Xorazm raqsi o’zbek raqs san’ati milliy merosimizning ajralmas qismi
Download 282.67 Kb.
|
XORAZM RAQS MAKTABI
XORAZM RAQS MAKTABI REJA: XORAZM RAQS MAKTABI HAQIDA XORAZM RAQSI O’ZBEK RAQS SAN’ATI MILLIY MEROSIMIZNING AJRALMAS QISMI Xorazm raqsi - oʻzbek xalq raqs uslubi. Xorazm vohasida qadim zamonlarda shakllangan va asrlar davomida rivojlanib kelgan. Xorazm raqsida gavdaning beldan yuqori qismi orqaga tashlanganroq, kuraklar bir-biriga yaqin, tizzalar biroz egik, oyoq uchlari yonga ochilganroq boʻladi. Xotinqizlarda rasmiy holatda barmoq uchlari pastga qaratiladi, tirsaklar biroz bukiladi, yigitlarda qoʻllar choʻzilgan, tirsaklar toʻgʻri boʻlib, barmoqlar yuqoriga, kaftlari yonga qaratiladi. Xotinqizlar bilaklariga zang (mayda qoʻngʻiroqchalar) taqib oʻynaydilar. Boshlaridagi taqyatuzi, peshonalariga bogʻlangan manglay tuzi, koʻkraklariga osilgan shokilalar, quloqlaridagi sirgʻalar, bilaklaridagi bilaguzuklar ham raqs usullariga moye tushib, umumiy raqs obrazini yaratishga xizmat qiladi. Yigitlar ustiga toʻq rangli kamzul, boshlariga chugurma kiyib oʻynaydilar. Raqs jarayonida barmoklarni qarsillatib, gʻoz turib oʻynash, gavda, qoʻldastalarni titratish, yelka qoqish, choʻkka sakrash, qayrokdarda usul berish ayollar va erkaklar raqsiga birday xos. Xorazm raqsi harakatlarga boy. Bizgacha yetib kelgan "Chagʻalloq", "Norimnorim", "Aliqambar", "Orazibon", "Moʻri", "Xoʻbbimboy", "Shirinnovvot" oʻyinlari ijrosida oʻgʻlon raqqoslar va masxarabozlar oʻzini koʻrsatgan boʻlsa, "Ashshadaroz", "Maqom ufori" kabi raqslarda raqqosalar ustunlik qilgan. "Lazgi" raqs turkumi ijrosida erkak va ayol raqs ustalari birday mahorat bilan oʻynaydilar. Eng mashhur Onajon xalfa Sobirova (1885—1952) xalfa tomoshasi tarkibini saklash, garmon chalish va kuylash, raqqoslarni oʻynatishda, ayniqsa, xotinqizlar raqsini sahnaga olib chiqishda katta xizmat kilgan. S. Ollaberganova, R. Hakimova, R. Otajonovalar Onajon xalfa ansambli ishtirokchilaridir. Xorazm raqsi ijro uslubini, anʼanalarini, yangi ijtimoiy sharoitlarda saqlash va rivojlantirishda Qambar bola, Kanarak bola Saidov, Qodirbergan Otajonov, Karim Ollaberganov, Rimajon Matkarimova, Matlatif Saidov, Latif Zarifov, Xudoybergan toʻqtoʻq, Gavhar Matyoqubova va boshqalarning xizmatlari alohida. Xorazm raqsi uslubi Xorazm viloyat teatri, xalq ansambllari, "Oʻzbekraqs" birlashmasi tasarrufidagi "Lazgi" ansambli faoliyatida davom etib kelmoqda. Bir kuni, kechqurungi ziyofatdan so‘ng Xorazm shohi unga raqs tushib berishlari uchun xotinlari va kanizaklarini to‘pladi. Xotinlari orasida u tabiiy nafislik, raqs bilan sehrlash qobiliyatini ajratib ko‘rsatgan bittasini tanladi. Qolgan xotinlar esa go‘zalning soyasida qolishni xohlamadilar. Raqibalardan biri raqs paytida uning oyoqlari ostiga munchoqlar va shirinliklarni tashladi. Sevimli xotin sirpanib yiqildi va oyog‘ini sindirib oldi. Sevgilisini ranjitmaslik uchun u qo‘l barmoqlarini yoyib raqsga tushdi. Shoh juda xursand bo‘lib, ayolning g‘alati harakatlarini yangi raqs deb qabul qildi. Shunday qilib, rivoyatlarga ko‘ra, xorazmcha "Lazgi" raqsi uchun o‘ziga xos uslub – “qo‘llar va oyoqlarning "singan" harakatlari" paydo bo‘ldi. Afsonaviy "Lazgi" Xorazm raqsi bu nafaqat raqs, balki his-tuyg‘ularni, hissiyotlarni, dunyoni anglashni ifoda etishning o‘ziga xos uslubi, odamlarning ruhiyatidir. "Lazgi" harakatlarining o‘ziga xos xususiyati - bu yarim bukilgan oyoqlar, yelkalar va qo‘llar salgina silkinishining ustunligi, qo‘llarning "tebranadigan" harakatlari, oyoqlar bilan o‘ziga xos harakatlar hamda bo‘yin va boshning o‘ngdan chapga va chapdan o‘ngga mashhur harakatlanishidir. Xorazm raqsini ijro etish paytida yuz ifodalari nihoyatda ta’sirchan va hissiyotli ko‘rinish oladi. Raqs liboslari ham g‘ayrioddiyligi bilan ajralib turadi. Xorazm erkaklar raqs libosining ajralmas qismi bu qo‘pol mo‘ynali qalpoq bo‘lsa, ayollarning bosh kiyimi, aksincha, juda nafisdir. Raqqosalarning liboslari doim ko‘plab tangalar bilan bezatilgan bo‘ladi. Bizning davrimizga kelib, afsonaviy o‘zbek raqqosalari Tamaraxonim, Mukarrama Turg‘unboyeva va Gavhar Matyoqubova har bir harakatga sayqal bergan holda, Xorazm xalq raqslarini mukammallikka olib keldilar va shu bilan jahon sahnasini zabt etdilar. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Gavhar Matyoqubovaning jamlanmasida “Xorazm” ansambli arxividan ko‘plab qiziqarli hujjatlar mavjud bo‘lib, ular u tomonidan yaqinda nashr etilgan va Lazgi raqsining rivojlanish tarixi haqida bebaho materiallar to‘plangan "Xorazm raqsi tarixi" kitobiga asos bo‘lib xizmat qildi. 2019-yil 12-dekabrda afsonaviy Lazgi raqsi O‘zbekiston madaniy merosining elementi sifatida YUNESKOning insoniyatning nomoddiy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi. Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida YUNESKOning nomoddiy merosni saqlash bo‘yicha Hukumatlararo Assambleyasida ushbu masala yuzasidan rezolyutsiya qabul qilindi. O’zbek raqs san’ati milliy merosimizning ajralmas qismidir. Unda o’tmish an’analari, chuqur mazmun kasb etuvchi qadriyatlar aks etadi. Uning asosini qanchalik o’rganmaylik shunchalik yangidan yangi qirralari ochilib o’zining naqadar boy san’at ekanini ifoda etaveradi. Har qaysi millatning urf-odatlari, ma’naviyati, tafakkuri shunchaki bir bo’shliqda shakllanmaydi. Uning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarixiy manbalar asos bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti tomonidan 1997-yil “O’zbek milliy raqs va xoreografiya san’atini rivojlantirish to’g’risida” gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon ijrosi yuzasidan qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1997 - yil 21 - fevraldagi 101 - sonli “O’zbekistonda milliy raqs va Xoreografiya san’atini rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi Qarori o’zbek milliy raqs san’atini istiqboli hamda rivojiga asos bo’ldi. Milliy raqs va xoreografiya san’atini yanada rivojlantirish, o‘zbek raqs san’atining tarixiy an’analarini va usullarini tiklash, avaylab-asrash hamda boyitish, millatimizning o‘ziga xos sharqona fazilatlari, boy ma’naviyatiga monand raqslarni targ‘ib etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, milliy raqs yo‘nalishlari bo‘yicha uzoq muddatli, maqsadli dasturlar tayyorlash, raqs san’atini xalqimizning yuksak ma’naviyati va nozik didiga zid bo‘lgan, yuzaki, noo‘rin taqlidga asoslangan xatti-harakat va liboslar xurujidan saqlash, maxsus ta’lim tizimini takomillashtirish, o‘zbek xalqining asrlar davomida shakllangan va avloddan avlodga noyob meros sifatida o‘tib kelayotgan jozibali raqs namunalarini to‘plash, boyitish, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongiga bu bebaho boyliklarga chuqur hurmat va havas tuyg‘ularini singdirish, ularda milliy ma’naviyatimiz, qadriyatlarimizga nisbatan ehtirom xislarini yuksaltirish, mamlakatimizning barcha hududlaridagi raqs yo‘nalishlarini asrash, avaylash, shu asosda yangi badiiy jamoalar tuzish, mustaqillik ma’naviyatini va istiqlol g‘oyalarini tarannum etuvchi, xalqimizga estetik zavq bag‘ishlovchi zamonaviy o‘zbek milliy raqs maktabini yaratish...”1 ishlari va tarixiy ahamiyatga ega. Yana shunday milliy raqsimizni yuksalishiga keng yo’l ochadigan qaror Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 31 mayda “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3022-sonli qarori qabul qilindi. Bu qarorda O‘zbek milliy raqs va xoreografiya san’atini yanada rivojlantirish, madaniyat va san’at rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli san’atkorlar, jahon miqyosidagi nufuzli ko‘rik-tanlovlarda yuqori o‘rinlarni egallagan yoshlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash to’g’risida batafsil bayon qilingan.2 Bunday imkoniyatlar bizning milliy raqs san’ati sohasida ijod qilayotgan san’atkorlarga, yosh ijodkorlarga ulkan imkoniyat eshiklarini ochib berdi. Ushbu farmonning qabul qilinishi tarixda yashab ijod qilgan san’at ustalarining hayoti va faoliyati bilan tanishishni ularning ijro uslublarini o’ziga xos mukammallikni o’rganishni talab etadi. Bu esa o’zbek raqs va xoreografiyasining rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Download 282.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling