Maxsus talim vazirligi


Download 157.79 Kb.
bet4/6
Sana27.01.2023
Hajmi157.79 Kb.
#1134500
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUSTAQIL ISH

3. Sandxi hodisasi — analitik shakllarning ixchamlashuvi natijasida
sodir bo'ladigan fonetik o'zgarishlar. Masalan: ishlar edi> ishlardi, borgan
emish> borganmish kabi. Bu hodisa o'z tabiatiga ko'ra eliziyaga juda yaqin
turadi.
4. Aferezis - oldingi so'zning so'nggi tovushi (yoki tovushlari) ta'sirida
keyingi so'z boshidagi tovushning (yoki tovushlarning) tushishi: ne
uchun> nechun, mulla aka > mullaka kabi . Bu hodisa sandxining bir ko'rinishi, xolos.
5. Gaplologiya - yasama so'z tarkibida birin-ketin kelgan ikkita bir
xil bo'g'indan birining tushirib qoldirilishi. Bu hodisa ham ko'proq
ixchamlashtirish, energiyani tejash asosida sodir bo'ladi. Masalan,
tragikomediya< tragikokomediya. Bu so'zning tarkibida ikkita bir xil bo'g'in
(«kо» - uchinchi bo'g'in va «kо» - to'rtinchi bo'g'in) birin-ketin
kelganligidan talaffuzda ulardan biri tushirib qoldirilgan va so'zning ana
shu ixchamlashtirilgan shakli adabiy til uchun me’yor bo'lib qolgan. Bunday
hodisa mineralogiya < mineralologiya, morfonologiya< mоrfofonologiya
so'zlarida ham kuzatiladi.
6. Tovushlarning o‘rin almashinuvi (metateza). Bu hodisa ko'proq
jonli so'zlashuvga, ayniqsa, shevalarga xos bo'lib, adabiy tilda kam uchraydi:
tuproq > turpoq (Toshkent shevasida), daryo> dayro (qipchoq lahjasi
shevalarida), to'g'ramoq> to'rg'amoq (ayrim shevalarda) kabi.
O'rin almashinuviga uchragan tovushlar so'z tarkibida bir-biriga yaqin
yoki uzoq joylashgan bo'lishi mumkin, shunga ko'ra metatezaning ikki
turi farqlanadi:
a) kontakt metateza — yonma-yon joylashgan tovushlarning o'rin
almashinuvi: tuproq> turpoq(pr > rp), ahvol> avhol(hv > vh) kabi;
b) distant metateza— bir-biridan uzoqroqda joylashgan tovushlarning
o'rin almashinuvi: aylanayin> aynalayin (bunda ikkinchi bo'g'in boshidagi
«1» bilan uchinchi bo'g'in boshidagi «n» tovushlari orasida «а» unlisi bor).
Tarkibida metateza hodisasi yuz bergan ayrim so'zlar hozirgi adabiy
tilda me’yor darajasiga ko'tarilgan: yog'mir(etimologik shakli) > yomg'ir
(hozirgi adabiy tildagi shakli) kabi.
7. Geminatsiya - ikkita bir xil undoshning so'z tarkibida qavatlanishi:
muddat, izzat kabi. Bunday qavatlanish ma'lum uslubiy maqsadlarda yuzaga
keltirilishi ham mumkin: Masalan, maza (bitta «z», bunda uslubiy bo'yoq
yo'q.) - mazza (ikkita «z». So'zning bu shaklida ma’no kuchaytirilgan).
Yana qiyos qiling: yashamagur> yashshamagur, uchalasi> uchchalasi,
rosa > rossa , juda > judda kabi. Geminatsiya hodisasi so'z yasalishida ham
uchraydi: achimoq (fe’l) — achchiq (sifat), isimoq (fe'l) — issiq (sifat),
qotmoq (fe'l) — qattiq (sifat) kabi. Sifatlarning kuchaytiruv (intensiv)
formalarida ham geminatsiya hodisasi uchraydi: oq> oppoq, sog‘ > soppa sog‘ kabi.

Download 157.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling