1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri
O’zbеkistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi va xalqaro nufuzining ortib borishi. Intеgratsiya masalalari
Download 0.72 Mb.
|
2 5260484499715653670
83. O’zbеkistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilishi va xalqaro nufuzining ortib borishi. Intеgratsiya masalalari. o’zbekiston istiqlolga erishgan paytdan boshlab jahon hamjamiyatida munosib o’ringa ega bo’lishga harakat bo’ldi. o’zbekiston 1992-yil fevral oyida tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot-Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (YXHT) a'zo bo’lib kirdi.1994-yil 28—30-sentabrda Toshkentda YXHTning xalqaro anjumani o’tkazildi. Unda tashkilot faoliyatining barcha qirralariga oid masalalar ko’rib chiqildi. Mazkur xalqaro tashkilot Orol muammosini hal qilishga ko’maklashmoqda. 1995-yil iyulda Toshkentda YXHTning mintaqaviy byurosi ochildi va faoliyat ko’rsatmoqda. YXHTning. o’zbekiston tashabbusi bilan 1996-yilning 11-13-sentabr kunlari Toshkentda YXHT Demokratik muassasalar va inson huquqlari bo’yicha Byurosi (DHHB)ning «Inson huquqlari bo’yicha milliy muassasalar» mavzusidagi xalqaro seminar kengash bo’lib o’tdi. Seminar, kengashda Markaziy va Sharqiy Yevropada Ombudsman instituti, inson huquqlari bo’yicha milliy muassasalar faoliyatini rivojlantirish, qonunchilik tizimini takomillashtirish, xalq ta'limi va ommaviy axborot vositalarining inson huquqlari sohasidagi roli masalalari ko’rib chiqildi. o’zbekiston ko’pgina mintaqaviy tashkilotlar Yevropa Ittifoqi, NATO, EKO, Islom konferensiyasi tashkiloti va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda. o’zbekiston bilan Atlantika mamlakatlari tashkiloti-NATO o’rtasida o’zaro tushunish va hamkorlik mavjud.Tinchlik yo’lida hamkorlik dasturi doirasida 1995-yilda AQSHda, 1997-yili Qozog’iston va o’zbekistonda o’tkazilgan harbiy mashqlarda o’zbekiston harbiy qismlarining ishtiroki zobit va askarlarning harbiy-texnik tayyorgarligini yanada ko’tarishga xizmat qildi. o’zbekiston jahondagi 105 mamlakatni birlashtiruvchi qo’shilmaslik harakatining a'zosidir.o’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuvida BMT doirasidagi ixtisoslashgan tashkilotlar bilan hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Jumladan, uning BMT homiyligida ta'lim, fan va madaniyat bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilot-YUNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 83 davlat a'zo bo’lgan YUNESKOning bosh maqsadi-barcha xalqlar kelajagining umumiyligi asoslarini ishlab chiqish va rivojlantirish, hozirgi zamon muammolarini yanada chuqurroq o’rnatishga ko’maklashishdan iborat. 1993-yil 29-oktabrda YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida o’zbe-kistonni YUNESKO a'zoligiga qabul qilish marosimi bo’lib o’tdi. Shu kuni vatandoshimiz, buyuk olim Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilli-gini nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. 1994-yil Parijda Mirzo Ulug’bek haftaligi tantana bilan o’tdi.1997-yilda jahon madaniyatining durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi. Bu o’zbekiston bilan YUNESKO o’rtasidagi hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi bo’ldi.o’zbekiston ixtisoslashgan muassasalar-Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti,xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, BMTning bolalar fondi, xalqaro Pochta ittifoqi, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro Olimpiadaqo’mitasi bilan hamkorlik qilmoqda. Bugungi kunda o’zbekiston bilan AQSH mintaqaviy va global xavfsizlik hamda zo’ravonlik mafkurasi, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm, narkobiznes va ommaviy qirg’in qurollarining tarqalishiga qarshi kurash masalalari bo’yicha ham o’zaro hamkorlik qilmoqdalar. 1991-yil 8-dekabrda Rossiya, Ukraina va Belorus rahbarlari Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH)ni tuzish to’g’risidagi Bitimni imzoladilar. 1991-yil 21-dekabrda Almatida MDHni tuxish to’g’risidagi Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston va o’zbekiston ham imzo qo’ydilar. Shu kuni ushbu davlatlar rahbarlari Rossiya, Ukraina va Belorus rahbarlari bilan birgalikda «Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligining maqsad va tamoyillari to’g’risidagi Shartnoma»ni imzoladilar.
Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling