1. O’zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan? Ona tili 5-sinf


Download 33.5 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi33.5 Kb.
#1444915
Bog'liq
5-sinf TEST


1. O’zbek tiliga davlat tili maqomi qachon berilgan? Ona tili 5-sinf
A)1994-yil 24-avgust B)1999-yil 3-avgust C)1989-yil 21-oktabr D)1993-yil 2-sentabr
2. Qo’shib yoziladigan qo’shma so’z qaysi qatorda berilgan?
A) hech qachon B) har qanday C) bir zumda D) xon taxta
3. Bog’lovchilar berilgan qatorni aniqlang?
A) hatto, faqatgina B) aloqa, ulamoq C) uchun, bilan D) hamda, va
4. Fe’l-kesim berilgan qatorni toping.
A) Yaxshi niyat–yarim mol. B) Jo’jani kuzda sanaydilar. C) Jahl – dushman, aql – do’st. D) A va C to`g`ri.
5. Hol qaysi so’roqqa javob bo’ladi?
A) kim? nima? B) nima? nimaga? C) qanday? qanaqa? D) qayerda? qachon?
6. Gapning qaysi bo`lagi boshqa bo`laklarsiz ham gap bo`la oladi?
A) Ega. B) Kesim. C) Hol. D) To`ldiruvchi.
7. Gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari nechta?
A) 3ta B) 4ta C) 5ta В) 6ta
8. Berilganlardan istak gapni aniqlang.
A) Har bir bola vaqtdan unumli foydalanadi.
B) Har bir bola vaqtdan unumli foydalanadimi?
C) Har bir bola vaqtdan unumli foydalansin.
D) Har bir bola vaqtdan unumli foydalansaydi.
9. O`zaro teng bog`lanishli so`z birikmasini belgilang.
A) Ona bilan bola. B) Yoqimli kuy C) Uyga qaytmoq. D) Ukam bilan o`ynamoq.
10. Berilganlardan so`z birikmasini aniqlang.
A) Bahor. B) Maftunkor kuz keldi. C) Xushbo`y gul D) Bayram bilan.
11. Ot-kesimning savollarini toping.
A) kim? nima? B) qanday? qanaqa? C) kimdir? nimadir? D) nima qildi? nima bo`ldi?
12. So`roq olmoshlari yordamida tuzilgan so`roq gaplarni toping.
A) Siz keldingizmi? B) Osmonda yulduzlar nechta ekan? C) Odobli bo`lish kerak-a? D) Bugungi kun-chi?
13. Yig`iq gapni aniqlang.
A) Bahor bizga juda yoqadi. B) Maftunkor kuz. C) Xushbo`y gul D) Bayram bilan.
14. Shu aziz Vatan barchamizniki emasmi? Ushbu gapda egani belgilang.
A) emasmi B) shu C) barchamizniki D) Vatan.
15. Tahlilda to`ldiruvchining ostiga qanday chizamiz?
A) Uzuq chiziq B)To`lqinli chiziq C) ikkita chiziq D) qator nuqtalar.
16. Narsaning qandayligini va kimga yo nimaga qarashliligini bidirgan bo`lak…
A) ega deyiladi. B) to`ldiruvchi deyiladi. C) aniqlovchi deyiladi. D) hol deyiladi.
17. Biz bultur tog`da yashardik. Ushbu gapning mazmuniy markazini toping.
A) biz B) bultur C) tog`da D) yashardik
18. So`roq yuklamalari qaysilar?
A) -mi, -chi, -a, -ya B) qaysi, qanday, qanaqa C) so`roq belgisi D) so`roq ohangi
19. Punktuatsiyada nima o`rganiladi?
A) gaplarning tuzilishi B) tinish belgilari C)nutq va gap D) gap bo`laklari
20. Juft so`zlar qatnashgan gapni aniqlang.
A) Ancha-muncha gapga xafa bo`lavermaydi u.
B) Shu-shu Nodira kelmay ketdi.
C) Gultojixo`roz juda chiroyli bo`lib ochilibdi.
D) Aqlli, odobli, madanyatli inson doimo obro` topadi.
Download 33.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling