Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Tadqiqot o`z oldiga boshlang`ich sinf o`qish kitoblaridagi ilmiy-ommabop matnlarni izchil o`rganishni hamda alohida tamoyillari, ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyatini ochib berishni maqsad qilib qo`ygan. Shuni amalga oshirish uchun tadqiqot o`z oldiga quyidagi vazifalarni qo`yadi:
boshlang`ich sinf o`qish kitoblarining yangi avlodiga xos xususiyatlariga e’tibor qaratish;
- darsliklarning mavzu mundarijasi va janriy tizimiga to`xtalish;
o`qish kitoblaridagi ilmiy-ommabop matn va maqolalar tasnifini ishlab chiqish;
har bir sinf o`qish kitobidagi ilmiy-ommabop matnlarning o`ziga xos xususiyatlarini ochib berish;
ilmiy-ommabop matn va maqolalarning o`rganilish usullariga xos mulohazalarni ko`rsatib berish;
sinfdan tashqari o`qish darslarida ilmiy-ommabop matnlarni o`rganish darajasiga munosabat bildirish;
shu asosda boshlang`ich sinf o`qish kitoblaridagi ilmiy-ommabop matn va maqolalarning oqish va o`rganishning uslubshunoslikda tutgan mavqeini belgilashdan iborat.
Tadqiqot obyekti va predmeti. Yuqorida havola qilingan adabiy-tanqidiy maqolalar, tadqiqot ishlari, darslik hamda monografiyalar, shuningdek, boshlang`ich sinf o`qish kitoblari hamda ularga oid metodik qo`llanmalar belgilandi. Ishning predmetini boshlang`ich sinf o`qish kitobining tuzilishi, bo`limlarining o`tilish jarayonidagi metodik tavsiyalar hamda matnlar tahlili hisoblanadi.
Tadqiqot uslubiyati va uslublari. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida boshlang`ich sinf o`qituvchilari hamda yangi avlod darsliklari, boshlang`ich ta’limning muhim vazifalari haqidagi dolzarb fikrlari, shuningdek, barkamol avlod orzusi haqidagi ilmiy-nazariy qarashlari magistrlik dissertatsiyasining ilmiy-metodologik asosini belgilaydi.
Uni yoritishda esa boshlang’ich ta’lim metodikasi fani, barkamol avlod tarbiyasi, pedagogik texnologiyalar, zamonaviy darslar, interfaol usullarga oid ilmiy-nazariy manbalar, shuningdek, Q.Abdullayeva, R.Safarova, A.Azizova, R.Ikromova, T.G`afforova, E.Shodmonov, M.Umarova, A.Shojalilov, Q.Oripov, M.Obidova, M.Yusupov kabi ko`pgina adbiyotshunos, tarixshunos, metodist olimlarning asarlari metodologik asos bo’lib xizmat qildi. Ishda tahliliy-qiyosiy metodlardan foydalanildi.
Dissertatsiya ishining amaliy ahamiyati. Tadqiqotdagi ilmiy umumlashma va xulosalardan boshlang`ich sinflarda o`qish darslarini o`tish va sinfdan tashqari darslarni tashkil qilishda, oliygoh va pedagogika kollejlarida ona tili o`qitish metodikasi fanini o`tish, fan bo`yicha referatlar, bitiruv malakaviy ishlar ni yozish hamda maxsuskurslarni o`tishda foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |