2-mashq. Quyidagi so’zlarni o’qing, ularning ichidan qaysi birlarida tovush o’zgarishlari sodir bo’layotganini belgilang.
Ozaymoq, ko’paymoq, qizarmoq, bo’zarmoq, pasaymoq, susaymoq, sayramoq, yig’loqi, dumaloq, toshloq, pishloq, qishloq, boshla, ishla, tashla, angla, sana, jo’na, uxla, qiyma, qiyna, gapir, chaqir, tinchi, qarmoq, yashar.
3-mashq. Quyida berilgan so’zlarning shakllanishida qanday tovush o’zgarishlari sodir bo’lganligini aniqlang.
Ayrim, bo’yni, buyrug’i, kuragi, ata, bilagi, o’g’li, sarg’aymoq, qaynoq, chanqoqni, susaymoq, chanqog’i, o’yna, sening, mening, yamoq, yig’loq, maqtov, etigi, saylov, ikkala. Shahri, bo’yoq, yiqqan, o’quv, yasha, o’lchov, boqqa, tekkan, sochig’i, sovuq.
Bo’g’in
Bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar yig’indisi bo’g’in deyiladi.
Bo’g’in - so’zlarning talaffuzida havo oqimining bo’linishidir. Bo’g’in unli tovushlar asosida hosil bo’ladi. Har bir bo’g’inda unli qatnashadi, shuning uchun so’zda nechta unli bo’lsa, shuncha bo’g’in bo’ladi. So’zning o’zak va qo’shimchalarga ajralishi bilan bo’g’inlarga ajralishi teng emas. Masalan, fikr + ni, hukm + ga so’zlarida o’zak va qo’shimchalar bilan bo’g’inlar teng kelayotgan bo’lsa, fik +ri, huk +mi so’zlari teng emas.
Bo’g’in ikki xil bo’ladi:
1. Ochiq bo’g’in.
2. Yopiq bo’g’in.
Unli bilan tugagan bo’g’in ochiq bo’g’in deyiladi.
Masalan, i-do-ra, bo-la, lo-la…
Undosh bilan tugagan bo’g’in yopiq bo’g’in deyiladi. Masalan, mak-tab, daf-tar, im-kon, ar-mon…
Bo’g’in ko’chirish va bo’g’in ajratish aynan bir hodisa emas. Bo’g’in ajratilayotganda unlilar soni hisobga olinadi, bo’g’in ko’chirish esa qoida asosida bo’ladi.
O’zbek tilida bo’g’inlarning quyidagi turlari bor:
1. Faqat bir unlidan iborat bo’g’in: o-dob, a-sab, o-goh, i-roq…
2. Bir unli va bir undoshdan iborat bo’g’in: ish, do-na, shi-fo-xo-na..
3. Bir unli va ikki undoshdan iborat bo’g’in: arz, afv, bar-moq, ko’r-sat-moq…
4. Bir unli va uch undoshdan iborat bo’g’in: hukm, xavf, kros-vord, xayr-lash-moq
5. Bir unli va to’rt undoshdan iborat bo’g’in: trans-port, si-lindr, tekst, punkt…
Savod chiqarishda va yozuvda bo’g’in juda katta amaliy ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |