1. O’zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo’lishi


PADARKUSH» DRAMASI HAQIDA


Download 72.75 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi72.75 Kb.
#210798
1   2
PADARKUSH» DRAMASI HAQIDA Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Padarkush» dramasi 1911-yil- da yozilgan bo‘lib, oradan ikki yil o‘tgach, ya’ni 1913-yilda kitob ho lida nashr qilinadi. Behbudiy o‘zbek adabiyoti tarixida birinchilardan bo‘lib dramatik asar yozdi va u Turkiston- ning barcha shaharlarida namoyish etildi. Bu bilan Behbudiy o‘zbek teatrining tamal toshini qo‘ydi. Dramada jaholat, ilmsizlik, tarbiyasizlikka qarshi ma’rifat ulug‘lanadi. Muallif «o‘qimagan bolaning holi»ni, ayanchli oqibatlarini bayon etishni maqsad qilib oladi. Behbudiy yosh- lar ta’lim olishi va kamolga yetishida ijtimoiy va oilaviy muhit alohida o‘rin tutishini «Padarkush» dramasi negiziga joylashtiradi. Unda qahramonlardan birining tilidan o‘z g‘oya- sini: «Biz larni xonavayron... bevatan va bandi qilg‘on tarbi- yasizlik va jaholatdir, bevatanlik, darbadarlik, asorat, faqirlik, zarurat va xorliqlar... hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi va natijasidir...», degan yo‘sinda bayon qiladi. Eslab qoling: «padarkush» so‘zi lug‘aviy jihatdan «ota qotili» degan ma’noni anglatadi. Dramada Boy, uning o‘g‘li Toshmurod, yangi fikrli Domla, ruscha tahsil olgan Ziyoli, boyning mirzasi Xayrullo, boyning qotili bo‘lgan Tangriqul va boshqa obrazlar qatnashadi. Dra- maturg ilgari surgan ma’rifatparvarlik g‘oyasi shu obrazlar- ning o‘zaro suhbatlari, bahs-munozaralari jarayonida namoyon bo‘ladi. Har bir obraz tabiatiga xos fazilat, xususiyat va qu- surlar ularning gap-so‘zlari, xatti-harakati, muallif tomonidan berilgan kichik izohlar yordamida ko‘rsatiladi.

19 Muallif Boy obrazi orqali pul, mol-dunyoga ega bo‘lgan, ammo uni ilm yo‘li, farzand tarbiyasi uchun sarflashni o‘y- lamagan kimsa qiyofasini beradi. Eng achinarlisi, Boy Dom- laning ham, Ziyolining ham nasihat va maslahatlariga qu- loq tutmaydi; savollariga qo‘pollik bilan, bepar vo va loqayd javob qaytaradi. Boy hamma narsani – inson qadrini ham, obro‘-e’tiborini ham boylik bilan o‘lchaydi; o‘z boyligi tufayli hamma-hamma ularni «izzat qilishadi» degan fikr bilan ya- shaydi. Dramada boyning eng katta xatosi ziyo li kishilarning so‘zlariga quloq solmasdan, quloq solsa ham, noilojlikdan, mudrab, o‘z jigarbandining taqdiriga befarq qaraganidir. Bila- mizki, sharqona madaniyatimizda farzand, eng avvalo, otaga so‘zsiz itoat etishi lozim. Boy ham vaqtida insofga kelib bolasini yo‘lga solganida, bunday mudhish holat, balki yuz bermagan bo‘lar edi. Shu yerda dramaturg boyning tilidan bir narsani ta’kidlab o‘tadiki, «mani savodim yo‘q, bovujud, bu shahrimizning katta boylaridandurman va har ishni bilur- man» – bu o‘sha zamonga monand ayni haqiqat edi. Boyning gapida yana bir xato mavjud, u boylik topishdan o‘zga ishni bilmaydi. Inson faqatgina moddiy boylik bilan yashay olmay- di. Unda ma’naviy, jismoniy hamda ruhiy boylik ham bo‘lishi lozim. Muhtaram o‘quvchi, agar diqqat qilgan bo‘lsangiz, av- val Boy huzuriga Domla kirib boradi. Boyni ilm-ma’rifatga, o‘g‘lini o‘qi tish zarurligiga urg‘u beradi. O‘z zimmasidagi amri ma’ruf va nahyi munkar, ya’ni yaxshilikka chorlab, yo- monlikdan qaytarishdek bir vazifasini bajaradi. Shuning uchun ketar mahali «Boy, man sizga amri ma’ruf etdim va menga shariat bo‘yicha lozim bo‘lgan ishni bo‘ynimdan soqit qildim» degan gapni aytadi. Keyin Ziyoli Boy huzurida paydo bo‘ladi. Boy uni ham yoqtirmaydi. Shu bois «qordan qutulib, yomg‘ir- ga uchraymiz» deb g‘udranadi. Domla aytgan fikr-mulohazaga yaqin gaplarni Ziyoli ham ta’kidlaydi. Muallif ishtirokchilar- ga ta’riflar ekan, Ziyoliga «millatchi musulmon» degan sifat beradi. Bu o‘rinda «millatchi» so‘zini «millatparvar» tarzida tushunish lozim. Chunki Ziyoli tabiatida musulmonchilik ham,

20 millatparvarlik ham jamlangan. Behbudiy millatini sevib dinini esda tutadigan, ayni damda, dinini sevib millatini ham esdan chiqarmaydigan insonlarni shu obraz vositasida ko‘rsatmoq- chi bo‘ladi. Ziyoli «olimi diniy» – din bilimdoni va «olimi zamoniy» – zamon bilimdoni bo‘lish uchun qanday ilmlarni egallash zarurligini Boy bilan bo‘lgan suhbatida bir-bir sanab chiqadi. Dramada Domla bilan Ziyolining turmushdagi yo‘l-yo‘rig‘i bir-biriga yaqin. Ular asardagi Boy, Toshmurod, Tangri qul, Artun kabi obrazlarga qarama-qarshi turadi. Dramatik asar vo- qealarini oradagi shu ziddiyat harakatga keltiradi. Bu qarama- qarshilikka ijtimoiy ma’no berib, ma’rifatlilar bilan johillar, ilmlilar bilan ilmsizlar, ogohlar bilan loqaydlar o‘rtasidagi kurash tarzida tu shunish o‘rinli bo‘ladi. Toshmurod do‘st kim, dushman kim – farqiga bormaydi. Shu ning oqibatida Tangriqul bilan birga o‘z uyiga o‘g‘rilik- ka borishga rozi bo‘ladi. Otasining sandiqdagi mol-mulkini o‘marish yo‘llarini maishatparast sheriklari bilan rejalashtiradi. Ularni o‘z uyiga boshlab borganida otasi sezib qoladi; Boyni o‘ldirib, pulini olib ketishadi. E’tibor bering, Boyning arzandasi, aynan sizning tengdoshi- ngiz Toshmurod o‘qimagani, ko‘cha changitib yurgani sababli ham o‘zidan yoshi kattaroq o‘g‘ri, muttahamlarga qo‘shilib qoladi. Mavzuga diqqat qilinsa, oradan bir asrdan ortiqroq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ayni zamonamizda ham o‘qimagani bois turli aldovlarga ishonib, yomon yo‘llarga kirib qolayotgan yosh- lar yo‘q emas. O‘g‘rilar ham Toshmurodning soddaligidan foydala nib, maho rat darslarining muqaddimasini aynan o‘zi- ning uyi da boshlab bermoqchi bo‘lishadi. Ya’ni yi gitchani o‘z uyiga o‘g‘rilikka boshlab, ustiga-ustak: «Barakalla! Ilgari ham o‘g‘irlik qilganga o‘xshaysiz», – deb tag‘in maqtab ham qo‘yishadi. Toshmu rodning atrofidagi shunday bema’ni, yo- mon odamlar bilan oshno tutinib, maishatga berilishi, buzuq yo‘llarga kirib, oxir-oqibatda ota qotili – padarkushga ayla- nishining asosiy sababi – bu o‘qimaganidir. Onasi Toshmurod- ni: «He, juvonmarg Toshmurod! Qon qus! Koshki chechakda ketsayding! Voy, padarkush! Toshmurod!» – deb qar g‘ashga

21 majbur bo‘ladi. Toshmurodga otasi ta’lim-tarbiya bermadi; oqibatda ota ham, o‘g‘il ham «qurboni jaho lat» – jaholat qur- boniga aylandi. Drama oxirida Ziyoli muallif g‘oyasini «Ilm va tarbiyasiz bolalarni(ng) oqibati shuldir. Agarda bularni otasi o‘qutsa edi, bu jinoyat va padarkushlik alardan sodir bo‘lmas va bular ichkilikni bo‘yla ichmas... edi. Dunyoga taraqqiy qilgan xalq ilm vositasida taraqqiy qiladi» degan tarzda bayon etadi. Mulohaza qilib ko‘ring, muhtaram o‘quvchi! Ilm-fan ham- ma zamonlar uchun zarur va muhim bo‘lgan. Olimlar jamiyat taraqqiyoti uchun ma’naviy tayanch vazifasini bajaradi. Shu jihatdan «Padarkush» dramasida aytilgan ilmga doir qarashlar, jaholatga qarshi ma’rifat yo‘lidan yurish zarurligi bugun ham ahamiyatli. Mahmudxo‘ja Behbudiyning ushbu dramasi XX asr bosh- larida yozilgan bo‘lsa-da, hozirgi kun bilan ham chambarchas bog‘liq. Chunki uning zamirida ma’naviy-ruhiy, tarbiyaviy ma’no yotadi. Tarbiya hech qachon eskirmaydigan hamda tu- gal yechimi topilishi mushkul bo‘lgan masalalardandir. Inson- ni yoshligidan tarbiyalash lozim. Odam farzandini ham navni- hol daraxtga mengzash mumkin. Uni qay tomonga yo‘naltirib tarbiyalansa, umrining oxirigacha ana shu yo‘ldan boradi. Mahmudxo‘ja Behbudiy juda qisqa sahna asari vositasida o‘z ma’naviy dunyosini, ilm-ma’rifatning qadr-qiymatini zo‘r mahorat bilan bayon qiladi. Aynan din ilmlaridan boxabar bo‘lgani uchun uning qahramonlari nutqida «Ilm olish barcha erkak va ayollar uchun ham farzdir», «Beshikdan mozorgacha ilm izlash lozim» yoki «Xitoyga borib bo‘lsa ham ilm talab qilinglar» kabi hadisi shariflarning mazmuni berib boriladi. Domla va Ziyoli nutqini muallif hikmatlar, ibratli gaplar- ga boy tarzda beradi. Ilmdan yiroq bo‘lgan obrazlar nutqida esa ancha kambag‘al va ko‘cha-ko‘yda qo‘llanadigan so‘zlar ishlatiladi. Aziz o‘quvchi! Siz bir narsani yodingizdan chiqarmangki, mehnat-mashaqqatsiz hech qachon biror narsaga erisha olmay- siz. Qachonki o‘qib bilim olsangiz, shundagina hayot yo‘li ngiz saodatli, umringiz oxirigacha rohat-farog‘atda o‘tadi. Shuni

22 ham unutmangki, farzandlar aynan ota-onasidan o‘rnak oladi. Bu hayotiy hikmatni Mahmudxo‘ja Behbudiy tengdoshingiz Toshmurod misolida sizlarga yetkazmoqchi bo‘lgan, albatta. Xulosa qilib aytganda, «Padarkush» dramasi ana shunday ilm-ma’rifatga targ‘ib va tashviq qilish e’tiboridan juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb e

7-savol. Bolalar adabiyotining boshqa fanlar bilan hamkorligi yoxud adresliligi.Bolalar adabiyotining boshqa fanlar bilan hamkorligi yoxud adresliligi. Bolalar adabiyotining kamolotida uning barcha fanlar bilan aloqadorligi muhim ahamiyatga ega. Bu M.Gorkiyning «Mavzular to’g’risida» maqolasida yorqin ifodalangan bo’lib, bolalar adabiyotining rang-barang mavzular hisobiga boyib, xilma-xil obrazlar hisobiga to’lishib borishini ta’minlashdan tashqari ma’lum darajada o’zligiga daxldor xossalarini ham oydinlashtiradi. Shu ma’noda, aytish mumkinki, bolalarga o’zlarini qurshagan olam va uning sirlaridan voqif bo’lishda, narsa va hodisalar mohiyatini idrok etishda, ularni anglash va bilib olishda, o’rganish va o’zlashtirishda bolalar adabiyoti o’ziga xos hayot darsligi vazifasini o’taydi.

Aytaylik, elektr nima? Quyosh-chi? Oy-chi?Yulduzlar nega faqat kechasi ko’rinadi?Momaqaldiroq nimadan paydo bo’ladi? Yashin-chi? Suv nima? Shamol nimadan hosil bo’ladi? Tuproq nima? Yomg’ir nima? Qor nima? O’simliklar, hasharotlar nega xilmma-xil? Xullas, bunday savollarning cheku-chegarasi yo’q. Lekin bolalar bularning barchasini bilishidan iborat ehtiyojlarini qondirmay qoymaydilar. Ularning ma’naviy ulg’ayishlari ana shu istakni qondirish evaziga amalga oshadi. Binobarin, bolalar adabiyoti ana shu savollarga javob berish maqsadida fizika, astranomiya, geologiya, geografiya, kimyo, matematika, botanika, biologiya, qoying-chi kishilik jamiyati yaratgan barcha bilimlar bilan ijodiy hamkorlik qiladi. Bunda u mazkur bilimga xos sovuq ilmiy muhokama va mantiqiylikni emas, balki har qanday ilmiy tushunchaning insonni sharaflovchi badiiy obrazli ifoda etilishi orqali erishadi. Bunday obrazli ifoda pirovard-oqibatda uning qiziqarliligini (zanimatelnost) va ma’rifiyligini (poznavatelnost) ta’minlaydi. «Qiziqarli botanika», «Qiziqarli fizika», «Qiziqarli biologiya», «Qiziqarli geologiya», «Qiziqarli kimyo» yoki «Yosh tilshunos», «Yosh adabiyotshunos», «Yosh fizik» qomuslari singari bolalarbop rang-barang kitoblar, shuningdek, turli-tuman kasb-korlar, aniqrog’i, shishapazlik, chinnisozlik, yog’och va ganch oymakorligi, misgarlik va mis oymakorligi, temirchilik, kulolchilik, boyraboflik, gilamboflik, temirchilik, haykaltaroshlik, kashtachilik, zargarlik, zardo’zlik, rangpazlik, qog’oz tayyorlash va hokazolarning kelib chiqishi tarixiga oid zavqovar badia va hikoyalar yosh avlodning ular haqidagi bilimlarini chuqurlashtiribgina qoymaydi, balki ularda ajdodlar tajribalari va an’analarini o’zlashtira turib e’zozlashni, demakki, qadriyatlarni anglash jarayonida o’zliklarini anglashlariga, eng muhimi, kelajakda kim bo’lishdan iborat havaslarini uyg’otibgina qoymaydi, balki shu havasning qat’iyatga aylanishida yordam beradi.

Shu mantiqqa muvofiq bolalarni yosh xususiyatlariga ko’ra uch guruhga bo’lish an’anaga aylanganki, bu ularga mo’ljallab badiiy asarlar yozishda ham rost keladi:

1). Maktabgacha tarbiya bosqichi: tug’ilgandan to 6-7 yoshgacha;

2). Kichik yoshdagi o’quvchilik davri: 6-7 yoshdan 11-12 yoshgacha yoki muchalni to’ldirguncha;

3). O’smirlik davri yoki o’rta va katta yoshdagi o’quvchilik bosqichi: 12-13 yoshdan 17-18 yoshgacha.

8-savol. Quddus Muhammadiy – bolalar shoiri. Shoir she’rlarinig mazmun-mundarijasi.XX asr oʻzbek bolalar adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Quddus Muhammadiy 1907 yili Toshkentda dehqon oilasida dunyoga keldi. Oʻrta maktabdan keyin qishloq xoʻjaligi bilim yurtida, soʻng Oʻrta Osiyo Davlat universitetining biologiya fakultetida tahsil oldi.

Quddus Muhammadiy ijodi 30-yillardan boshlangan boʻlib, ilk asarlari “Sharq haqiqati” gazetasi va “Yer yuzi” jurnalida chop etiladi. Uning 1936–1937 yillarda yaratilgan “Sandal va pechka”, “Oʻz-oʻzini tanqid” kabi dostonlarida odamlar feʼl-atvoridagi, xususan, bolalar xarakteridagi ayrim nuqsonlar begʻaraz hajv qilinadi.

Quddus Muhammadiy 1941–1944 yillarda mashhur baxshi Islom shoirga kotiblik qilib, uning terma va dostonlarini yozib olish bilan mashgʻul boʻldi. Urushdan keyingi yillarda birinchi sheʼriy toʻplami “Sinov” (1947) nomi bilan nashr etildi. Shundan soʻng, “Oʻquvchiga esdalik” (1947), “Sheʼr va ertaklar” (1947), “Orzu” (1948), “Bahor keldi” (1950), “Dunyoda eng kuchli nima?” (1951), “Qirq oʻgʻil va qiz” (1951), “Bizning doʻstlarimiz” (1952), “Sen tugʻilgan kun” (1952), “Yangi uy” (1953), “Mehribon doʻstlar” (1953), “Qoʻngʻizboy bilan Sichqonboy” (1955), “Tugmacha” (1956), “Tanlangan asarlar” (1957) kabi oʻttizdan ortiq kitoblari bosilib chiqdi. Toʻrt jilddan iborat “Tabiat alifbosi” kitobi, ayniqsa, “Ochil dasturxon” (1970) kabi xalq ogʻzaki ijodi anʼanalari ruhidagi asarlari adibga katta shuhrat keltirdi. “Qanotli doʻstlar” nomli sheʼriy kitobi 1970 yilda Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻldi. 1977 yilda Quddus Muhammadiy “Oʻzbekiston xalq shoiri” unvoni bilan taqdirlandi.

Quddus Muhammadiy mohir tarjimon sifatida ham mashhurdir. Uning S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto, K. Chukovskiydan qilgan tarjimalari oʻzbek bolalar adabiyotining ravnaqida muhim rol oʻynadi. Q. Muhammadiy hamisha bolalar kelajagi, ularning maʼnaviy kamoloti haqida qaygʻurdi. Ularning oʻqimishli, ishbilarmon va yetuk mutaxassislar boʻlishini orzu qildi va bunday deb yozdi:

Boʻlay desang bogʻbon,

Yo Vatanga posbon,

Yo osmonda uchuvchi,

Yo dengizda suzuvchi,

Nimaki qilsang tilak,

Bariga oʻqish kerak.

Bu satrlar uning yosh avlodga nasihatidir.

9-savol.Shukur Sa’dulla ijodida hayotga munosabat.Shukur Saʼdulla kichkintoylarga katta estetik zavq-shavq bagʻishlaydigan zabardast sheʼrlari, yosh kitobxonni yaxshilikka oʻrgatuvchi ertak-dostonlari, aʼlo oʻqishga, davrimizga sadoqatli kishilar boʻlib kamol topishga daʼvat etuvchi badiiy pishiq hikoyalari, oʻtmish hamda davrimiz bolalari hayotidan olib yozilgan pesalari, yosh qalblarni larzaga soluvchi qissalari bilan hamma yoshdagi bolalarning qadrdon va suyukli yozuvchisi boʻlib qoldi.

Shukur Saʼdulla 1912 yilning yanvarida Jizzax shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi, boshlangʻich maʼlumotni ona shahridagi Narimonov nomli maktabda oldi. 1924 yilda Samarqand pedagogika bilim yurtida tahsil oldi, soʻngra Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat universitetida oʻqidi. 1931–64 yillarda Shukur Saʼdulla Oʻzbekiston davlat va “Kamalak” (“Yosh gvardiya”) nashriyotlarida muharrir, boʻlim boshligʻi, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir, direktor vazifalarida mehnat qilib, bolalar uchun adabiy-badiiy kitoblar nashr etishga oʻzining barakali hissasini qoʻshdi. h. Saʼdullaning birinchi sheʼrlar toʻplami 1932 yilda “Hayqiriq” nomi bilan bosilib chiqdi.

“Hayqiriq”ning maydonga kelishi shoir ijodida juda katta voqea boʻldi. Adabiy jamoatchilikning bu kitob haqidagi fikr va mulohazalari yanada chidam, qunt bilan ijod qilishga, oʻz ustida koʻproq ishlashga, izlanishga, eng muhimi hayotni oʻrganishga va shu asosda ijod etishga chorladi. Sh. Saʼdulla butun umri davomida bunga amal qildi. Qirq yildan ortiqroq hayotini ijodga bagʻishlagan sanʼatkorning “Uch ayiq”, “Ayyor chumchuq” (1935–1936), “Yoriltosh” (1939), “Ikki sandiq” (1942), “Sen nima qilding?” (1942), “Shirin kun” (1946), “Sheʼrlar” (1955), “Sheʼrlar va ertaklar” (1957), “Pesalar” (1995), “Dastyor qiz” (1960), “Sening alboming” (1962), “Ozoda” (1969), “Komandirning boshidan kechirganlari” (1962), “Kachal polvon” (1963,1966,1967,1986), “Ism qoʻyilmagan xat”, “Sening bayraming”, “Mening aziz bolalarim” kabi kitoblari bosilib chiqdi.

Dramaturg Shukur Saʼdulla tomonidan yaratilgan “Yoriltosh”, “Gulxan”, “Bizning bogʻchamiz”, “Dalada bayram”, “Vatan ishqi” (dramaturg Z. Fatxullin bilan hamkorlikda yozilgan), “Ikki bilaguzuk”, “Zubayda”, “Afsona yaratgan qiz” pesalarini tomoshabinlar yaxshi bilishadi.

Quvnoq va joʻshqin asarlar kuychisi boʻlgan Shukur Saʼdulla oʻzining juda koʻp sheʼr, qoʻshiq, ertak, ertak-doston, pesalarini kichik maktab yoshidagi bolalarga bagʻishlagan.

Shukur Saʼdulla tabiat kuychisi sifatida ham eʼzozlanadi. Shoir soʻlim bahorni koʻpgina sheʼrlarida qalamga olib, ayniqsa, kichik maktab yoshidagi bolalarni hayot bilan tanishtiradi, ularda olamni tushunish qobiliyatlarini oʻstiradi.

Odatda, boychechak qor erib-erimasdanoq koʻzga tashlanadi. Buni koʻrgan odamlar “Ha, bahor yaqinlashib qolibdi”, deydilar. Shoir “Boychechak” asarida shu fikrni loʻnda qilib chizib beradi:

Ochildimi boychechak,

Endi har yon gul demak,

Chunki bahor elchisi –

Shu mitti gul – boychechak. Albatta, boychechak paydo boʻlganidan keyin bahor boshlanadi, yomgʻir ustiga yomgʻir yogʻadi. Yomgʻir tabiat husniga husn qoʻshadi, odamlar ruhini koʻtaradi. Shukur Saʼdulla “Yomgʻir yogʻaloq” sheʼrida bahor yomgʻiriga muhabbat bilan munosabatda boʻladi. Bu yomgʻir ekin-tikinlar uchun koni foyda ekanligini yosh kitobxon qalbiga yetib boradigan darajada quvnoq va shoʻx misralarda yaratadi:

Yomgʻir yogʻaloq,

Yam-yashil oʻtloq,

Endi ekinlar Chiqarar quloq…

Yomgʻirdan foyda Maysaga, donga.

Yurt serob boʻlar,

Oq bugʻdoy, donga.

Shukur Saʼdulla “Toʻrt fasl” sheʼrida yil fasllarining oʻziga xos xususiyatlarini ahamiyatli detallar yordamida yoritadi. Ularning jozibasi, tabiatga alohida koʻrk bagʻishlashi, insonlar qalbiga taʼsiri xususida bolalarbop xulosalar chiqaradi:

Milt etib chiqdi quyosh,

Dedi: – Doʻstlar, qish odosh.

Koʻrsak, yoʻq qora bulut,

Yer yuzi koʻk gilam – oʻt.

Shukur Saʼdulla bahorni yaratuvchi, insonlarga estetik zavq va mehnat inʼom etgan fasl deb taʼriflagach, koʻrkam yoz fasli bilan bolalarni tanishtirishga oʻtadi. Yoz kelishi bilan xursand boʻlgan bolalarning sevinchini shoir shunday ifoda etadi:

Keldi koʻklam kabi soz,

Bizlar sevgan issiq yoz.

Shoir Vatanimizning boyligiga boylik qoʻshgan, mehnatkashlar dasturxonini bezovchi noz-neʼmatlarni vujudga keltirgan, “toʻqson xil mevalarni pishirib”, “yangi dunyolar ochgan” kishilarni zoʻr muhabbat bilan, ajoyib misralarda ulugʻlaydi:

Ekin oʻsdi yerlarda,

Bugʻdoy pishdi qirlarda…

Poliz toʻla bodring,

Bogʻbon, tez uzib bering!

– Sabr qiling siz andek,
Soʻyib beray handalak.

Shukur Saʼdulla yoz faslini ulugʻlash bilan kuzning ham oʻziga xos fazilatlarga toʻlaligini tabiatning oltin davri deb taʼriflaydi, kuz faslining oʻziga xosligini quyidagi tasvirlar orqali ochadi:

Quyosh tushar taftidan,

Qoʻrqib qishning aftidan.

Sargʻayadi koʻkatlar,

Barg toʻkadi daraxtlar.

Hosil yigʻib olinar,

Qishga zamin solinar.

Shoir qish faslining ham oʻziga xos chiroyli gashti borligini, kishilarda zavq-shavq uygʻotishini lirik boʻyoqlarda koʻrsatadi:

Dala-dashtda tindi ish,

Keldi mehmon boʻlib qish.

Qish emas, u – qorbobo,

Sovgʻalari bor bobo…

Xuddi yozday, bahorday –

Iliq, kuzgi nahorday.

Qor yogʻar, kecha-kunduz,

Suv sovqotib kiygan muz.

Shukur Saʼdulla ikkinchi jahon urushi davrida yanada barakali ijod etdi. “Sen nima qilding?”, “Ona va bola”, “Shohista” toʻplamlarini nashr ettirdi. Bu davrda shoir sheʼriyatida bolalar kutgan voqealar oʻz aksini topganligini koʻramiz. Mavzu rangbarangligi shoirning fikrlash doirasi kengligidan, bolalarni jondilidan sevishidan, ona-Vatanga cheksiz mehr-muhabbatidan dalolat berib turibdi. Buni “Sen nima qilding?”, “Bizning qahramon”, “Otliqlar”, “Mehmon qiz”, “Uning hikoyasi”, “Yetim emassan”, “Razvedkachi Kolya Kulikov”, “Shohista” kabi asarlari misolida ochiq-oydin koʻrishimiz mumkin.

Bu sheʼlar ichida “Shohista” asari alohida ajralib turadi:

Koʻk chirogʻi oy soʻndi,

Barglarga shabnam qoʻndi.

Tong oqarar ohista,

Turar sakrab Shohista.

Bu misralarda shoir Shohista ismli jajji qizchaning mehnatga muhabbati, gʻayrati, bogʻidagi uzumlarni qanchalik mehr qoʻyib parvarishlashi, shu bilan birga, uning frontda odamxoʻr yovlarga qarshi kurash olib borayotgan otasiga boʻlgan mehr-muhabbatini badiiy boʻyoqlar bilan ifodalab beradi. Shohista asaldek tovlanib pishgan uzumidan dadasiga sovgʻa hozirlaydi:

Soʻngra pochtaga bordi,

Dadasiga yubordi.

Dadasi botir jangchi,

Shohistaning quvonchi.

Shukur Saʼdulla “Egizak”, “Sen menga doʻst, men senga doʻst”, “Ulugʻ shahar” (turkum), “Hovlimizning bolalari” kabi qator sheʼrlarida doʻstlik gʻoyalarini ilgari suradi.

Shoirning juda koʻp sheʼrlari maktab darsliklarida, qoʻllanmalarida uzoq yillardan beri nashr etilib kelinayotir. “Oʻyin”, “Lola va mushuk”, “Bahor keldi”, “Vatanim”, “Dastyor qiz”, “Ozod diyor”, “Toʻrt fasl”, “Qush tili” shular jumlasidandir.

Shoir ijodida hajviy sheʼrlar ham bir talay: “Shalabbo”, “Anqov”, “Injiq”, “Ivirsiq”, “Bizning oyi” kabi asarlarida shoir dangasa, oʻz ustida koʻp ishlamaydigan, oʻqish, izlanishni yoqtirmaydigan, injiq, ivirsiq bolalar ustidan qattiq kuladi.

“Ivirsiq”da shoir oʻyinqaroq, kun boʻyi koptok oʻynab, uyga berilgan vazifasini bajarish, oʻz vaqtida uyqudan turish oʻrniga qotib uxlab darsdan kech qolgan Siddiq ismli bolaning maktab oʻquvchilariga xos boʻlmagan qiliqlarini fosh qiladi:

Daftari ochiq-sochiq,

Qolgan vazifa chala.

Soat yurar: chiq-chiq-chiq,

Yechilmagan masala.

Yana jiringlab soat,

Toʻqqizga zang uradi.

“Ivirsiqjon” betoqat –

Endi shoshib turadi.

Shukur Saʼdulla xalq ogʻzaki ijodini sevgan va undan ijodiy foydalangan shoirlardan biri edi. U “Noʻxatpolvon”, “Laqma it”, “Ayyor chumchuq”, “Chol bilan boʻri” kabi oʻnlab asarlarini ertaklar asosida yaratdi. Xalq ertaklarini joʻngina sheʼrga solib qoʻya qolmadi. Balki unga ijodiy yondashdi.

Shukur Saʼdullaning “Komandirning boshidan kechirganlari”, “Kachal polvon”, “Aziz qishlogʻim”, “Ism qoʻyilmagan xat” qissalari oʻzbek bolalar nasrining yaxshi namunalaridan hisoblanadi.

Shukur Saʼdullaning gʻoyaviy-badiiy yuksak, bolalarbop asarlari umr boʻyi kitobxonlar qalbida yashaydi.

10-savol.Milliy uyg’onish harakati va uning o’zbek bolalar adabiyotini yuzaga

Keltirishdagi roli. Jadidchilik harakatining yuzaga kelishi.

Addulla Avloniy–ilk bolalar shoiri. Milliy uyg’onish, millatning o’zligini angglash jarayoni mazkur davr adabiyotining ruhi va mazmunini tashkil qildi. Millatning o’zligini anglash asos qilib olingan bu uyg’onish davri bolalar adabiyoti va matbouti uchun ham poydevor bo’loldi.



O’zbek bolalar adabiyoti tarixi haqida fikr yuritilar ekan, uning ilk qadamlari XX asr boshlarida yaratilgan alifbolar, adabiyot va o’qish kitoblaridan boshlanganini alohida qayd etish lozim. Bolalar adabiyoti tom ma’noda ma’rifatparvarlikning farzandidir. Chunki jadidchilikning poydevori, tamal toshi usuli jadid maktabi bo’lgan. “Jadidchilik”ning asosida “jadid” so’zi yotadi. “Jadid”ning ma’nosi “yangi”-“yangi tafakkur”, “yangi inson”, “yangi avlod” singari keng ma’nolarni o’zida mujassam etgan. Istilohning kirib kelishi Ismoilbek Gasprali (Gasprinskiy) ochgan yangi maktab nomi bilan bog’liq. U 1884 yilda boqchasaroyda bir maktab ochib, “usuli jadid” nomi bilan ataydi. Istilohning mazmuni maktab doirasida qolmagan, albatta. Aslida jamiyatning barcha qatlamlarini jalb etib, Uyg’onish mafkurasi bo’lib xizmat qilgan; milliy mustaqillik uchun kurash olib brogan; maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab chiqdi. Ismoilbekning Turkistonga kelib, Toshkent, Samarqand, Buxoroda bo’lishi, uning tashabbusi bilan bu shaharlarda, so’ngroq Farg’ona vodiysida “usuli jadid” maktablari tashkil topishi butun Turkistonda jadidchilik harakati ommaviylashuviga turtki bo’ldi. Tezkorlik bilan uning uchun darsliklar tuzila boshlaydi. Ushbu maktablar uchun yozilgan ilk darsliklar esa o’z navbatida, bolalar adabiyotiga yo’l ochdi. Jumladan, 1907-17 yillarda Munavvarqorining “Adibi avval”, “Adibi soniy” darsliklari, Abdulla Avloniyning “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” majmuasi, “Birinchi muallim”, “Maktab gulistoni”, “Turkiy guliston yoxud axloq” Ayniyning “Tahzibus sibyon”, Fitratning “O’qu”, Sh.Rahimiyning “Sovg’a”, “Kattalarga o’qish”, Hamzaning “Yengil adabiyot’, “Qiroat kitobi” kitoblari chop etilib, maktablarda o’qitilgan. Bu kitoblar, xususan alifbodan so’ng o’qitiladigan majmualar “bolalarning tabiatlariga milliy hasrat va nadomatlardan ibrat o’lan nasihatlarni o’rnashdurmak orzusinda” (Avloniy) yaratilgan edi. Demak, aytish mumkinki, ana shu darsliklar birinchi marta bola dunyoqarashi, qiziqishlari, tafakkur olami hamda yosh xususiyatlariga muvofiq yozilgan; ulardagi badiiy ijod namunalari ham kichkintoylar tasavvuriga yaqin bo’lgan. Jadid adiblari va muallimlari ta’sirida ochilgan yangi usuldagi maktablar bolalarni shunchaki xat tanishga o’rgatishga emas, ijtimoiy-siyosiy savodini chiqarishda ham muhim rol oynagan. 1917 yil fevral voqealari arafasida Turkistonda 92 usuli jadid maktabi borligi qayd etilgan. Binobarin, XX asr boshlarida “usuli savtiya” maktablari paydo bo’lishi bilan bu maktablar o’quvchilariga mo’ljallangan ko’plab alifbo va o’qish kitoblari (majmualar) ham maydonga kelib, ularga tom ma’nodagi o’zbek bolalar adabiyotining tug’ilishi deb qarash (R.Barakayev) to’g’ri e’tirofdir. Chindan-da maktab adabiyot darsliklari bolalar uchun yaratilgan ilk maxsus kitoblar sanaladi. Uning sahifalarida badiiy adabiyot namunalari darj etilishi bu fikrni asoslay oladi. Zotan, XX asr boshlaridagi o’zbek ma’rifatparvarlik harakatining yetakchi namoyandasi, Toshkentdagi yangi usul-“usuli savtiya” maktablarining asoschilaridan biri Abdulla Avloniy o’zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotiga ham samarali hissa qo’shgan shoirdir.

11-savol.Pо‘lat Mо‘min she’riyatining o’ziga xosligi.Poʻlat Moʻmin adabiyot ixlosmandlariga, xususan, yosh avlodga shoir, dramaturg sifatida tanish va yaqindir. U oʻzining quvnoq sheʼrlari, zavqli qoʻshiqlari, qiziqarli dostonlari va ertaklari bilan bolalarning sevimli shoirlaridan biriga aylangan edi.

U 1922 yil 24 dekabrda Toshkent shahrida tavallud topadi. Avval pedagogika bilim yurtida tahsil oladi. Soʻng Toshkent Davlat pedagogika institutini tugatib (1944), oʻqituvchilik qiladi. 1948–1950 yillarda gazetalarda adabiy xodim, 1951–1952 yillarda Oʻzbekiston Davlat nashriyoti bolalar adabiyoti boʻlimining mudiri boʻlib ishlaydi. 1954–1960 yillarda Yozuvchilar uyushmasida, 1962–1964 yillarda Madaniyat vazirligi qoshidagi Sanʼat ishlari boshqarmasida xizmat qiladi.

1949 yilga kelib uning “Sayrang, qushlar” nomli ilk toʻplami chop etiladi. Ketma-ket “Boʻl tayyor!”, “Tish choʻtkasi ertagi” (1955), “Hunardan unar” (1958), “Toʻgʻri oʻsgan gul boʻlar” (1960), “Aql qayerda boʻlar?” (1962), “Oltin nay” (1967), “Rahmatga rahmat” (1969), “Eson va omon” (1971), “Odob va oftob” (1971), “Yaxshilarga oʻxshasam”, “Gul va piyoz”, “Kuldi xiyol”, “Men sevaman, sen sevasanmi?”, “Oltin boshoqlar”, “66 oltin qoʻl”, “Ertakdan ertakka” (1990), “Fardlar kitobi” (1993) va boshqa toʻplamlari nashr etildi. Uning “Bolajon, bolajonim” kitobi 2004 yilda kitobxonlar qoʻliga tegdi. Bu toʻplamlarning hammasida yoshlarning begʻubor ruhiy dunyolari, qalb harorati va iztiroblari ifodalangan.

Poʻlat Moʻmin dramaturg sifatida ham “Qovoqvoy va Chanoqvoy” (1970), “Suqatoy va Konfetoy”, “Bahodirning jasorati” kabi asarlarini yaratgan.

U, ayniqsa, mohir qoʻshiqchi shoir sifatida elga tanilgan. Shoirning “Indamadi”, “Onadur ul, onadur”, “Senga bir gap aytaman” kabi oʻnlab qoʻshiqlari oʻzining sodda va ravonligi, musiqiy va xalqchilligi bilan xalqimiz yuragidan oʻrin olgan.

U mohir tarjimon sifatida A. Pushkin, V. Mayakovskiy, S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto, N. Nosov asarlarini ona tiliga oʻgirgan.

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Poʻlat Moʻminning adabiyotimiz oldidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib baholangan. U 1998 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.

12-savol.20-30-yillar о‘zbek bolalar adabiyoti.

Maʼrifatparvarlikni bayroq qilib koʻtargan Abdulla Avloniy, Hamza, Fitrat, Elbek, Munavvarqorilar tomonidan yozilgan darslik va qoʻllanmalarda bolalar hayoti, oʻqishi, axloq-odobi haqida materiallar beriladi.

Abdulla Avloniyning (“Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni”, “Turkiy guliston yoxud axloq”), Hamza Hakimzoda Niyoziyning (“Yengil adabiyot”, “Axloq hikoyalari”, “Qiroat kitobi”) asarlarida yangi davr nafasi ufura boshladi.

Oʻtgan asrning 20yillarida Fitrat, Choʻlpon, Usmon Nosir, Gʻafur Gʻulom, Gʻayratiy, Shokir Sulaymon, Oybek va boshqalarning katta yoshdagi bolalar uchun yozgan asarlarida ilm va mehnatga chaqiriq keng oʻrin oldi.

Kattalar adabiyotining joʻshqin kuychisi Usmon Nosir oʻzining “Bogʻim” sheʼrida inson mehnat qilsa, bogʻ yaratsa, uning mehnati hech qachon yoʻq boʻlmasligini, ayniqsa, u bogʻ barpo qiladigan boʻlsa, uning dov-daraxti mangulikka daxldor ekanligini quyidagicha taʼrifladi, bolalarni mehnat qilishga, bogʻ-rogʻlarni koʻpaytirishga chorladi:

Bargdek uzilib ketsam,

Unutmas meni bogʻim.

Ishimni hurmat qilur,

Gullardan haykal qurur.

Sheʼrlarim yangrab qolur,

Ming yillardan keyin ham

Unutmas meni bogʻim.

Inson hayotda ishonch bilan yashashi kerak. Ayniqsa, odamlarga, xalqqa ishonch har bir bolada boʻlishi lozim. Insonni inson qiladigan ham, uni bor qiladigan ham, yer bilan yakson qiladigan ham xalq. Xalqni sevish, xalqqa ergashish azaldan bor boʻlgan. Shoir Choʻlpon ham xalqning naqadar buyuk kuchqudratga ega ekanligini, bolalar yurish-turishda, oʻqishda, odobaxloqda xalqqa ergashsa, xalqning ogʻirini yengil qiladigan boʻlsa, oʻsib, ulgʻayib har qanday ishning qulogʻini ushlaydigan boʻlsa, aslo kam boʻlmasligini “Xalq” asarida juda xalqona ohangda, hikmatlar shaklida aytadi:

Xalq dengizdir, xalq toʻlqindir, xalq kuchdir,

Xalq isyondir, xalq olovdir, xalq oʻchdir.

…Butun kuchni xalq ichidan olaylik,

Quchoq ochib xalq ichiga boraylik!

Bolalar adabiyoti yildan yilga shakllanib, koʻzga tashlana boshladi. Ayniqsa, bu yillarda yuqoridagi qalamkashlarning safiga Z. Diyor, D. Oppoqova, M. Fayziy, I. Muslim, A. Rahmat, Sh. Saʼdulla, S. Joʻra, M. Oqilova, Q. Muhammadiy, H. Nazirlarning kelib qoʻshilishi katta voqea boʻldi. Ular bolalarni yaxshi oʻqishga, ilm-fan nurlaridan bahramand boʻlishga, davrning haqiqiy oʻgʻil-qizlari boʻlib kamol topishga targʻib etadilar.

Bolalar adabiyoti yildan yilga rivojlanib bordi. 30yillarga kelib, oʻzining professional shoir va yozuvchilariga ega boʻldi. Poyeziya (Zafar Diyor, Adham Rahmat, Ilyos Muslim, Shukur Saʼdulla, Sulton Joʻra, Mahmuda Oqilova, Quddus Muhammadiy), proza (Majid Fayziy, Dorjiya Oppoqova, Hakim Nazir), dramaturgiya (Zafar Diyor, Dorjiya Oppoqova) sohalarida bolalar ijodkorlari yetishib chiqdilar. Sadriddin Ayniy, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Oybek, Shokir Sulaymon, Elbek va Gʻayratiylar ham oʻzbek bolalar adabiyotini yuksaltirish ishiga oʻz hissalarini qoʻshdilar.

Bu davrda Zafar Diyorning “Qoʻshiqlar” (1933), “Tantana” (1936), “Sheʼrlar” (1939), “Muborak” (1940), “Sheʼr va hikoyalar” (1940) toʻplamlari va “Mashinist” (1935) poyemasi, “Baxtli yoshlik” dramasi, “Joʻnatish”, “Nojoʻyaliklar” hikoyalari; A. Rahmatning “Dum” (1938), “Baxtli yoshlik” (1939), “Zavqli allalar” (1940), “Sheʼrlar” (1940), “Hiylagar tulki” (1940) kitoblari; Sulton Joʻraning “Fidokor” (1940); Ilyos Muslimning “Oʻsuv” (1932), “Zaharxandalar” (1932) toʻplamlari, “Miqti keldi” poyemasi (1934); Shukur Saʼdullaning “Hayqiriq” (1933) toʻplamlari bosilib chiqdi.

Bu davrda qardosh xalqlar adabiyotidan juda koʻplab asarlar oʻzbek tiliga tarjima qilindi. Buning natijasida oʻzbek bolalar adabiyoti har tomonlama boyib bordi. Ayniqsa, “Yosh turkistonliklar”, “Bolalar yoʻldoshi”, “Bolalar dunyosi”, “Oʻzgaruvchi yoshlar”, “Yosh kuch” kabi nashrlarning yoʻlga qoʻyilishi bolalar adabiyotining har tomonlama rivojlanishiga sabab boʻldi.

Xullas, bolalar adabiyotining mavzu doirasi kengaya bordi. Yoshlik, maktab hayoti, ona yurt tabiati, xalqlar doʻstligi, ilm, hunar va texnikaga muhabbat mavzulari bolalar adabiyotidan keng oʻrin oldi.

13-savol.2. H.H.Niyoziyning ijodiy faoliyati. Hamza – bolalar shoiri. Hamza XX asr oʻzbek adabiyotiga tamal toshini qoʻyganlardan biri. XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek madaniyatining eng yirik namoyandalaridan, faol maʼrifatparvar shoir, oʻqituvchi, jamoat arbobi. U sheʼriyatni hayotga va xalqqa yaqinlashtirish, hozirgi zamon nasrini oʻzbek adabiyotida qaror topdirish, ayniqsa drama, komediya, tragediya yaratish bobida va teatr sanʼatini rivojlantirishdaulkan izlanishlar va kashfiyotlar qilgan sanʼatkordir. Hamza kompozitor, rejissyor, jurnalist, pedagog va darsliklar muallifi sifatida ham keng maʼlumdir. Hamzaning “Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi” (1915–1917), “Zaharli hayot” (1916), “Paranji sirlaridan bir lavha yoki yallachilar ishi” (1927), “Maysaraning ishi” (1926) kabi dramatik asarlari oʻzbek adabiyotida yangi hodisadir.

Hamza 1889 yilda Qoʻqonda tabib oilasida tugʻildi. Otasi maʼrifatli, ilgʻor ziyoli edi. Hamza eski maktabda, rus-tuzem maktabida va madrasada oʻqidi, fors, arab va rus tillarini oʻrgandi. Shu bilan birga Fuzuliy, Navoiy, Hofiz kabi mashhur Sharq shoirlari, Furqat, Muqimiy asarlari ustida mustaqil mutolaa qildi, ulardan oʻrgandi, ilhomlandi va ular taʼsirida 1905 yildan boshlab “Nihon” taxallusi bilan sheʼrlar yoza boshladi va 25 yoshdayoq “Devon” tuzdi. Ularda Sharq sheʼriyatiga xos muhabbat, diniy tematika bilan birga maʼrifatga chaqirish muhim oʻrin egallaydi. Hamza oʻzining pedagogik faoliyatini 1910 yilda Toshkentda Qashqar mahallasida, 1911 yilda Koʻqonda, 1914 yilda Margʻilonda va yana Qoʻqonda maktablar ochib, bolalarni oʻqitishdan boshladi. Hamza bu maktablarda dars beribgina qolmasdan, ayni choqda “Yengil adabiyot”, “Oʻqish kitobi”, “Qiroat kitobi” (1914–1915) kabi darsliklar ham yozdi. U bir shaharda usuli savtiya maktabini ochib quvgʻin qilinsa, ikkinchi shaharda yana shunday jadid maktabini tashkil qildi, koʻproq kambagʻal bolalarni va kambagʻallarni oʻqitishga intildi. Hamzaning maorif-oʻqitish ishlaridagi yutugʻi shunda boʻldiki, islomni usuli savtiya bilan bogʻlay oldi – Qurʼon va Xadislarni faol yordamga tortib, xalqni ilm-maʼrifatga, yangilikka daʼvat etdi.

1913–1914-yillarda Hamza chet ellarda Afgʻoniston, Hindiston, Suriya, Turkiya mamlakatlarida, Makkada sayohatda boʻldi, u mamlakatlar hayotida roʻy berayotgan oʻzgarishlar bilan tanishdi. 1915–1917-yillar davomidaHamza qator asarlar yaratib, undaxalqhayoti, uning orzu-intilishlarini ifodaladi, oʻzining insonparvarlik gʻoyalarini xalq tili bilan sodda va ravon uslubda bayon etdi, ommani ilm-maʼrifatgachaqirdi, bidʼatni qoraladi. Uning “Yangi saodat” povesti, “Gul” turkumidagi toʻplamlari (“Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi”) shu davrlarda yozilgandir. U maʼrifatparvarlik gʻoyalarini ommalashtirishda teatrdan ham unumli foydalandi.1915–1916-yillarda “Feruzaxonim”, “Ilm hidoyati”, “Loshman fojiasi” kabi qator drama va komediyalar yozib, baʼzilarini oʻzi tuzgan “Havaskor truppa”sida sahnalashtirdi.

Hamzaning 1917 yilga qadar boʻlgan faoliyati va ijodi oʻz davri madaniy-maʼnaviy hayoti, maʼrifatchilik va jadidchilik taʼsirida shakllanib, uning faol ishtirokchisi boʻlganligi, mustamlaka zulmiga qarshi xalq orasida maʼrifat tarqatish yoʻlida tinimsiz kurash olib borganligini koʻrsatadi. U jadidlarga ergashdi va jadidchilikning ilgʻor vakillaridan biriga aylandi. Jadidlar otasi Ismoil Gʻaspirali vafot etganda Hamza marsiya yozib, “Dod qil davri falaqdin, botdi xurshidi jahon”, deb yozdi. Munavvar qorini “muhtaram ustozi oliy”, “maʼnaviy ota”, deb atadi. Hamza bir maqolasida bunday deb yozdi: “Agar bu ahvolda yashayversak, bir muddatdan soʻng bu bidʼatlar orasida bir millat tugʻulub butun islom faqat ismi bor, jismi yoʻq bir holgʻa kelib qolur. Oʻzimizning bidʼatlargʻa mubtalo boʻlgʻonimiz yetar, oʻzimizdan keyingi avlodlarimizning xurshid saodatlarin zavolga yetkurmaylik va hozirdan budardlarning davosiga kirishub, chorasini izlayluk… Buning kabi bidʼat va majusiyat odatlarini yoʻq qilmak uchun yolgʻiz ikki kalima soʻzni yaxshi tushunmak lozim: oʻqimoq va oʻqimoq”. Yana boshqa bir maqolasida u “oʻquv-oʻqituv usullarini zamonga muvofiq tahsil qilmoq choralarini axtarmoq lozim”ligini uqtiradi. Hamza darsliklar yozib, yangi uslubdagi maktab ochib, jurnallar chiqarib jadidchilikni targʻib qilish bilan cheklanmadi, balki ayni chokda oʻzining badiiy asarlarida jadidchilik ruhini keng, dadil va teran targʻib etdi. Maʼlumki, jadidchilikka rus mustamlakachilari ham, boylar va mutaassib ruhoniylar ham qarshi turgan. Shuning uchun Hamza oʻz asarlarida ana shularga qarshi kurash olib bordi. “Zaharli hayot” dramasida Maryamxon “Shariatda jabr harom!”, “Shariatda adolat bor”, “Islomiyat oʻlmaydi”, deydi. Hamza “pora olib, dindan kechib” xalqni aldaganlarni “millat hisi yoʻq ekan” deb taʼkidlaydi.

1917 yil fevral voqeasi munosabati bilan yozgan maqolasida Hamza bunday deydi: “Mana bu kun haqiqatan, hurriyat vositasi bilan eski xoin va zolim, mustabid hukumati 50 yildan beri boʻyin, qoʻl va oyogʻimizga sezimsiz solub kelgan umrlik ogʻir zanjirlarni qoʻlga koʻrsatub yechdi, xolos qildi. Bu haqiqat, musovot vositasi bila, bir taraf, zolim amaldorlar, ikkinchi tarafdan, rahmsiz, shafqatsiz talonchilar temir tirnogʻi ostida poʻstlari butun sidirilub, yuraklari ezilub, choʻkub xonimonlaridan ajrob kelub turgan mazlum, nohaq faqiru bechora, yetim, gʻariblarning burgutlarning panjai margidan raho qildi… Bu kun Ostroumov, Ilminskiy kabilarning tarbiyasida yashagan va aning maslakiga xizmat etuvchi, vatandagi oʻz oramizdan chiqqan din xoinlarini xiyonatlarin haqiqat maydoniga otur. Nohaqlarni sharmanda va marnigun qilur”. Hamza oʻz asarlarida hurriyat, baxt-saodatga birlashish, oʻqish-oʻrganish, mehnat va kurash orqali erishish mumkinligini taʼkidlab: “Birlashsun emdi boshimiz, maslakda karshi yoshimiz”, “Birlashing, Turkiston!”, “Qoʻl ushlashing, birlashing emdi, Turkiston!”, “Haq yoʻlida jon bersak, boʻlsak millat qurboni”, deydi. 1917 yili oʻrtalarida yozgan “Uyon Vatan” sheʼrida Hamza “Ey Islom eli! Bu kun millatga oʻlsun harna himmatimiz!”, “Bitdi istibdod! Yetsun hurriyat! Bitsun nazorat, qullik, asorat!” deb hayqirdi. “Turkiston muxtoriyatina” sheʼrida “Toʻrt yuz yillik Romanov bitgach davlati koʻtarildi asorat, xoʻrlik illati”, “Bir sanjoqda toʻplansin islom davlati” deb kuylaydi.

Hamza sheʼriyati, xususan, uning “Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi” uning ijodidagina emas, balki umuman XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek sheʼriyatida olgʻa tashlangan katta bir qadamdir. Hamza bu realistik turkumda Turkiston xalqining haqqoniy ahvolini, oʻz soʻzi bilan aytganda “Turkiston qissasini” koʻrsatib beradi. Toʻplamdagi sheʼrlarni sodda tilda va xalq qoʻshiqlari pardasida, yoʻsini, yoʻli va ohangida yozadi, har bir sheʼr boshida xalq orasida mashhur boʻlgan biror ashulani koʻrsatib, undan parcha keltirib oʻtadi. Uning “Yangi saodat” povesti ham yangicha proza asarlari yaratish sohasida qoʻyilgan muhim qadamdir. Unda ham maʼrifat, erkin-baxtli hayotga intilish ruhi yetakchilik qiladi. Asarning soʻngida shunday soʻzlarni oʻqiymiz: “Xudo zolim emas, birovga berub, birovga bermay qoʻymas. Xudoyi taborak va taolo saodat ilmda, razolat jahlda, har bir ish bandaning oʻz harakatiga muvofiq, deb kalomida takror xabar bergani bor”.

Hamza dramalari oʻzbek adabiyotiga yangilik boʻlib kirdi. “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” asari rosmana fojia, yaʼni tragediyadir. U “Istibdod qurbonlari” (“Loshmon fojialari” trilogiyasining uchinchi qismi, qolganlari topilganicha yoʻq) asarida istibdod toʻgʻrisida soʻzlab, rus chinovniklarini qahr-gʻazab bilan fosh etadi va aytish mumkinki, bu davr oʻzbek adabiyotida rus chorizmini Hamzadek fosh qilgan yozuvchi boʻlmasa kerak. Oʻzbek adabiyotida haqiqiy maʼnodagi komediya janrining tugʻilishi va rivoji ham Hamza nomi bilan bogʻliq. Hamza “Maysaraning ishi” (“Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi”) asari bilan oʻzbek adabiyotida komediya janriga asos soldi. Hamza komediyalari, eng avvalo, oʻzbek xalq ijodi – xalq qoʻgʻirchoq teatri, askiyachilik va Nasriddin Afandi latifalari, shuningdek, xalqning hazil-hajviy ertaklari zaminida tugʻildi. Shuning uchun komediyalarida xalq ijodi anʼanalarining salmogʻi katta.

Hamza oʻz davrida maktab maorif sohasida ishladi, dram truppalar tuzdi. U toʻgʻri soʻzligi, haqiqatgoʻyligi va murosasizliga tufayli biror yerda muqim ishlay olmadi. Buxoroda, Toshkentda, Fargʻona, Xoʻjaylida, Avval qishlogʻida – yurt boʻylab koʻchib yurdi. 1929 yili 18 martda Shohimardonda fojiali oʻlim uni hayotdan olib ketdi.

Hamzaning maʼrifatchilik faoliyati Turkistonda XX asrning boshidagi umumiy maʼnaviy oʻzgarishlar, ilgʻor pedagogik va ijtimoiy-falsafiy fikrlar, jadidchilik harakati rivojiga muhim taʼsir koʻrsatdi. U oʻz ijodi bilan oʻzbek milliy adabiyotining taraqqiysi, undagi realistik yoʻnalishning borgan sari rivoj topib borishida katta ahamiyatga ega boʻldi. Oʻz xalqi, vatanining farovonligi, maʼnaviy rivoji yoʻlida charchamay, nihoyatda foydali ishlarni amalga oshirdi.

14-savol.2. Qudrat Hikmatning badiiy mahorati.Isteʼdodli bolalar shoiri Qudrat Hikmat qisqa va samarali ijodini kichkintoylarni ilmga ishtiyoq, ona-Vatanga, jonajon yurtimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga bagʻishladi.

Qudrat Hikmat 1925 yilda Toshkent shahrida kambagʻal oilada tugʻildi. Boʻlajak shoir Quddus Muhammadiy rahbarlik qilgan adabiyot toʻgaragida faol ishtirok etdi. Uning bu toʻgarakka qatnashishi sheʼriyat sirlarini egallashida katta ahamiyatga ega boʻldi. Qudrat Hikmatning ijodiy oʻsishida Oybek, Abdulla Qahhor, Uygʻun, Mirtemir, Quddus Muhammadiylarning murabbiylik roli katta boʻldi.

Qudrat Hikmat bolalar uchun 1945 yildan boshlab sheʼrlar yoza boshladi. Uning dastlabki sheʼrlari bolalar va yoshlar gazetalarida hamda jurnallarida bosilib chiqdi.

Qudrat Hikmat bir qancha vaqt Chirchiq shahar gazetasida ishladi. Shu bilan birga mehnatdan ajralmagan holda hozirgi Toshkent davlat pedagogika universitetida oʻqidi. 1957 yildan umrining oxirigacha turli nashriyotlarda muharrir, boʻlim boshligʻi sifatida yosh avlodga kitoblar chop etishda fidoyilik qildi.

Qudrat Hikmatning “Mening Vatanim” (1950), “Baxtli bolalar” (1951 1952), “Odobli” (1953), “Doʻstlik” (1954), “Rodnoy Uzbekistan” (1955) kabi qator toʻplamlari nashr etildi. Keyinchalik “Ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak” (1963), “Soatjonning soati” (1964), “Toshbaqalar hujumi” (1965), “Daydi bola”, “Oʻgʻlim bilan suhbat” (1970) singari kitoblari bilan oʻzbek bolalar adabiyoti taraqqiyotiga samarali hissa qoʻshdi.

Shoir asarlarining mavzu doirasi keng va rang-barang. Turli yoshdagi kitobxonlar Qudrat Hikmat asarlarini sevib oʻqiydilar, ulardan estetik zavq oladilar. Shoir oʻz asarlarida bolalarni qiziqtirgan, ularning bilgisi, eshitgisi kelgan narsa va voqealarni ixcham, oʻynoqi vazn va qofiyalari pishiq ishlangan misralarda ifodalaydi. Qudrat Hikmat ijodining yana bir muhim tomoni shundaki, u bolalar tilini yaxshi oʻzlashtirgan, oʻrgangan. Shuning uchun ham uning sheʼrlari goʻzal va yoqimli, sodda va ravon.

Qudrat Hikmat “Bogʻcha” sheʼrida bolalarni ulkan Vatanning quchogʻiga yetaklab kiradi. Vatan degan shu aziz soʻzni, uning tom maʼnosini bolalarning soya-salqin, ozoda, orombaxsh bogʻchasiga koʻchiradi. Shu yer, kichkintoylarning yurgan-turgan joyi ulugʻ Vatan ekanligini uqtiradi:

Oʻrtoqjon Turgʻun,

Men bilan yurgin.

Bizning bogʻchani

Bir borib koʻrgin.

Turli oʻyinchoq,

Argʻimchoq bizda.

Kemamiz suzar

Dengizchamizda.

Miltigʻimning

Oʻqlari olmos,

Chegaramizga

Dushman yoʻlolmas.

Shoir “Baxtli bolalar” sheʼrida bolalarni ozod, erkin, baxtiyorligi va ularning ona-Vatanga boʻlgan cheksiz mehr-muhabbatlarini gʻoyatda koʻtarinki ruh bilan kuylaydi:

Quyosh yoʻliday

Yorugʻ yoʻlimiz,

Qayga uzatsak,

Yetar qoʻlimiz…

Gullasin doim

Jonajon Vatan!

Xalqimiz uchun

Fido jon va tan.

Qudrat Hikmat kichik yoshdagi bolalarni maktabga qiziqtirishni, ularning ilm-fanga nisbatan boʻlgan havasini uygʻotishni oʻzining shoirlik vazifasi deb bildi. Masalan, uning “Kitob – doʻstim” sheʼrida boshdan oyoq kitob taʼrifi yotganligini koʻramiz. Shoirning taʼkidlashicha, kimki kitobga mehr qoʻysa, astoydil oʻqisa, aqli, zehni rivojlanishini juda oʻynoqi misralarda yozadi:

Kitob – keng dunyo,

Soʻzi nur – ziyo.

Qoʻysang mehringni,

Ochar zehningni.

Shoir kitobning mohiyatini chuqurroq ochishga intilib, “Keng dunyo”, “Soʻzi nur – ziyo” kabi istioralarni qoʻllaydi.

“Salom, maktab” sheʼrida shoir maktabning mohiyati va ulugʻvorligini bir butunligicha kitobxon koʻz oʻngida gavdalantira olgan. Sanʼatkor jozibali misralar tuzib, bolalar eʼtiqodini maktabga tortadi, ularni ilm-fan asoslarini mukammal egallashga undaydi:

Ilm-u fan bogʻi.

Hayot bulogʻi.

Aziz umrning

Suyangan togʻi.

Sheʼrda maktabdan olgan ilmni xalq uchun, Vatan uchun sarf qilish har bir bolaning muqaddas burchi ekanligi alohida taʼkidlanadi:

Sendan olib dars,

Oʻsdik har nafas.

Vatan xizmatin –

Oʻtash bizning qarz.

1952 yilda Qudrat Hikmat hayotida quvonchli voqea yuz berdi. Yana bir kitobi “Baxtiyorlik” nomli sheʼrlar toʻplami nashr etildi. Uning “Odobli”, “Baxtli bolalar” kitoblari shoir nomini keng kitobxonlar ommasiga tanitdi.

Qudrat Hikmat ijodida “Tinchlik haqida qoʻshiq” sheʼri alohida ahamiyatga egadir. Shoir tinchlikning mohiyatini butun borligicha sheʼrga soladi:

Tinchlik juda soz,

Toʻkin-sochin yoz.

Oʻq tovushi chiqmas,

Yangrar qoʻshiq, soz.

Shoir tinchlik soʻzini chuqurroq ochish uchun urushning yomon oqibatlarini yosh kitobxonlar ongiga mos ravishda koʻrsatadi:

Boʻlsa-chi urush,

Oʻt tushar har yon.

Tinch shirin turmush,

Boʻladi vayron…

Goʻzal shaharlar,

Yonib kul boʻlar.

Na giyoh qolar,

Na daryo, koʻllar.

Bu sira boʻlmas,

Xalqlar yoʻl qoʻymas,

Tinchlik – obodlik,

Hech qachon soʻnmas.

Qudrat Hikmat halol mehnatni goʻzal hayot manbayi, u bilan kishi hurmat topadi deb ifodalaydi. Shuning uchun u oʻzining kichik kitobxonlarida yoshligidanoq mehnat koʻnikmalarini tarbiyalashni asosiy vazifa deb biladi. “Buvimning deganlari” sheʼrida oʻz mehnat samarasidan xursand boʻlgan kichkintoylar qiyofasini yaratadi. Muallif oʻzining kichkina qahramonidagi intilishni sezib, uni ulugʻ ishlarga boshlaydi. Sanobar buvisi bilan pilla qurti tutadi va bu ishdan benihoya xursand boʻladi:

Sanobarning vaqti chogʻ,

Barg keltirdi bir quchoq.

Buvi ham Sanobarning ishidan xursand boʻladi, endi uning katta ishlarni ham uddalay olishiga ishonadi:

Endi senga shu soʻzim –

Qurtlar kirdi dahaga,

Oʻrnak boʻlib hammaga

Dastaga harakat qil,

Oʻz ishingning koʻzin bil!

Shoir Sanobarning buvisidan oʻrgangan ishining katta ijtimoiy mohiyatga ega ekanligini sodda misralarda chuqur ochishga erishadi:

Bu yil bizlar uch marta

Qurt tutib, mamlakatga –

Topshiramiz pillani,

Pilla emas, tillani.

Bu sheʼrning har bir misrasi oʻynoqi, tez yodda qoladigan asarlardan biridir. Buning uchun yuqoridagi parchaga, ayniqsa, “Pilla emas, tillani” iborasiga qayta nigoh tashlash kifoya.

Shoir bu sheʼrida bolalarni mehnatsevarlikka, Vatan va xalq oldidagi burchini muqaddas deb bilishga undaydi:

Qudrat Hikmatning “Chovkar”, “Toshbaqalar hujumi”, “Qum ostida qovunlar”, “Ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak”, “Chirchiq farzandi”, “Koʻmilgan oltin, vaysaqi xotin va tadbirkor ovchi qissasi” kabi poyema va ertak-dostonlarini bolalar huzur qilib oʻqiydilar va katta estetik zavq oladilar.

Qudrat Hikmatning “Bobodehqon hangomasi”, “Qum ostida qovunlar”, “Toshbaqalar hujumi” poyemalarida bolalarning kattalar mehnatiga qiziqishlari, ulardan oʻrnak olishga intilishlari yoritiladi.

Oz va mazmunli umr koʻrgan Qudrat Hikmat bolalarga bagʻishlab yigirmadan ziyod kitob yozdi. U tamomila yosh kitobxon ishonchini oqlab, kishilar hurmatini qozondi. Buning evaziga u munosib taqdirlanib, el nazariga tushdi. Shoir oʻzi bashorat qilib:

Olmos mening yuragim,

Tolmas mening yuragim.

Kim aytadi elimda,

Qolmas mening yuragim, –

Deb yozgani kabi bugun u barhayot, oramizda, mehri koʻz qoramizda.

15-savol.S.Jо‘ra ijodida о‘lkaga muhabbat mavzusi.Sulton Joʻra 1910 yilning 15yanvarida Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi Qagʻaltom qishlogʻida dehqon oilasida tugʻildi. Yetti yoshida ota-onasidan yetim qolgan Sulton dastlab boshlangʻich maktabda oʻqidi. U 1924 yilda Buxoroga kelib erlar pedagogika bilim yurtiga oʻqishga kirdi va uni 1930-yilda bitirdi.

Sulton Joʻra 1931–1938-yillarda Buxoro pedagogika institutining ishchi fakultetida oʻqiydi. 1938–1941 yillarda Andijondagi oʻqituvchilar instituti va pedagogika bilim yurtida til va adabiyotdan dars berdi.

1942 yilda Sulton Joʻra harbiy xizmatga chaqiriladi. U dushmanga qarshi ham qurol, ham qalam bilan mavdonavor jang olib bordi. 1943 yilning 14noyabrida Belorussiya tuprogʻida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi janglarning birida jangchi-shoir qahramonlarcha halok boʻldi. Sulton Joʻraning dastlabki sheʼrlari 1933 yilda Buxoro yosh shoirlarining “Sheʼrlar” toʻplamida nashr etildi. Uning 1939 yilda “Fidokor”, 1941-yilda “Moskva” sheʼriy toʻplamlari, 1942-yilda “Iroda” nomli pesasi nashr etildi. Isteʼdodli shoirning vafotidan soʻng 1951 yilda rus va oʻzbek tillarida “Tanlangan asarlar”, tinch qurilish yillari davrida “Havorang gilam”, “Zangori gilam”, “Bruno”, “Parvoz”, “Qaldirgʻoch”, “Tanlangan asarlar” kitoblari bosilib chiqdi.

Ikkinchi jahon urushi davrida yaratgan asarlarida fashist gazandalarining butun yovuzliklari ochib tashlandi, ularda yovga qarshi laʼnat va nafrat tuygʻulari davr kishilarining yuksak vatanparvarlik ruhi bilan hamohang yangradi. “Toʻpchi Muhammad”, “Pulemyotchi ovozi”, “Chavandoz”, “Uch ogʻayni botirlar”, “Nayzamiz” (1941), “Qahramon Qoʻchqor” (1942), “Jahon seni olqishlar”, “Berlin aptekasida” (1943) sheʼrlari shular jumlasidandir.

Sulton Joʻra kattalar uchun joʻshqin lirik sheʼrlar, yirik dostonlar yaratish bilan birga, bolalarga atab ham ajoyib asarlar yozdi.

Shoir-pedagog Sulton Joʻra bolalar uchun yozgan asarlarida baxtli bolalik, Vatanga muhabbat va dushmanga nafrat, mehnat ahllariga eʼtiqod tuygʻularini ifodaladi. Ayni chogʻda, u yaxshi va aʼlo baholarga oʻqish uchun kurashish, rostgoʻy va intizomli boʻlish, madaniy va pokiza kiyinish, savodxon va chiroyli yozuv malakasini egallash kabi taʼlim-tarbiyaviy masalalarni ham badiiy vositalarda talqin etdi. Bunday gʻoyalar shoirning “Yozgi yomgʻirdan soʻng” (1936), “Qizlar”, “Aʼlo” va “Yaxshi”ning maqtovi”, “Zangori gilam” (1939), “Lola”, “Oy nechta?”, “Tinish belgilarining majlisi”,“Choʻntak”, “Sirkda” (1940), “Qarzdor”, “Qaldirgʻoch”, “Yolgʻonchi”, “Dengiz tagida” (1941), “Sogʻinib” (1942), “Sogʻinchli salom”, “Salom xat” (1943) kabi asarlarida oʻz ifodasini topdi.

U oʻz asarlarida bolalar va maktab hayotini, ularning oʻqishi, koʻcha va oilada oʻzini tutishini haqqoniy aks ettirdi. Shoir yosh kitobxonning diqqatini oʻziga tortuvchi asarlar ijodkori sifatida tanildi.

Bolalar ilmiy-ommaviy mavzularda yozilgan sanʼat asarlarini ham sevib oʻqiydilar. Sulton Joʻraning bunday mavzudagi asarlaridan biri “Oy nechta?”dir. Bunda shoir kichkintoylarning orzuumidlarini ona va bolalarning suhbati orqali ifoda etadi:

Ona dedi:

– Yotinglar endi,


Faqat bitta osmonning oyi!

Katta boʻlgach, aylanaylarim,

Oyning oʻzin minib koʻrarsiz.

– Oʻshanda-chi, oyijon, bizga,


Katta toti[1] olib berarsiz.

“Mamatning kechirmishi” sheʼrida shoir Mamatning ichkiruhiy kechinmalari, ishyoqmasligi, yalqovligi, toʻngligi orqasida darslardan qoloq boʻlib, iztirob chekishini ishonarli aks ettirgan. Mana, hamma uxlagan, ammo tanho Mamat uygʻoq. Shoir uning ana shu daqiqalardagi qalb iztirobini, ruhan qiynalayotganligini, notinch ruhiy holatini sodda, ravon misralarda tasvirlaydi.

Shoir qoloqlik sabablarini birovdan emas, balki qahramonining oʻzidan qidirtiradi va buni Mamatning oʻzini gapirtirish orqali ochadi.

Qoloqligi sababli ruhan azob chekib, qiynalib yurgan Mamat oʻjarligi, oʻzboshimchaligini tan olib, doʻstlari yordamida oyoqqa turib, endilikda astoydil oʻqishga ahd qiladi:

– Boʻldi… Men bas qildim yalqovlikni,

Doʻstlarimday olay bilimni.

Achchiq tajribamning oʻzi saboq,

Ol, darsxonam, ishq dilimni!

Bor kuchimni berayki, bu “yomon”

Yondashmasin menga ertadan.

Nomim Mamat boʻlmay ketsin agar,

Vaʼda qilgan boʻlsam joʻrttaga!

Sulton Joʻra qissadan hissa chiqarib, aʼlo oʻqish katta ahamiyatga ega ekanligini bolalarga uqtiradi:

Aʼlo oʻqish oʻzi yuksak shuhrat,

Har shuhrating tillarda doston.

Sheʼrda barcha tasviriy vositalar gʻoyaviy, badiiy niyatni yorqin amalga oshirishga qaratilgan. Shoir tabiat lavhalari, goʻzal hayotiy tasvirlar vositasida qahramonning ichki holatini ochadi va taʼsirchanlikka erishadi:

Barcha uxlar…

Kumush ariqchaning

Eshitilar shildir-shildiri,

Yaproqlar ham “alla” deb tebratar

Sirtlariga qoʻngan oy nurin.

“Mamatning kechirmishi”da yalqovlikni tashlab, aʼlo oʻqishga mahkam bel bogʻlagan bolaning ijobiy namunasida oʻz kuchiga ishonish, nuqsonlarga tanqidiy qaray bilish gʻoyat katta kuch degan taʼlim-tarbiyaviy, pedagogik oʻgit ilgari suriladi.

Taʼlim-tarbiya sohasida yozma nutq sanʼatini egallash eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Baʼzi oʻquvchilar grammatik mashqlar bilan jiddiy shugʻullanmasligi, badiiy adabiyotni kam oʻqishi natijasida yozma ishlardan oqsaydilar. Chiroyli yozuv qoidalarini buzib, xunuk xat yozishdan tashqari, turli xatolarga yoʻl qoʻyadilar. Pedagog-shoir Sulton Joʻra taʼlim-tarbiya ishidagi bunday nuqsonlarni tugatishda oʻquvchilarga yordam berish maqsadida “Kimning xati chiroyli?”, “Tinish belgilarining majlisi”, “Harflar paradi” sheʼrlarini yozdi.

“Kimning xati chiroyli?” sheʼrida bolaning sogʻlom, baquvvat boʻlib kamol topishida, yozuvining goʻzal boʻlishida partada toʻgʻri oʻtirish qoidasiga qatʼiy rioya qilish katta ahamiyatga ega ekanligini ham uqtirib oʻtadi:

Oʻtirishim toʻgʻri, soz,

Qoidaga juda mos.

Koʻkragimni men sira,

Oʻltirganim yoʻq tirab!

Chiroyli yoz, yozsang xat!

Chunki bu ham zoʻr sanʼat…

Shoir ijodiy faoliyatida “Tinish belgilarining majlisi” sheʼri katta ahamiyatga ega. Sheʼrda oʻzbek tilining eng muhim qoidalari – tinish belgilarining vazifalari bolalarga mos ravishda, jonlantirish kabi badiiy tasvir vositasi orqali ifoda etiladi. Unda har bir tinish belgisi jonlantirilib, qoʻllanishiga mos tarzda gapirtiriladi va oʻziga xos joyiga qoʻyiladi. Bu holat kitobxonda aniq tasavvur hosil qiladi va shoirning pedagogik, badiiy mahoratini egizak holda namoyish qiladi.

Shoir sheʼrda oʻxshatishdan ham ustalik bilan foydalanib, undov belgisini mirzaterakka, nuqtani koptokka; soʻroq belgisini oʻroqqa, zirak taqqan quloqqa, vergulni kichik toʻqmoqqa, qoʻshtirnoqni qiziqchilarga, tireni gugurtga oʻxshatib, shoirona tasvirlaydi. Gapda esa nuqta “fikrlarning stansiyasiga”, vergul “fikrlarning razezdi” (toʻxtab uchrashadigan joy)ga oʻxshatiladi. Bunday oʻxshatishlar tinish belgilari qoidasini oson oʻzlashtirishga yordam beradi.

Soʻroq belgisi:

Uqdingizmi? Yetadimi? Bormi savol?

Yoki oʻzim soʻrayinmi sizdan savol?

Vergul:

Gar undalma gapda kelsa qoq oʻrtada,

Uning ikki yonboshida men joʻrttaga,

“Qani endi undalmaxon, qochib boq-chi” –

Deb boʻlurman yubormayin unga soqchi,

Gar undalma gap soʻngida kelsa, u choq,

Undan oldin qoʻyilarman, tushun oʻrtoq!

Qoʻshtirnoqlar:

Mana rais: – “Vaqt tamom, toʻxtangiz!”

Deb qoldi-ku, mayli, endi yoʻq gapimiz.

Tire:


Biroq shartim – soʻz qolmasin oʻlda-joʻlda.

Koʻrinib turibdiki, shoir tinish belgilarining xususiyatlarini tasvirlabgina qolmay, unga muvofiq misollarni ham sheʼriy yoʻl bilan koʻrsatgan. Shuning uchun bu sheʼrni koʻrgazmali sheʼr deyish va undan darslarda ijodiy foydalanish mumkin.

“Yolgʻonchi” dostonida bolalarni rostgoʻy boʻlishga, yaxshi va aʼlo oʻqishga chaqiriladi. Doston qahramoni Noʻmon maktabda taʼlim-tarbiya qoidasini buzuvchi, oʻqituvchi va ota-onasiga nisbatan hurmatsizlik qiluvchi bola sifatida gavdalanadi. Shoir, Noʻmon qoniqarsiz oʻqishiga qaramay, oʻzini tuzatish oʻrniga oʻqituvchiga zarda qilishi, yolgʻon gapirishi, oʻjarligi, dars tayyorlamasligi va ishyoqmasligini turli hayotiy parchalarda juda ishonarli tasvirlaydi. Chunonchi, Noʻmon oʻqituvchi yozib bergan xatni yirtib tashlab, “2” baholarini yashirib, oʻzini aʼlochi qilib koʻrsatib, beodobligini fosh etadi.

Noʻmon oʻqituvchi va ota-onasi taʼsirida butun kamchiliklarini anglab yetadi, yaxshi oʻqishga vaʼda beradi va vaʼdasining ustidan chiqadi. Doston oʻz kamchiliklarini anglab, oʻqishga astoydil berilgan Noʻmonning ijobiy xatti-harakatini ulugʻlash bilan tamomlanadi.

Sulton Joʻraning “Havorang gilam” ertagidagi qahramon Rahimdir. U oʻtmishda ogʻir kulfatlarni boshidan kechiradi.

Rahim zindondan qochib, uyiga kelsa, na xotini, na qizi bor. Uning xaroba uyini shoir:

Uy oʻrnida bir devor!

Atrofi oʻt – tikanzor, –

Deb tasvirlaydi. Gʻazabda yongan Rahim zulmkorlarga qarshi kurashga bel bogʻlaydi. Ertakda shoir asar qahramoni Rahimning hayoti haqida hikoya qilar ekan, uning eʼtiborga loyiq eng muhim belgisini – xalq bilan chambarchasligini koʻrsatadi. Dostonda yovuzlarga qarshi bir tan, bir jon boʻlib kurashgan xalq ozodlikka chiqadi, zulmkorlarni tag-tugi bilan yoʻq qilib, baxtli hayotga erishadi. Shoir “mozorday jimjit”, “qushlar uchsa qanoti, inson yursa oyogʻi” kuyadigan bepoyon dasht-choʻllarda endi yangi hayot qaynayotganini tasvirlab, bularning hammasi Rahimlarning ijodiy mehnati tufayli yuz berganligini bolalarga hikoya qiladi:

Choʻl oʻrnida bogʻ-boʻston,

Rang-barang bir guliston…

Qoʻngʻiroqday shalola,

Oy kabi nurli dala…

Daryoni qilib qamal,

Oʻtkazishgan zoʻr kanal…

Xullas, goʻyo bu – sara

Va ajoyib manzara

Oʻxshardi boqqan sari

Gilamchaki – zangori!..

Koʻrdi: koʻm-koʻk keng dala,

Unda ishlar bir gala

Son-sanoqsiz er-xotin,

Ekardilar zar-oltin…

Xalq ommasining mehnati tufayli ajoyib shaharlar, choʻl oʻrnida boʻstonlar yaratilishini tasvirlash orqali shoir kattalar mehnatiga bolalarning havasini oshiradi. Sulton Joʻra “Sogʻinchli salom” sheʼrida Vatanga muhabbat, dushmanga nafrat hislarini va gʻalabaning muqarrarligini tasvirlaydi. Shoir “guli gʻunchalari”, “oltin yulduzchalari”, “girgitton qizchalari”ga sogʻinchli salom yozar ekan, ularga nemis bosqinchilarining yovuzliklari va vahshiyliklari, insoniyat boshiga solgan azob-uqubatlari, jabr-zulmi, fashistlar vayron qilgan joylardagi xalqning ogʻir ahvoli, yosh bolalarning ayanchli taqdiri haqida hikoya qilib beradi. Shoir urush va uning dahshatlarini, xalqning azob-uqubatlarini oʻz koʻzi bilan koʻrib, boshidan kechirgan bir kampir tilidan soʻzlab, voqeaning taʼsirchanligini, bolalar ongiga tez, oson yetib borishini taʼminlaydi. Kampirning qalbi dardga toʻla. Gʻam, alam, qasd uning butun vujudini egallab olgan. Uning soʻzlari orqali fashistlar tomonidan otib oʻldirilgan qizi va nevarasining fojiasigina emas, umuman dushmanning yovuzligi, rahm-shafqatsizligi roʻyirost ochib berilgan:

Koʻzim ochsam ne koʻray:

– Voy! “Qoʻrqinchli manzara”,


Koʻkragidan qon oqib,

Yerda yotar Varvara…

Fashist jallod nayzasin

Sanchibdi koʻkragidan,

Bolaning hali yoshi

Ketmagan ki prigidan,

Bir tomonda onasi,

Bir tomonda bolasi,

Qon ichida yotibdi.

E voh, har ikkalasi!..

Urush dahshatlarining kichik bir parchasini yuqoridagiday tasvirlash bilan shoir bolalarning murgʻak dilida urush olovini yoquvchilarga nisbatan kuchli nafrat tuygʻularini qoʻzgʻatadi. Ular qalbida tinchlik, doʻstlik, baxtiyorlik haqidagi ulugʻ maqsad, buyuk orzu hislarini uygʻotadi.

Obod qishloqlarni vayron qilgan, begunoh kishilarning umrini xazon qilgan fashistlardan qasos olishga bel bogʻlagan gʻazabkor otaning hayqirigʻi tubandagi misralarda zoʻr mahorat bilan tasvirlangan:

Ana shu Varvaraday

Qancha yosh bolalarni,

Bolalik boʻstonida

Ochilgan lolalarni

Halok etgan peslardan –

Shu jallod fashistlardan

Jon uchun jon olaman,

Qon uchun qon olaman.

Xullas, fashist yovlarni

Tor-mor etib batamom

Soʻngra, jigarbandlarim,

Yoningizga qaytaman!..

Shoir his-hayajonni oshirishda xalq ogʻzaki ijodidan oʻrinli foydalangan:

Hay, janubga uchgan qush,

Kel, yonimga bir pas tush!

Qizlarimga xat beray,

Andijonga qarab uch!

Pedagog-murabbiy va jangchi-shoir Sulton Joʻra oʻzbek bolalar adabiyotining xazinasiga oʻzining ana shunday qimmatbaho asarlari bilan munosib hissa qoʻshgan.

16-savol.Zafar Diyor hayoti va ijodi.Butun hayoti va ijodini kichkintoylarga baxshida etgan Zafar Diyor bolalarning kitobxonligini oshirish maqsadida ularga murojaat qilib, shunday degan ekan:

– Ilm oʻrganish eng moʻtabar ishdir. Ilm odamning qadrini oshiradi, ilmli kishilar dunyoda eng izzatli, hurmatli boʻladilar. Ilm dunyoda odamlar uchun eng sevimli, eng shirin neʼmatdir. Shunday ekan, siz dunyoda rohatda yashashni istasangiz, hamma meni sevsin desangiz, bor kuchingiz bilan oʻqishga, ilm olishga gʻayrat qiling.


Bolalar! Oʻqing, darsga ixlos qoʻyib oʻqing, foydali kitoblardan foyda va lazzat olish uchun oʻqing. Kishining eng aziz, eng shirin va eng qimmatli vaqti yoshlik davridir. Shunday qimmatli yoshligingizni, aziz umringizni foydasiz ishlarga sarf qilmang, kitob oʻqing, faqat kitob oʻqing! Zafar Diyor 1912 yilda Namangan viloyatining hozirgi Chust tumani, Samsoqtepa qishlogʻida kambagʻal dehqon oilasida tugʻil di. 1916 yilda Zafarlar oilasi Toshkent shahriga koʻchib keladi. Zafarning otasi dalada, onasi esa bosmaxonada mehnat qiladilar.

1927 yilda Zafar toʻliqsiz oʻrta maktabni bitiradi va Samarqanddagi Narimonov nomli pedagogika texnikumiga oʻqishga kiradi. Texnikumda oʻqib, koʻproq ilm-fan sirlaridan bahramand boʻlishga harakat qiladi. Uning dastlabki sheʼriy mashqlari bilim yurti devoriy gazetasi sahifalarida koʻrina boshlaydi.

Yigirmanchi yillarning oxiri va oʻttizinchi yillarning boshlarida uning yoshlar gazeta va jurnallarida ilk sheʼrlari chop etila boshlandi. Zafar Diyorning birinchi sheʼri yosh shoirlarning “Qurilish kuylari” degan toʻplamida bosilib chiqdi. Koʻp oʻtmay uning birinchi sheʼrlar toʻplami “Qoʻshiqlar” nomi bilan 1933 yilda nashr etildi.

Yosh shoir 1933 yilda bilim yurtini muvaffaqiyatli bitirgach, oʻqituvchi boʻlib ishlay boshladi. Bu hol uning maktab va bolalar hayoti bilan yaqindan tanishishida, yosh avlod hayoti haqida yozadigan asarlarining hayotiy, puxta boʻlishida ijobiy oʻrin tutadi.

1934 yilda Zafar Diyor Samarqanddan Toshkentga qaytadi va hozirgi “Tong yulduzi” gazetasida adabiy xodim, keyinroq esa masʼul kotib boʻlib ishlay boshlaydi. Shu bilan birga, u hozirgi Toshkent davlat pedagogika universitetining til va adabiyot fakultetiga kirib, oʻqishni davom ettiradi.

Oʻzbek hamda qardosh xalqlar yozuvchilarining asarlarini qunt bilan oʻqiydi, oʻrganadi. Oʻsha yillari gazetada Zafar Diyor bilan birga ishlagan yozuvchi Hakim Nazir oʻz esdaliklarida shunday yozadi: “Men Zafarni oʻylasam uni nuqul shod-xurram bolalar qurshovida, quvnoq chehrasidan nur taralib, sertabassum lablaridan sheʼr durdonalari yogʻilayotganday koʻraman. Chindan ham, u bolalarga juda yaqin edi. Maktablar va bolalar uylarida, kutubxona va bogʻchalarda bot-bot boʻlar, yosh kitobxonlarga yangi-yangi sheʼrlarini bolalarcha muloyim, sodda, shirali ovoz bilan oʻqib berar, ayrim sheʼrlarini yoddan ifodali oʻqir, bolalarga ham sheʼr oʻqitib eshitardi. Shunda u oʻzining qaysi sheʼrlari bolalar koʻrigidan yaxshi oʻtganini, qaysi sheʼrni koʻproq sevib qolganlarini koʻrar, bolalarga yoqtirish uchun qanday sheʼrlar yozish lozimligini fahmlab olardi. “Biz bolalarga nuqul oʻrgatibgina qolmay, ulardan oʻrganib ham turishimiz kerak”, derdi.

Zafar Diyor 1935 yilda dastlabki mashhur asarlaridan biri boʻlgan “Mashinist” dostonini yaratdi. Dostondagi Ashur obrazi baxtiyor yoshlarning fazilatlarini umumlashtirishga bagʻishlangan.

Maktabda oʻqish Ashurni hunarli qilish bilan birga, uning ongi va tushunchasini ham oʻstiradi. U vatanga sadoqatli, har doim olgʻa intiluvchi ilgʻor yoshlardan biri boʻlib yetishadi. Shuning uchun doston qahramoni oʻz umrini Vatan yoʻliga tikishga tayyor turadi:

Sevinaman, hali yoshman, koʻp yashayman,

Bu oʻlkaning saodati – baxti uchun.

Yana oʻqib, yana kulib koʻp ishlayman,

Shu koʻplarning biri boʻlib, oʻlkam uchun,

Ha! Mamlakat, shunday vaʼda beray senga:

Butun umrim sening porloq hayotingga!

Asar yoshlarning ilm-fanga, kasb-hunarga, ona-Vatanga muhabbat va sadoqat ruhi bilan sugʻorilgan.

Zafar Diyorning oʻttizinchi yillar ijodi vatanparvarlik, baynalmilallik va mehnatsevarlik tuygʻularini aks ettiruvchi asarlarining koʻpligi bilan xarakterlidir. Bu xil asarlar yoshlar xarakterini shakllantirishda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Shoir ijodidagi muhim mavzulardan biri inson va tabiat munosabatidir. Bu jihatdan uning “Binafsha”, “Navbahor”, “Qushlar haqida qoʻshiq”, “Kapalak” singari sheʼrlari ahamiyatlidir.

Rang-barang gullarni, turli-tuman qushlarni sevgan shoir bolalar ruhiyatini chuqur tahlil etib, ularni ham ona tabiatni sevishga va parvarish qilishga ruhlantiradi. Shoir bolalarda qushlarga muhabbat hissini uygʻota oladigan quvnoq vazn, oʻynoqi misralar yaratadi. Shu maqsadda soʻzlarning xilma-xil takroridan, misralarni esa mayakovskiychasiga tizib, tasvirning ohangdorlik jarangini, kuchini yanada oshiradi:

Hoy qushlar,

Qushlar,

Qushlar,

Qanot qoqib kelinglar, saʼva,

Mayna,


Bulbullar.

Sizga termular koʻzlar…

Bizga ortiq yoqadi Quvnoq qoʻshiq-kuyingiz!

(“Qushlar haqida qoʻshiq”)

Shoir bolalarning tabiat hodisalariga, hasharot-u jonivorlarga, ayniqsa, kapalakka qiziqishini, muhabbatini kichkintoylarga xos soʻz va ohangda ifodalab, kichkintoyning hayotga diqqateʼtiborini oshiradi, kapalak obrazi orqali kitobxonda insoniy tuygʻularni shakllantirishga harakat qiladi:

Uch, ucha ber, ucha ber,

Goʻzal bogʻcham – gulshanda.

Sira ozor bermayman,

Sevgim, fikrim ham sanda.

Kapalakjon, kapalak,

Doʻst boʻlaylik ikkimiz,

Toʻxta, soʻzlayin andek!

(“Kapalak”)

Zafar Diyorning “Binafsha” sheʼrini yoddan bilmagan oʻquvchi boʻlmasa kerak. Sheʼr oʻzining ravon oʻqilishi, qofiyalarning jarangdorligi bilan oʻquvchini oʻziga tortadi:

Binafshaxon, binafsha,

Kulishlaring chiroyli.

Bogʻimizda ochilib,

Turishlaring chiroyli.

Shoirning “Mamlakat”, “Kazbek”, “Tilsiz oʻrtoq”, “Madriddan kelgan mehmon” kabi sheʼr va dostonlari shoir ijodining har taraflama yuksalishidan dalolat beruvchi liro-epik asarlardir.

Zafar Diyor bolalarning xatti-harakatlarini, orzu-intilishlarini yaxshi biladi. Shu jihatdan qaraydigan boʻlsak, uning “Kel, uchaylik shimolga” sheʼri gʻoyat oʻziga xosdir. Bunda shoir “Quyosh tushmaydigan” qutbni borib koʻrishni orzu qilgan bolaning lirik obrazini gavdalantiradi. Yosh bolaning murgʻak xayoli shimoliy qutbni borib koʻrishni, undagi hodisalar bilan tanishishni xohlaydi. Shoir lirik qahramonning ulugʻ maqsadlarga erishish uchun fan va texnika asoslarini amalda egallashi kerakligini chuqur anglaydi. Buni shoir modelcha yasash jarayonida kichik yoshdagi bolalarning ruhiyatiga mos, sodda holda tushuntiradi va ularda katta ishlarga – qahramonlikka havas uygʻotadi:

Yosh boʻlsam ham mayliga

Qanot bogʻlab uchayin.

Muz sahrosi Qutbning

Sirin men ham ochayin.

Hoy, suyukli modelcham,

Tayyormisan safarga?

Fikrim senda hamisha,

Kel, uchaylik Shimolga!

Shu narsa eʼtiborliki, sheʼrda Zafar Diyor bolalarning texnikaga intilishi va qiziqishlarini qizgʻin qoʻllab-quvvatlaydi, ulardagi oliy his-tuygʻularni oʻstirishga, vatanparvarlik hislarini tarkib toptirishga yordam beradi. Shoir bunday yuksak tuygʻularni badiiy sodda, taʼsirchan va mazmundor misralar bilan ifodalaydi:

Butun dunyo anglasin:

Bir modelist kepti, – deb,

Yangi avlod bayrogʻin

Qutb uzra tikdi, – deb.

Sheʼr bolalarning kelajakda orzu-umidlariga erishishlariga boʻlgan katta ishonch bilan tugaydi. Bu asar bolalarni ilm va hunarga muhabbat, tinmay olgʻa intilishga chaqiriq ruhida tarbiyalashi jihatidan katta ahamiyatga ega.

Zamondoshlarimizning yangi qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish, moʻl-koʻl hosil olish va qishloqlarni obodonlashtirish ishida olib borayotgan kurashlari “Yuksak togʻ, keng oʻtloq va mard oʻrtoq haqida qissa” dostonida ochib berilgan.

Zafar Diyor dostonda sahro-choʻllardagi shamolning vahimasi va uning ayanchli tasvirini chizib, yosh kitobxon diqqatini mehnatga jalb qiladi. Doston ertak shaklida, bolalarbop usulda yozilgan. Shoir sahrolarning “Qashqir kabi uvillovchi”, “Boyqush kabi huvlovchi” dahshatli shamollari odam – tabiat dushmani ekanini obrazli misralarda yoritadi. Shundan keyin shoir hayotni goʻzal, sahro-choʻllarni obod qilishda suvning qadrini juda yaxshi bilgan keng oʻtloqni jonlantirib soʻzlatadi va u yerlarda “gul hayot” qurish gʻoyasini olgʻa suradi. Keng oʻtloq yuksak togʻga murojaat qiladi:

Ne boʻlarmish bizning ham

Koʻksimizdan ketsa gʻam.

Bu gʻam suvsiz ketmaydi,

Suvsiz yara bitmaydi…

Men suvingdan kuch olsam,

Tentak yeldan oʻch olsam.

Uzoq yillar xoʻrlangan,

Qaqrab toshga aylangan

Koʻksim boʻlardi obod,

Boshlanardi gul hayot…

Talabimga yetkur, togʻ,

Ber suvingdan, jon oʻrtoq!

Yuksak togʻ ham chorasizlikdan oʻz dardini – suvni keng oʻtloqqa eltib berolmasligini oʻkinch va alam bilan soʻzlaydi.

Shoir endi bolalar fikrini boshqa narsaga – dunyoda ongga, qudratga ega boʻlgan inson va uning taʼrifiga buradi. Zafar Diyor insonning kuch-qudratini sodda, mazmunli, shirali, bolalar qalbiga tez yetadigan iboralarda ifodalagan:

Bu mardlik va mahorat,

Bu kuch-quvvat, jasorat

Insonlarga yoʻldoshdir,

Ularga xos qoʻldoshdir.

Butun borliq – tabiat

(Bu soʻzlarim haqiqat.)

Boʻysunajak insonga

Gul tutajak ul jonga.

Shoir insonning aql-zakovati, kuch-qudrati haqida fikrlar ekan mubolagʻaga zoʻr beradi, insonni, hatto tabiatni ham oʻziga boʻysundiruvchi kuch sifatida taʼrif etadi. Albatta, bu fikrlar turgʻunlik davrining oqibatidir. Negaki, “Sirdaryoning jilovlanishi” bugungi kunda xalqimizga qimmatga tushmoqda. Bir soʻz bilan aytganda, tabiat insonlarning boshboshdoqlik xatti-harakatlari uchun shafqatsiz oʻch olmoqda. Bundan bu asar mutlaqo keraksiz yoki zararli asar ekan, degan xulosaga kelmaslik zarur. Asar kitobxonlarni mehnatsevarlikka, yaratuvchilikka, tabiat bilan inson munosabatida muhabbat tuygʻulari boʻlishi lozimligiga undaydi. Bu fikrini ifoda etishda shoir yangi usul – togʻ va oʻtloqlarni jonlantirish orqali erishadi:

– Hoy, mard oʻrtoq, mard oʻrtoq,


Qara, qancha keng oʻtloq

Suvsizlikdan dili dogʻ,

Uning ohin oʻchirib,

Chamanzorga aylantir,

Mangulikka shodlantir.

Dostonda shu tariqa xalqimizning choʻl-biyobonlarni bogʻrogʻlarga aylantirish orzusi oʻzining badiiy ifodasini topgan.

Zafar Diyor dostonning gʻoyaviy-badiiy mukammalligi uchun qattiq ijodiy mehnat qilgan. Asarning tuzilishi xalq ertaklariga yaqinligi bilan ahamiyatlidir. Shoir asarning sehrli, romantik, yaʼni gʻoyat taʼsirchan, oʻqimishli boʻlishini taʼminlash uchun sodda, ajoyib badiiy-tasviriy vositalardan ustalik bilan foydalangan. Keng oʻtloq, choʻllarning suvga tashnaligi va uning orzusi haqidagi “Bitta toʻyib suv ichsak”, “Suv ber,

menga suv bergin”, “Koʻksimdan soʻng gul tergin”; sahro va uning shamoli toʻgʻrisidagi “Eng gʻazabli, eng oʻchli, xarsangtoshday qotaman, misdek qizib yotaman”; davr kishilarining kuch-qudratiga oid “Chinordek zoʻr qomati, Goʻroʻgʻlidek savlati” kabi tasviriy vositalarga boy misralar fikrimizning isbotidir.

Bu asar yosh kitobxonlarni mehnat va tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalashi bilan muhimdir.

Zafar Diyorning koʻpgina asarlari mehnat mavzusiga bagʻishlangan. Ana shunday asarlaridan biri “Kichkina bogʻbon haqida doston”dir. Dostonda bolalar va yoshlar dov-daraxtlarni ekish, parvarish qilishga chaqirilib, mehnat zavqi va ahamiyati kuylanadi. Bu gʻoya Shotursun obrazi orqali ifodalanadi. Kichik qahramon otasi bilan birlashib mevali daraxtlarni parvarish qilishga, “Qoʻlda kichik ketmon” bilan bogʻlarni yashnatishga mehr qoʻyib, mehnatda oʻzini koʻrsatadi.

Zoʻr gʻayrat va katta ishtiyoq bilan ishga kirishgan Shotursunning oʻzi parvarish qilib yurgan bir tup olmasi barvaqt pishib, moʻl-koʻl hosil beradi. Bola bir yili yalqovlikka berilib, olmaga qaramay qoʻyadi. Shoirning mahorati shundaki, olmani jonlantirib, uning soʻzlari orqali bolalarga ibrat boʻladigan fikrni aytadi:

– Bu yil esa, Shotursun,

Gʻayrating yoʻq unchalik,

Berilmassan deb edim

Yalqovlikka bunchalik.

Ahvolimni soʻrmading,

Oqlamading tanamni,

Qurt-qumursqa talaydi,

Ertadan kech mevamni.

Olmaning bunday ayanchli ahvoli Shotursunga qattiq taʼsir qiladi va u oʻz xato-kamchiliklarini toʻla anglaydi. Shoir oʻquvchida Shotursunga nisbatan mehr uygʻotadi, undan oʻrnak olishga chaqiradi. Zafar Diyorning uchinchi toʻplami 1939 yilda “Sheʼrlar” nomi bilan bosilib chiqdi. Uning bu toʻplami mavzu jihatidan bolalarbopligi, qiziqarli mazmun va obrazli ifodalari bilan ajralib turadi. Bu esa Zafar Diyorning ijod sirlarini tobora mukammal egallab borayotganini, bolalar va yoshlar hayotini yaxshi oʻrganib, ular uchun puxta, barkamol asarlar yaratish yoʻlida tinmay ijodiy mehnat qilayotganini koʻrsatdi.

Toʻplamdagi “Amudaryo boʻyida” sheʼrida shoir oʻlka chegarachilarining lirik obrazini mahorat bilan chizgan. Sheʼrda bolalarni chegara soqchilarining hayoti, ularning masʼuliyatli va faxrli burchi bilan tanishtiradi.

“Qutb qoʻshigʻi” sheʼrida esa shoir olam yaralgandan buyon hech kim borib koʻrmagan qutbni egallagan bugungi kishilarning jasorat-u kuch-qudratini yusak muhabbat bilan kuylaydi.

Zafar Diyor koʻp sheʼrlarida vatanparvarlik, Vatanga muhabbat gʻoyalarini ilgari suradi. Bolalarni Vatanning munosib farzandlari boʻlib kamol topishga undaydi. Buning uchun ularga bilim manbayi boʻlgan kitobni sevib, fan asoslarini chuqur egallashlari zarurligini uqtiradi. Bu gʻoyani “Kitob, mening doʻstimsan” sheʼrida shunday tasvirlaydi:

Varaqlasam bir boshdan

Quvnab bahrim ochilur,

Oltin harf-soʻzlardan

Totli maʼno sochilur.

Shuning uchun deymanki:

Kitob, mening doʻstimsan!

Zafar Diyor kitobning mohiyatini bolalar ongiga oson singdirishda jonlantirish vositalaridan ustalik bilan foydalana olgan. Shoir kitobni bola tilidan shunday taʼriflaydi:

Har sahifang men uchun

Bir hikoyat soʻzlaydi,

– Oʻqib, odam boʻlgin, – deb

Yaxshi niyat koʻzlaydi.

Shoir kitobni bolaning eng yaqin, mehribon doʻsti, gʻamxoʻr oʻrtogʻi deb koʻrsatgach, uni jon-dildan sevgan bolaning jonli qiyofasini chizadi:

Seni jondan sevaman,

Meni tilga oʻrgatding,

Hadya qilib ilm-fan,

Yorugʻ yoʻllar koʻrsatding.

Shoir kitobning mohiyatini bolalarga chuqurroq anglatishda, uni taʼsirchan qilib gavdalantirishda: “Baxtim kular kitobdan”, “Quvnab bahrim ochilur”, “Yosh oʻynoqi koʻzlarim shuur olar kitobdan” kabi istioralarni ishlatib, sheʼrning badiiy taʼsirchanligini yanada oshirgan.

Zafar Diyor ikkinchi jahon urushi yillarida hozirgi “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida adabiy xodim boʻlib ishladi. Ayni chogʻda, u tinmay samarali ijod etdi. Shoirning “Gʻunchalar”, “Serquyosh oʻlka”, “Ona qoʻshigʻi”, “Bizning oila”, “Qahramon”, “Tankist”, “Ulugʻ bayram”, “Qurol bering menga ham”, “Qahramonning kelishi”, “Biz yashamoq istaymiz”, “Qoʻriqchilikda” singari jangovar sheʼrlari shu yillarda yaratilgan.

Zafar Diyor baxtli bolalarning goʻzal bogʻlardan, chamanzorlardan, rang-barang gullardan, bahordan olgan quvonchini “Bahor keldi”, “Orzu”, “Qaldirgʻoch”, “Qushlar haqida qoʻshiq”, “Binafsha” kabi sheʼrlarida sodda, ravon tilda, ohangdor, yengil qofiyali, oʻynoqi misralarda shoirona talqin etadi va ular qalbida hayotga mehr uygʻotadi.

Zafar Diyor bugungi oʻzbek bolalar dramaturgiyasi taraqqiyotiga ham barakali hissa qoʻshdi. U bolalar hayoti haqida “Baxtli yoshlik”, “Yosh vatanparvarlar”, “Omonat”, “Uch ogʻayni” kabi qator dramalar ham yozgan.

Oʻzbek bolalar nasrini rivojlantirishda Zafar Diyor ham oʻz hissasini qoʻshgan. Uning “Joʻnatish”, “Choʻpon qizi”, “Nojoʻyaliklar” kabi hikoyalari shular jumlasidandir.

Zafar Diyor bolalar adabiyotining hamma janrlarida qalam tebratdi. U bolalarning turmushi, talab-ehtiyojlari hamda orzutilaklarini, turmushini, ularning ruhiyatini puxta bilganligi uchun bolalarning yoshiga, ong tushunchasiga moslab, gʻoyaviy-badiiy jihatdan puxta asarlar yaratdi. Shoir oʻzining qoʻshiq va sheʼrlarida hamda boshqa asarlarida yosh kitobxonlarni ulugʻ yurtimizning behisob boyliklari bilan faxrlanishga, kelgusida yaxshi hayot bunyod etishlari uchun astoydil kurashuvchi, ongli, madaniyatli, vatanparvar kishilar boʻlib yetishish uchun aʼlo baholar bilan oʻqishga chaqiradi. U yosh avlodni mehnatga muhabbat bilan qarashga, rostgoʻy va intizomli boʻlishga undadi, ularda vatanparvarlik, doʻstlik tuygʻularini oʻstirishga katta eʼtibor berdi. Uning asarlari davr bolalari va yoshlari uchun zavq bagʻishladi, ularni oʻqish-oʻrganish va kamol topish uchun kurashga ruhlantirdi.

Oʻzbek bolalar adabiyotining rivojlanishiga sheʼr va qoʻshiq, doston va ertaklari bilan juda katta hissa qoʻshgan Zafar Diyorning asarlarini bolalar hamon sevib oʻqiydilar va yuksak qadrlaydilar.

17-savol.О‘zbek mumtoz adabiyotida tarbiya masalalari. Alisher Navoiy ijodi va uning о‘gitlari.XV asr jahon maʼnaviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hijriy 844 yil ramazon oyining 17-kuni (1441 yil 9 fevral) da Hirotda tugʻilgan. Hirot shahri XV asr birinchi yarmida Sohibqiron Amir Temur asos solgan ulugʻ saltanatning ikkinchi poytaxti, Temurning kenja oʻgʻli Shohrux Mirzoning qoʻl ostidagi obod manzillaridan biri edi.

Alisher tugʻilgan xonadon Temuriylar saroyiga eskidan yaqin va yurtda muayyan nufuz sohibi edi. Boʻlgʻusi shoirning otasi Gʻiyosiddin Muhammad oʻgʻlining tarbiyasiga jiddiy eʼtibor berdi. Alisherning sheʼriyatdagi ilk ustozi togʻasi Mir Sayyid Qobuliy va Muhammad Ali Gʻaribiylardir. Navoiy “Majolis un-nafois” asarida Qobuliy haqida: “Yaxshi tabʼi bor erdi, turkchada mayli koʻproq erdi…” desa, Gʻaribiy haqida: “Xush muxovara (xushsuhbat) va xushxulq va dardmand yigit erdi. Koʻproq sozlarni yaxshi chalar erdi. Uni va usuli xoʻb erdi. Musiqiy ilmidin ham xabardor erdi…” deydi.

1447 yilda Shohruh vafot etgach, Temuriy shahzodalar oʻrtasida toj-taxt dardi xuruj qilib, yurtda talotoʻp boshlandi va Gʻiyosiddin Muhammad xonadoni ham koʻp qatori vatanni tark etdi. Yosh Alisher uchun taqdir sinovlari boshlandi. Shohruxning nabirasi Abulqosim Bobur 1452 yilda Hirot taxtiga oʻtirgach, Alisherning otasini Sabzavorga hokim etib tayinladi. Lekin oradan koʻp oʻtmay Gʻiyosiddin kichkina dunyodan koʻz yumdi. Bu paytda Alisher endigina 12 yoshga qadam qoʻygan edi. Abulqosim Bobur Alisher va uning maktabdosh doʻsti Husaynni oʻz tarbiyasiga oldi, 1456 yili esa oʻzi bilan Mashhadga olib ketdi. Keyinchalik Husayn Boyqaro sipohiylik yoʻlini tanladi, Alisher esa zamonaning “malik ul-kalom”i Mavlono Lutfiy tahsini va hayratiga sazovor boʻlgan isteʼdod egasi boʻlib yetishdi. “Faqirning nazmlari Xurosonda shuhrat tutib erdi”, deb yozadi Navoiy 1455–1458 yillar haqida.

Taqdir Alisher Navoiyni zamonaning ulugʻ va sharafli kishilariga yaqin qildi, ustoz-murabbiylik etuvchi zotlar bilan oshno etdi. 1466–1468 yillar Alisherning umri asosan Samarqandda kechdi. Sulton Husayn Boyqaro Hirotni egallaganda, Alisher Navoiy 28 yoshli mukammal bilimlar egasi, yurtga tanilgan shoir va tajribali davlat arbobi darajasiga yetishgan edi.

1469 yilda Sulton Husayn iltimosiga koʻra Alisher Navoiy Samarqanddan Hirotga qaytadi va ramazon hayiti munosabati bilan doʻsti sharafiga bitilgan “Hiloliya” qasidasini unga taqdim etadi. Husayn Boyqaro Alisherni muhrdor qilib tayinlaydi va shu paytdan shoirning el xizmatidagi faol jiddu jahdi boshlanadi. Koʻp oʻtmay Navoiy muhrdorlikni oʻzining yaqin doʻsti va fikrdoshi, shoir Amir Shayxim Suxayliyga topshiradi. “Bu noziktaʼb va zukko Amir 20 yildan ortiq Boyqarogʻa mulozim boʻldi”. Lekin Boyqaro doʻstining noroziligiga ham qaramay, 1472 yil fevralida uni vazir lavozimiga tayinlaydi va “Amiri Kabir” (“Ulugʻ Amir”) unvonini beradi. Bu lavozimda Navoiy el-ulus manfaati, shahar va mamlakat obodonchiligi, madaniyat ravnaqi, adolat tantanasi uchun foydalanadiki, bularning barchasi oqibat natijada Sulton Husayn davlatining barqarorligi va nufuzini taʼminlaydi.

Hirot bu davrda nihoyatda koʻrkamlashdi, xalq turmushi yaxshilandi, sheʼriyat, nafis sanʼatlar rivoj oldi. Talabalar uchun “Ixlosiya” madrasasi, darveshlar uchun “Xalosiya” xonaqohi, bemorlar uchun “Shifoiya” shifoxonasi, masjidi Jome yoniga Qorixona (“Dor ul-huffoz”) qurildi. Ulugʻ amirning kutubxonasida 70 dan ortiq xattot va musavvirlar qoʻlyozmalarni oqqa koʻchirish, ularni badiiy bezash bilan band edilar. Hirotda yana “Nizomiya”, Marvda “Xusraviya” va boshqa madrasalar bino etildi.

Navoiy madrasa, shifoxonalar qurdirib qoʻya qolmasdan, ularni kerakli darajada jihozlash, oʻz-oʻzini taʼminlash uchun vaqf yerlar ajratib berish, mudarrislar, tabiblar va boshqa xodimlar bilan taʼminlash, ularga oylik maosh, ozuqa, kiyim-bosh belgilashgacha, talabalar nafaqasi va kitoblarigacha – barcha-barchasini mukammal boshqarib, tashkil etib berar edi va oʻzi doimo xabar olib, nazorat qilib turishni ham unutmasdi. Binolar qurilishi tarhi bilan bevosita shugʻullanar, usta va shogirdlar mehnatidan boxabar boʻlib turardi. Shoir oʻz huzuriga tez-tez sheʼr, ilm va sanʼat ahlini chorlab, maʼrifiy suhbatlar uyushtirib turar, yosh isteʼdodlarni tarbiyat qilib, ularga sharoit yaratardi. Xondamir, Behzod, Vosifiy va oʻnlab ushbu tarbiyatga noil boʻlgan isteʼdod egalari shular jumlasidandir.

Shu davr ichida Alisher Navoiy oʻz qoʻli bilan birinchi devoni “Badoyi ul-bidoya” (“Badiiylik ibtidosi”)ni tuzdi. Bu devonga uning yoshlik va yigitlik paytlarida yozgan 800 dan ortiq sheʼrlari jamlangan boʻlib, shoir ijodiy kamolotining birinchi bosqichini aks ettiradi.

Alisher Navoiyga bagʻishlangan tarixiy va ilmiy asarlarda batafsil tavsif qilinishicha, 1469–1481 yillar Alisher Navoiyning ijtimoiy hayot va obodonchilik borasidagi eng faol xizmat koʻrsatgan yillari boʻlgan. Shoir 1481 yili “Vaqfiya” asarini yozib, unda oʻzining binokorlik va xayriya ishlariga yakun yasab, oʻz-oʻziga hisob bergan.

Navoiy dehqonchilik ishlarini yoʻlga qoʻyib, juda yaxshi natijalarga erishgan. Tarixchilarning yozishicha, Navoiyning bir kunlik daromadi 18 ming shohruxiy dinor mikdorida edi. Ulugʻ Amir bu daromadning koʻp qismini xayrli ishlarga sarf qilgan. Tarixchi Xondamir Navoiy qurgan 52 rabot, 20 hovuz, 16 koʻprik, bir qancha toʻgʻon, ariq, hammom, masjid-madrasalarni eslaydi. Navoiy turli soha olimlariga homiylik qilib, oʻnlab ilmiy risolalar bitilishiga bevosita sababchi boʻlgan.

1483 yildan Alisher Navoiy oʻzining buyuk “Xamsa” asarini yozishga kirishdi va uni uch yilda tugalladi. Besh dostonni oʻz ichiga olgan bu ulkan badiiy qomus 50 ming misradan oshiq boʻlib, Navoiyning barcha sheʼriy merosining deyarli yarmini tashkil qiladi. “Xamsa” – Alisher Navoiy ijodining qalbidir.

Fors tilidagi birinchi “Xamsa” buyuk shoir Nizomiy Ganjaviy (1141–1209) tomonidan yaratildi. Shoir hech bir oʻrinda oʻzining “Xamsa” yozganligini qayd etmaydi. Nizomiy vafotidan 100 yil oʻtib, Hindistonda tugʻilib oʻsgan forsiyzabon turk oʻgʻloni Xusrav Dehlaviy Nizomiy “Xamsa”siga birinchi boʻlib tatabbu yozadi va “xamsachilik” anʼanasini boshlab beradi. Dehlaviy “Xamsa”si Nizomiyga ajoyib sharh va undagi mazmunlarning yangicha talqini sifatida oʻzining ham, salafining ham shuhratini olamga yoydi. Keyingi XIV–XV asrlar mintaqa maʼnaviyati “Xamsa” anʼanasi taʼsirida rivoj oldi, shoirning salohiyati va iqtidori hech boʻlmaganida “Xamsa”ning bir dostoniga munosib javob yoza bilish bilan oʻlchanadigan boʻldi. Bu jahon maʼnaviyati tarixida betakror hodisadir. Turkiy adabiyotda Qutb va Haydar Xorazmiylar boshlab bergan “xamsachilik” anʼanasi oʻzining kamolini Alisher Navoiy ijodida topdi.

Islom aqidalariga koʻra bir kecha-kunduzda oʻqiladigan besh vaqt namoz “al-Xamsatu” deyiladi, dinimizning besh ustuni (rukni) ham – tavhid (imon), namoz, roʻza, zakot, haj – oʻziga xos “Xamsa” (beshlik)ni tashkil etadi. Demak, Nizomiy dostonlarini “Xamsa” turkumi sifatida talqin etilishi, unga Amir Xusrav va Navoiy javoblari bejiz emas. Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonining muqaddima qismida bu masalaga maxsus toʻxtalib, “Xamsa”ning har bir dostoni yozilishini kunning maʼlum vaqtlarida oʻqiladigan sahar, peshin, asr, shom va xufton namozlari bilan qiyos etadi hamda “Xamsa”ni buyuk togʻ choʻqqisiga koʻtarilish mobaynida besh oʻrinda toʻxtab, nafasni rostlash uchun bino etilgan besh oromgohga oʻxshatadi. Navoiy oʻz “Xamsa”sini yaratishga 1483 yilda kirishgan boʻlsa, uning birinchi dostoni “Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”)ni oʻsha yili yozib tugatdi. 1484 yilda “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sabʼai sayyor” (“Yetti sayyor”), 1485 yilda “Saddi Iskandariy (“Iskandar devori”) dostonini poyoniga yetkazdi. Shoir oʻz “Xamsa”siga kiritilgan dostonlarda oʻsha davr uchun muhim boʻlgan muammolarni qoʻydi, mutafakkir sifatida ilgʻor qarashlarni ilgari surdi, oʻzbek tilining qudratini olamga namoyish etdi.

Navoiyning turkiycha “Xamsa”sining yaratilishi XV asrda Xuroson eli uchun favqulodda shodumonlik va saodat sifatida qabul qilindi. Davrning ikki qutbi – maʼnaviyat piri Jomiy va buyuk sulton Husayn Boyqaroning hayrati va yuksak eʼtirofi ushbu haqiqatga dalildir.

Navoiy shu yillar orasida ikkinchi devoni – “Navodir un-nihoya” (“Behad nodirliklar”)ni tuzishga kirishdi. Mutafakkir adib tarixiy haqiqatga ham muayyan izchilliqda oʻz munosabatini bildirib oʻtishni insof yuzasidan lozim topdi va “Zubdat ut-tavorix” (“Tarixlar qaymogʻi”) asarini yozib tugatdi.

1487 yili qishda Navoiy Astrobod hokimi etib tayinlandi. Boshqa bek va amirlar uchun sharafli hisoblanishi joiz boʻlgan bu martaba Amir Alisherning nozik tabiati uchun muayyan darajada ozorli boʻldi. Ammo shoh hukmi vojib, Amiri Kabir oʻlkaning hassos bir xududini muhofaza va obod qilish niyatida joʻnab ketdi. Astrobodda Navoiyning ikki yil chamasi hokimligi bu shahar ahli uchun saodatli, Boyqaro saltanati uchun xayrli boʻldi. Bu orada birin-ketin Navoiyning eng yaqin ustoz va musohiblari hayotdan koʻz yumdilar. 1488 yili Sayid Hasan Ardasher, 1492 yili Abdurahmon Jomiy, 1493 yili Pahlavon Muhammad vafot etdi. Navoiy ustozlari xotirasiga “Holoti Sayid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad”, “Xamsat ul-mutahayyirin” (“Besh hayrat”) asarlarini shu yillar ichida yozib tugalladi. Bu asarlarida oʻsha davr voqeligiga oid qimmatli maʼlumotlar bilan birga Navoiy yaratgan yangi badiiy olamning nazariy asoslariga oid bir qator dalil va mulohazalar ham bayon etilgan. Shu yillarda yana Navoiy davr shuarosi xususida “Majolis un-nafois” va Islom maʼnaviyatining buyuk siymolari, xususan, turk, fors, hind mashoyixlari tarixiga oid “Nasoim ul-muhabbat” (“Muhabbat shabbodasi”) risolalarini yozadi. Bu asarlar nihoyatda muhim manba boʻlib, oʻsha davr maʼnaviyatining jonli siymolaridan mingga yaqin kishi haqida qimmatli maʼlumotlarni oʻzida jam etgan. Bundan tashqari nafaqat tasavvuf irfoni va adabiyoti, balki Islom davri maʼnaviyatining boshqa muhim jihatlari haqida ham koʻplab nazariy mulohazalar ushbu asarlar qatidan joy olgan boʻlib, ularni mufassal tadqiq etish milliy maʼnaviyatimizni xolis anglab yetishda bugungi avlodlar uchun benazir manba va asos boʻlib xizmat etadi.

1492 yilda aruz ilmiga bagʻishlangan “Mezon ul-avzon” (Vaznlar oʻlchovi”) risolasi yozildi va shoir oʻz lirik ijodini qayta taqsimlab, yangi devonlar majmui – “Xazoyin ul-maoniy” (“Maʼnolar xazinasi”)ni yaratish ishiga astoydil kirishdi. “Chor devon” nomi bilan shuhrat qozongan bu buyuk majmua 45 ming misraga yaqin turli janrlardagi kichik va oʻrta hajmli sheʼrlarni oʻzida jamlagan boʻlib, “Gʻaroyib us-sigʻar” (“Bolalik ajoyibotlari”), “Navodir ush-shabob” (“Yigitlik davri nodirliklari”), “Badoyeʼ ul-vasat” (“Oʻrta yosh kashfiyotlari”), “Favoyid ul-kibor” (“Keksalikdagi foydali mulohazalar”) nomlari bilan ataladi. Bu toʻrt jiddda 16 janrga oid 3000 dan ortiq sheʼr boʻlib, ularda 2600 gʻazal, 210 qitʼa, 133 ruboiy, 86 fard, 52 muammo va boshqalar mavjud. “Xazoyin ul-maoniy”ga oldingi ikki alohida devondagi sheʼrlarning deyarli barchasi kirgan boʻlib, keyin yaratilgan 1400 ga yaqin yangi asarlar qoʻshilgan.

Bu turkiy tilda yozilgan asarlari, dostonlari, sheʼrlaridan tashqari Navoiy fors tilida ham 12 ming misradan oshiq sheʼr, muammo janri haqida “Mufradot” risolasini, “Sittayi zaruriya”, “Fusuli arbaa” turkum qissalarini yozdi, “Foniy” taxallusi bilan alohida devon tuzdi. Ushbu asarlar Xoqoniy, Amir Xusrav, Saʼdiy, Hofiz, Kamol Xoʻjandiy, Jomiy kabi fors adabiyotining mumtoz namoyandalari bilan ijodiy bahsda tugʻilgan boʻlib, ham badiiy ifoda, ham mazmuniy teranlikda salaflar bilan teng qudrat namoyish etadi.

Navoiy 1498 yilda “Lison ut-tayr”, 1499 yilda “Muhokamat ul-lugʻatayn”, 1500 yili “Mahbub ul-qulub” asarlarini yozdi. Bu uch asar buyuk shoir va mutafakkir ijodining avj nuqtalari edi. Adib “Muhokamat ul-lugʻatayn”da oʻzining butun ijodiy yoʻlini sarhisob qilib, turkiy tiddagi sheʼriyatning qudratini taʼkidlagan. Unda, jumladan, quyidagi maʼlumot bor: “Chun “Lison ut-tayr” ilhomi bila tarannum tuzupmen, qush tili ishorati bila haqiqat asrorini majoz suratida koʻrguzupmen”. Alisher Navoiy goʻdaklik chogʻlaridan tasavvuf sheʼriyatining ustodi Farididdin Attor yaratgan “Mantiq ut-tayr” asariga mehr qoʻygani bizga maʼlum. Umrining oxirida ushbu asarga tatabbu – javob yozar ekan, oʻzining shungacha yozgan barcha asarlariga falsafiy yakun yasaydi. Attor asari Borliqning yagona mohiyati haqida, Haq asrori va inson uchun uni anglab yetish imkon darajasi haqida edi. “Lison ut-tayr” mazmuni “Mantiq ut-tayr”ga zid yoki undagi fikrlarning takrori ham emas, balki yangi tarixiy-maʼnaviy bosqichdagi sharhi, talqinidir.

Attorning qushlar tilidan yozilgan dostonida irfoniy ehtiros nihoyatda joʻshqindir. Navoiy esa bosiq voqeaband tasvirga urgʻu beradi, qushlar sarguzashtida va ichki hikoyalarda hayotiylikni kuchaytiradi. Bu bejiz emas. Oxirgi xulosada Navoiy salafiga qaraganda olgʻa ketadi, masala mohiyatini teranroq his qiladi va badiiy tasvirni ham shunga munosib yaratadi.

Nihoyat Navoiy oxirgi asari – “Mahbub ul-qulub” (“Koʻngillarning sevgani”) risolasida barcha savollarga yana oʻzi javob bergan. Bu asar tom maʼnoda ijtimoiy-falsafiy va axloqiy gʻoyalarga toʻliq boʻlib, XV asrda mavjud boʻlgan barcha ijtimoiy toifalar mohiyati mufassal ochib berilgan, ijtimoiy va axloqiy hodisalarning oʻzaro bogʻliqligi, yaxlitligi ishonarli taʼkidlangan. Bu asar turli aforizm, maqol va matnlarga boy boʻlib, xalq orasida juda keng tarqalgan.

Alisher Navoiy oʻzi va salaflari – Nizomiy, Dehlaviy, Hofiz, Iroqiy va boshqalar yaratgan mustaqil badiiy tafakkur tarzini “majoz tariqi” deb nomladi va unda Haq asrori “majoz suvratinda” aks etishini taʼkidlagan. Bu Borliqni oʻziga xos idrok etish tarzi Naqshbandiyaning “Dil ba yoru dast ba kor” qoidasiga muvofiq boʻlib, unda ibrat, ilm, irfon va amal bir nuqtada birlashar va yangi dunyoga koʻz ochardi. Tavhid taʼlimoti va eʼtiqodini idrok etishning eng yuqori bosqichi boʻlgan bu dunyoqarash tizimi “Xamsa” va “Lison ut-tayr” asarlarida, shoir lirikasida badiiy inʼikosini topgan.

1500 yillarga kelib shoirning hayot sharoiti qiyinlashib, sogʻligi zaiflashib qolsa-da, ijoddan toʻxtamadi. 1501 yilning boshida Navoiy kasallikdan vafot etdi. Butun Hirot xalqi oʻzining buyuk shoiri bilan xayrlashishga chiqdi va 7 kun davomida motam tutdi. Navoiy oʻz ijodi bilan oʻzbek adabiyotining soʻnggi rivojini belgilabgina qolmay, Movarounnahr va Xurosonning butun maʼnaviy madaniyati taraqqiyotiga juda katta taʼsir koʻrsatdi. Uning asarlari, sheʼriyati qayta-qayta koʻchirilib, xalq orasida keng tarqalib, shoirlar uchun maktab vazifasini oʻtadi, madrasalarda keng oʻrganildi.

Alisher Navoiy ijodini oʻrganish, uning ilmiy tahlili boʻyicha soʻnggi yillarda qator taniqli tadqiqotchilar ish olib bordilar va bugungi kunda ham Navoiyning merosi koʻpgina olimlarimizni ilhomlantirib keladi. Hozir maktablar, xiyobonlar, koʻchalar buyuk shoirimiz nomi bilan yuritiladi. Uning nomida Oʻzbekiston Davlat mukofoti taʼsis etilgan.

18-savol.Hakim Nazir.Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir 1915 yil 15 oktyabrda Toshkentning Arpapoya mahallasida mahsidoʻz oilasida tavallud topdi. Boshlangʻich maʼlumotni onasi Malika otin maktabida oldi. Mehnat faoliyatini 15 yoshidan poyafzal fabrikasida boshlab, ayni choqda kechki ishchi-yoshlar maktabida oʻqidi.

1941 yilda Toshkent Davlat pedagogika institutining kechki boʻlimida, 1954–1956 yillarda esa Moskva Oliy adabiyot kursida tahsil oldi.

Adib mehnat faoliyatini 1933 yili oʻquvchilar gazetasida (hozirgi “Tong yulduzi”) adabiy xodim sifatida boshladi. Shundan keyin uzluksiz respublika yoshlar gazetasida, ridioeshittirishlar qoʻmitasida, Badiiy adabiyot nashriyotida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy xodim, boʻlim mudiri, masʼul kotib, bosh muharrir, adabiy maslahatchi vazifalarida xizmat qildi.

Hakim Nazirning adabiy faoliyati oʻtgan asrning 30-yillaridan boshlanib, dastlabki mashqlari ‒ hikoyalari 1933 yildan eʼtiboran turli jurnallarda bosildi. “Qishloqdagi jiyanlarim” nomli ilk kitobi 1948 yilda nashr etildi, ilmiy-adabiy jamoatchilik nazariga tushdi. Shundan keyingi oltmish yillik sermazmun ijodi mobaynida kattalar va bolalar uchun 50 dan ortiq kitob chop ettirdi. Bu kitoblardan joy olgan asarlarida odob-axloq, odamiylik, doʻstlik va mehnatga muhabbat, vatanparvarlik haqida bahs boradi. Bolalarning rang-barang ruhiy olamlari gavdalantiriladi.

Adibning “Besh baho” (1955), “Choʻl havosi” (1958), “Yaxshi nom” (1962), “Meni taniysizmi?” (1963), “Bolajonlarim” (1964), “Ali bilan Sher” (1971), “Bir ogʻiz soʻz” (1982) kabi koʻplab asarlari shu jihatdan xarakterlidir.

Hakim Nazirning “Koʻkorol chiroqlari” (1954), “Yonar daryo” (1966), “Kenjatoy” (1976), “Tohir Zuhra qissasi” (1985) hamda “Dadamni topib beringlar” (1991) nomli qissalarida yoshlarning boy, begʻubor va sirli ichki olami, mehnatga, oila va muhabbatga, hayotga boʻlgan munosabatlari ifoda etilgan. Yozuvchining “Lochin qanotlari” (1973) romani oʻzbek bolalar va oʻsmirlar adabiyotida kam yoritilgan urush mavzusiga bagʻishlangan.

Hakim Nazir dramaturg sifatida “Chiranma gʻoz, hunaring oz” pyesasi bilan oʻzbek bolalar dramaturgiyasi rivojiga oʻz hissasini qoʻshdi. Asar koʻp yillar davomida Yosh tomoshabinlar teatri sahnasida muvaffaqiyatli namoyish etildi.

Yozuvchi ijodida kattalar uchun yozilgan hikoya, ocherk va qissalar ham yetakchi oʻrinni egallaydi. “Musobaqadoshlar” (1950), “Odamning qadri” (1958), “Oʻtlar tutashganda” (1960), “Onaizor” (1961), “Aziz odam” (1964), “Shoshilinch telegrammalar” (1987) kabi hikoya va ocherklardan iborat toʻplamlari, “Suv gadosi oqpadar dengizni boshlab keldi” (1962) va “Koʻkterak shabadasi” (1988) kabi qissalari shular jumlasidandir.

Hakim Nazir tavalludining 50 yilligi munosabati bilan ikki jildlik (1969–1970), 60 yilligi oldidan besh jildlik “Tanlangan asarlar”i (1977–1981) chop etildi. Yozuvchining 80 yilligiga bagʻishlangan, memuar janriga mansub ikki yangi kitobi bosildi ‒ biri “Oq fotiha yoki bolalik sarguzashtlari” xotira-qissasi (1995), ikkinchisi esa “Yodimdasiz, azizlarim” (1995) esdaliklaridir.

Hakim Nazirning oʻnlab kitoblari rus, qozoq, qirgʻiz, turkman, tojik, gruzin, arman, ukrain, belorus, latish, litva, eston, nemis, fransuz, ispan, bulgʻor, chex, moʻgʻil tillariga oʻgirilgan, alohida kitoblar holatida nashr etilgan.

Adib asarlarining umumiy tiraji ‒ sanogʻi bir yarim milliondan oshadi.

Hakim Nazir besh jildlik “Tanlangan asarlar”i, bolalar adabiyotini rivojlantirishdagi katta xizmatlari, ijodining maʼnaviy-madaniy hayotimizdagi nufuzi uchun Oʻzbekiston Davlat mukofotiga sazovor boʻldi (1981). Unga “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvoni berildi (1994). Shuningdek, adib Xans Kristian Andersen nomidagi xalqaro diplom bilan ham mukofotlangan (1984).

2000 yilda oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qoʻshgan hissasi uchun Hakim Nazir “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi.

19.Gʻayratiy ijodi.Oʻzbek adabiyoti ravnaqiga oʻz ulushini qoʻshgan adiblardan biri Gʻayratiy – Abdurahim Abdulla oʻgʻlidir. U 1902 yilda Toshkentning Degrez mahallasida hunarmand oilasida dunyoga keldi. Otasi oʻqimishli, adabiyotga qiziqqan kishi boʻlgan. Onasidan erta judo boʻlgan Abdurahim mahalladagi Oyimxon aya qoʻlida tarbiya topadi. Uning adabiyotga qiziqishida ham aya aytgan ertaklar muayyan rol oʻynaydi.

1912–1915 yillarda u eski maktabda, soʻng madrasalarda tahsil oladi. Shu yillarda Navoiy, Muqimiy, Furqat asarlari bilan tanishadi. Oktyabr toʻntarishidan soʻng Toshkentdagi “Namuna” maktabi qoshidagi oʻqituvchilar tayyorlash kursini tugatib, xalq maorifi sohasida ishlaydi. Boʻlgʻusi adibning ilk sheʼri 1921 yilda “Bolalar haftasi” nomi bilan “Qizil bayroq” gazetasida bosilib chiqadi.

1926 yilda Gʻayratiy Ozarbayjonga borib, Bokudagi bilim yurtida oʻqiydi. U yerda M. Oʻrdubodiy, M. Mushfiq, S. Rustam, J. Jabborli kabi taniqli adiblar bilan tanishadi, ular bilan muloqotda boʻladi. Bokudan qaytgach, Toshkentdagi musiqali drama teatrida adabiy emakdosh vazifasida xizmat qiladi. 1929–1931 yillarda Oʻzbekiston Davlat nashriyotida muharrir, boʻlim boshligʻi boʻlib ishlaydi. Uning birinchi sheʼriy toʻplami 1927 yilda “Erk tovushi” nomi bilan nashr etiladi. 1928 yilda “Yashash taronalari” sheʼriy toʻplami, “Qutulish” nomli hikoyalar toʻplami chop etiladi. Shundan soʻng adibning “Hashar” (1929), “Qora yuraklar” (1931), “Oshiq hukmi” (1932), “Onamga xat” (1933), “Tanlangan asarlar” (1934), “Shikasta” (1935), “Mahkam” (1935), “Sevgi” (1939), “Oltin yoshlik” (1940), “Hikoyalar” (1957), “Tanlangan asarlar” (1958) kabi qator toʻplam va dostonlari nashrdan chiqdi. Gʻayratiy Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Furqat va Hamza kabi ustozlari haqidagi “Gʻurbatda Furqat”, “Shoir”, “Oʻlmas qoʻshiq” kabi kitoblarini chop etdi. Shuningdek, “Tepalik mozor” (1959), “Hilola”, “Sababi ‒ tiriklik” (1958), “Maxsum qochdi” (1960) kabi hajviy hikoyalar ham yaratdi. “Dovdirash” nomli hajviy hikoyalar toʻplamini nashr ettirdi.

1973 yilda esa ikki jildlik tanlangan asarlari bosildi. Ayniqsa, “Rustamning sarguzashtlari” qissasi yoshlar va oʻsmirlarning sevimli kitobi boʻlib qoldi. Gʻayratiy ayni chogʻda E. Vohidov, Sayyor, Yu. Shomansur, X. Saloh, Toʻlqin, A. Eshonov kabi isteʼdodli shoirlarga murabbiylik qildi.

1972 yilda Gʻayratiyga “Oʻzbekiston xalq shoiri” unvoni berilgan.

U 1976 yil 22 yanvarda olamdan oʻtdi. Vafotidan soʻng “Quyoshga muhabbat” (1980) nomli sheʼriy toʻplami nashr etilgan.

20-Turkiy Guliston Yohud Axloq XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Turkiston (Markaziy Osiyo) oʻlkasida pedagogik fikrlarning rivojlanishida, xalq maorifi ishlarini yuksaltirishda ilgʻor ziyolilarning xizmatlari kattadir. Bunda jadid adabiyotining yirik vakili shoir, dramaturg, muallim Abdulla Avloniy (1878–1934)ning xizmatlari koʻp. U maktablar ochib, shaxsan oʻzi muallimlik qilish bilan birga maktablarni darsliklar bilan taʼminlash ishiga katta hissa qoʻshdi. Uning qalamiga mansub “Turkiy Guliston yoxud axloq”, “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” “Maktab Gulistoni “asarlari bir necha bor nashr etildi. Bular ichida “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari oʻzbek klassik pedagogikasining ajoyib namunasi hisoblanadi. Abdulla Avloniy mazkur asarni fors klassik shoiri shayx Muslihiddin Saʼdiy (1184–1310)ning “Guliston” asaridan taʼsirlanib, unga taqlid qilib yozganligi haqida shunday deydi: “Ban bu asari nochizonami bir necha muallim birodarlarimning iltijolari ila yozmoq va nashr qilmoqgʻa gʻayrat va jasorat qilmish edim. Alhamdu lilloh val minna ikkinchi tabʼihada muvaffaq oʻldum, chunki Turkiston maktablarida oʻz shevamizda (oʻzbek tilida demoqchi) yozilmish mukammal “Axloq kitobining shunday asarga tashna va muhtoj ekanligʻi oʻzum muallimlar jumlasidan oʻldigʻimdan manga ham ochiq maʼlum oʻldi. Shuning uchun koʻp vaqtlar tajriba soʻngidan adibi muhtaram shayx Saʼdiy usulida yozmoqni, garchi ogʻir ish bolʼsa ham, oʻzimga muqaddas bir vazifa ado qilaroq bu kamchilikni oradan koʻtarmakni munosib koʻrdim”. Demak, aytish mumkinki, “Turkiy Guliston yoxud axloq” Saʼdiyning “Guliston” asari usulida oʻzbek tilida yozilgan axloq kitobidir.

Abdulla Avloniyning mazkur asari 1913 yilda Toshkentda Ilin bosmaxonasida litografik (toshbosma) usulida nashr etildi. Asar bunday darslikka boʻlgan ehtiyojni hisobga olib 1917 yilda ikkinchi marta chop qilindi. Har ikki nashr ham hajm jihatidan bir-biridan farq qilmaydi. Faqat birinchisi kotib Abdusalom Abdurahmon oʻgʻli, ikkinchisi kotib Abdul Mannon ibni Abdul Majid (oʻzbek milliy teatrining mashhur aktyori Mannon Uygʻur Majidov) dastxatidir.

“Turkiy Guliston yoxud axloq”ning uchinchi nashrini 1967 yili “Oʻqituvchi” nashriyoti amalga oshirdi. Bunda asarda uchragan diniy iboralar, Hadisdan olingan hikmatlar davr talabiga koʻra tushirib qoldirildi. Asarni “Oʻqituvchi” nashriyoti 1992 yil asli nusxa yozuvida (arab yozuvi asosidagi oʻzbek yozuvida) va rus alifbosi asosidagi oʻzbek yozuviga oʻgirilgan matni bilan birga, shuningdek, qiyin soʻzlar lugʻati ilova qilingan holda bosib chiqardi.

“Turkiy Guliston yoxud axloq”ning qoʻlingizdagi beshinchi nashri sobiq nashrlar ichida eng mukammalidir. Bunda kotib Mannon Uygʻur dastxati matnining faksimeli, lotin yozuvi asosidagi yangi oʻzbek yozuviga oʻgirilgan matni, qiyin soʻzlar lugʻati berilgan. Bundan tashqari Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim” “Maktab Gulistoni” asarlaridan tanlangan hikoya, sheʼrlari ham ilova qilindi.

Kitobni nashrga tayyorlashda iqtidorli shogirdlarimiz Tavakkalova Dilnoza va Boboxonova Feruzalarning xizmatlari boʻr.



Asar keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan maʼrifat darsligidir. Uning yoshlarning axloqiy tarbiyasida katta ahamiyatga ega ekanligiga ishonchimiz komildir.

Nashr haqida bildirilgan fikr-mulohazalar, istaklar mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
Download 72.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling