Mavzu: Kombinator va position tovush òzgarishlari


Download 78.75 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi78.75 Kb.
#1573505
  1   2   3
Bog'liq
Kombinator va position tovush òzgarishlari.

Mavzu: Kombinator va position tovush òzgarishlari

Atanazarova Zuhra

Reja: 1.Tovushlarning nutqdagi pozitsion o‘zgarishlari. Reduktsiya. 2.Nutqda tovushlarning kombinator o‘zgarishlari. Akkomodatsiya. Assimilatsiya. 3. O‘zgarishlarning boshqa turlari. Dissimilatsiya. Metateza. Inversiya. Diereza. epenteza. Proteza. Substitutsiya. Tovushlarning almashuvi.  

1. Tovushlarning nutqdagi pozitsion o‘zgarishlari.Reduktsiya.

Nutqdagi turli faktorlar natijasida tovushlar bir-biriga ta`sir qiladi. Bunday faktorlardan bin tovushning o‘rni, uning boshqa tovushga qo‘shni holatda bo‘lishi, tovushlarning birikuvi va urғuning tabiatiga boғliq. Tovushlarning pozitsion va kombinator o‘zgarishlari farqlanadi.

Ma`lum holatda ro‘y beruvchi tovushlarning o‘zgarishi pozitsion o‘zgarishshlar deb ataladi. Pozitsion o‘zgarishlar uch turga ega: 1) urғuga nisbatan urғuli va urғusiz unlilar farqlanadi; 2) bo‘ғin va uning tabiatiga ko‘ra ochiq va yopiq hamda berkitilgan va berkitilmagan bo‘ғinlar farqlanadi; 3) so‘zdagi o‘rniga ko‘ra so‘z boshi, o‘rtasi va oxiridagi tovushlar va ular-ning birikmalari farqlanadi.

Unli tovushlarning urғusiz bo‘ғinlarda kuchsizlanishi yoki o‘zgarishi reduktsiya deyiladi. Odatda sifat va miqdor reduktsiyasi farqlanadi. Urғusiz yopiq bo‘ғinlarda unlilar cho‘ziqligining qisqarishi va kuchli artikulatsiya qilinishining yo‘qolishi miqdor reduktsiya deb ataladi. Masalan, sanash so‘zining boshidagi urғusiz /a/, oxiridagi /a/ ga qaraganda ancha kuchsiz va qisqa talaffuz etiladi. Rus tilidagi gorod, goroda so‘zlarida urғusiz unlilar kuchsiz va qisqaroq talaffuz etiladi.Tovushlarning urғuga nisbatan o‘rniga ko‘ra ikki xil pozitsiya farqlanadi: urғuli bo‘ғindagi holati - kuchli pozitsiya deb, urғusiz bo‘ғindagi holati - kuchsiz pozitsiya deb ataladi. Kuchli pozitsiyada unlilar o‘z artikulyatsion-akustik xususiyat-larini saqlab qoladi. Kuchsiz pozitsiyada unlilar miqdor va sifat belgilarini yo‘qotadi, ya`ni reduktsiyaga uchraydi.

2. Nutqda tovushlarning kombinator o‘zgarishlari.


Download 78.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling