Mavzu: Kombinator va position tovush òzgarishlari


Nutqda tovushlarning qo‘shni tovushlar ta`sirida miqdor va sifat belgilarining o‘zgarishi kombinator o‘zgarishlar deyiladi


Download 78.75 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi78.75 Kb.
#1573505
1   2   3
Bog'liq
Kombinator va position tovush òzgarishlari.

Nutqda tovushlarning qo‘shni tovushlar ta`sirida miqdor va sifat belgilarining o‘zgarishi kombinator o‘zgarishlar deyiladi.

Nutqda tovushlarning kombinator o‘zgarishlariga akkomodatsiya, assimilatsiya, dissimilatsiya, diereza, epenteza, gaplologiya, proteza, metateza kabi fonetik hodisalar kiradi. Ba`zan bu hodisalarni o‘rganuvchi bo‘lim kombinator fonetika deb ham yuritiladi. Odatda tovushlarning birikuvi nutq organ-larining turli harakatlariga bogiiq boiadi.

Tovushlar qo‘shni holatda kelganda, oldingi tovushlarning rekursiyasi keyingi tovushning ekskursiyasi bilan boғlanishi natijasida ularning artikulatsiya fazalari to‘la amalga oshirilmasligi mumkin. Turli artikulyatsion-akustik xususiyatlar tovushlar birikmasida bir-biriga ta`sir qilishi natijasida artikulatsiya qisqarishi, tovush ba`zan tushib qolishi va boshqa o‘zgarishlar ro‘y berishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar ba`zan nutqda talaffuzni iqtisod qilish hisobiga bo‘ladi, chunki "... odam o‘zining nutqi eshituvchiga qanchalik tushunarli bo‘lsa, o‘shancha talab etilgan nutq kuchini (ya`ni talaffuzini) sarf qiladi"

Akkomodatsiya. Akkomodatsiya (lotincha accomadatio - moslashuv) keng tarqalgan fonetik hodisalardan biri bo‘lib, talaffuz iqtisodi bilan uzviy boғliqdir. Akkomodatsiya uch turli bo‘ladi. Keyingi tovushning ekskursiyasi o‘zidan oldin kelgan tovushning rekursiyasiga moslashsa, progressiv akkomodatsiya deyiladi. Aksincha, agar oldingi tovushning rekursiyasi keyingi tovushning ekskursiyasiga moslashsa, regressiv assimilatsiya deb ataladi. Qo‘shni kelgan tovushlarning bir-biriga ta`siri natijasida ularning artikulatsiyasi moslashuvi o‘zaro akkomodatsiya deyiladi. Akkomodatsiya unlilarning undoshlarga va undoshlarning unlilarga moslashuvida ro‘y berishi mumkin. O‘zbek tilida chuqur til orqa (uvulyar) undoshlardan (x, ғ, q) keyin til oldi unlilari (i, e, a) til orqa unlilari bo‘lib talaffuz etiladi, ya`ni ularning talaffuzi moslashadi. Aksincha, til orqa unlilari (u,o) til oldi undoshlaridan keyin til oldi unlilari bo‘lib artikulatsiya qilinadi. O‘zbek tilidagi bu xususiyat progressiv akkomodasiyaga misol bo‘la oladi. Unli tovushlar burun undoshlaridan oldin nazalizatsiya qilinishi regressiv akkomodasiyaga misoldir. Non, nom, ming so‘zlarida bir yo‘la progressiv va regressiv akkomodatsiya kuzatiladi, chunki ikki burun undoshi orasidagi unli nazalizatsiya qilinadi.


Assimilatsiya. Assimilatsiya (lotincha assimilatio - "o‘xshash bo‘lish") deb tovushlarning bir-biriga ta`siri natijasida ulardan birining ikkinchisiga o‘xshash bo‘lish hodisasiga aytiladi. Odatda unlilar unlilarga, undoshlar undoshlarga assimilatsiya qilinadi.
Agar o‘zaro ta`sir natijasida tovushlar bir-biriga butunlay o‘xshash bo‘lib qolsa, to‘liq assimilatsiya deyiladi. Agar tovushlarning biror artikulyatsion - akustik belgisi o‘xshash bo‘lib qolsa, to qliq bo‘lmagan (qisman) assimilatsiya deb ataladi. Masalan, ketdi (ketti) so‘zida (t) va (d) oldingi (t) jarangsiz undosh ta`sirida o‘xshash bo‘lib qoladi. Tovushlar bir-biriga ta`sirining yo‘nalishiga ko‘ra progressiv va regressiv assimilatsiya farqlanadi. Oldin kelgan tovush keyingi tovushga ta`sir qilib, o‘ziga o‘xshatsa - progressiv assimilatsiya, aksincha, keyingi tovush oldingisiga ta`sir qilsa - regressiv assimilatsiya deyiladi. Tovushlar artikulatsiya o‘rni, usuli, jarangli-jarangsizligi va yumshoq-qattiqligi (bu hodisa rus tilida bor) bo‘yicha assimilatsiya qilinadi. O‘xshash bo‘luvchi tovushlar yonma-yon bo‘lsa - kontakt assimilatsiya, ular o‘rtasida boshqa tovushlar bo‘lib, o‘xshash bo‘luvchi tovushlar bir-biri-dan uzoq bo‘lsa - distant assimilatsiya deyiladi.

Download 78.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling