1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida


Mashq. Qator undoshlar kelgan so’zlarni ajratib, daftaringizga ko’chiring


Download 336.21 Kb.
bet15/94
Sana08.03.2023
Hajmi336.21 Kb.
#1253836
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   94
Bog'liq
Ona tili ma\'ruza1

Mashq. Qator undoshlar kelgan so’zlarni ajratib, daftaringizga ko’chiring.
Hikmat, pand-nasihat, maslahat, baxt, do’stlik, g’isht, tabassum, farzand, foyda, qirq, to’xtamoq, broker, kompyuter, o’rtoq, ilhom, ko’rk, stul, ulkan.
Tovush o’zgarishlari
Bilib oling!
Talaffuz qulayligiga intilish harakati tufayli nutq jarayonida tovushlar zanjirida turli fonetik o’zgarishlar ro’y beradi.
Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga erishish harakati tufayli ketma-ket kelayotgan tovushlarning o’zaro ta’siri natijasida o’zgarishlarga uchrashi fonetik hodisalar deyiladi. Fonetik hodisalar unlilarga ham, undoshlarga ham taalluqlidir. Tovush o’zgarishlarini ikkiga bo’lib o’rganamiz. Og’zaki nutqda qayd etiladigan va yozma nutqda qayd etiladigan.
Og’zaki nutqda qayd etiladigan tovush o’zgarishlari:
Assimilatsiya - qator kelgan nutq tovushlarining bir-biriga ta’sir qilib o’ziga moslashtirishi. Assimilatsiya ikki xil boʻladi:
Progressiv assimilatsiya - oldingi tovushning ta’sirida keyingi tovushning o’zgarishi: ottan (otdan), aytdi-aytti, ketdi-ketti.
Regressiv assimilatsiya - keyingi tovushning ta’sirida oldingi tovushning o’zgarishi: tuzsiz (tussiz), yozsin (yossin).
Dissimilatsiya - ikki xil o’xshash tovushning ta’sirida noo’xshash tovushga aylanishi.Dissimilatsiya ikki xil bo’ladi:
Progressiv dissimilatsiya - oldingi tovushning ta’sirida keyingi tovush o’zgaradi: zarar (zaral), saldat (sallod).
Regressiv dissimilatsiya - keyingi tovushning ta’sirida oldingi tovushning o’zgarishi: uchta (ushta), maqtanchoq (maxtanchoq).
Metateza - yonma-yon kelgan undosh tovushlarning o’rin almashishi: sayram (saryam), daryo (dayro), tuproq (turpoq).
Tovush orttirilishi - so’zning boshi, o’rtasi yoki oxirida biror tovushning qo’shilishi: istakan (stakan), ilim (ilm), fikir (fikr), banka (bank), tanka (tank).
Tovush tushishi - so’z tarkibidagi biror tovushning tushib qolishi: bo’sa (bo’lsa), do’s (do’st), darax (daraxt).
Singarmonizm (ohangdoshlik) - tovushlarning bir-biriga moslashib, hamohang bo’lishidir. Masalan, yutuq, yulduz, uchqun, tizgin, elak, alik …



Download 336.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling