1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida
Download 336.21 Kb.
|
Ona tili ma\'ruza1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-mashq.
- F undoshining talaffuzi va imlosi
X,x va H, h harflari
X,x harfi q, g’ tovushlari bilan bir xil o’rinda, tilning orqa qismida hosil bo’ladigan undosh tovushni ifodalaydi. Masalan, paxta, xatar, shox, no’xat, taxta, baxt, shaxta, sinfxona, xil-xil. H,h harfi esa bo’g’izda hosil bo’ladigan undosh tovushni ifodalaydi. Masalan, ogoh, harf, shoh, halol, havaskor, hayvonot, hayot, suhbat, hil-hil. Bilib oling! I harfidan keyin ko’pincha x harfi yoziladi. Masalan, ixlos, mix, six, ixtiyor, ixtilof, ixtiro, ixtisoslik, ixtiyoriy, ixcham. E harfidan keyin ko’pincha bo’g’iz undoshi keladi. Masalan, eh, ehrom, ehson, ehtimol, ehtirom, ehtiros, ehtiyot, dehqon, ehha, ehhe. 7-mashq. Nuqtalar o’rniga h yoki x harflaridan mosini qo’yib, so’zlarni yozing va ular ishtirokida og’zaki gaplar tuzing. …ullas, osh…ona, …ayolparast, …indiston, a…loq, …ol- a…vol, …alokat, e…timol, …ushyorlik, …atti- …arakat, …alqparvar, mu…lis, …abar, podsho… 8-mashq. Quyidagi so’zlarga h yoki x harflarini to’g’ri qo’yib yozing. (H/X)irot, mu(h/x)r, (x/h)ato, (h/x)osil, (h/x)alokat, Abdura(h/x)mon, (h/x)azil, (x/h)itob, dara(h/x)t, (x/h)umor, (h/x)amroh, (h/x)ira. 9-mashq. Nuqtalar o’rniga x yoki h harflaridan talab qilinganini qo’yib ko’chiring. 1. Kechga borib, No’…atpolvon o’rnidan turib, u yoq-bu yoqqa pildirab yura boshlabdi. (Mirza Karim) 2. Ogo…lik - davr talabi. 3. Bolalarim, …alol va …aromning farqiga boringlar, - derdilar bobom.(Gazetadan) 4. Alifboda 26 ta …arf va 3 ta …arflar birikmasi bor. 5. Ro…at kelinoyi cho’pchakka usta, ajoyib gapdon …otin. 10-mashq. Quyida xato berilgan so’zlarni imlo qoidalariga mos ravishda daftaringizga ko’chiring. Bahil, hasis, xasad, gox-goh, habar, mexnatkash, xovuz, xosil, xuquq, xiylakor, hato, hokkey, ho’roz, habar, xoxish, hushnud, axborot, nikox, islox. F undoshining talaffuzi va imlosi F undoshi fil, futbol singari so’zlarda p holida o’qilsa ham, f bilan yoziladi. Afzal, afg’on kabi so’zlarda f undoshi p yoki v holida o’qilsa ham, f bilan yoziladi. Masalan, Dilafruz, foiz, faqir, fasl, fayz, Fotima, fursat, fartuk, futbol. 1-mashq. Quyida berilgan so’zlarni o’qing. F tovushining talaffuzi va imlosini izohlang. Fidoyi, shafqat, xufton, taraf, iftixor, fitobar, daftar, fazo, toifa, urf, faxr, ifoda, jafokash, telegraf, saf, tanaffus, tufli. 2-mashq. Berilgan ikki harfdan zarurini qo’yib, so’zlarni ko’chiring. Tara(f-p), a(v-f)tomobil, sha(v-f)qat, O(v-f)qat, a(v-f)zal, na(f-p)as, Inso(f-p), ka(p-f)tar, (p-f)aqat, (p-f)ilik, har(f-p), (f-p)oiz Download 336.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling