Mavzu: unli tovushlarning uyg’unlashuvi

Download 0.88 Mb.
Sana06.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1331268
Bog'liq
405 Faxriddinova Nilufar Turkiy tillar qiyosiy tarixiy gr Unlilar

MAVZU: UNLI TOVUSHLARNING UYG’UNLASHUVI (SINGARMONIZM)

REJA:

1. Tanglay uyg’unligi (palatal singarmonizm)

2. Lab uyg’unligi (labial singarmonizm).

Ko’p bo’g’inli so’zlar tarkibidagi unli tovushlarning bir-biriga uyg’unlashuvi( moslashuvi – singarmonizm, unlilar garmoniyasi) turkiy tillarda tarixiy hodisa bo’lib, tarixiy manbalarga ko’ra qadimgi turkiy tilda ham so’zning birinchi bo’g’inidagi unlilarning sifatiga ko’ra keyingi bo’g’indagi unlilar asli qanday bo’lishiga qaramasdan o’z qiyofasini o’zgartirgan, sifat jihatdan birinchi bo’g’indagi unli tovushga moslashgan. So’zning birinchi bo’g’inidagi unli tovushning sifatiga ko’ra keyingi bo’g’indagi unli tovushlarning sifat jihatdan o’xshashligiga unli tovushlar uyg’unligi, singarmonizm deyiladi.

Turkiy tillarda unli tovushlarning uyg’unlashishi ikki asosga ega:

Turkiy tillarda unli tovushlarning uyg’unlashishi ikki asosga ega:

1. Tanglay uyg’unligi (palatal singarmonizm)

2. Lab uyg’unligi (labial singarmonizm)

Tanglay uyg’unligida:

Tanglay uyg’unligida:

  • Agar so’z tarkibidagi unli yumshoq tanglayda hosil bo’ladigan orqa qator qattiq unli bo’lsa, qo’shimchalar tarkibidagi unlilar ham shunga muvofiq orqa qator, yumshoq tanglay, qattiq unli bo’ladi: tuva. atlar, bashlar, qozoq, qoraqalpoq. attar, bastar kabi.
  • Agar so’z o’zagidagi unli tovush old qator, qattiq tanglay, yumshoq unli bo’lsa, qo’shimchalar tarkibidagi unli tovushlar ham shunga muvofiqlashadi, moslashadi: itler, itter, ilder, iller kabi.

Buni yana shu bilan izohlash mumkinki, masalan tuva tilida butun qo’shimchalar o’zining qattiq va yumshoq shakllariga ega:

Buni yana shu bilan izohlash mumkinki, masalan tuva tilida butun qo’shimchalar o’zining qattiq va yumshoq shakllariga ega:

ko’plik qo’shimchalari –lar//-ler, -dar//-der, -tar//-ter, -nar//-ner;

kelishik qo’shimchalari –ga//-ge, -ka//-ke, -dan//-den, -tan//-ten, -da//-de, -ta//-te;

fe’l shakllari –gan//-gen, -kan//-ken va h.k.

Bulardan qattiq unlili qo’shimchalar qattiq unlili asoslarga, yumshoq unlili qo’shimchalar yumshoq unlili asoslarga qo’shiladi.

Lab uyg’unligi (labial singarmonizm) so’zning o’zagidagi unli tovushning lablangan yo lablanmaganligiga bog’liq. Agar so’z o’zagida lablangan unli bo’lsa qo’shimchalar tarkibida ham lablangan unlilar, aksincha, so’z o’zagida lablanmagan unli bo’lsa, shunga muvofiq qo’shimchalarda ham lablanmagan unli bo’lsa, shunga muvofiq qo’shimchalarda ham lablanmagan unlilar moslashadi. Tildagi ana shu fonetik hodisa lab uyg’unligi deb yuritiladi. Masalan, qirg’iz. qojon (quyon), qushtu (qushni), tuva. quduqtu (quduqni), xoldu (qo’lni) kabi.

Yuqoridagi jadvaldagi misollardan ko’rinadiki:

Yuqoridagi jadvaldagi misollardan ko’rinadiki:

  • Tuva tilida so’z o’zagidagi keng va lablangan unlilardan keyin qo’shimchadagi tor unlilar lab uyg’unligiga ega bo’lgan, keng unlilar esa bu xususiyatga ega bo’lmagan, uyg’unlashmagan;
  • Oltoy tilida so’z o’zagidagi lablangan keng unlilardan keyin ham, tor unlilardan keyin ham tor unlili qo’shimchalar o’zakka uyg’unlashmagan, keng unlili qo’shimchalar keng unlili o’zakka uyg’unlashgan, tor unlili o’zaklarga uyg’unlashmagan;
  • Qirg’iz tilida bitta quduqta so’zidan tashqari barcha so’zlardagi qo’shimchalarning unlilari keng va tor unlilar bo’lishidan qat’iy nazar o’zakdagi unlilar bilan uyg’unlashgan;
  • Xakas tilida keltirilgan misollarning birortasida ham lab uyg’unligi sodir bo’lmagan.

Turkman tilida tor unlilar ham, keng unlilar ham uyg’unlashadi.

Turkman tilida tor unlilar ham, keng unlilar ham uyg’unlashadi.

Boshqird, tatar tillarida lablanish faqat tor unlilarda kuzatiladi.

Chuvash tilida lab uyg’unligi nihoyatda kuchsiz, xakas va o’zbek tillarida lab uyg’unligi mavjud emas.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling