1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri
Xiva xonligida qo’ng’irot o’zbеklari sulolasining o’rnatilishi. Qo’ng’irotlar davrida Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti
Download 0.65 Mb.
|
Tarix
42. Xiva xonligida qo’ng’irot o’zbеklari sulolasining o’rnatilishi. Qo’ng’irotlar davrida Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti. Xiva xonligidagi siyosiy vaziyat hukmron tabaqalarning urushlar va qabilalar o’rtasidagi mojarolarni to’xtatishga qodir bo’lgan kuchli markaziy hokimiyatning barpo etilishini taqozo etardi. Bunday hokimiyatni barpo etishga qodir kuch sifatida maydonga o’zbeklarning qo’ngirot qabilasi chiqdi. Yirik zodagonlar va ruhoniy tabaqasining madadiga tayangan qo’ngirot qabilasining yo’lboshchisi Muhammad Amin 1761yilda inoqlik lavozimiga ko’tarilgan. U turkmanlarning yovmut va chovdur qabilalariga qarshi kurash olib borgan. Biroq u dastlab muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Buxoroga-Doniyolbiy otaliq yoniga ketadi. 1770yilda Muhammad Amin inoq Buxorodan qaytib kelib, yovmutlarga qarshi kurashni uyushtiradi va ularni Xorazmdan haydab chiqaradi.Muhammad Amin mahalliy beklarni ham bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi. U xon avlodidan bo’lmagani sababli taxtga Abulxayrxonning o’g’li Bo’lakayxonni nomiga, qo’g’irchoq xon sifatida o’tqizadi. Hokimiyatni esa o’zi boshqaradi. 1782-yilda Buxoro amirligi qo’shinlarining hujumini qaytarib, Xiva xonligi mustaqilligini saqlab qoladi. Muhammad Amin ham, uning o’g’li Avaz ham davlat hokimiyatini inoq unvonida boshqarganlar. Faqat Avazning o’g’li Eltuzar hukmronligi davrida chetdan soxta xon chaqirish to’xtatildi u o’zini xon deb e’lon qildi. Shu tariqa qo’ng’irotlar sulolasi Xiva xonligi taxtini rasman egalladi. Bu sulola 1920yilga qadar Xiva xonligini idora qildi.Eltuzarxon vafot etgach, taxtga uning ukasi Muhammad Rahimxon I o’tirdi. Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini siyosiy jihatdan birlashtirishga kirishdi. Muhammad Rahimxon I o’zbeklar va turkmanlardan tuzilgan qo’shinga tayanib yirik zodagonlar qarshiligini sindirish uchun shiddatli kurashda o’z raqiblarini birinketin bo’ysundira bordi.Muhammad Rahimxon I ga dushmanlik ruhidagi Orolbo’yi zodagonlari guruhi qattiq qarshilik ko’rsatdi. Muhammad Rahimxon I bo’ysundirilgan qabilalar zodagonlarining qabila orasidagi mavqeyi nihoyatda qudratli bo’lganligini hisobga olib, ularga xon yer-mulk va turli imtiyozlar in'om etgan. Bu omil xonlikda siyosiy barqarorlikni ta'minlashga xizmat qilishi kerak edi.Muhammad Rahimxon I davrida xonlik siyosiy jihatdan birlashtirildi. Ayni paytda, mamlakatda nisbiy barqarorlik ta'minlandi. Uning hududlari yanada kengaydi.Xiva xonligining ijtimoiy hayotida Buxoro xonligidagidek sokinlik hukm surardi. Bu sokinlikning sababi — xonlikning jahon taraqqiyotidan deyarli uzilib qolganligida edi. Hukmron tabaqalarning aksariyat qismi davlat, millat taqdiridan ko’ra o’zlarining shaxsiy manfaatlarini ustun qo’yganlar. Xonlik poytaxti Xiva shahri ahohsining katta qismi o’zbeklardan, asosan, qo’ng’irot, nayman, qiyot, uyg’ur, nukuz, qangii, xitoy, qipchoq kabi urug’lardan iborat bo’lgan. Xonlik mutlaq monarxiya bo’lib, oliy hukmdor xon davlat boshhg’i edi. Ma’muriy jihatdan xonlik hududi 15 ta viloyatga, 2 ta noiblikka va xonning bevosita o’ziga bo’ysundirilgan tumanlarga bo’lingan edi. Davlat boshlig’i-xon hokimiyati vakolati nasldan naslga o’tgan. Xondan keyingi o’rinda dastlabki asrlarda inoq turgan. Xonlikning asosiy boyligi yer hisoblanardi. Bu yerlar sug’oriladigan (axya) va sug’orilmaydigan (adra) yerlardan iborat edi. Egalik shakliga ko’ra, Xiva xonligining yerlari ham uchga bo’lingan.Mayda yer egalari tobora xonavayron bo’lib borganlar. Oxir oqibatda, ular yerlaridan judo bo’lganlar.Suv tanqisligi tufayli dehqonchilik qiyin sharoitda olib borilardi. Shu bois Amudaryodan suv chiqarishga e’tibor berildi. XVIII asrning 70 yillarida Davkor ko’li yonida kanal, XIX asr boshlarida esa Lavzan, Qilich Niyozbiy, Katta Xonobod kanallari qurildi. Bu tadbirlar yerlarni sug’orish holatini yaxshilashga ko’maklashdi.Xiva xonligida soliq va majburiyatlar haddan tashqari ko’p bo’lgan. Asosiy soliq salg’ut, ya'ni yer soligi edi.
Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling