Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o`tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug` siymolar amalga oshirgan ishlar, tarixiy sanalar to`g`risida bilim beradi
Download 489.34 Kb.
|
Rahimova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi
- II bob. Boshlang`ich sinf o`qish kitoblaridagi ilmiy ommabop matn va maqolalarning mavzuviy mundarijasi va ifoda usullari
- Umumiy xulosa va takliflar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “BOSHLANG’ICH TA’LIM” FAKULTETI “BOSHLANG’ICH TA’LIM” YO’NALISHI 3-KURS 311-GURUH KURS ISHI Mavzu; ”Boshlang’ich sinf o’qish kitobidagi maqolalae tasnifi va usullaridan foydalanish” Bajardi:Rahimova Nilufar. Ilmiy rahbar: Nigora Normurodova. Toshkent-2023 Mundarija: Kirish.....................................................................................................3 I bob. Boshlang`ich sinf o`qish kitoblarida ilmiy-ommabop matn va maqolalar o`rni hamda ahamiyati 1.1. Ilmiy-ommabop matn va maqolalarning janriy xususiyati hamda ifoda usullari…………………………………………..................................5 1.2. Boshlang`ich sinf o`qish kitoblarida ilmiy-ommabop matnlarning o`rni va ahamiyati…………………………….............................................11 II bob. Boshlang`ich sinf o`qish kitoblaridagi ilmiy ommabop matn va maqolalarning mavzuviy mundarijasi va ifoda usullari 2.1. Boshlang`ich sinf o`qish kitoblaridagi ilmiy-ommabop matnlar va ularni o`rganish usullari………….............................................................. 16 2.2. Boshlang`ich sinf o`qish kitobidagi ilmiy-ommabop maqolalarning ijtimoiy, ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyati va uni zamonaviy texnologiyalar asosida o`rganish………..………………….......................................30 Umumiy xulosa va takliflar.............................................................37 Foydalanilgan adabiyotlar...................................................................38 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o`tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug` siymolar amalga oshirgan ishlar, tarixiy sanalar to`g`risida bilim beradi. O`qish darsliklaridan o`rin olgan Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar o`quvchilarni nafaqat o`tmishimiz bilan tanishtiradi, balki ularning Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas’uliyatini teran anglashga ham yordam beradi. O`quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg`usi shu tariqa shakllanadi. Tarixiy mavzuda, Vatanimiz o`tmishi haqida yozilgan ilmiy-ommabop asarlar bilan tanishtirish va ularni tahlil qilish jarayonida o`quvchilar o`tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo`ladilar. Jamiyat taraqqiyoti haqida qisqacha bo`lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Aslida ham xalq ma’naviy dunyosining shakllanishida ulug` allomalar, yozuvchi, shoirlar ta’siri katta. Boshlang`ich sinfda o`quvchining kеlajakdagi taraqqiyotini bеlgilab bеruvchi ruhiy, ta'limiy-tarbiyaviy asos yaratiladi. Bunda ilmiy-ommabop maqolalarning o`z o`rni bor. O`quvchilar bunday maqolalar orqali ilmiy ma’lumotlardan voqif bo`lish bilan birga, tarixiy davrning muhim hodisalari to`g`risada mushohada yuritishga ko`nikma hosil qiladilar. Jumladan, mustaqillik, yurt qahramonlari, ulug` allomalar hamda ma’naviyatimiz o`zanlarini belgilovchi dolzarb mavzudagi ijtimoiy ahamiyatga molik maqolalar yosh avlod dunyoqarashida o`ziga xos burilish yasaydi. Ya’ni, ularning tafakkur olami boyishi, shiddat bilan taraqqiy etayotgan ona-Yurtimizga nisbatan yuksak faxr-iftixor uyg`onishiga zamin hozirlaydi. Qolaversa, bunday maqolalarning janriy xususiyatlariga e’tibor qaratish yanada muhim. Boshlang`ich sinf o`qish kitoblarida ilmiy ommabop maqolalar rang-barang mavzularda o`z ifodasini topayotir. Unda o`quvchilarga O`zbekiston Respublikasining mustaqil mamlakat ekanligi, yurtimizda so`nggi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida muhim tushunchalar berib boriladi. O`quvchilar o`zlari tu`g`ulib o`sgan ona- Download 489.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling