1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri
O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimovning “Tarixiy hotira va inson omili – buyuk kelajagimizning garovidir” risolasining mazmun-mohiyati
Download 0.72 Mb.
|
2 5260484499715653670
88. O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimovning “Tarixiy hotira va inson omili – buyuk kelajagimizning garovidir” risolasining mazmun-mohiyati.
Ma’lumki, inson va xalq ma’naviyatining uzviy tarkibiy qismlaridan biri tarixiy xotiradir.tarixiy xotira bor ekan, xalq o’zining buyuk kechmishi, betakror madaniy merosi, qadriyat va an’analarini doimo yodida saqlaydi. Xotira ajdodlarga yuksak hurmat va ehtirom ifodasi hamdir.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan istiqlolning ilk yillaridan boshlab, hamma sohada tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, boy merosi, muborak xotirasini ulg’lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini oily qadriyat darajasiga ko’tarishga qaratilgan keng ko’lamli islohatlar xalqimizning ijtimoiy-siyosiy hayotini, ma’naviy olamini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Bu borada 1999yil 2-martda qabul qilingan “9-mayni Xotira va qadrlash kuni deb e’lon qilish to’g’risida”gi Farmoni, 1999yil Toshkent shahrida “Xotira maydoni” me’moriy majmuasining barpo etilishini alohida tilga olish lozim. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Tarixiy xotira va inson omili-buyuk kelajagimizning garovidir” risolasi (2012 yil 9-may-Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ommaviy axborot vositalari vakillariga bergan intervyusi)da mamlakatimizning bugungi va ertangi taraqqiyotiga doir o’ta muhim g’oya hamda xulosalar ilgari surildi. Ularni har tomonlama chuqur o’rganib, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarning ongu-tafakkuriga singdirish jamiyatimizda tinchlik-barqarorlik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, bugungi murakkab dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalar, xalqimiz erishayotgan ulkan-yutuq-marralar mohiyatini teran anglash, erkin va ozod hayotimizni qadrlash, muqaddas Vatanimiz manfaatlarini himoya qilish yo’lida fidoyilik bilan yashashdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi. Risolada shuningdek, bugungi kunda Vtanimiz O’zbekiston Respublikasining erishayotgan yutuqlarini dunyo jamoatchiligi tomonidan tan olinishi, barkamol yoshlarni tarbiyalash, milliy armiyamiz va unda amalga oshirilgan o’zgarishlar haqida ham ma’lumotlar berilgan. 89. I.A.Karimovning O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining 20 yilliga bag’ishlangan tantanali marosimdagi “Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo’lishiga erishish-bizning bosh maqsadimizdir” ma’ruzasini mazmun-mohiyati. Mazkur risola prezidentimiz I.A.Karimovning 2012-yil 7-dekabrda mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 20-yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan ma’ruzasi hisoblanib, risola to’rt bobdan iborat. Risolada mustaqillik yillarida respublikamizning erishilgan yutuqlari, uning tashqi siyosati hamda “Mustahkam oila yili” davlat dasturi dorasida amalga oshirilgan tadbirlar va “Obod turmush yili” davlat dasturida amalga oshiriladigan islohatlar haqida ma’lumotlar berilgan. , Davlatimiz rahbari mamlakatimizda istiqlol yillarida demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lida erishilayotgan barcha yutuq va marralar, hayotimizga yangicha mazmun bag’ishlayotgan keng ko’lamli islohatlar zamirida Konstitutsiyamizda mustahkamlangan me’yor va qoidalar, asosiy tamoyillar mujassam ekanini alohida ta’kidladi. Ma’ruzada O’zbekiston 1991yil 31-avgustda o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng umrini o’tab bo’lgan eski ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechib, xalqimizning orzu-intilishlariga mos taraqqiyot yo’lini tanlab olgani va bu yo’l naqadar to’g’ri va hayotiy asosga ega ekanligi hozirgi kunda har tomonlama tasdig’ini topayotganiga alohida e’tibor qaratildi. Mamlakatimizning mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab inson huquq va manfaatlari, uning baxt-saodatini ta’minlash biz uchun bosh g’oyaga aylandi. Bunday ulkan maqsadlarga erishishda, davlat qurilishi va uning taraqqiyoti bilan bog’liq masalalar, iqtisodiyotimizni rivojlantirish va erkinlashtirish muammolari kabi vazifalar yurtimizda “Islohat islohat uchun emas, avvalo inson uchun, inson manfaatlarini ta’minlash uchun”degan teran ma’noli tamoyilga asoslanib ish ko’rilganidan yorqin va ijobiy natijalar bermoqda. Ushbu risolaning ma’no va mazmunini mohiyati shundaki, agarda inson o’zi hech narsaqilmay, davlatga, tabiatga, boshqalaning ko’magiga ko’z tikib yashasa, hech narsa o’zgarmaydi. Huquq va imkoniyat ham, burch ham o’z joyida qolib ketadi, amalga oshmaydi. Bunday holda inson huquqi va erkinliklari ham jonsiz, egasiz qolib ketaveradi, adolatsizliklar avj oladi. Inson erkinligi va faolligi shu ma’noda biz brpo etayotgan davlat va jamiyat hayotida tub tayanch asoslardan biri bo’lib kelmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanish va taraqqiyot siyosatining strategic maqsadi yurtimizda istiqomat qiluvchi barcha insonlar uchun munosib hayoti sharoitini yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlardagi kabi kafolatlangan turmush darajasi va erkinliklarini ta’minlash negizida moddiy jihatdan to’kis, mustahkam va adolatli jamiyatni shakllantirishdir. 90. I.A.Karimovning 2012 yil mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma'ruzasining mazmun-mohiyati hamda ahamiyati. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling