1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Davlat hokimiyati tizimida prеzidеntlik boshqaruvning joriy etilishi. Vazirlar Mahkamasining faoliyati


Download 0.72 Mb.
bet66/87
Sana13.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1266047
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   87
Bog'liq
2 5260484499715653670

65. Davlat hokimiyati tizimida prеzidеntlik boshqaruvning joriy etilishi. Vazirlar Mahkamasining faoliyati. O'zbekiston Respublikasi o'zbek xalqining mustaqillik sari tashlagan muhim qadamlaridan biri mamlakatimizda Prezidentlik lavozimining joriy etilishi bo'ldi. 1990-yil23-martda O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining plenumida respublika siyosiy tizimi to'g'risidagi masala ko'rib chiqildi. Unda O'zbekistonda hokimiyatning Prezidentlik boshqaruvi shaklga o'tishi respublika suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan yangi bosqich ekanligi ta'kidlandi.Respublikamizda Prezidentlik lavozimining paydo bo'lishi, ayniqsa, uning huquqiy maqomi belgilanishi quyidagi bosqichlarda sodir bo'ldi. 1-bosqich—1990-yilning mart-oktabri. 1990-yil 23-martda O'zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta'sis etish hamda O'zbekiston SSR Konstitutsiyasiga o'zgartirishlar, qo'shimchalar kiritish to'g'risida Qonun qabul qilindi. Unga ko'ra respublika Prezidenti lavozimi ta'sis etildi. Bunda demokratiya jarayonlarini yanada rivojlantirish, konstitutsiyaviy tuzumni, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va xavfsizligini mustalikamlash, respublika davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy idoralarining o'zaro aloqasini takomillaslitirish maqsad qilib qo'yildi. 1990-yil 24-martda XII-chaqiriq O'zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi o'sha paytda respublika Kompartiyasi birinchi kotibi bo'lgan. Karimovni O'zbekiston SSRning birinchi Prezidenti etib sayladi.
2-bosqich-1990-yil 1-noyabrdan yangi Konstitutsiya qabul qilingan davrgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. 1-noyabr kuni O'zbekiston SSRda ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillaslitirish hamda O'zbekiston SSR Konstitutsiyasiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida Qonun qabul qilindi. Natijada mavjud Prezidentlik hokimiyati bilan Vazirlar Kengasliining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo'shib yuborilib, keyingisi Prezident huzuridagi Vazirlar Malikamasiga aylantirildi. Prezident ayni paytda Vazirlar Malikamasining Raisi bo'lib qoldi. Shunday qilib, Prezident Oliy ijroiya va boshqaruv hokimiyatini amalga oshiruvchi shaxsga aylandi va ayni paytda u davlat boshlig'i sifatida ham o'z o'rnida qoldi. Endilikda u faqat farmonlar emas, balki qarorlar va far-moyishlar ham qabul etadigan bo'ldi. Bulardan tashqari o'sha paytda Vitse-prezident lavozimi ham ta'sis etilib, u Vazirlar Malikamasiga rahbarlik qiluvchi va uning ishini uyushtiruvchi vazifani bajarar edi. Biroq ushbu lavozim o'zini oqlamadi va shu bois keyinchalik (1992-yil 4-yanvar) u tugatildi.Huquqiy jihatdan O'zbekiston Prezidentlik Respublikasi shaklidagi davlat boshqaruviga ega bo'ldi. Uningmuhim jihati hokimiyat bo'linishini adolatli tarzda amalga oshirish imkoniga egaligidadir. Ya'ni qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyati bir-biriga daxlsiz hoi-da ish olib boradi. Ma'lumki, boshqaruvning parlamentar respublika usulida Prezident parlament yig'ilishidauning a'zolari tomonidan saylanadi. Prezident respublikasi boshqaruvida esa umumxalq saylovi yo'li bilan barcha fuqorolarning ovoz berishi asosida saylanadi. Bunda Prezident o'z vakolatlarini parlamentning sanoqli a'zolaridan emas, keng xalq ommasidan oladi.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling