1. Qaysi gapda faqat so’z yasovchi ta’sirida fonetik o’zgarish ro’y bergan?


Download 19.63 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi19.63 Kb.
#1430876
Bog'liq
Ona tili va adabiyot


Ona tili va adabiyot.
1. Qaysi gapda faqat so’z yasovchi ta’sirida fonetik o’zgarish ro’y bergan?
1. So’roq qilinganlar boshqa xonalarga kiritildi. 2. Uning qayerdanligini hech kim bilolmadi. 3. Umri xola quroq dasturxonga qo’l cho’zdi. 4. Kunning issig’i hammani qiynardi. A) 1, 3, 4 B) faqat 1 C) 3, 4 D) 1, 2, 4 2. Qaysi qatorda imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlar berilgan? A) metal, gram, hato B) baxt, havotir, davo C) singlim, farzant, halovat D) tabassum, tajub, taasurot 3. Morfologik yozuvda yozilgan so’zni toping. A) borarmish B) shahrimdin C) o’ylayapti D) anglamas 4. Berilgan qaysi gapda qatnashgan fe’lning vazifa shakllarining barchasi yasama so’z ifodalangan? A) Qushlar uni yaxshi ko’rishib, unga mayna deb ism qo’yganlarini aytishibdi. B) Bu gapdan achchiqlangan Nurmat ota g’azabdan qaltirab so’zladi, barmoqlarini qarsillatib, jahl bilan yerga tufladi. C) Sizda ham shunday hollar bo’lgandir: tun yarmidan og’ganda uyg’onib ketasan. D) Sizni rais chaqiryapti, traktorchilarni olib kelarkansiz. 5. Litsey o’quvchilarining muvafaqqiyati hammani quvontirdi. Ushbu gap haqidagi to’g’ri fikrni aniqlang. A) Nomustaqil kesim qatnashgan B) Sifatlovchi aniqlovchi qaratqich aniqlovchiga bog’langan C) O’rin holi qatnashgan D) Aniqlovchining egaga tobelanishi kuzatiladi. 6. Keng va bepoyon adirlarda ungan nafisgina lolaqizg’aldoqlar mayin tebranardi. Ushbu gapda nechta grammatik bog’lanish bir? A) 8 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 5 ta 7. Donoga ishora // nodonga kaltak. Ushbu gapda qanday tinish belgisi qo’yiladi? A) vergul B) ikki nuqta C) tire D) nuqtali vergul 8. O’z paronimi bilan bir xil so’z turkumiga mansub bo’lgan yasama so’zni toping. A) yoriq B) yarog’li C) adl D) yonilg’i 9. Yuragim tubidagi muz hech qachon erimaydi? A) metonimiya B) sinedoxa C) metafora D) vazifadoshlik 10. Qaysi gapda vositasiz to’ldiruvchiga tobelanib kelgan vositali to’ldiruvchi qatnashgan? A) U juda saxiy, dilkash inson bo’lib odamlarga yaxshilik qilishni yoqtirar, barchaga birdek munosabatda bo’lar edi. B) Yalangbosh, yalangoyoq Qobil bobo eshik yonida dag’-dag’ titraydi. C) Umri xola quroq dasturxonga qo’l cho’zdi. D) Sizning g’azabingizdan hech ham qo’rqmayman, xudo o’zi bir yo’l ko’rsatar. 11. Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalar noto’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping? 1) ergashtiruvchi bog’lovchilar; 2) ko’makchili qurilmalar; 3) shart mayli shakli; 4) teng bog’lovchilar; 5) nisbiy so’zlar; 6) bo’lsa, esa so’zlari; 7) deb so’zi. A) 1, 2, 3, 6 B) 4, 6 C) 4, 5, 6 D) berilganlarning barchasi ergashgan qo’shma gap qismlarini bog’laydi. 12. Til oldi, portlovchi, jarangsiz undosh – ta’riflangan tovush berilgan so’zlarning qaysi birida ishtirok etgan? A) kungaboqar B) mansabparast C) namoyish D) zog’orabaliq 13. Berilganlarning qaysi biri nutq jarayonigacha hosil bo’ladi? A) so’z birikmasi B) qo’shma so’z C) gap D) so’z qo’shilmasi 14. Komila bir chekkada g’uj-g’uj ochilgan atirgulni hidlab, oshxonaga qaytdi, chaqqonlik bilan sabzi to’g’rayotgan Sharofatbibi yonida u-bu to’g’risida gaplashdi. Ushbu gapda nechta yasama so’z qatnashgan? A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta 15. Mamlakatimiz tarixida mislsiz va tezkor holatda ko’rilayotgan o’zgarishlar keying yillar davomida ham o’z mevasini beradi. Eganing ifodalanishiga ko’ra turi qaysi javobda to’g’ri berilgan? A) ot bilan B) harakat nomi bilan C) sifat bilan D) olmosh bilan 16. Daryo tomomdan guvullab esib turgan shabada yo’l bo’yidagi o’t-o’lanlarni tebratar hamda sarg’ayib borayotgan arpalar undan mavj urar edi. Bog’langan qo’shma gapning turning toping. A) biriktiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gap B) zidlov bog’lovchili bog’langan qo’shma gap C) ayiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gap D) inkor bog’lovchili bog’langan qo’shma gap 17. Qaysi qatorda so’z birikmasi berilmagan? A) tog’ balandligi B) ko’ngil qo’ymoq C) novcha yigit D) tesha bilan maydalamoq 18. Quyidagi keltirilgan fe’llardan qaysilari majhul nisbat shaklida? 1) taradi; 2) maqtaldi; 3) maqtandi; 4) yuvindi; 5) yuvildi; 6) ko’rsatildi; 7) topildi; 8) huvillangan. A) 2, 5, 6, 7 B) 1, 5, 7 C) 3, 4, 6, 7 D) 1, 3, 8 19. Qaysi javobda tutuq belgisi unlilarni cho’ziqroq aytilishi uchun ishlatilgan? A) a’zo, daf’a, in’om B) a’mol, da’vo, jur’at C) ta’sir, fe’l, ta’na D) a’yon, nash’a, qat’iy 20. Qaysi javobda berilgan so’zlar o’zaro asosdosh sanaladi? A) ko’rpa, ko’rpacha B) yozgi, yozlik C) tiniq, tintuv D) kulba, kulgi 21. P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanida Bobur umrining so’nggida kimni o’ziga sodiq kishi sifatida o’z xizmatida qoldiradi va uning qo’lida vafot etadi? A) Bayramxon B) Xondamir C) Tohir oftobachi D) Lalchand 22. O’zi yashayotgan nobop sharoitga ko’nikmagan, yozuvchi tomonidan “tiriklar qabristoni” deya ta’riflangan, biqiq xonadondan yiroqqa ketish, erk-u ozodlikka erishish maqsadida o’zida yuklangan og’ir shartni bajarishga astoydil harakat qilgan, kurashchan, erksevar o’zbek qizi qaysi asarda keltirilgan? A) Cho’lpon “Kecha va Kunduz” B) A.Qahhor “Dahshat” C) A.Qodiriy “Mahrobdan chayon” D) Oybek “Qutlug’ qon” 23. “Begona bo’libdir oshnodin, begonag’a oshno bo’libdir”. Ushbu misrada qanday badiiy san’at qo’llangan? A) tarse’ B) talmeh C) tanosib D) tazod 24. “Xamsa”ning qaysi qahramoniga nisbatan “zulfiga sunbul rashkdan yuz buralib ketadi. Og’zini g’uncha ko’rgach uyatdan so’z aytolmay qoladi” deb ta’rif berilgan? A) Mehr B) Shirin C) Layli D) Dilorom 25. “O’tkan kunlar” romanida Xushro’y kim? A) Hasanalining rafiqasi B) Saodat ayaning qizi C) Zaynabning shaddod opasi D) Zunnuning rafiaqasi 26. Xo’ja Ahrorning “Volidiya” asarini kim she’riy yo’l bilan o’zbek tiliga tarjima qilgan? A) Furqat B) Mashrab C) Bobur D) Ogahiy 27. Olti yuz mahrami bilan yo’lga chiqqan qahramon qaysi xalq dostonida uchraydi? A) “Alpomish” B) “Rustamxon” C) “Kuntug’mish” D) “Ravshan” 28. O’rmon maxluqlaridan ham omon qolgan bolalar obrazi qaysi asarda uchraydi? A) “Oq kema” B) “ Qochoq” C) “Hellados” D) “Sariq devni minib” 29. Urushdan qaytgan, hayotda birdan bir tilagi qizi va xotinini oldiga boorish va ularning oldidagi qarzini uzish bo’lgan shaxs qaysi asar qahramoni? A) “Ufq” Tursunboy B) “Chinor” Bektemir C) “Oltin zanglamas” sodiq D) “Qiyomat qarz” Haydarali 30. “Rost so’z ta’rifida” deb nomlangan qism qaysi asarda uchraydi? A) “Hibbat ul-haqoyiq” B) “Hayrat ul-abror” C) “Qutadg’u bilig” D) “Mahbub ul-qulub”

Download 19.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling