1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Alishеr Navoiyning siyosiy va adabiy faoliyati. Adabiy muhit. Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Jomiy


Download 0.72 Mb.
bet39/87
Sana13.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1266047
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87
Bog'liq
2 5260484499715653670

36. Alishеr Navoiyning siyosiy va adabiy faoliyati. Adabiy muhit. Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Jomiy. O'rta Osiyo xalqlari adabiyoti badiiy uslub jihatidan takomillashdi, yangi pog'onaga ko'tarildi. Nasrda ham, nazmda ham ko'p­lab nodir badiiy va lirik asarlar yaratildi. O'rta Osiyo xalqlari, o'zbek va tojik adabiyoti o'rtasida o'zaro aloqa va hamkorlik kengaydi. Tarjima adabiyot vujudga keldi. Badiiy adabiyotning o'sishi bilan uzviy bog'langan holda adabiyotshunoslik ham taraqqiy etdi, nodir asarlar yaratildi.Bu davrda zamonasining iste'dodli shoirlari va adiblari Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Durbek,
Amiriy, Yaqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Muhammad Solih va boshqalar yashab ijod qiladilar. Durbek tomonidan qayta ishlangan «Yusuf va Zulayho» dostoni, toshkentlik shoir Atoiyning devoni shu davr badiiy adabiyotining durdonalaridir. Bu davr o'zbek shoirlari ichida Lutfiy alohida o'rin tutadi. Navoiyga qadar o'zbek she'riyatida Lutfiy darajasiga yetadigan shoir bo'lmagan. U birgina turkiy tilida asarlar yaratib qolmadi, balki fors tilida ham qasidalar yozdi. Lutfiy ijodida haqiqat va adolatni sevish, shafqat va muruvvatli bo'lishni targ'ib qilish, ilm va san'atni sevish kabi fikrlar katta joy olgan. XV asr badiiy adabiyoti ravnaqida buyuk davlat arbobi, ulug' shoir, olim, mutafakkir Alisher Navoiy va buyuk tojik shoiri Abdurahmon Jomiyning hissalari g'oyat buyukdir. Navoiy butun faoliyati va ijodiyotini insonning baxt-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, o'zaro urashlaraing oldini olishga, obodonchilik is'hlariga, ilm-fan, san'at va adabiyot taraqqiyotiga bag'ishladi. U o'zbek adabiy tili, o'zbek mumtoz adabiyotini yangi pog'onaga ko'tardi. Navoiy o'ttizdan ortiq yirik badiiy asar yozdi. «Xamsa», «Xazoyin ul-maoniy», «Mahbub ul-qulub», «Lison ut-tayr» shular jumlasidandir. Navoiy tarixni bilishning ahamiyati katta ekanini ta'riflab, odamlarni tarixni o'rganishga da'vat etadi. Uning fikricha, tarix fani shohlar hukmdorlarning tarjimayi holini emas, balki mamlakat tarixini o'rganishi kerak. Navoiy mamlakatni nimalar tanazzulga va nimalar farovonlikka olib kelishini, qanday ishlar tufayli mamlakat obod bo'lishini, xalqqa farog'at va baxt keltirishini tarix ko'rsatib berishi lozim deb hisoblaydi. Navoiy adolat yordamida mamlakatni obod qilish mumkinligini, har bir kishi o'zining xulqi va odobi bilan odamlarni xursand qilishi lozimligini uqtirib o'tadi. А. Навоий адолат тўғрисидаги қарашларида инсон руҳияти билан боғлиқ ижтимоий иллатларнинг моҳиятини излайди. Жамиятда ёвузликнинг келиб чиқиш сабабларини таҳлил этади. Адолатли жамиятга эришишда нафақат подшоҳнинг одиллиги, балки фуқаролар ўртасидаги муносабатларнинг адолатли, маънан соғлом бўлиши лозимлигига эътиборни қаратади: «Оламда бўлмиш ҳар навъ одам билан кўришдим; катта - кичикнинг феълу атворини ўргандим; яхши-ёмоннинг хислатларини тажрибадан ўтказдим; яхшилик ва ёмонликларнинг шарбатини ичиб, заҳрини тотиб кўрдим. Бахл ва пасткашларнинг захмини, саховатли кишиларнинг малҳамини кўнглим дарҳол сезадиган бўлиб қолди» дейди. Айни пайтда, у инсон руҳияти билан боғлиқ иллатлар моҳиятига шундай нисбат беради: «Яхшиликка мукофот - қўполлик; одоб билан қилинган хушмуомала эвасига кеккайиш, такаббурлиғдан ўзгача муносабат кўрмайсиз. Бировга бир хизмат қилсанг, ундан ўн зарб ейишга тайёр турмоқ керак; кимгаки бир тавозеъ кўрсатсанг, минг қўполлик ва дилсиёҳликка ҳозир бўлиб турмоғинг лозим». Шу тариқа, у «Маҳбуб ул-қулуб» асарида ҳар хил одамларнинг феъл-атвори ва аҳволи, яхши феъл хосияти ва ёмон хислат касофати ҳақидаги қарашлари асосида жамият ижтимоий муносабатларининг яхлит назарий тизими, фуқаро-жамият-давлат ўртасидаги ахлоқий мажбуриятларни умумлаштиришга эришади. Xullas, o'zbek xalqining ulug' shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy o'zining bebaho asarlarida ko'targan o'ta insonparvar g'oyalari bilan jahon adabiyotining buyuk namoyondalari qatoridan munosib o'rin egalladi. Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiyning zamondoshi, ustozi va do'sti edi. Ularning do'stligi va hamkorligi o'zbek va tojik xalqlari do'stligi va hamkorligining yorqin timsolidir.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling