1. O'zbekislon tarixi fani predmeti va manbalari
Download 27.13 Kb.
|
Reja
Reja:
1. O'zbekislon tarixi fani predmeti va manbalari. 2. O'zbekiston tarixini yoritishning nazariy va metodologik asoslari. 3. Yosh avlodni tarbiyalashda O'zbekiston tarixining ahamiyati. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo’mitasi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida ta’lim muassasalarida O’zbekiston tarixini o’rganish va o’qitishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Tadbirda deputatlar, O’zbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining mutasaddi xodimlari, shuningdek, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O’zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz xodimlari, “O’zbekkino” Milliy agentligi, “O’zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi mutasaddilari, yozuvchilar, tarixchi olimlar hamda jurnalistlar qatnashdi. Qayd etilganidek, mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridanoq xalqimiz tarixi, boy madaniy merosini o’rganishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 16-dekabrdagi “O’zbekistonning yangi tarixini tayyorlash va nashr etish to’g’risida”gi, 1998-yil 27-iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi qarorlari o’zbek xalqi davlatchiligi tarixini xolisona o’rganishning ilmiy asoslarini shakllantirish, tadqiqotlarni zamonaviy talablar darajasiga ko’tarishda muhim ahamiyat kasb etdi. Milliy davlatchiligimizning vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixi bo’yicha o’quv-metodik, ilmiy-ommabop, ma’rifiy adabiyotlarni o’rganish, tayyorlash hamda chop etish borasida ilmiy, madaniy, ta’lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan 2012-yil 27-yanvarda “O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha Jamoatchilik kengashini tashkil etish to’g’risida”gi qaror qabul qilindi. Prezident Islom Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida o’zbek davlatchiligi tarixini yoritishning nazariy tamoyillari, mazkur sohadagi dolzarb yo’nalishlar belgilab berildi. Joriy yilning 12-yanvar kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi tashkiliy yig’ilishida Yurtboshimiz tomonidan mustaqillikkacha bo’lgan voqyea-hodisalarni yosh avlod ongu shuuriga yetkazish, tariximizni chuqur o’rganish borasida jamoatchilik, olimlar va mutaxassislar oldida turgan ustuvor vazifalar ko’rsatib o’tildi. Istiqlolga erishgunga qadar O’zbekiston tarixi biryoqlamalik bilan talqin etildi, ko’plab faktlar buzib ko’rsatildi yoki ular haqida sukut saqlandi. Mustaqillik yillarida tarixiy xotirani tiklash bo’yicha katta ishlar amalga oshirildi. Zamon talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash, O’zbekiston tarixini chuqur o’rgatish asosida ularni barkamol rivojlantirishga qaratilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hayotga tatbiq etildi. Davra suhbatida tarixni tadqiq qilish jihatlari, ushbu fanni oliy va o’rta maxsus ta’lim dargohlarida o’qitishni takomillashtirish vazifalari muhokama qilindi. Xususan, mazkur bosqichda davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, darsliklar hamda o’quv qo’llanmalarini chuqur tahlil etish, ularni mustaqillik g’oyasi nuqtai nazaridan qayta ko’rib chiqish lozimligi ta’kidlandi. Deputatlar ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirishlari zarur. Tadbirda so’zga chiqqanlar ta’lim muassasalarida O’zbekiston tarixi fani o’qitilishi sifati, zamonaviy darsliklarning mazmun-mohiyati, ularda eng yangi tariximizni yoritish darajasi, mavjud muammolarga e’tibor qaratdilar. Jabhadagi ishlar samaradorligini oshirishga doir takliflar bildirildi. XX asr oxiri o'zbek xalqi tarixida olamshumul ahamiyatga molik davr boidi. O'zbekiston mustaqil taraqqiyot yoiiga kirdi, asriy orzusi ushalgan xalq o'z taqdirini o'z qo'li bilan yaratadigan bo'ldi. Kelajagi buyuk davlatni qurish va mustahkamlash uchun jamiyatni harakatga keltiruvchi komil insonlarni yetishtirish talab etiladi. Buning uchun jam iyatning har bir a ’zosi dastaw al, o'zligini anglashi kerak. Prezidentimiz I. A. Karimov 'Tarixiy xotiiasiz kelajak yo‘q" deb atalgan risolasida, — "o'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi.1 Tarixni yaxshi bilmasdan turib yuksak mavqega erishish mumkinmi? Albatta, mumkin emas. Ma’naviyatini tiklashi, tug'ilib o'sgan yurtida o'zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko'tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak...2 Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson. Takror aytaman, u irodali insondir... Jamiyatning har bir a’zosi o'z o'tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlami yo'ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o'rgatadi. Irodasini mustahkamlaydi" — deb ta’kidlaydilar.3 Respublikamizda diniy ekstremizm va fundamentalizm kabi milliy qadriyatlarimizga yot, zararli oqim qarashlaming paydo boiib qolishi ayrim yoshlarimizning adashib shunday manfur guruhlaming malayiga aylanib qolayotgani Prezidentimiz lslom Karimovning yuqoridagi gaplari naqadar to'g'ri ekanini yana bir bor isbotidir. I.A.Karimov o'zining "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" nomli risolasida yana shunday deb yozadilar : "Modomiki, o'z tarixini bilgan, undan ruhiy quw at oladigan xalqni yengib bo'lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan quiollantirishimiz zarur4. Prezidentimizning yuqorida eslatib o'tilgan risolasida yurtimizda tarixni o'rganishni davlat siyosati darajasiga ko'tarilganini ko'rishimiz mumkin. Shuning uchun ham O'zbekiston tarixi fani barcha oliy va o'lta maxsus ta’lim o'quv yurtlarida, litseylar va kasb-hunar kollejlari, umumta’lim maktablarida o'qitilmoqda, bitiruvchilar esa yakuniy Davlat attestatsiyalarini topshirmoqdalar. XX asr oxiri o'zbek xalqi tarixida olamshumul ahamiyatga molik davr boidi. O'zbekiston mustaqil taraqqiyot yoiiga kirdi, asriy orzusi ushalgan xalq o'z taqdirini o'z qo'li bilan yaratadigan bo'ldi. Kelajagi buyuk davlatni qurish va mustahkamlash uchun jamiyatni harakatga keltiruvchi komil insonlarni yetishtirish talab etiladi. Buning uchun jam iyatning har bir a ’zosi dastaw al, o'zligini anglashi kerak. Prezidentimiz I. A. Karimov 'Tarixiy xotiiasiz kelajak yo‘q" deb atalgan risolasida, — "o'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi.1 Tarixni yaxshi bilmasdan turib yuksak mavqega erishish mumkinmi? Albatta, mumkin emas. Ma’naviyatini tiklashi, tug'ilib o'sgan yurtida o'zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko'tarib yurishi uchun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak...2 Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson. Takror aytaman, u irodali insondir... Jamiyatning har bir a’zosi o'z o'tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlami yo'ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o'rgatadi. Irodasini mustahkamlaydi" — deb ta’kidlaydilar.3 Respublikamizda diniy ekstremizm va fundamentalizm kabi milliy qadriyatlarimizga yot, zararli oqim qarashlaming paydo boiib qolishi ayrim yoshlarimizning adashib shunday manfur guruhlaming malayiga aylanib qolayotgani Prezidentimiz lslom Karimovning yuqoridagi gaplari naqadar to'g'ri ekanini yana bir bor isbotidir. I.A.Karimov o'zining "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" nomli risolasida yana shunday deb yozadilar : "Modomiki, o'z tarixini bilgan, undan ruhiy quw at oladigan xalqni yengib bo'lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan quiollantirishimiz zarur4. Prezidentimizning yuqorida eslatib o'tilgan risolasida yurtimizda tarixni o'rganishni davlat siyosati darajasiga ko'tarilganini ko'rishimiz mumkin. Shuning uchun ham O'zbekiston tarixi fani barcha oliy va o'lta maxsus ta’lim o'quv yurtlarida, litseylar va kasb-hunar kollejlari, umumta’lim maktablarida o'qitilmoqda, bitiruvchilar esa yakuniy Davlat attestatsiyalarini topshirmoqdalar. Download 27.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling