Monand ritmik tana harakatlarida namoyon boʻladi


Download 19.28 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi19.28 Kb.
#1517265
Bog'liq
Raqs


Raqs sanʼat turi boʻlib, musiqaga monand ritmik tana harakatlarida namoyon boʻladi.[1] Raqs turli madaniyatlarda mavjud va hissiyotlar, ijtimoiy aloqalarni bildirish shakli sifatida yoki koʻngilxushlik uchun ijro etiladi.
Raqs
Zamonaviy raqsMadaniy manbaiTurliKelib chiqish davriAntik davr
Raqs faqat odamlar tomonidangina emas, balki boshqa hayvonlar (masalan, asalarilar, qushlar) tomonidan ham bajariladi. Jonsiz jismlar ham raqsga tushishi mumkin — metaforik: "barglar shamolda raqs tushishmoqda" yoki haqiqatan: robotlar raqsi. Gimnastika, sinxron suzish va baʼzi jang sanʼatlarini ham raqsga qiyoslash mumkin.
Raqs aynan nima ekanligi ijtimoiy, madaniy, estetik, artistik va maʼnaviy cheklovlarga bogʻliq va funksional harakatdan (xalq raqslari) tortib virtuoz texnikagacha (balet) boʻladi. Raqs ommaviy (toʻy-bazmlarda), ijtimoiy (vals), ijroiy (sahnada), tantanali (hind raqslari), musobaqa (badiiy gimnastika) va erotik (striptiz) turlarga ajratiladi. Raqs harakatlari orqali fikrlar va hissiyotlarni yetkazish, hikoyanavislik qilish mumkin. Raqs evolutsiyasi natijasida turfa uslublar kelib chiqdi. Masalan, nisbatan yaqinda paydo boʻlgan breakdance hip hop madaniyatiga oiddir; afrikacha raqs esa izohlanishlidir; balet va vals klassik raqs boʻlsa, step zamonaviydir. Katta tezlikli raqslarga tushayotganda tajriba va ehtiyotkorlik talab etiladi, yoʻqsa (pay tortishishi va hk) jarohatlanish mumkin. Raqs ijrosi sanʼati xoreografiya deyiladi. Raqs yaratuvchi shaxs esa xoreograf deb ataladi.
Raqqos(a)ning garmonik tana harakati va holatlari, plastik ifodaviyligi va yuz imo-ishoralari, ritm, temp, kompozitsiya orqali obraz yaratish raqsning asosiy vositasidir. Insonning mehnat jarayoni va borlikdan olgan emotsional taassurotlari bilan bogʻliq holda yuzaga kelgan. Dastlab qoʻshiq va soʻz bilan bogʻliq boʻlib, keyinchalik mustaqil sanʼat turiga aylangan. Raqs asrlar davomida takomillashib, barqaror shakllarga ega boʻla borgan. Ijrochining libosi raqs obrazlariga aniqlik beradi.
Har bir xalqning raqs anʼanalari, ijro uslubi, plastik tasviriy vositalari boʻlib, ular tarixiy, ijtimoiy va geografik sharoitlar taʼsirida tarkib topib rivojlangan. Raqs xalq marosimlari, bayramlarining tarkibiy qismidir. Ular bilan bogʻliq holda xorovod va marosim oʻyinlari paydo boʻlgan. Xorovodlar asta-sekin marosim oʻyinlaridan xalos boʻlib, xalq turmushining ayrim tomonlarini aks ettira boshlagan. Xalq raqsida ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik va hunarmandlik bilan boglik mavzular, shuningdek, xalqning bosqinchilarga qarshi kurashi va lirik kayfiyati oʻz aksini topgan.
Raqs musiqa bilan uzviy bogʻliq, musiqa mazmunini obrazlar vositasida ochib beradi. Xalq raqslarida ritm muhim boʻlib, u musiqada oʻz ifodasini topadi, oyoq, koʻl, bosh va tana harakatlari umumiy ritmga boʻysunadi, bir-biri bilan boglanadi. Oʻzbek raqslari mazmunini ifodalashda ijrochilar tepki, qarsak, zangdan ham foydalanadi. Ayrim raqslar roʻmol, piyola, qadah kabi buyum bilan ijro etiladi, baʼzan ijrochi xalq cholgʻu asboblari (qayroq, doira, nogʻora va h.k.)da oʻziga oʻzi joʻr boʻladi. Gʻarbiy Yevropa xalqlari raqsida, asosan oyoq harakatlari muhim boʻlib, qoʻl va tana harakatlari unga joʻr boʻladi. Sharqda esa qoʻl va tana harakatlari plastik ifodaviylikning asosiy vositalaridir. Sahnaviy raqs xalq ijodiga tayanadi, uning merosi va oʻziga xos fazilatlarini saqlaydi va rivojlantiradi. U dastlab Yunoniston, Hindiston va boshqa mamlakatlarda paydo boʻlgan. Xalq raqslari asosida tarkib topgan professional raqslar yuksak darajada rivojlanib, turli raqs tizimlari (xususan, Yevropa va sharq mumtoz raqslari) qaror topgan.
Yevropa professional raqs sanʼatining rivojlanishiga Yunoniston va Rim raqs sanʼati salmoqli hissa qoʻshdi. Oʻrta asrlarda Yevropada jonglyor, shpilman va skomoroxlar ijodidagina professional raqsning ilk koʻrinishlari namoyon boʻldi. 15—16-asrlarda moreski, ballafigurato nomli syujetli raqslar rasm boʻlib, raqs haqida risola va darsliklar yaratildi. 17—a.da balet raqs spektakllari yuzaga keldi va raqs sanʼati yangi texnika bilan boyidi.

20-asr boshida esa "modern" (ritmoplastik) raqsi paydo boʻldi. 40—60-yillarda Yevropa va AQSH da konsert ijrochiligiga moʻljallangan kichik xoreografik asarlar, estrada raqs rivoj topdi.
Markaziy Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston hududida topilgan qoya tosh tasvirlari arxeologik topilmalar bu yerda raqs juda qadimligidan guvohlik beradi. Oʻzbek raqs sanʼatining qadimiyligi, shakl va turlarining boyligi ajdodlarimiz asosan dehqonchilik va hunarmandchilik bilan bogʻliq boʻlganidan kelib chiqqan. Zardushtiylarning muqaddas kitobi "Avesto" davridayoq raqs sanʼati shakllanib, xalq va professional raqs — ikki yoʻnalishda rivojlanishga kirishgan edi. Yunon — Baqtriya podsholigi davrida (mil, av. 4—3-asrlar) Turon raqs sanʼatining darajasi Yunoniston, Vizantiya, Hindiston va Xitoy raqsi bilan bahslashishiga imkon bergan. Shahar madaniyatining rivojlanishi tufayli bu sanʼat yanada mazmundor va rang-barang boʻla boradi. 4—8-asrlarga kelib Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz va Toshkent kabi shaharlaridan raqs ustalari Buyuk ipak yoʻllari boʻylab Rum, Misr, Gʻarb oʻlkalarigacha, Sharqda Xitoy, Koreya va hatto Yaponiyagacha borib, oʻz sanʼatlarini namoyish etadilar. Chunonchi, Xitoyda ajdodlarimizning "Xusyuanʼu" raqsi mashhur boʻlgan. Shoir Yuan Chjan (776—831) va boshqalar madh etgan.
Download 19.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling