1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri
O’zbеkiston Rеspublikasida “Ta'lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi, uning ahamiyati
Download 0.72 Mb.
|
2 5260484499715653670
80. O’zbеkiston Rеspublikasida “Ta'lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi, uning ahamiyati.Ma'lumki, sho’rolar hukumati davrida hukmron tuzum o’zining jahonda eng insonparvar, odil, demokratik va eng savodxon jamiyat barpo etgani bilan maqtanib butun jahonga jar solar edi. «Dunyodagi eng o’qimishli mamlakat», «oliy ma'lumotli mutaxassislar soniga ko’ra jahondagi birinchi davlat» degan soxta ta'riflar berilardi. Lekin ular, son va miqdor jihatidan ko’p bo’lgani bilan jahon andozalari darajasida emas edi. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq fan va texnikaga munosabat o’zgardi, xalq ta'limi tizimini jadal isloh qilishga kirishildi. 1992-yilda mustaqil o’zbekiston Respublikasining «Ta'lim to’g’risida»gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun, birinchidan, o’zbekiston ta'lim tizimida ilgari erishilgan muvaffaqiyatlarni saqlab qolishga, ikkinchidan esa, eski tuzum sarqitlarini ko’rsatib berishga xizmat qildi. 1992-yil qabul qilingan «Ta'lim to'g’risida»gi Qonun eski tuzumdan yangisiga o’tishga ko’prik vazifasini o’taydigan qonun edi. Mustaqillikning dastlabki yillarida amalga oshirilgan islohotlarning eng muhitn jihati-ta'lim mazmunini yangilashdan iborat bo’ldi. Ta'lim mazmuni tahlil qilinib, o’quv reja va dasturlarga o’zgartirishlar kiritildi.Darsliklarda birinchi marta o’zbekiston tarixining jahon tarixida tutgan o’rni ko’rsatib berildi. Jumladan, o’rta Osiyo uyg’onish davrining Yevropa madaniyatining vujudga kelishiga ta'siri, bunda Amir Temur, Bobur, Al-Xorazmiy, Al-Farobiy, Al-Beruniy, Ibn Sino va boshqa allomalarimizning jahon tarixida tutgan o’rni va mavqei haqqoniy yoritib berildi. Mamlakatda prinsip jihatdan yangi o’rta o’quv yurtlari-lisiy va gimnaziyalar, ya'ni, ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan maktablar tarmog’i tez rivojlandi. Ta'lim muassasalarining o’quv rejalari, ta'lim shakllari va usullarini ishlab chiqishda erkinlikka ega bo’lganliklari prinsip jihatdan yangilik bo’ldi. o’quvchilar bilimini sinashda an'anaviy usullar bilan birga test sinovlaridan o’tkazish tizimi kengroq qo’llana boshlandi.Prezident I.Karimovning 1992-yil 28-fevraldagi Farmoni bilan sakkizta viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi. Bu hukumatimiz izchil madaniy-ma'rifiy siyosatining yana bir dalili bo’ldi. o’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil dekabrdagi Qarori bilan 1-oktabr-«o’qituvchilar va murabbiylar kuni» deb belgi-landi hamda bu kun bayram sifatida dam olish kuni deb e'lon qilindi.Bu bayram arafasida yuzlab ta'lim fidoyilariga davlatning eng mo’tabar mukofotlari topshiriladigan bo’ldi. 1997-yil fevralda Prezident Islom Karimov Vazirlar Mahkamasidagi yig’ilishda ta'lim tizimini tubdan isloh qilish masalasini ko’tardiPrezident I.Karimovning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangi «Ta'lim to'g’risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 1997-yil 29-avgustda o’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi chaqiriq to’qqizinchi sessiyasida qabul qilindi.Yangi «Ta'lim to'g’risida»gi Qonun bo’yicha ta'lim turlari maktabgacha ta'lim 6—7 yoshgacha), umumiy o’rta ta'lim (9 yillik), o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi(3 yillik), oliy ta'lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'limdan iborat qilib belgilandi.Qabul qilingan «Ta'lim to'g’risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maktabgacha ta'limdan to fanlar akademiyasigacha bo’lgan zamonaviy, yangi uzluksiz ta'lim tizimini vujudga keltirishga, o’zbekiston ta'lim tizimini tub-dan isloh qilishga asos bo’ldi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ishlab chiqilgan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999-yil avgustda tasdiqlangan «Umumiy o’rta ta'lim Davlat ta'lim standartlari» asosida yangi o’quv dasturlari amaliyotga joriy etildi. Darsliklarning yangi avlodini yaratish borasida izlanishlar olib borilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «Ona va bola» davlat dasturida «O'quvchilarni kutubxonalardan pulli-qaytarib beradigan darsliklar bilan ta'minlash tizimini tashkil etish» to’g’risidagi tadbiri belgilangan. Xalq ta'limi vazirligi ushbu tadbirni Osiyo Taraqqiyoti Bankining kredit mablag’lari hisobidan amalga oshiradi. 2001—2002-o'quv yilidan e'tiboran maktab o’quvchilariga darsliklarni ijaraga berish tizimi asosida ta'minlashga bosqichma-bosqich o’tila boshlandi.Davlatning jahon hamjamiyatida tutgan o’rni va mavqeini belgilovchi asosiy omillardan biri, bu uning intellektual salohiyatidir. Shu bois, mustaqil mamlakatimizda iqtidorli va iste'dodli yoshlarni izlash, kamolga yetkazish, kelajakda ularning aql-zakovatidan iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyatning dolzarb muammolarini yechishda samarali foydalanish masalasi dolzarb vazifa etib belgilangan. Mustaqillik yillarida iqtidorli talabalarni xorijda o’qitish ishlari yo’lga qo’yildi. Respublikaning xalqaro aloqalari kengayishi nati-jasida o’quvchilarga hukumatlararo bitimlar bo’yicha xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy o’quv yurtlarida bilim olish imkoniyati yaratildi.
Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling