” 201 yil Mavzu: O’ va e unlisining talaffuzi va imlosi Darsning maqsadi
Download 34.65 Kb.
|
5-sinf ona tili konspekt 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
- Milliy va umummadaniy kompetensiya
- DARSNING BORISHI
- III. .Yangi mavzu bayoni
- Motadil, mojiza, motabar kabi sozlardagi tutuq belgisi I yozuvda tushirib qoldiriladi.
- 394-mashq. Quyidagi sozlarni talaffuz qiling. O unlisining talaffuzi va imlosini izohlang.
- 396-mashq. Quyidagi sozlarni oqing va daftaringizga yozing. E unlisining talaffuzi va imlosini izohiang.
- 397-mashq. Maqollarni daftaringizga kochirib yozing. E unlisining talaffuzi va imlosiga etibor bering.
- IV. Mustahkamlash
- O’IBDO’ _________________________________________________________________ 5- “ ________________ ” SINF ONA TILI FANI
- 4-topshiriq.
- 5 - topshiriq. Uyga topshiriq.
- O’IBDO’ _________________________________________________________________
5-“________________” SINF ONA TILI FANI «____”____________201___-yil Mavzu: O’ va E unlisining talaffuzi va imlosi Darsning maqsadi: a)ta`limiy; O’ va E unlisining talaffuzi va imlosi qoidalari haqida o'quvchilarga tushuntirish; b)tarbiyaviy;o'quvchilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash, muomala madaniyatiga o'rgatish; d)rivojlantiruvchi;o'quvchilar so'z boyligini oshirish, nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlashga o'rgatish. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish): Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: – mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish. Milliy va umummadaniy kompetensiya: – madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: – guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish Dars tipi: mustahkamlash Darsning turi:suhbat,tushunchalarni tahlil qilish; Darsning uslubi:matn bilan ishlash,savol-javob Darsning jihozi:darslik,kompyuter,slaydlar,tarqatmalar DARSNING BORISHI: I.Tashkiliy qism: A)Salomlashish. B) Davomatni aniqlash. V) o`quvchilarni darsga tayyorlash II.O’tilgan mavzuni so’rash. A) 392mashqlar orqali B) Savollar orqali 1. Qator kelgan unlilar qanday so'zlarda uchraydi? 2.Ularni tilimizga moslashtirish uchun og'zaki nutqda qanday tovush o'zgarishlari hosil qilinadi? 3.Adabiy talaffuz va imloda qaysi holatga amal qilinadi?
O' tovushi ko’z, o's, cho'l, jo'ra, mo'tabar kabi so'zlardatorroq, bo'ri, qo'ri, xo'roz, ro'mol kabi so'zlarda esa kengroq eshitiladi, ammo har vaqt bir xil shaklda yoziladi. Mo'tadil, mo'jiza, mo'tabar kabi so'zlardagi tutuq belgisi I yozuvda tushirib qoldiriladi.
QO'RQOQ BO'LMANG Qo'rqoqning ko'zi katta, ahmoqning so'zi katta. Qo'rqoq oldin musht ko'tarar. Arslonning bo'kirgani - sichqonning o'lgani. Qo'rqoq, qo'rqoqning oyog'i cho'loq. Qo'rqoqning o'z quroli o'ziga yov. Botir bir marta o'lar, qo'rqoq yuz marta. ♦ 394-mashq. Quyidagi so'zlarni talaffuz qiling. O' unlisining talaffuzi va imlosini izohlang. O'yin, o'jar, o'rdak, o'rta, o'tkir, o'tin, o'sha, o'q, o'choq, o'quvchi, o'rmon. E harfi kecha, ekran, ne'mat kabi so'zlarda to'liq talaffuz qilinadi. Telefon, teatr, okean, material kabi so'zlarda i ga monand aytiladi, lekin e yoziladi. 396-mashq. Quyidagi so'zlarni o'qing va daftaringizga yozing. E unlisining talaffuzi va imlosini izohiang. Egar, egizak, egov, ekologiya, elak, elektr, eng, ertalab, eshik, e'tibor, ehtiyot.mashq. Ikki guruhga bo'lining. Birinchi guruh so'z boshida, ikkinchi guruh so'z o'rtasida e unlisi qatnashgan so'zlarga 10 tadan misol yozsin. Ular ishtirokida og'zaki gaplar tuzing. 397-mashq. Maqollarni daftaringizga ko'chirib yozing. E unlisining talaffuzi va imlosiga e'tibor bering. l.Egilgan boshni qilich kesmas. 2. El og'ziga elak tutib bo'lmaydi. 3. Elga qo'shilsang, er bo'lasan, eldan ajrasang, yer bo'lasan. 4. Er so'zidan qaytmas, sher-izidan. 5.Nomusni yoshlikdan ehtiyot qil. IV. Mustahkamlash 1. O' tovushi qanday hollarda torroq talaffuz qilinadi? 2. O' tovushining keng aytilish holatlariga misollar keltiring. 3. O' harfi tutuq belgisi (apostrof) bilan kelganda qanday yoziladi? 4.E unlisi qanday so'zlarda /ga yaqin eshitiladi? 5. E tovushiga moyil talaffuz qilinadigan so'zlarga misollar keltiring. VI. Uyga vazifa 395-mashq. Uyga topshiriq. O' harfi noto'g'ri ishlatilgan o'rinlarni toping. So'zlarni imlo qoidalariga mos ravishda to'g'rilang va daftaringizga ko'chiring. «Amir Temur o'rdeni», to'rt sotib olmoq, zo'parkka bormoq, o'bdan o'ylab gapirmoq, direkto'rga ariza yozmoq. 399-mashq. Uyga topshiriq. Boshqotirmani yeching. Unda dehqonchilik bilan bog'liq maqol yashiringan. E unUsi ishlatilgan so'zlarga izoh bering.
O’IBDO’ _________________________________________________________________ 5-“________________” SINF ONA TILI FANI «____”____________201___-yil Mavzu: Mustahkamlash darsi Darsning maqsadi: a)ta`limiy; O’ va E unlisining talaffuzi va imlosi qoidalari haqida o'quvchilarga tushuntirish; b)tarbiyaviy;o'quvchilarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash, muomala madaniyatiga o'rgatish; d)rivojlantiruvchi;o'quvchilar so'z boyligini oshirish, nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlashga o'rgatish.
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi; Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: – darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: – mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish. Milliy va umummadaniy kompetensiya: – madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: – guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish Dars tipi: mustahkamlash Darsning turi:suhbat,tushunchalarni tahlil qilish; Darsning uslubi:matn bilan ishlash,savol-javob Darsning jihozi:darslik,kompyuter,slaydlar,tarqatmalar DARSNING BORISHI: I.Tashkiliy qism: A)Salomlashish. B) Davomatni aniqlash. V) o`quvchilarni darsga tayyorlash II.O’tilgan mavzuni so’rash. 395-mashq. Uyga topshiriq. O' harfi noto'g'ri ishlatilgan o'rinlarni toping. So'zlarni imlo qoidalariga mos ravishda to'g'rilang va daftaringizga ko'chiring. «Amir Temur o'rdeni», to'rt sotib olmoq, zo'parkka bormoq, o'bdan o'ylab gapirmoq, direkto'rga ariza yozmoq. 1. O' tovushi qanday hollarda torroq talaffuz qilinadi? 2. O' tovushining keng aytilish holatlariga misollar keltiring. 3. O' harfi tutuq belgisi (apostrof) bilan kelganda qanday yoziladi? III. .Yangi mavzu bayoni 1. Talaffuz me'yorlari deganda nimani tushunasiz? 2. Imlo me'yorlari nima? 3.I va u unlilarining aytilishi va imlosida qanday farqli jihatlar bor? 4.A va o unlilarining talaffuzi hamda imlosi haqida gapiring. 5.O' unlisining aytilishi va imlosida farq qiladigan o'rinlar bormi? 6.E unlisining talaffuzi va imlosi haqida nimalarni bilasiz? 1-topshiriq. Gaplarni daftaringizga ko'chirib yozing. Unlilarning talaffuzi va imlosi haqida so'zlab bering. Ilm inson uchun g'oyat oliy va muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o'z ahvolimizni, o'z harakatimizni oyna kabi ko'rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o'tkir qilur. Savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurib berur. Bizlarni ilm jaholat qorong'uligidan qutqarur.
T...mon, ilm...y, manfa...t, insho...t, sano...t, matbu...t, milli...n, so...t, mudofa..., mill...rd, ukra...n. 3-topshiriq. Xato yozilgan so'zlarni topib, to'g'rilang. So'ng ularni izohlang. 1. Tabiyat qanday go'zal. 2. O'zbekiston sanooti tinmay rivojlanib bormoqda. 3. Sinfimiz bilan tiyatirga tomoshaga bordik. 4. Uzin yoz kechalarida yuldizlarga termilib yotish insonga zavq bag'ishlaydi. 5. Abu Ali ibn Sino tug'ulgan Afshona qishlog'iga bordik. 4-topshiriq. Talaffuzi va imlosi farqlanadigan so'zlarga misollar keltiring, ular ishtirokida gaplar tuzing. IV. Mustahkamlash 1.A va o unlilarining talaffuzi hamda imlosi haqida gapiring. 2.O' unlisining aytilishi va imlosida farq qiladigan o'rinlar bormi? 3.E unlisining talaffuzi va imlosi haqida nimalarni bilasiz? VI. Uyga vazifa 5 - topshiriq. Uyga topshiriq. 121-125-darslarda o'rganilgan unlilar talaffuzi va imlosi bo'yicha jadval tuzing hamda uni to'ldiring.
O’IBDO’ _________________________________________________________________ Download 34.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling