Maxsus talim vazirligi


Download 157.79 Kb.
bet1/6
Sana27.01.2023
Hajmi157.79 Kb.
#1134500
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUSTAQIL ISH


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TALIM VAZIRLIGI


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti

,,Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili’’ fakulteti
104-guruh talabasi Luqmonova Madinaning
Hozirgi o’zbek adabiy tili fanidan tayyorlagan



Mustaqil ishi


Tekshiruvchi : Nabiyeva Parvina


Toshkent - 2022
Mavzu: Tovush o’zgarishlari
Fonetik hodisalar

Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga intilish harakati tufayli tovushlar zanjirida turli fonetik o’zgarishlar ro’y beradi. Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga intilish harakati tufayli ketma-ket kelayotgan tovushlarning o’zaro ta’siri natijasida o’zgarishlarga uchrashi fonetik hodisalar deyiladi. Fonetik hodisalar unlilarga ham, undoshlarga ham xosdir.


Fonetik hodisalarning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
I. Kombinator omillar ta’sirida sodir boladigan hodisalar:
1. Assimilatsiya bir xil kategoriyadagi tovushlarning (masalan, undosh
bilan undoshning) o'zaro moslashuvidir. Bunday moslashuvning quyidagi
turlari bor:
a) progressiv assimilatsiya- oldingi tovushning keyingi tovushni o'ziga
moslashtirishi: ketdi > ketti (td > tt) , ekgan> ekkan ( k g > k k ) ,
qishloqga> qishloqqa(qg > qq) kabi;
b) regressiv assimilatsiya. Keyingi tovushning oldingi tovushni o'ziga
moslashtirishi: tuzsiz > tussiz (zs > ss), birta> bitta(rt > tt) kabi;
d) to'liq assimilatsiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar
bir-biriga aynan moslashadi (ular o'rtasida neytrallashuv sodir bo'ladi):
nonvoy > novvoy (nv > w), terakga> terakka (kg > kk) kabi;
e) to‘liqsiz assimilatsiya. Bunda kuchli va kuchsiz pozitsiyadagi tovushlar
bir-biriga qisman moslashadi: tanbur> tambur (nb> mb), shanba> shamba
(nb > mb) kabi. Bu so'zlarda «n» (til-tish undoshi) lab-lab «b»ga faqat
artikulatsiya o'rni jihatdan moslashgan (lab-lab «m»ga o'tgan), ammo
boshqa belgilari moslashmagan.
f) kontakt assimilatsiya — ketma-ket joylashgan tovushlarning o'zaro
moslashuvi
g) distant assimilatsiya— so'z tarkibida bir-biridan uzoqroqda joylashgan
tovushlarning o'zaro moslashuvi: sichqon > chichqon, soch > chochkabi.
O'zbek tilida o'zak bilan affiksdagi unlilar assimilatsivasi ham uchraydi.
Assimilatsiyaning bu turi singarmonizm (unlilar uyg'unlashuvi) deb ham
nomlanadi. Bunda unlilarning uyg'unlashuvi lab garmoniyasi va til
garmoniyasi (lingval garmoniya) shaklida namoyon bo'ladi. Masalan: keldi —
«е» old qator), «i» (old qator). Bunda o'zak va affikslar tarkibidagi har
ikkala unli old qatordir (til garmoniyasi); qoldi — «о» (orqa qator), «i» (orqa
qator). Bunda affiksdagi old qator «i» o'zakdagi orqa qator «o»ga moslashgan
«i» ning orqa qator ottenkasi yuzaga kelgan (bu ham til garmoniyasi
hisoblanadi); lab garmoniyasi ko'proq shevalarda uchraydi: o'glim (adabiy
tilda) - ulum (qipchoq lahjasi shevalarida), ko'zim (adabiy tilda) - ko'zum
(qipchoq lahjasida) . Bunda o'zak va qo'shimchalardagi unlilarning
lablanish jihatdan moslashuvi sodir bo'ladi. Hozirgi o'zbek adabiy tilida
assimilatsiyaning bu turi deyarli uchramaydi.
Assimilatsiyada fonemaning kombinator ottenkasi yuzaga keladi
(o'zgarish tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida bo'lganligi uchun).

2. Akkomodatsiya — turli kategoriyalardagi tovushlarning, masalan,


unli bilan undoshning o'zaro ta'siri tufayli yuzaga keladigan moslashuv.
Masalan: kisht «i»ning old qator ottenkasi, u sayoz til orqa «k» undoshiga
moslashgan — qish «i»ning orqa qator ottenkasi, u chuqur til orqa
«q» undoshiga moslashgan. Ba'zan unli undoshga emas, aksincha, undosh
unliga moslashadi. Masalan, lab-tish (labio-dental) «f» undoshi lablashgan
«i» unlisi ta’sirida lab-lab «f»ga aylanishi mumkin.
Qiyos qiling: faqat («f» — lab-tish), nufuz(«f» — lab-lab), aft(«f» — lab-tish), ufq(«f» — lab- lab), saf (« f» — lab-tish), tuf (« f» — lab-lab) kabi.
O'zaro ta’sirda bo'lgan tovushlarning bir-biriga nisbatan oldin yoki
keyin kelishiga ko'ra akkomodatsiya quyidagi ikki turga bo'linadi:
a) progressiv akkomodatsiya. Bunda oldingi tovush keyingi tovushga
ta’sir qiladi: kulmoq so'zida sayoz til orqa «k» undoshi orqa qator «u»ni
old qator «u» ga aylantirgani kabi.
b) regressiv akkomodatsiya. Bunda keyingi tovush oldingi tovushga
ta’sir qiladi. Masalan: to'k so'zida sayoz til orqa «k» undoshi orqa qator
«o'» unlisini old qator «o‘»ga aylantiradi. Assimilatsiyada bo'lganidek,
akkomodatsiyada ham fonemaning kombinator ottenkasi yuzaga keladi.

3. Dissimilatsiya - so'z tarkibidagi bir xil (yoki o'xshash) tovushlardan


birining boshqa tovushga ko'chishi: birorta> bironta(ror > ron), kissa > kista
(ss > st) kabi. Bu hodisani assimilatsiyaning aksi deyish mumkin.
Dissimilatsiya hodisasi yo'nalishiga qarab ikki xil bo'ladi:
a) progressiv dissimilatsiya. Bunda keyingi tovush o'zgaradi: zarur > zaril
b) regressiv dissimilatsiya. Bunda oldingi tovush o'zgaradi:
maqtanmoq> maxtanmoq kabi.
Tovushning o'zgarish darajasiga ko'ra dissimilatsiya yana ikki turga
bo'linadi:
a) to‘liq dissimilatsiya. Bunda ikkita bir xil tovushdan biri noo'xshash
tovushga aylanadi: kissa> kista (ss > st) kabi;
b) to‘liqsiz dissimilatsiya (qisman dissimilatsiya). Bunda tovushning
artikulatsion xususiyatlaridan ayrimlarigina o'zgaradi. Masalan, uchta> ushta
(ch > sh) kabi: «ch» va «t» undoshlarining ikkalasi ham portlovchi, ammo
«t»ning ta’sirida «ch» sirg'aluvchi «sh» ga o'tgan.
Tovushlar o'rtasidagi masofaga nisbatan ham dissimilatsiya ikki xil
bo'ladi:
a) kontakt dissimilatsiya. Bunda yonma-yon turgan tovushlardan biri
o'zgaradi: kissa > kista kabi:
b) distant dissimilatsiya. Bunda dissimilatsiyaga uchrayotgan tovushlar
bir-biridan uzoqroqda joylashgan bo'ladi. Masalan: birorta> birontakabi.
4. Nazalizatsiya — so'z tarkibidagi burun sonantlari ta’sirida shu
sonantlar yonida qo'llangan unlining rezonator ton bilan aytilishi. Masalan : non, nok, men, meng kabi. Bunday hollarda ham fonemaning kombinator
ottenkasi (unlining ko'rinishi) paydo bo'ladi.

Download 157.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling