Buxoro raqsi san’ati


Download 0.78 Mb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi0.78 Mb.
#207529
  1   2
Bog'liq
Buxoro raqsi san


Buxoro raqsi san’ati — o‘zbek xalq raqs uslubi. Buxoro muzofotida shakllangan va rivojlanib kelgan. Harakatlarining mardonavor va shiddatliligi, qayrilish, yarim qayrilish, shox va charxlarga boyligi bilan ajralib turadi. Tizzalar sal bukilib, qomat g‘oz tutilgan, kiftlar orqaga tashlanib bosh ko‘tarilgan holatda ijro etiladi. Qo‘l ba’zan tez, ba’zan mayin, egiluvchan harakatlanadi. Raqs turi va o‘yin joyiga qarab harakatlar silsilasi o‘zgaradi. Ijrochining libosi raqs obrazlariga aniklik beradi. Buxoro raqqosalari, odatda, yoqa, yeng , etaklari zehiga kashta (ba’zan zardan) tikilgan keng ko‘ylak, oyoqlariga poshnasi baland guldor etik kiyib, boshlariga peshonaband yoki tilla qasava bog‘lab, bilaklariga zangila, ko‘kraklariga zebigardon va boshqa zebiziynat taqishgan. Raqqoslar kundal, adras, kimxob kabi matolardan keng qilib tikilgan kamzul yoki zardo‘zi yaktak, yakrang shoyidan salla o‘rab, oyoqlariga poshnali baxmal etikHar bir xalqning raqs an`analari, ijro uslubi, plastik tasviriy vositalari bo`lib, ular tarixiy, ijtimoiy va geografik sharoitlar ta`sirida tarkib topib rivojlangan. O`zbek raqslari mazmunini ifodalashda ijrochilar tepki, qarsak, zangdan ham foydalanganlar. Ayrim raqslar ro`mol, piyola, qadah kabi buyum bilan ijro etilgan, ba`zan ijrochi xalq cholg`u asboblari (qayroq, doira, nog`ora va h.k.) da o`ziga o`zi jo`r bo`lgan.

Markaziy Osiyo, jumladan, O`zbekiston hududida topilgan qoya tosh tasvirlari arxeologik topilmalar bu erda raqs juda qadimiyligidan guvohlik beradi. Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto» davridayoq raqs san`ati shakllanib, xalq va professional raqs – ikki yo`nalishda rivojlanishga kirishgani haqida tarxiy ma`lumotlar bor. Shuningdek, turli taraqqiyot bosqichlarida yurtimizda raqs va o`yinlar bir-biriga ta`sir ko`rsatishi natijasida «Beshqarsak», «Katta o`yin», «Lazgi», «Kema o`yin», «Ashshadaroz» kabi qadimiy o`yinlar vujudga kelgan.



XX asrga kelib raqs san`ati Buxoro raqsi, Xorazm raqsi, Farg`ona raqsi yo`nalishida shakllanib, zamonaviy sahna talablari asosida qayta ishlangan sahnaviy xalq raqsi sifatida rivojlandi. Mazkur yo`nalishlarning har biri asr davomida bir necha tarixiy bosqichni bosib o`tib, o`z shakli shamoyili, mazmuniga ega bo`ldi. Bir qator davlat va xalq raqs jamoalari jahonga tanildi. Bunda Hamdamxon, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilov, Tamaraxonim, Mukarrama Turg`unboeva, Gavhar Rahimova, Roziya Karimova, Qunduz Mirkarimova, Karim Rahimov, Qodir Mo`minov, Ma`mura Ergasheva, Yulduz Ismatova, Shokir Ahmedov, Gavhar Matyoqubova, Rushana Sultonova va Dilafro`z Jabborova, Qizlarxon Do`stmuhamedova, Malika Ahmedova kabi raqs ustalarining xizmati katta bo`lgan.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling