1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri
Somoniylar davlatining tashkil topishi, uning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayot
Download 0.72 Mb.
|
2 5260484499715653670
16. Somoniylar davlatining tashkil topishi, uning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayot. IX asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida ham o'zgarishlar yuz beradi. IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o'tadi. Nasr butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi. U kumush dirham zarb etadi. Ko'p o'tmay aka-uka Nasr va Ismoil o'rtasida toj-taxt uchun kurash boshlanadi. Unda Ismoil g'olib chiqadi. Ismoil Somoniy 888-yilda butun Movarounnahrni o'z qo'l ostiga birlashtirdi. Ismoil Somoniy o'rta asrlarning qobiliyatli, serg'ayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirib, mustahkam davlat tuzishga intildi. Shimoli sharqiy hududlarga yurish qiladi. 893-yilda Taroz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi. Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi, shubhasiz, Arab xalifalariga yoqmas edi. Xalifa Mu'tazid 900-yilda safforiylar hukmdori Amr ibn Laysni Ismoil Somoniyga gij-gijlab ular o'rtasida urush boshlanishiga sabab bo’ladi. Urush Ismoilning g'alabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qo'l ostiga o'tadi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o'z qo'l ostida birlashtirdi. Buxoro shahri bu ikki diyorning poytaxtiga aylandi. Somoniylar mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham boshqaruv ma'muriyatini tashkil etdilar. U amir dargohi va devonlar (vazirliklar)dan iborat edi. Dargohda amir qarorgohi va harami hamda saroy a'yonlari, navkar va xizmatkorlarining turar joylari bo'lardi. Narshaxiyning yozishicha, Somoniylar boshqaruvi asosan vazir, mustovfiy, amid ul-mulk, sohibi shurat kabi o'nta devon orqali idora etilib, ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanardi. Movarounnahrning ravnaqida islom dini ruhoniylarining hissasi katta bo'ldi. Shu boisdan ularning obro'yi oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda ko'plab ibodatxonalar, shu jumladan jome masjid, xonaqoh va namozgohlar bino qilindi. Ismoil Somoniy yaxshi qurollangan harbiy qo'shin va saroyning maxsus muntazam sarbozlari qismini tuzadi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar «hojib» lavozimiga ko'tarilgan. hojiblarning boshlig'i «hojib ul-hujob» yoki «hojibi buzruk» deb yuritilar edi. Bunday unvon Somoniylar saroyidagi oliy unvon hisoblanardi. IX-X asrlarda Movarounnahr va Xorazm aholisining asosiy qismi sug'orma dehqonchilik bilan shug'ullanar edi. Sug'orish tarmoqlari vositasida sug'orilib obod etilgan serunum vohalarda g'allakorlik, sholikorlik, paxtachilik, sabzavotchilik, polizchilik va bog'dorchilik yuqori darajada rivoj topgan edi. Dehqonchilik solig'i-xirojdan xazinaga tushadigan daromad davlat kirim-chiqimining kattagina qismini qoplar edi. Shuning uchun ham somoniylar mamlakatda dehqonchilik xo'jaligini rivojlantirishga katta e'tibor berdilar. IX-X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda chorvachilik yuksak darajada bo'lgan. Mamlakatning dasht va tog'oldi yaylovlarida qo'y va echkilar, yilqilar va tuyalar boqilgan. Qishloqlarda ayniqsa qoramollar behi sob bo'lgan. Chorvachilik mamlakat aholisini chorva mahsulotlari bilan ta'minlabgina qolmasdan, xo'jalikning hamma sohalari uchun ot-ulovlar ham yetkazib bergan. Movarounnahr va Xorazm shaharlarida to'qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, miskarlik, zargarlik, shishasozlik va durad-gorlik kabi kasb-hunarlar rivoj topadi. Natijada shaharlaming umumiy qiyofasi tubdan o'zgaradi. Samarqandda yuqori navli qog'oz ishlab chiqarilar edi. Shosh o'zining kо'nchilik mahsulotlari va charm mollari bilan, Eloq esa kumush va qo'rg'oshin konlari hamda kumush tanga chiqaradigan zarb-xonasi bilan mashhur edi. Xorazmda qayiqsozlik taraqqiy topadi. Movarounnahrning tog'li mintaqalarida qadimdan davom etayotgan konchilik IX-X asrlarda nihoyat darajada taraqqiy qiladi. Zarafshon tog'larida temir, mis, qo'rg'oshin, oltin, kumush, feruza kabi ma'danlar qazib olinardi. Eloq viloyati kumush va qo'rg'oshinlarni qazib olishning yirik markazi edi. Farg'ona vodiysi tog’laridan temir, qo'rg'oshin, kumush, simob, mis, qalay, feruza, novshadil qazib chiqarilgan. Hatto Farg'onadan o'sha vaqtlardayoq toshko'mir va neft topilib ishlatilgan. Karvonlar o'tadigan shahar va qishloqlarda karvonsaroylar quriladi. Shimoliy yo’l orqali Janubiy Sibir va Mo'g'ulistonga Movarounnahrning shahar va qishloqlaridan bo'z, kiyim-kechak, egar-jabduq, o'q-yoy, qilich, idishlar, zargarlik buyumlari, dori-darmon, quruq meva, kunjut va zig'ir moyi va boshqa shu kabi mollar olib borilgan. Sibirdan turli xildagi qimmatbaho mo'ynalar, chorva mollari va chorvachilik mahsulotlari keltirilgan. Mis chaqalarni markaziy hukumat ham, shuningdek, sulola a'zolaridan bo'lgan ba'zi viloyat hokimlari ham chiqarar edilar. Kumush tangalar faqat hukumat boshlig'i nomidan Marv, Samarqand, Buxoro va Shoshda davlat zarbxonalarida so'qilar edi. Ular orasida Somoniylarning «ismoiliy» tangasi yuqori sifatli sof kumushdan zarb etilib, u asosan xalqaro savdo aloqalarida ishlatilgan.
Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling