, asosiy vazifani esa ovoz paychalari , til va lablar bajaradi. Ovoz paychalarining harakati musiqiy ohangni vujudga keltiradi. Shuning uchun unli tovushlarda musiqiylik, ohangdorlik kuchli bo’ladi. Ularni nutq talabiga ko’ra istagancha cho’zib talaffuz etish mumkin. Tilimizda oltita unli tovush bor: a, o, e, o’, u, i. Unlilar tasnifi (bo’linishi) Unlilar uch xil yo’l bilan tasnif qilinadi: 1. Tilning gorizontal holatiga ko’ra. 2. Tilning vertikal harakatiga ko’ra. 3. Lablarning ishtirokiga ko’ra. Tilning gorizontal holatiga ko’ra tasnifda tilning oldinga, tish tomonga siljishi yoki orqaga tortilishi nazarda tutiladi. Shunga ko’ra unlilar: a) oldingi qator yoki til oldi unlilari: i, e, a; b) orqa qator yoki til orqa unlilari: u, o’, o. Tilning vertikal harakatiga ko’ra tasnifda og’izning ochilishi darajasi nazarda tutiladi. Shunga ko’ra unlilar: a) yuqori tor yoki yuqori ko’tarilish unlilari: i, u; b) o’rta tor yoki o’rta keng unlilari: e, o’; c) keng unlilar (quyi ko’tarilish yoki quyi tor): a, o. Lablarning ishtirokiga ko’ra tasnifda lablarning unlilar hosil qilishdagi faolligi hisobga olinadi. Shunga ko’ra unlilar: a) lablangan unlilar: u, o’; ( bu jihatdan o unlisi oraliq holatda qoladi) b) lablanmagan unlilar: i, e, a ga bo’linadi. O’zbek adabiy tilidagi unlilarni 3 xil tasnif nuqtayi nazaridan quyidagicha tavsiflash mumkin: 1. a - til oldi, keng, lablanmagan. 2. o – til orqa, keng, (oraliq holatdagi unli) 3. e - til oldi, o’rta keng, lablanmagan. 4. o’ - til orqa, o’rta keng, lablangan. 5. u - til orqa, tor, lablangan. 6. i - til oldi, tor, lablanmagan. 1-mashq. Nuqtalar o’rniga a yoki o harfini qo’yib yozing. S…mon, t…mosha, m…bodo, mu…mala, d…la, al…qa, bul…q, b…ho, j…hongir, om…n, f…netika, h…mon. 2-mashq. Nuqtalar o’rniga kerakli unli tovushlarni qo’ying, so’zlarni daftaringizga ko’chirib yozing va ular ishtirokida og’zaki gaplar tuzing. Z…omagazin, mu…llif, ta…mil, mu…vin, ge…log, d…ira, sho…r, j…iz, ma…sh, mu…mmo, ge…metriya, …ila, d…imo. 3-mashq. Nuqtalar o’rniga i, u harflaridan mosini qo’yib, so’zlarni daftaringizga ko’chiring. Ular ishtirokida og’zaki gaplar tuzing. Kund…z, yuld…zcha, tov…q, tut…n, guv…llamoq, qas…r-qus…r, uchq…n, uch…n, kampirqov…n, chur…llamoq, shov…llamoq. 4-mashq. So’zlarning qaysi ko’rinishi to’g’ri ekanligini toping va uni daftaringizga yozib oling. Tuyg’i\tuyg’u, uyqu\uyqi, chopqi\chopqu, qayg’i\qayg’u, tulki\ tulku, kulgu\kulgi. Download 336.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling